cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Baxt sari yo'l...

АССАЛОМУ АЛАЙКУМ KANAL A'ZOLARI! Ayollar uchun foydali kanal: ✅ Oilaviy tavsiyalar ✅ Farzand tarbiyasi ✅ Foydali retseptlar ✅ Salomatlik va go'zallik sirlari @qirolicha_85

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدلم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
188
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Endi uyg'onosh masalasiga e'tibor qaratishimiz kerak. Ko'rinib turibdiki, bizning farovonligimiz va hatto taqdirimiz bilan bog'liq bo'lgan qonuniyatlar mavjud bo'lib, ular shaxsning ug'onish vaqtiga bevosita bog'liqdir. Aql, ong va tanamizning hayotiy tetikligi to'g'ridan-to'g'ri uyg'onish vaqti bilan bog'liq. Shuning uchun, endi bu munosabatlarni batafsil muhokama qilamiz: - Ertalab soat 3 dan 4gacha tura oladiganlar o'zlarining ruhiy tabiatini tushunish va o'zligini anglash uchun etarlicha kuchga ega. Biroq, bu vaqtda uyg'onganda, faqat ruhiy amaliyot bilan shug'ullanish tavsiya etiladi. Buning sababi, bunday erta vaqt aynan shu maqsadlar uchun mo'ljallangan. Ushbu kun tartibga rioya qilgan va har kuni bomdod namozini o'qigan odamlar uchun vaqt katta sovg'a tayyorlaydi - ular ruhning chuqur sirlarini anglay oladi. - Agar inson o'z kunini ertalab 4 dan 5gacha boshlasa, u pessimistdan chuqur optimist bo'lishga qodir. Aynan shu paytda Yer optimizm holatida bo'ladi. Bunday yaxshi optemisik payt tasirida erta tongda qushlar ham kuylashni boshlashadi )). Bu vaqtda faol uyg'onadigan odamlar yaxshi shoirlar, bastakorlar, musiqachilar, qo'shiqchilar, shuningdek, optimistik odamlar bo'lishlari mumkin. Erta turish har doim quvonch bilan bog'liq. Bu vaqt hali faol harakatlar uchun mo'ljallanmagan. Ushbu davrda uyg'onib, siz ruhiy, diniy kitoblarni o'qishingiz, ibodat qilishingiz yoki barcha insonlarga baxt tilashingiz mumkin. Bu paytda dindor odamlar katta baxtni boshdan kechirib, Rabbiyga shon-sharaflar aytadilar va o'z amallarini bajaradilar. - Har kuni ertalab soat 5 dan 6 gacha turishga qodir bo'lgan odamlar butun umrlari davomida kuch-g'ayratga ega bo'ladilar. Bundan tashqari, ularning har qanday kasallikni yengish qobiliyati etarlicha kuchli. Bundan tashqari, siz ruhiy amaliyot va ibodatlar bilan shug'ullanishni davom ettirishingiz mumkin, va bu payt kerakli ma'lumotlarni eslab qolishning eng yaxshi paytidir. Bu vaqtda Quyosh hali yetarlicha faol emas, ammo Oy ham endi faol emas, shuning uchun ong har qanday ma'lumotlarga juda sezgir bo'lib qoladi va tezda xotirada saqlanadi. -Ertalab soat 6 dan 7 gacha uyg'onadiganlar-- quyoshdan keyin turadilar. Bu shuni anglatadiki, ular vaqt qonunlarini tan olishmaydi !!! , lekin hali ham ko'p uxlamaslikka harakat qilishadi. Ularning tetikligi xohlaganidan biroz pastroq bo'ladi va ularning ishlari yomon bo'lmaydi, ammo aniq xatolar bilan bo'ladi. Ularning sog'lig'i kamroq bo'ladi, ammo bu muhim hayotiy holatlarga yetarli emas. Ya'ni, bu vaqtda to'shakdan turishga moyil bo'lgan kishi ham jismoniy, ham aqliy kuch bilan yetarlicha ta'minlanmaydi. - Agar inson ertalab soat 7 dan 8 gacha tursa, u taqdirda belgilangandan ko'ra pastroq aqliy va jismoniy tonusda bo'adi. Shunday qilib, u vaqtni behuda sarflamoqda. Shuning uchun, kun bo'yi sust yoki muvaffaqiyatli faoliyat uchun etarli energiya, kuch, kontsentratsiya yo'qligini his qiladi. Bu vaqtda turadiganlar gipotenziya, migren, ishtahaning pasayishi, immunitetning pasayishi, passiv hayot pozitsiyasi, oshqozonda kislotalilikning pasayishi va jigarda ferment etishmovchiligiga moyil. Va unda asabiylik, bezovtalik, haddan tashqari kuchlanish va aksincha, ortiqcha ishtaha, qon bosimi, yuqori kislotalilik va tanadagi yallig'lanish jarayonlariga moyillik mavjud. - Ertalab soat 8 dan 9gacha turish odatiga ega bo'lganlar, shubhasiz, o'zlarining xarakterini kamchiliklarini endi yengib o'ta olmaydi va odatda ba'zi yomon odatlarga (ichish,chekish) ega. Shuningdek, ushbu vaqtda uyg'onish katta hayotiy qiyinchiliklar, surunkali va yengib bo'lmaydigan kasalliklar, umidsizliklar va muvaffaqiyatsizliklarga duch keldilar. Bunday odamlarga vaziyatni to'g'ri baholash va to'g'ri qaror qabul qilish har doim qiyin bo'ladi. Ular hayotda to'g'ri tanlov qila olmaydilar va hayot oqimida oqib boradilar, hayotlarida biron bir narsani o'zgartirishga qodir emaslar. - Ertalab soat 9 gacha uxlashga jazm etib "9 dan 10 gacha" uxlaydigan odamlarda depressiya, befarqlik, yashashni xohlamaslik, o'z taqdiridan umidsizlik, qo'rquv, shubha va jahl
إظهار الكل...
Noto'g'ri uyquning oqibatlari Keling, kun tartibni qattiq buzadigan odam bilan nima sodir bo'lishini batafsil ko'rib chiqamiz. Agar siz kechqurun soat 9 dan 11 gacha uxlasangiz, ammo qolgan uyquni kunduzgi kunga qoldirilsa, boshingiz nisbatan yengil ekanligini his qilishingiz mumkin, ammo tanangiz charchaydi va hissiy kuchingiz ham yo'qoladi. Agar siz kechasi faqat soat 11 dan 1 gacha uxlasangiz, darhol kuch borligini sezasiz, lekin siz hech narsa anglay olmaysiz va kayfiyatingiz ham juda yaxshi bo'lmaydi. Agar siz tungi vaqtda faqat 1 kechadan ertalabgacha 3gacha dam olsangiz, unda jismoniy kuch bo'ladi, ammo aqliy jihatdan kuch bo'lmaydi. Shuning uchun xulosa aniq - siz kechqurun soat 9-10 dan 3-4 gacha uxlashingiz kerak. Agar odam ongining va idrokini pasayishining aniq belgilariga qaramay, kechasi soat 10 dan 12gacha uxlamasa, unda asta-sekin ruhiy tushkunlik, dipressiya boshlaydi. Shunisi qiziqki, ushbu holatning rivojlanishi biz uchun deyarli sezilmaydi. 1-3 yildan keyin depressiya to'plana boshlaydi va biz hayot ranglari jilivlanishi pasayib ketayotganini sezamiz va atrofdagi hamma narsa qorong'i bo'lib ketayotganga o'xshaydi. Bu miyaning dam olmaganligi va uning aqliy faoliyati susayganining belgisidir. Keling, ong va aqliy kuchning pasayishi belgilari haqidagi savolga to'xtalib, uni batafsilroq ta'kidlaymiz. Aql kuchining pasaygan davrida odam nima yaxshi va nima yomonligini tushunolmaydi. Unga muayyan hayotiy vaziyatlarda nima qilish kerakligini tushunish qiyin bo'lib qoladi. Bu: qachon siz er yoki xotin sifatida kimni tanlashni, yosh bolalarni qanday tarbiyalashni, qaysi ish ustida ishlashni tanlashingizni hal qilishingiz kerak kabi tabiiy hayot imtihonlari paytida xavflidir . Sekin-asta yomon odatlardan xalos bo'lish qiyinlashadi. Bularning barchasi idrok(разум) kuchi pasayganidan sodir bo'ladi. Aql (ум) kuchining pasayishi bilan bezovtalik va xotira buzilishi boshlanadi. Biroz vaqt o'tgach, odam doimiy ravishda asabiy taranglikni his qila boshlaydi, g'azablanadi, asabiylashadi yoki yig'laydi. Uning fe'l-atvorining qandayligiga qarab, uning ongining ruhiy holatida ma'lum o'zgarishlarni boshdan kechiradi. Boshqacha aytganda, aqliy beqarorlik paydo bo'ladi va bu katta tashvishga sabab bo'ladi. Shuningdek xotira funktsiyalariga ham ta'sir ko'rsatishi mumkin. Uzoq muddatli xotira birinchi bo'lib pasayadi, keyin qisqa muddatli xotira pasayadi. Agar kishi ertalab soat 12 dan 2 gacha uyg'oq bo'lsa, prana yoki hayotiy energiya (quvvat) so'nadi. Aynan shu vaqtda prana bizning tanamizda to'planadi.!!! Agar siz bu vaqtda normal uxlamasangiz, unda siz darhol zaiflikni his qilasiz. Bizning tanamizda prana faoliyati asab tizimi bilan bog'liq bo'lganligi sababli, vaqt o'tishi bilan u ham aziyat cheka boshlaydi. Bu butun organizmning hayotiy funktsiyalari muvozanatini tartibga solishning buzilishiga olib keladi. Va bu, birinchi navbatda, immunitetning pasayishiga va surunkali kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Agar siz kun tartibiga rioya qilmaslikni davom ettirsangiz , u holda tana tanozzul holatga tushishi mumkin, bu asab tizimining, shuningdek ichki organlarning faoliyatida jiddiy o'zgarishlarga olib keladi. Uzoq vaqt davomida 1 dan 3 gacha uyg'oq bo'lish hissiy kuchlar (hissiyotlar kuchi) asta-sekin pasaya boshlaydi. Bu zaiflikning kuchayishiga olib keladi. Ayollar erkaklarga nisbatan yuqori sezgirlikka ega bo'lganligi sababli, bu vaqtda ular ko'proq uyquga muhtoj va hissiy charchoq belgilari ham ilgari paydo bo'la boshlaydi. Kunning bunday rejimiga rioya qilmaslik bilan, kuchli hissiy charchoq paydo bo'ladi, isteriya hujumlari boshlanishi mumkin. Kunning rejimini buzishning bunday turi, masalan, manik-depressiv psixozning bosqichma-bosqich rivojlanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi, bunda odam bir muncha vaqt haddan tashqari hayajonlanib, keyinchalik chuqur hissiy tushkunlikka tushadi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, kunlik rejimning bunday buzilishi bilan eshitish hissi asta-sekin xiralashadi. Eshitish o'zgarmaydi, avvalgidek bo'lib qoladi, lekin odam eshitish retseptorlarining barcha
إظهار الكل...
paydo bo'ladi. Torsunov Oleg Genadivich ning "Kun tartibi" kitobidan tarjima qilindi. Farhod.
إظهار الكل...
imkoniyatlaridan foydalana olmaydi. U tovush ma'lumotiga yaxshi diqqatini jamlay olmaydi olmaydi. Boshqa tuyg'ular ham ta'sir qilishi mumkin. Eshitish, teginish, ko'rish, hid va ta'm retseptorlari faolligi funktsiyalari asta-sekin pasayib boradi. Torsunov Oleg Genadivich ning "Kun tartibi" kitobidan tarjima qilindi. Farhod.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Ўкинманг. Надомат қилманг. Йиғламанг. Тангридан дуо қилиб сўранг. Сўрайверинг! Ҳаммаси дуо билан битади. https://t.me/barnonisaa
إظهار الكل...
ИЖОБИЙ ФИКРЛАШ - СОХТА ОДАМЛАР УЧУН ФАЛСАФА. Бир куни Гаутам Буддадан сурашибди: «Нега сиз одамларингизга дуо укишни ургатмаяпсиз?» Бу савол берилиши тайин эди - куплар учун дуосиз динни тасаввур килиш жуда кийин. Будда берган жавоб эса хозирги кунда хам худди йигирма беш аср олдиндаги каби соф, худди ушандаги каби тоза ва инкилобий эди. У деди: «Мен одамларимга дуо укишни ургатмаяман, чунки уларнинг дуолари узларига зиён булади. Айни дамда, улар бирон нима сураш учун йетарлича онгли эмаслар ва хозир нимаики сурашмасин, у нарса нотугри булади. Олдинига, улар йетарлича онгли булишсин. Мен уларга кандай килиб купрок онгли булишни ургатаман ва кейин эса, колгани узларига хавола. «Улар тулик онгли булишганида, дуо килгилари келса, бемалол. Улар менинг кулларим эмас. Аммо мен бир нарса дея оламан: бутунлай онгли булган инсон хеч нима сураиайди. Унда барча сураши мумкин булган хамма нарса бор». Милдред оиласини анча йиллардан бери кийнаб келаётган эди ва хамма унинг дод-фарёдига ва аччик юзига куникиб хам кетган эди. Бир куни у «ижобий фикрлаш» марузасида катнашди ва марузачининг жилмайиб турган башара билан канчалик муваффакиятли сифатларга эга булиш мумкинлиги тугрисидаги бир соатлик сухбаттни тинглади. Милдред тасирланганча уйига кайтди ва узгаришга карор килди. Эртасига у эрта уйгонди, севимли куйлагини кийди ва яхшигина нонушта таёрлади. Оиласи ошхонага кириб келаркан, уларни ёрктн табассум билан карши олди. Эри Жорж эса унинг юзига яхшилаб караганча, стулга кулади. «Бу хам йетмагандек», ингарди у, «энди бутунлай кокшол (мускулларни таранглаштириб ташлайдиган касаллик» булиб колибди.» У хотинининг табассуми хакикийлигига ишлна олмабди. У факат кокшол булган булиши мумкин! Одамлар дуо килишга, жилмайишга, бахтлидек куринишга, хакконий ва халол булишга интилишади - кай бир сифат мактанилса, ушандек булишга харакат килишади. Бирок уларнинг онгости килган хар бир харакатлари ортида тураверади; онгости уларнинг хакконийлигини, табассумларини, хакикатларини бузиб ташлайверади. Аммо дунёда хеч кандай этика одамларга олдин онгли булишни ва кейин, уз онгидан, борлигидаги хохлайган сифатини гуллатишини ургатмайди… Хакконийлик, самимийлик, хакикат, севги, шафкат. Гаутам Будда каби бир нечта исёнчилардан ташкари, хеч ким одам онгостиси хакида ургатмаган: олдинига у ташланиши, узгартирилиши керак, ички борлигингиз ёруглик билан тулиши керак, ана шунда, нимаики килманг, тугри булади. Тукис онгдан хеч кандай нотугрилик чикмайди. Аммо ким хам кулок соларди? https://t.me/barnonisaa
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
АГАР СИЗ ЖИГАРИНГИЗ СОҒЛОМ БЎЛСИН ДЕСАНГИЗ: ✅ Агар сизни жигарингиз безовта қилса қайта тиклашнинг жуда оддий ва осон усули бор. ✅ Бунинг учун: 1 кг кўк пиёзни 850-900 г шакар билан аралаштириб, салқин қоронғи жойда 1,5 ҳафта сақланг. ✅ Касалликнинг оғирлигига қараб кунига 3 дан 8 ош қошиқгача истеъмол қилинг. ✅ Бу услуб жигар серрози билан оғриган беморларда, ҳатто мураккаб давридаҳам текширувдан ўтган 🍎@XALQIM_TABOBATI
إظهار الكل...
​Бир куни Ливиядан келган доктор Иброҳим Руфайда деган олим билан Ўзбекистон мусулмонлари идорасида учрашув бўлди. У киши журналистларга хос сирли бир услубда гапни бир воқеадан бошладилар. Маълум бўлишича, у киши ишлаётган дорулфунунга бир талаба ўқишга келади. Нияти ”Тафсир” куллиётида ўқиш экан. Бироқ бу куллиётнинг талабалари икки йил олдин ўқишни бошлаб юборишган, янги гуруҳ икки йилдан кейин тузилар экан. Шунда талаба амалдаги гуруҳга қўшишса, ўтган икки йиллик ўқув дастурини етказиб олишга ваъда беради. Гап-сўзлари қатъий эканлигини сезиб, юртига қайтиб кетса, яна кела оладими, йўқми − шу томонларини ўйлаб таваккал, ўқишга қабул қилишади. Ўзлаштирса ўзлаштирар, бўлмаса, янги гуруҳдагилар билан ўқийверади-да, деган хаёлга ҳам боришади. Орадан икки йил ўтиб, ўқишлар тугайди. Шунда доктор Иброҳим Руфайда ўтган икки йиллик ўқув дастурини етказиб олишга ваъда берган йигитни эслайди. Доктор унинг битирув илмий ишини синчиковлик билан кўздан кечиради ва лол қолади. Талаба икки йил орасида нафақат олдинги икки йиллик билимни, балки ўн йиллик билимни ўзлаштирганига гувоҳ бўлади. Шундан кейин доктор бу илмий ишни: “Икки йил ичида ўн йиллик билимни эгаллаган талабанинг илмий иши”, деб ҳамманинг кўзи тушадиган ойнаванд жойга ибрат учун қўйиб қўйишади. “Бу ким эди?” деб доктор ўзига ўзи савол қилди ва жавобини ҳам ўзи берди: “Бу йигит Ливия дорулфунунининг Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф исми шарифли толиби эди!” Ҳазратим...🥀
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Уй шароитида тишларни тошлардан қандай тозалаш мумкин? ✅ Паста тайёрлаш: • бир чой қошиқ сода; • 20 томчи водород перикс; • 2-3 томчи лимон шарбати. ✅ Ҳар бирини яхшилаб аралаштириб тишларга суртинг. 2-3 дақиқадан сўнг тиш чўткаси билан ишқалаб ювинг ва чайиб ташланг. Бу муолажани ҳафтада кўпи билан 2 мартадан ортиқ қилманг, яхшиси ҳафтада бир маротаба етади 🍎@XALQIM_TABOBATI
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.