cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Kreativ kundalik

Kutgan mavzularingiz kutilmagan shaklda. Shunchaki kundalikni varaqlang! Tijoriy va qo'shimcha takliflar uchun: @eva_adminbot

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدلم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
268
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

00:36
Video unavailableShow in Telegram
Bir xil payt ufff dib oxirgacha bitirmasdan tashab qo'ygim keladi ) Ba'zi holatda kimdir bilan chiqisholmaslik, aldanish, kimdandir pand yeyish, sotib ketish va boshqa holatlarda inson biroz qayg'uga tushib qoladi, sustlashib maqsadlari tomon sekinlashuv yoki butkul to'xtab qolish kuzatiladi. Yoki dangasalik keraksiz joyda, keraksiz vaqtda kelib ishlarni orqaga torta boshlaydi. Bu holatda eng zo'r yordamchi va sizni maqsadlaringizga yetaklovchi bu sizning o'zingiz. Biz qadarga iymon keltirganmiz ammo sababini qilish bizni bo'ynimizda qoladi. Shu videoni ko'p ko'raman i yana dalshe dvijuxa... Kimdir bilan so'rashganda - nima yangiliklar deyilsa - tinch deyish unchalik yaxshi javobmas... Doim yangilik bo'lish kerak. Odamlar hammani orasidan o'tib sizdagi yangiliklarni eshitish uchun salomlashishiga harakat qilish kerak manimcha Hech nima qilmayotgan odamdagina tinch bo'ladi. Agar muammo va salbiy yangiligingiz bo'lsa ham muhimi siz harakatdasiz @abduvosiq_5260
إظهار الكل...
Запомни!_Ты_единственный_человек,_который_всегда_был_рядом_с_тобой.mp41.69 MB
إظهار الكل...
Har birimizning ichimizda nafs, obro'parastlik, boshqa o'jar istaklar borki, ular goho tashqi dushmandan ham xatarliroq bo'lur. Ularni yengish-o'rmondagi arslonni yengishdan ham kattaroq matonat talab qiladi. "Avlodlar dovoni" asaridan @kreativkundalik
إظهار الكل...
​​Ona qo'lini ko'rgan farzand Shifokor yigit bir qizga sovchi qo'ydi. Qiz yigitning oilaviy ahvolidan xabardor bo‘lgach, nikoh marosimiga onasini olib kelmaslik sharti bilan turmushga chiqishini bildirdi. Yigit nima qilishini bilmay qoldi va ustozlarining biridan maslahat so'radi. Ustozi undan "Nega bunday shart qo'ydi?" deb so'raganda, yigit: "Otam, bir yoshligimda vafot etganlar, onam menga sarflash uchun odamlarning kirini yuvuvchi bo'lib ishlaganlar. Lekin bunday o'tmishim mening ko'p qiynalishimga sabab bo'lgan. Endi o'z hayotimni boshlashim kerak" dedi. Ustozi unga "Mening bir talabim bor, uyga borib onangning qo'lini yuvib qo'yasan va ertaga oldimga kelasan, fikrimni o'shanda aytaman" dedi. Yigit uyiga borib onasidan qo'lini uzatishini so'rab, yuvib qo'ymoqchiligini aytdi. Ona qo'lini uzatganda o'g‘il u qo'lga qarab yig'lab yubordi. Chunki kir yuvish asnosida yorilgan, bujmaygan qo'lni yigit ilk bor ko'rayotgandi. Yigit onasining qo'lini yuvib bo'lgach erta bo'lishini kutmay ustoziga qo'ng'iroq qilib: "Rahmat sizga, nima qilishim kerakligini tushundim, bir kunimni, bir kunda o‘tadigan nikoh to'yimni deb onamni qurbon qilmayman, axir onajonim mening ertangi kunim uchun umrlarini qurbon qildilar" dedi. ©️ Nozimjon Hoshimjon tarjimasi @kreativkundalik

Odamlar nimanidir bilmaganliklari uchun emas, balki o'zlarini bilimdon va dono xisoblaganliklari sababli yanglishadilar, adashadilar. © Tohir Malik @kreativkundalik
إظهار الكل...
Maktub Dunyo bizdan o'tib ketadi, Biz dunyodan o'tib ketamiz. Tug'ilgandan to o'lim qadar Oq qog'ozga maktub bitamiz. Yelimlanar bu maktub so'ngra Va ustiga muhr urilar. Yig'ib bari insoniyatni Bor ovozda o'qib berilar... © Xayrulla Hamidov @kreativkundalik
إظهار الكل...
Muhammad ibn Hasan tunda ozgina uxlardi Alloma Toshkubriyzoda "Miftahus sa'ada va misbahus siyada" nomli kitobida quyidagilarni aytgan: "Imom, faqih, mujtahid, muhaddis, imom Abu Hanifaning shogirdi Muhammad ibn Hasan Shayboniy Kufiy Bag'dodiy (hijriy 132 yilda tug'ilib, 189 yilda vafot etgan) rahmatullohi alayh tunda uxlamasdi. Oldilariga daftarlarni, ya'ni, kitoblarni qo'yib qo'yardi. Agar birortasidan charchasa boshqasiga o'tardi. Uyqusini suv bilan ketkazardi va "uyqu haroratdan keladi", derdi. "Ulamolar nazdida vaqtning qadri" kitobidan @kreativkundalik
إظهار الكل...
Yulduz to'la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorqin yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so'ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari ehtimol, shundandir. Onalar farzandlari hamisha ular bilan birga bo'lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada onalarga shafqat qilmaydi. "Dunyoning ishlari" asaridan @kreativkundalik
إظهار الكل...
Bir paytlar bizni pastda ushlab turgan narsalar, vaqti kelib bizni yuqori cho'qqilarga ko'taradi. © Dambo @kreativkundalik
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.