CODEACADEMY
الذهاب إلى القناة على Telegram
✅AI(Computer vision) ✅Mobile(Flutter) ✅Backend(Django) 🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz 📍Manzil: Samarqand shahar Mironshox Mirzo ko'chasi. Mo'ljal: Makon mall(Gum) 📍https://t.me/codeacademyai/614 📩Savollar va takliflar uchun: @codeacademy_admin
إظهار المزيد992
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
992
Dasturchi bo'lmoqchi bo'lgan yigit haqida ertak
Bir bor ekan bir yo'q ekan, qadim qadim zamonda bir o'qituvchi yigit bo'lgan ekan. U yosh avlodga matematika va fizika fanlaridan dars berar ekan. Yillar o'tib u o'z kasbiga bo'lgan qiziqishi kamayib borganini sezibdi. Ayniqsa yosh avlodda bu darslarga bo'lgan qiziqish yo'qligi uni juda ranjitibdi. Shunday qilib u kasbini almashtirishga qaror qilibdi.
Qayerga qaramasin hamma joyda IT haqida gapirishayotgan ekan. Oyliklari yaxshi, ish joylari yaxshi, sharoitlari yaxshi, boshqa davlatlarga ko'chib ketish imkoniyatlari bor. Huddi eng zo'r ishday tuyila boshlabdi. Shunday qilib dasturchi bo'lishga qaror qilibdi.
Nimadan boshlashni bilmay, har xil Telegram kanallarga qo'shilibdi. Tahminan 19tasiga. Har bir kanalning egalaridan bir savolni so'rabdi: "Qaysi dasturlash tilidan boshlash kerak?". Birinchi kanal egasi Java debdi. Eng ishonchli, eng tez tillardan biri. Ish ham juda ko'p debdi. Ikkinchi kanalni egasi esa Python debdi. Yangilangan reytingni ko'rdingmi? Python birinchi o'ringa chiqib oldi mashxurlik bo'yicha debdi. Eng mashxur tilmi? Demak eng zo'r til debdi.
Bu yigitning boshi qotib o'zi taniydigan Senior Android dasturchi tanishidan so'rabdi. U tanishi Python tilmas debdi. Atvichayu debdi. Javadan boshqasi tilmas debdi. Zub dayu debdi.
Yigitning yana battar boshi qotib Python zo'r degan Telegram kanalga kelibdi. Shu tanishim Python til ham emas, yordamchi instrument dedi debdi. U kanalda katta tortishuv bo'libdi. Bu tillar orasiga C qo'shilibdi, C++ qo'shilibdi. Baribir bir qarorga kelinmabdi.
Shundan keyin ertak qahramoni qolgan 17ta kanal egalaridan so'rashga kirishibdi. Huddi shunday diskussiyalar u kanallarda ham bo'libdi. Ularning hammasidan so'raguncha oradan 5 yil o'tib ketibdi. Bu 5 yil ichida qahramonimiz uylanib oila quribdi, bola-chaqali bo'libdi. Endi ularni boqish kerak, iloji yo'q. Dasturlashga kirishsa pulni qayerdan oladi? Shunday qilib o'qituvchilikda qolib, Matematika va Fizikadan tashqari yana Kimyo fanidan dars o'tishni boshlabdi.
Roppa rosa 5 yil oldin, yana bir yigit 2-3 kun izlanish qilib hamma tillar ham yaxshiligini tushinib, PHPni ko'z yumgancha tanlab o'rganishni boshlabdi. Yarim yil deganda yaxshi o'rganib, mahalliy kompaniyaga ishga kiribdi. 1 yil ichida middle dastuchi, 4 yil ichida senior dasturchi bo'libdi. 5chi yili esa unda USAga ketish imkoniyati paydo bo'libdi. Shunday qilib u hozir Googleda Senior Software Engineer bo'lib ishlayotgan ekan.
@jakhonrakhmon
992
Siz o‘zingizning asosiy yo‘nalishingizdan tashqari har-xil video darsliklarni yig‘ib yurasizmi?
992
#memes
💻 Senior va Junior darajadagi dasturchilar !
Kimda shunaqa holatlar bo'lgan fikrlarni commentlar bo'limida qoldiramiz😉
🚀@codeschooluz
992
Kanalimiz mavzusiga aloqadar bo'lmagan mavzuda postlari va kelishmay qilgan xatti-harakatlari uchun Adminni ishdan oldik!
😂😂😂
P.S. Python dasturlash mavzusiga qaytamiz.
992
VPN
To'g'ri kelgan VPN dasturini olib o'rnatmang. VPN sizga internetdan foydalanish uchun shifrlangan tunel yaratadi. Eng yomoni bu tunel faqat siz chiqishingiz uchun emas, sizga kirishlariga ham xizmat qiladi. Tekin VPN o'rnataman deb o'zingizga zarar yetkazmang. Undan ko'ra o'rnatmay qo'ya qoling.
@uzbhasan_blog
992
Siz dasturlashni bir yildan beri o‘rganyapsiz lekin hozirgacha video darsliklar kurayapsizmi?
🚀@codeschooluz
992
Bizga boshqa dasturchilar kerak emas!🤔
- O’zbekistonda oxirgi 3-4 yillarda dasturchilarga bo’lgan talab oshib bormoqda, o’z navbatida dasturlashni o’rganmoqchi bo’lganlar ham yildan yilga oshib bormoqda va ko’pchilikda qiziq fikr paydo bo’lmoqda “endi dasturchilar kerak emas hamma joyda yetarli”.
☝🏻Aslida unday emas, bu shunchaki O’zbekistonda oxirgi yilda trend juda kattalashganligi sabab. Butun jahon miqyosida qaraydigan bo’lsak dasturchilarga yildan yilga talab oshib bormoqda. O'zbekistonda ham dasturlashga bo'lgan e'tibor ancha oshib bormoqda, masalan: "IT park" va uning filiallari, "one million coders" loyhasi va yangi "Amity" universitetining filiali va boshqa ko'plab ishlardan buni bilish mumkin. O'zbekistonda IT kompaniyalar soni ham yildan yilga ancha oshib bormoqda, masalan: "payme", "mytaxi", "express24", "click" va hakazo.
🚀@codeschooluz
992
#HarYakshanba
1-son
Bu sonda sizlar bilan internet, web va undagi mijoz-server aloqalari, web-sahifa, sayt, domain, HTTP protokoli, URL hamda DNS server kabilar haqida batafsil so'zlashamiz.
Web-dasturchilar uchun foydali bo'ladi degan umiddaman. O'zingizga foydali deb bilganingizni boshqalar bilan ham baham ko'ring.
P.S.
Endilikda faqat @uzbhasan_blog kanalini yuritaman. Shu sababdan loyiha ham shu kanalda olib boriladi.
@uzbhasan_blog
992
© Abdukarim Mirzayev
Bu ketishda dunyo rivojlanishni davom etsa 2050-yilda insoniyatning qo'lidagi 50 -60% asosan jismoniy mehnat talab qiladigan ishlarni Robotlar oladigan bo'lsa, bugun jismoniy mehnat bilan shug'ullanadigan xalqlar qiyin ahvolda qolib ketadi.
🚀@codeschooluz
992
Python haqida
📝 Xo'sh, Python haqida juda ko'p eshitdik, katta-katta kompaniyalar ishlatar ekan:
google, yandex, netflix, instagram
Python dasturchilarning oyliklar juda katta ekan, hamma aytgan faktlarni takrorlamasdan, kelinglar, yanayam aniqlashtiraylik:
Soha yo'nalishlarda ham zo'r ekan, misol uchun web, desktop, mobile, embedded, game development va albatda hozirgi kunda yanayam mashhur bo'layotgan AI (Sun'iy intellekt) .
Savol❓: Qanday python ko'p qirrali dasturlash tili bo'lib, har biriga alohida community lar o'zining kutubxonalari(framework,library) yaratilgan?
🔹 Web : Django,Flask
🔸 Desktop : Kivy,Tkinter,PyQt
🔹 Mobile: Kivy, BeeWare
🔸 Game: pygame,godot
🔹 Embedded: MicroPython,CircuitPython
🔸 AI & ML :TensorFlow,PyTorch,Keras
Qisqacha qilib aytganda, keyinchalik har biriga batafsil to'xtalamiz, ungacha Pythoni o'rganishni boshlang. Qayergacha o'rgata olaman: Machine Learning and ComputerVision largacha har qanday qiyinchilikdagi savollar bo'lsa, bemalol darsda berishingiz mumkin.
🚀 @codeschooluz
992
Python yaxshimi yoki Golang yaxshimi?
Bunday savollar faqat har bir millisekund muhim bo'lgan produktlarda o'rinli. Mana Discordning holatini o'qib chiqing: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust
Goda yozilgan ekan bir servisi. Zo'r yozganmiz deyapti. Lekin Go tilining "Garbage Collector"i o'ziga hos ishlagani uchun Discordga to'g'ri kelmabdi. Ba'zida shu sababli sekinlashish kuzatilibdi. Shuning uchun Godan Rustga o'tishibdi.
Siz oddiygina API yozasizmi? Sizda hali millionlab foydalanuvchilar yo'qmi? Qaysi tilni jamoangiz yaxshi bilsa o'sha tilni tanlang. Bu PHP bo'ladimi, JavaScript bo'ladimi, Python bo'ladimi, Golang bo'ladimi...farqi yo'q.
@jakhonrakhmon
992
Computer vision (kompyuter ko'rishi) bu - sun'iy intilek(AI)ning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib asosiy vazifasi tasvirdan qarab nimaligini tushunish hisoblanadi.
Misol uchun an'anaviy dasturlash yordamida tasvirdan oddiy it yoki mushuk tasvirini farqlash uchun biz birinchi navbatda uning hususiyatlarini (ko'zi, qulog'ining shakli,rangi v.h) aniqlashimiz kerak, bu esa juda murakab hisoblanadi, hamma holatda ham ishlamaydi va aniqlik darajasi anchagina past bo'ladi. Deep Learning yordamida juda yuqori aniqlikda ajratishimiz mumkin.
PS: Ushbu video ssd neural network architecture yordamida object detection qilingan keyingi postlarimizda batafsil tushuntiramiz.
🚀@codeschooluz
992
🧐Starlink sun'iy yo'ldoshi qanday ishlaydi va u an'anaviy internetdan nimasi bilan farq qiladi❓
Biz sizlar bilan Starlink haqida gaplashgandik. Aytganimizdek Starlink sun'iy yo'ldoshi an'anaviy internet provayderlari bog'lanadigan sun'iy yo'ldoshiga qaraganda yer yuzasiga ancha yaqinroq.
Bu bizga qanday yordam beradi deb o'ylasangiz, bu bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o'tishda ma'lumoatning yetib kelish vaqti kechikishini oldini oladi. Bu bizga nima beradi, sun'iy yo'ldosh joylashuvi yer yuziga yaqinroq bo'lsa, Starlink da'vo qilganidek video qo'ng'iroqlar va onlayn o'yinlar sifati nazariy jihatdan yaxshilanadi.
Kompaniya sun'iy yo'ldoshlarni yuborgandan so'ng orqa tomondan qo'llab-quvvatlash uchun ko'proq yer stansiyalarini o'rnatadi, So'ngra foydalanuchu ulanish uchun ro'yxatdan o'tganda u Starlink to'plami bilan taminlanadi, unga Starlink (idishi), quvvat manbai o'rnatish shtativi, kabellar, shuningdek Wi Fi router kiradi. Rasmda ko'rib olishingiz mumkin.
Starlink osmonning aniq ko'rinishini talab qiladi, chunki Starlink sun'iy yo'ldoshga to'gridan to'gri nur orqali bog'lanadi. Sun'iy yo'ldosh harakat qilar ekan nur ham harakatlanadi va har qanday to'siqlar nurga to'sqinlik qilishi mumkin, natijada internet aloqasi uzuladi. Shu sababli kompaniya Starlink antennasini iloji boricha eng balandroq nuqtaga o'rnatishni tavfsiya qiladi.
Keyinchalik Starlink ko'proq sun'iy yo'ldoshlarni ishga tushurish bilan bu cheklovlarni oldini olishga umid qilmoqda.
💰Starlink narxlari
Starlink narxlariga keladigan bo'lsak juda oddiy, Starlink uskunalar to'plami uchun bir marta 499$ to'lov va har oy 99$ to'lanadi. Starlink'dan hamma bir hil narxda foydalanadi, ya'ni hamma uchun bir xil ta'rif 50 - 150 Mbit / s tezlikda cheklanmagan internet.
🚀@codeschooluz
992
Oxirgi yillarda shu #savol juda ko'pchilikda tug'uldi va juda ko'pchilik javob berishgan. Lekin menga aynan shu javob ko'proq yoqdi, sababi bu savolga to'g'ri yoki noto'g'ri javob berib bo'lmaydi. Speaker: Feruzbek Allayev Asaxiy books asoschisi.
© MFaktorUz
P.S. Ha men ham o'qiganman, agar yana qaytadan o'qish kerak bo'lsa yana o'qigan bo'lardim.
🚀@codeschooluz
992
#Internet #Starlink
Elon Musk dushanba kuni Twitter sahifasida so'ngi habarlarida aytganidek, uning SpaceX aerokosmik korxonasi hozirgacha 100 ming Starlink terminalini jo'natgan va hozirda 14 ta mamlakatga litsenziya arizalari bilan xizmat ko'rsatmoqda.
Starlink - bu SpaceX xususiy kosmik parvoz kompaniyasi tomonidan uzoq joylarni arzon internet bilan ta'minlash uchun ishlab chiqarilayotkan sun'iy yo'ldosh tarmog'ining nomi.
Starlink sun'iy yo'ldoshi hozirda beta - sinov bosqichida, cheklangan imkoniyatlarga ega va test paytida Internet tezligi 50 Mbit / s dan 150 Mbit / s gacha bo'lganligi aniqlangan. Bu yil ikki barobrga 300 Mbit / s gacha ko'payishi aytilmoqda.
Starlink sun'iy yo'ldoshini an'anaviy sun'iy yo'ldoshdan ajratib turadigan asosiy farqi shundaki, u yerga 60 barobar yaqinroq.
P.S. Starlink tekin internet emas va biz ishlatadigan an'anaviy Wi Fi ham emas, agar qiziquvchilar bo'lsa keyingi postlarimizni shu haqida qilamiz.
🚀@codeschooluz
