Engineering Notes
الذهاب إلى القناة على Telegram
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi. Ba'zi postlarda xatoliklar bor. Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
إظهار المزيد2 571
المشتركون
-124 ساعات
+57 أيام
+2130 أيام
أرشيف المشاركات
2 572
MX Master 3S'ni taxminan 2 hafta ishlatdim va menga yoqmagan ba'zi jihatlari:
1. MacOS bilan integratsiya sifati past. Ayniqsa scrollerlar juda inconsistent va magic mouse yoki trackpadga qaraganda juda notekis. Bilishimcha Apple buni ataylab qiladi.
2. Thumb button bilan combo gesturelar o'rganishga noqulay ekan.
3. Build quality kutganimdan biroz yomonroq ekan.
P.S. Lekin back/forward buttonlar juda kerakli va qulay ekan ishlatishga.
2 572
Bir aka bilan suhbatda (kimligini ayta olmayman) low code/no code uchun g'irt o'zbekcha termin aytib qoldi – "yengil-yelpi dasturlash"😂
2 572
MacOS 15 ga update qilishimdan oldin laptopim full batteryda normal workloadda 6-7 soatga yetardi, hozir 3-4 soatda tugab qolayapti. Yana kimdadir shu muammo chiqmadimi?
2 572
Repost from Aleph Nought
Foundation C dasturlash tilida bo'ladi. C bo'yich tajriba uyoqda tursin hatto bilim bo'lmasa ham kritika qilmayman. Chunki tushunarli. Shuning uchun tayyorlanishga vaqt beramiz. Man ahmoq xatto qaysi mavzudan savol berishimmiyam etaman (poraxo'rlikka o'xshidi, lekin tekin). Suhbatga Pitonni zo'r biladigan odam kiradi. Pitonni bilamanu C niyam yorvoraman deb o'ylidi. Afsuski birinchi savolim "Float sonlardan iborat array e'lon qilib, for loop bilan terminalga chiqarib bering" degan o'ta primitiv hatto mantiq ham kerak bo'lmagan shu savolga javob berolmaydi. (Qiziq: Ko'pincha Pitonchila C dayam Piton sintaksisda yozishadi, ok reflex)
---
"Ha tayyorlanishga vaqt berdik-ku nega tayyorlanmadiz?" desam har xil bahona. Endi ertaga darsga tayyorlanishda ham shunday bahona bo'lmasligiga kim kafil bo'la oladi?
---
Bir joyda suhbatdan chiqib ketgan emishman. Albatta bo'lishi mumkin. Nega? Chunki ko'pincha nomzod environment uchun tayyorgarlik ko'rmidi. Savol berganda qotb qoladi, yo'q bo'lib qoladi, interneti yaxshi ishlamidi, javobini rosti tushunib bo'midi, sabr qilib o'tiramiz (odatda mandan tashqari yana bir odam bo'ladi). To'g'rilanmasa keyin chiqib ketishimiz manimcha notog'ri emas. Zotan chiqib ketdikmi bizdan kimdir u bilan albatta bo'glanadi.
---
O'zi yuqoridagi holatla bo'lishini asosiy sababi juda ko'p nomzodla shunchaki bilimini sinab ko'rish uchun topshiradi. Ya'ni aslida ish ularga kerak emas. Agar deylik Google dan offer olsa, internettiyam boshqasiniyam shunaqa joyiga qo'yib qo'yadi, hayron qolasiz...
---
Hissyotlar.
Sizga prikol emas, real hayotda bo'layotgan suhbatni aytib beraman. O'qing faqat yeg'lamang:
Nomzod NodeJS dan dars bermoqchi. (Bilmaganlar uchun: NodeJS chila JavaScript'ni bilishi shart)
Qaytaraman nomzod JavaScript'dan dars bermoqchi.
Kodni odatda Bu platformada yozamiz. Man odata bir savoldan boshliman va o'sha savolli javobi shu platformani editorida initial code snippet sifatida tayyor javob bo'lib turadi 😄. To'risi "a mana shetta yozilganakanu, shu bo'midimi?" deb prikol qilsa ham odam hursand bo'lardi. O'zim yumorni tushunaman va yoqtiraman.
---
Yuqorida nega "Hissiyot" deb yozib qo'ydim? Bazan nomzodla ataylab asabga tegishga kirganmi deb qolaman. Sizga yana bir case etaman va savol beraman. Faqat holis haqqoniy javob bering.
Yuqorida etganimdek haligi platformada boshida azgina JavaScript kodi yozilgan holda ochiladi (Odatda birinchi tashrifda). O'sha kodni ko'rgan JavaScript'dan dars bermoqchi bo'lgan odam "Bu Javami?" deb hayron bo'lib kodga qarayapti. Yumor emasdi vaholanki.
Endi aytingchi siz shu odamni dars berishga tavsiya qilarmidiz? Zig'richayam asabiylashmaysizmi?
Bunaqa holatda suhbatni davom ettirmasligim aniq. Savol berib tahminan qanday javob olishim aniq. Odatda boshqalar 4-5 savol berib imi jimida yiqitib qo'yishadi. Uzur man unday qilolmayman. Boshqa tayyorlanib qayta topshirib ko'ring deb shartta yuziga aytaman.
---
Case'la juda ko'p. Lekin uje yozishga erinvomman. Qatga ishga topshirselayam jiddiyroq qarashilani so'rab qolaman. Ustilada ko'proq ishlab, o'zilaga kuchli ishonch bilan ishga topshirganila yaxshimasmi?
Texnik suhbat - Yaxshigina charchatuvchi, nozik va qimmat operatsiya. Iltimos, bir birimizni vaqtimizni olmaylik.
2 572
Repost from Aleph Nought
Post uzunroq ammo ham kulgili va ham achinarli gaplar yozilgan.
Bilmaganlar uchun: Man bir kompaniyada texnik suhbat oluvchi hodim sifatida ham ishliman. Asosan texnik o'qituvchilarni suhbat qilaman.
Man bilan suhbat muvaffaqiyatli yoki aksincha bo'lsa ham, odatda uzoq davom etmaydi. Nega? Chunki to'gridan to'gri kod yozamiz. Yani birinchi savolning o'zidayoq siz kod yozib berishingiz kerak. Bu bilan u javoblarni yodlab olgani yoki GPT kabilar bilan tayyorlanganini o'ylab o'tirmayman. Chunki tajribali odam shartta yozadi qo'yadi.
Sizlarga har xil keyslarni aytmoqchiman:
O'sish uchun dars bermoqchiman deyishadi. Ok, o'sarsiz ammo o'quvchilarni kim o'stiradi?
---
Suhbatda mani eng chorasiz qoldiradigan, ya'ni nima deyishimni bilmay qoladigan bir vaziyat bor. Nomzod noto'gri javoblar beradi. Biroz sukut saqlab "Azgina hajonlanvomman" deydi. Kimdir bilsa etsin. Man shu payt nima qila olaman?
"Ha bu o'zi zo'r mutaxasis, jovoblani biladi, shunchaki hozir hayajonda" deb muvaffaqiyatli o'tkazishim kerakmi? Yana savolim bor: "Hayajonlanmang" desam hayajoni to'xtaydimi?
---
Masalan JS bo'yicha bo'lsa va man
setTimeout ni yozib bering desamu u nimaligini bilsa ammo yozilishida xato qilsa buni kamchilik deb bilmayman. Ammo nimaligini bilmasa yoki qanday ishlashini bilmasa bu yomon.
Endi savol aslida setTimeout bir funkisya xolos, shuni bilmaslik yoki esidan chiqarish yomonmi deyishingiz mumkin.
Javob: Albatta yomon. Nega? Chunki JavaScript muhitida timeouts deb alohida ajratilgan mavzu hisoblanadi. Timeoutlar oddiy kodlardan biroz boshqacha ishlaydi va buni o'zini hurmat qilgan JS dasturchi ablatta bilishi kerak. Unutsangiz ham unuting ok. Chunki hozirgi zamonda ish paytida bilmasangiz ham qiynalmaysiz, shartta google qilasiz yoki GPT kabilardan so'risiz. Ammo darsda o'quvchingiz sizdan so'rayapti. Nima deysiz? Google dan qaraberasmi? Nima uni o'zi qlomidimi? Umuman sizga nega pul to'lashi kerak?
---
Ishga (dasturchi sifatida) topshirasiz u yerga kira olmay birdan dars bergingiz kelib qoladi... Bizga qarab "Shu tajribam bularga bo'laveradi" degan fikrdamisiz yoki? Aslida biz qattiqroq suhbat qilishimiz kerak. Nega? Tasavvur qiling siz dasturchi bo'lib ishga topshiryapsiz, intervyudan amallab o'tdingiz. Yani kamchiliklaringiz bor. Ishlaysiz ishlaysiz va qayerdadir muammo chiqarasiz. Albatta bu juda tabiiy jarayon va it's ok. Bugun bo'lmasa ertaga yoki undan keyin to'girlanadi, bahonada siz tajriba orttiryapsiz. Endi tasavvur qiling siz ta'lim dargohida ishlamoqchisiz. U yerdan ham amallab o'tdingiz. Yuzlab yoshlar "Poytaxtda o'qiman" degan umid bilan viloyatlardan kelishadi, kvartira, yeb ichish, kurs to'lovlari, boshqa harajat vahokazolar haqida o'ylab ko'ring. Mayli deydi va o'qidi. Ammo shox soxta bo'lib chiqsachi?
Yani dasturchilikda chiqadigan muammodan ko'ra o'qitvchilikda chiqadigan muammo ancha jiddiy.
O'quvchi: Ustoz bu nima?
O'qituvchi: Bilmadim ishlatib ko'rmagamman.
Shu yerda haligi o'quvchini tasavvurlari o'zgarib ketti...
Bilmaslik ayb emas albatta, lekin shaxsan sohaga doir va bilishi shart bo'lgan mavzulardan savol bersam ham javob ololmayapman.
---
Framework yoki Lib ishlatasiz. Ajoyib, qarshiligim yo'q. Muhimi siz qaysi qiyin ishni oson yo'l bilan hal qilish haqida o'ylab birortasini tanlagansiz. Yani ularsiz ham ishlay olasiz, nu zachem? tayyor tool bor-ku deysiz. Bu to'gri fikr. Ammo ularsiz hech narsa qila olmaydigan odamlar ham chiqayapti. Yana eslataman, menga chiqdimi tamom u dars bermoqchi bo'lgan odam bo'ladi.
Asab kerak ekan. Bilasizmi shunaqalar odatda nima deyishadi? Bu ishlatilmidi-ku. Bu ish-la-til-midi-ku. Javobni qarang. Ha uni siz ishlatmassiz yoki sizning doirangizdigilar ishlatishmas, lekin bu o'sha mavzuni bilmasligingizga bahona bo'lolmaydi. Har holda dasr bermoqchisiz.
---2 572
Pythondagi yangi generic typing (PEP695) asabimga tegishni boshladi. I mean, syntaxni o'zi zo'r, lekin pythonda shu syntaxga arziydigan type system yo'q.
2 572
Communityda beminnat yordamlari va maslahatlari bilan tanilgan ustozimiz, do'stimiz, hamkasbimiz Shukrullo aka avtohalokatga uchrab olamdan o'tibdilar. Alloh gunohlarini mag'firat qilib, joylarini jannatdan qilsin.
Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.
2 572
Pythonda ba'zi narsalar keraksiz darajada overcomplicate qilingan. Menimcha shulardan biri object attribute lookup. Property (getter method), getattr, getattribute, dict, slots, data/non-data descriptors va yana men bilmaydigan boshqalari. To'g'ri bular bilan har xil qiziq ishlar qilsa bo'ladi, lekin bularning hammasi default attribute lookupni murakkablashtirishga arzirmikan?
2 572
Omadim kelib bu yil Vohid akaning AoC leaderboardida 1-o'ringa chiqib qoldim.
Kimgadir qiziq bo'lsa yechimlarimga link:
https://github.com/bobosherm/aoc2024
P.S. Faqat kodimni ko'rgandan keyin clean code, birnarsa-birnarsa degan gap-so'z bo'lmasin kommentariyada. Ustozning aytganini qil, qilganini qilma degan gap bor ))
2 572
Bugun men kunlik ishlatadigan servislarning kamida 70 foizi yoki umuman ishlamayapti yoki juda sekin va nostabil ishlayapti.
O'zbekistondan ketishga sabablar borgan sari ko'payayapti.
2 572
AoCda hozircha eng yoqqan savollar day 17 part 2 (machine instruction) bilan day 24 part 2 (logic circuit) bo'lib turibdi. Bugungi part 2 ni fully automate qilishga harakat qilib ko'p vaqt sarflab yubordim, oxiri helper toollar bilan qo'lda topishga to'g'ri keldi baribir.
2 572
Keyin oxirgi 1 haftada QUIC yaxshi ishlamayapti, juda sekin yoki umuman fail bo'layapti (ayniqsa Youtubeda ko'p sezilayapti). Bu faqat mendami yoki qolganlardayammi?
QUIC bilan TLS 1.3 ni to'liq bloklashmoqchi degan uzun quloq gaplar ham yuribdi. O'zi shundog'am UDP zo'rg'a ishlab turibdi, TLS 1.3 niyam bloklashsa Xitoydan farqimiz qolmaydi, lekin nega bloklashi mumkinligiga birorta mantiqiy sabab topa olmayapman.
2 572
Agar kun bo'yi fast.com'ga kirib o'tiraman desanglar Sarkorni tavsiya qilaman, interneti juda tez. Kichkina kamchiligi – boshqa birorta sayt bu tezlikda ishlamaydi.
2 572
Xalq, tavsiya beringlar. Magic trackpad 3 yaxshimi yoki Logitech MX Master 3S?
