cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

مشاركات الإعلانات
276
المشتركون
+124 ساعات
-27 أيام
-1030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#JARAYON Boshqaruv servis kompaniyalari o‘zlariga biriktirilgan ma’lum hududlarning obodonligiyu saranjom sarishtaligi, ko‘p kvartirali uylarning fasadi, tom qismi, yerto‘lasi va albatta kirish yo‘laklariga mulkdorlarning majburiy to‘lovlaridan shakllangan mablag‘lari evaziga xizmatlar ko‘rsatishga mas’ul hisoblanadilar. Jumladan Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan "Davronova Malika" boshqaruv servis kompaniyasi xodimlari tomonidan ham hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, kirish yo‘laklari oldida chiqindi quttilari va o‘rindiqlar o‘rnatib berilayotganligi hudud aholisini mamnun etmoqda. https://t.me/buxorovilujkxkb
إظهار الكل...
#JARAYON Buxoro shahrining markaziy ko‘chalaridagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi "Muhammadjon Nozima tamir qurilish" Boshqaruv servis kompaniyasi ma’muriyati aholi murojaatlarini inobatga olgan holda hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Jumladan "Mustaqillik" kúchasidagi 82-ko‘p kvartirali uyning kirish yo‘laklariga ham beton qoplamasi yotqizilib ta’mirlanmoqda. https://t.me/buxorovilujkxkb
إظهار الكل...
#JARAYON 🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining “Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug’iga asosan boshqaruv organlari ishchilari va texnik xodimlarini o‘qitish va kasb-hunarga o‘rgatish ishlarini tashkil etish choralari ko’rilmoqda. Xususan, vazirlik huzuridagi “Kommunal ta’minot markazi” DM mas’ullari tomonidan Buxoro viloyatida faoiyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari ishchi xodimlari uchun o’quv kurslari tashkil etilmoqda. Dastlab markaz direktori Nuriddin Jumaniyozov tinglovchilarga sohada yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari, ularning mazmun-mohiyati bo’yicha tushuncha berib o’tdi. Shuningdek, o’quv dasturlariga jalb qilingan soha mutaxassislari tomonidan ko’p kvartirali uylarni to’g’ri ekspluatatsiya qilish, unda xavfsizlik qoidalariga amal qilish yuzasidan darslar bo’lib o’tdi. Tadbirda tor mutaxassislik vakillari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.     Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
إظهار الكل...
00:29
Video unavailableShow in Telegram
#ДИҚҚАТ ⚡️1 июндан бошлаб мусордан қарзингиз бўлса “свет” ҳам ўчирилар экан. Шу ойда қарзларни тўлаб қўйинг. Яқинларга ҳам юбориб, огоҳлантириб қўямиз. Пули бор-ку, нега “свет” ўчди, деб ўтиришмасин.👇 Обуна бўлинг👉 @VAZIRLIK
إظهار الكل...
#JARAYON Romitan tumanidagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi "Aslon Islom qurilish" Boshqaruv servis kompaniyasi ishchi-xodimlari tomonidan "Zarafshon" MFY hududidagi Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning fasad isim hamda kirish yo‘laklarini joriy ta’mirash ishlari boshlab yuborildi. https://t.me/buxorovilujkxkb
إظهار الكل...
MUROJAATGA MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar Q.Murtazoyev ko‘chasi 8/1 ko‘p kvartirali uyga tutash hududlarda tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmaganligi, kirish yo‘laklari ta’mirtalab bo‘lib qolganligi to‘g‘risida murojaat e’lon qilingan edi. Mazkur murojaat viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi Buxoro shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. Hozirda ko‘p kvartirali uyning yon atrofida "Yangi hayot" XUJMSH farroshlari tomonidan tozalash ishlari amalga oshirilib, kirish yo‘laklarini ta’mirlash ishlari boshlanganligini ma’lum qilamiz. https://t.me/buxorovilujkxkb
إظهار الكل...
ДИҚҚАТ, ЭЪЛОН! Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 19- июндаги ПҚ- 5152-сонли «Кўп квартирали уй-жойларни бошқариш тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида» ги қарори ижросини таъминлаш мақсадида Олот туманидаги "Халқобод" МФЙ ҳудудида жойлашган 19 та кўп квартирали уйларда хизмат кўрсатиб келаётган "Отабек Ойдина Равнақи" бошқарув сервис компанияси раҳбарининг аризасига мувофиқ ушбу кўп квартирали уйлар мазкур БСК бошқаруви тасарруфидан чиқарилиб, ҳудудда янгидан Бошқарув сервис компанияси ташкил қилинаётганлигини маълум қиламиз. Шунга биноан ушбу ҳудуддаги 19 та кўп квартирали уйларни бошқариш, истиқомат килувчиларнинг яшаш ва яшаш учун мўлжалланмаган жойлардан фойдаланишда қулай ҳамда хавфсиз шароитларни таъминлаш, умумий мол-мулкни лозим даражада сақлаш ҳамда умумий мол-мулкдан фойдаланиш масалаларини ҳал этишни янада такомиллаштиришни кўзда тутувчи Бошқарув сервис компанияси фаъолияти йўлга қўйилади. —Бошқарувчи ташкилот очиқ танлов ўтказиш йўли билан танланади ва унга қуйидаги вазифалар юклатилади: Шартномага асосан барча кўп квартирали уй-жойларни бошқариш, мулкчилик шаклидан қатъий назар ҳудуддаги ташкилотларга (объектларга) сифатли коммунал ва авария вазиятларини бартараф этиш хизматларини кўрсатиш; Тегишли ҳокимлик билан тузиладиган шартномага асосан ҳудудни кўкаламзорлаштириш ва ободонлаштириш ишларини амалга ошириш; Мазкур ҳудуддаги кўп квартирали уйларда истиқомат қилаётган аҳолининг оғирини енгил, мушкилини осон қилиш орқали тадбиркорлик фаолиятини давом эттирмоқчи бўлган ҳамюртларимизни очиқ танловда иштирок этишга таклиф этамиз. Танлов шартларига доир қўшимча маълумотларни Бухоро вилояти Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бош бошқармасининг (+99891) 417 73 30 телефон рақамига қўнғироқ қилиб билиб олишингиз мумкин. Тадбиркорлик истагида бўлган ҳамюртларимизнинг мурожаатлари жорий йилнинг 07 июнь куни соат 12:00 га қадар қабул қилинади. БУХОРО ВИЛОЯТИ ҚУРИЛИШ ВА УЙ-ЖОЙ КОММУНАЛ ХЎЖАЛИГИ БОШ БОШҚАРМАСИ МАЪМУРИЯТИ.
إظهار الكل...
#JARAYON Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlari mutasaddilari hamkorligi va bevosita nazorati ostida joylardagi boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p kvartirali uylarning fasad qismi va kirish yo‘laklarini ta’mirlash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Peshku tumanining "Navro‘z" ko‘chasida joylashgan 1- ko‘p kvartirali uyning kirish yulaklarini ta’mirlash ishlari "Bentley" Boshqaruv servis kompaniyasi ishchi-xodimlari tomonidan nihoyasiga yetkazilmoqda. https://t.me/buxorovilujkxkb
إظهار الكل...
MUROJAATGA MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi Q.Murtazoyev ko‘chasi 4- ko‘p kvartirali uyning yuqori qavatidagi peshtoqda o‘rnatilgan profnastil tunukasi shamolda tebranib turganligi va shu yerdan o‘tib qaytuvchi yo‘lovchilarga xavf tug‘dirayotgani aks etgan videomurojaat e’lon qilingandan so‘ng, hududda faoliyat ko‘rsatayotgan "Jahongir kommunal servis" boshqaruv kompaniyasi ishchilari tomonidan muammo joyida bartaraf etilganligini ma’lum qilamiz. https://t.me/buxorovilujkxkb
إظهار الكل...
إظهار الكل...
Потребитель Бухара🇺🇿