cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Jomboy tongi gazetasi

Samarqand viloyati Jomboy tumani “Jomboy tongi” gazetasining rasmiy kanali Bot (Xabar qoldirish): @jomboytongibot ☎️(0366) 475-27-00, (94) 186-23-85 🔗http://jomboytongi.uz http://facebook.com/jomboy-tongi-gazetasi 🏛Jomboy shahri, Archazor koʻchasi, 13-uy.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
398
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+17 أيام
-530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

📌 28 ming 917 ta xonadonga xizmat ko‘rsatiladi “Jomboy tuman gaz” ta’minot filiali tashabbusi bilan Galakapa ko‘chasida joylashgan aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish kompressor shoxobchasiga press-tur tashkil qilindi. Unda jamoatchilik faollari, ommaviy axborot vositasi vakillari va blogerlar qatnashdi. Qayd etilishicha, shoxobcha faoliyati 2023-yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, natijada qamrov oralig‘I 45 kungacha qisqarishiga erishilgan. Bugungi kunda maishiy gaz ballonlar 5 ta maxsus jihozlangan “ISUZI” yuk avtomobillarida tarqatiladi. Tadbirda 28 ming 917 ta xonadon suyultirilgan gaz iste’molchisi ekani ochiqlandi. Har oylik iste’mol hajmi 452 tonna atrofidaligi ta’kidlandi. @jomboytongi
إظهار الكل...
📌 Press-tur: 11-yong‘in-qutqaruv otryadida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tashabbusi bilan korxona faoliyati jamoatchilikka tanishtirildi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda 11-kasbiylashgan yong‘in-qutqaruv qismi xodimlarining jangovar navbatchilikda xizmat olib borishi taqdimot qilindi. Ularning tayyorgarligi, yong‘in-qutqaruv saf me’yorlarini bajarishi hamda kasbiy faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tushunchalar berildi. @jomboytongi
إظهار الكل...
📌 Bandlik aholi roziligini olishda muhim omil Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ish faoliyati bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qayd etilishicha, bo‘lim Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 20-oktabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonuni, mehnat kodeksi talablari va qonun osti hujjatlari asosida fuqarolarga bandlik xizmati ko‘rsatadi. Bo‘limda jami 13 nafar xodimlar ishlab kelmoqda. Bunda aholini doimiy, mavsumiy, vaqtinchalik ishlarga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, doimiy ish topilguniga qadar ishsizlik nafaqasi tayinlash, ayrim toifa shaxslarni muddatidan oldin pensiyaga chiqishi uchun ko‘maklashish, bandlik yo‘nalishida subsidiya mablag‘lari ajratish asosiy faoliyat yo‘nalishi hisoblanadi. Mavzu yuzasidan jamoatchilikni qiziqtirgan savollatga javob berildi. @jomboytongi
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Jamoatchilik pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi faoliyati bilan tanishtirildi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limida pensiya yoshidagi va pensiya olish istagida bo‘lgan fuqarolar hamda jamoatchilik faollariga ish jarayoni taqdimot qilindi. Sohaga oid qoninchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xizmat ko‘rsatish sho‘basi bosh mutaxassisi G‘ulom Kenjayev ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, tumanimizda 18 ming 56 nafar pensionerlar mavjud bo‘lib, 16 ming 49 nafari yoshga doir, 1056 nafari nogironlik, 951 nafari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladi. Ularga 4 nafar malakali xodimlar xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, jamoatchilikka pensiyaga chiqish uchun ariza topshirishning yangi, zamonaviy tartibi to‘g‘risida tushuncha berildi. @jomboytongi
إظهار الكل...
👍 1
01:10
Video unavailableShow in Telegram
📌 Zakovatda zukkolar sinaladi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tuman tibbiyot birlashmasi sovrini uchun tashkil etilgan bilim bellashuvida “Salomatlik posbonlari”, “Yangi O‘zbekiston yoshlari”, “Mahalla fidoyilari”, “Nuroniylar” jamoalari bahs olib bordi. Ulaning va ulashing: Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
إظهار الكل...
49.00 MB
00:57
Video unavailableShow in Telegram
📌 78 nafar o‘quvchi maktabni medal bilan bitirdi Joriy o‘quv yilida tumanimiz umumta’lim maktablarining 11-sinfini 2029 nafar yigit-qizlar bitirishdi. Ularning 54 nafari oltin, 24 nafari kumush medalga sazovor bo‘lgani quvonarlidir. “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi festivalning navbatdagi manzili “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot maktabi bo‘ldi. Tuman hokimi Qayum Sobirov, senator Gavhar Alimova ishtirokida maktabni a’lo darajadagi yutuqlari bilan tamomlagan o‘quvchilarga oltin va kumush medallari tantanali topshirildi. Ulaning va ulashing: Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
إظهار الكل...
41.57 MB
📌 Sport va san’atda iste’dodli yoshlar tadbir markazida Festival doirasida turli sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham o‘tkazilmoqda. Jumladan, tuman sport maktabida kamondan o‘q otish bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Boks, karate va milliy kurash bo‘yicha bellashuv esa iqtidorli yoshlar uchun o‘zini namoyon etish imkonini bermoqda. Bolalar musiqa va san’at maktabida raqs hamda rassomchilik tanloviga start berildi. Shuningdek, tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi fitobar, axborot-kutubxona markazining kitoblar ko‘rgazmasi ham yoshlarni qiziqtirgan markazlardan bo‘ldi. @jomboytongi
إظهار الكل...
📌 Festival qizg‘in pallaga kirmoqda Tumanimizda o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi festival “Salomatlik uchun 5 ming qadam” piyoda yurish marafoni bilan boshlandi. Tuman hokimligi, ichki ishlar, milliy gvardiya tuzilmalari, yoshlar va sport bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda qariyb 6 ming nafar yurtdoshlarimiz qatnashdi. Avtomobil zavodi yaqinidagi maydondan tuman markazi tomon harakatlangan ishtirokchilar markaziy o‘yingohda jam bo‘ldi. Ertalabki badantarbiya mashqlari bajarildi. @jomboytongi
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Quduqli tomorqachilari o‘ziga xos tajribaga ega Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan tajribali tomorqachilar xonadoniga tashrif shaklida press-tur o‘tkazildi. Sohibkor dehqonlar bilan muloqotda ekin maydonlaridan unumli foydalanish, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilining ahamiyati mavzulari muhokama etildi. Quduqli mahallasida tashkil etilgan tadbirda Sirojiddin Hasanov xonadonida yetishtirilgan qulupnay, pomidor, piyoz va boshqa ekan turlari ko‘zdan kechirildi. Tomorqachining ish tajribasini ommalashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. @jomboytongi
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Стараются идти в ногу со временем Областным управлением ветеринарии и животноводства для сотрудников СМИ был организован пресс-тур, в ходе которого журналисты ознакомились с деятельностью фермерских хозяйства “Puremilky products” Джамбайского района. Участники пресс-тура посетили фермерское хозяйство “Puremilky products”, расположенное в Джамбайском районе, занимающее 654 гектара поливных площадей, из которых 392,4 га засеяно клевером и 261,6 га кукурузой. Здесь содержатся 3 400 голов крупного рогатого скота Голштинской породы, из них 1 700 дойных коров, 15 племенных быков и 1 685 самок в возрасте до одного года. Каждая дойная корова дает в сутки более 30 литров молока, таким образом в день здесь производится свыше 52 тонн, а в год более 16 тысячи тонн молока. В 2024 году хозяйство планирует импортировать из Нидерландов дополнительно 300 голов племенного скота на сумму 23 млрд. сумов. В хозяйстве постоянной работой обеспечены 255 человек.
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.