Toshkent harbiy okrugi rasmiy kanali
الذهاب إلى القناة على Telegram
3 639
المشتركون
-224 ساعات
-147 أيام
-4930 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Mudofaa — LIVE
+3
⚡️⚡️⚡️“Ustozga ehtirom” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Qurolli Kuchlar davlat muzeyi hamda Xalqaro Nordik universiteti tomonidan O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan “Ustozga ehtirom” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning badiiy qismida Toshkent harbiy okrugi Chirchiq garnizoni harbiy orkestri hamda Xalqaro Nordik universitetining “Nordik taronasi” ansambli chiqish qildi. Yurtimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.👉@mudofaalive
+6
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harbiy xizmatchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish maqsadida “Yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Chirchiq harbiy prokuratura hodimi, Chirchiq HAN inspektorlari hamda xarbiy hizmatchilar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida ishtirokchilarga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, transport vositalaridan foydalanishda ehtiyotkorlikni oshirish, belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilish hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
+3
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harbiy xizmatchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish maqsadida “Yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Chirchiq harbiy prokuratura hodimi, Chirchiq HAN inspektorlari hamda xarbiy hizmatchilar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida ishtirokchilarga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, transport vositalaridan foydalanishda ehtiyotkorlikni oshirish, belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilish hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
Repost from Mudofaa — LIVE
+6
⚡️⚡️⚡️Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida qurol-aslaha va harbiy texnikalardan samarali hamda xavfsiz foydalanish, ularning texnik sozligini ta’minlash va xizmat muddatini uzaytirishga qaratilgan mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Zamonaviy armiyaning jangovar salohiyati shaxsiy tarkibning yuqori darajadagi tayyorgarligi bilan bir qatorda, harbiy texnika, qurol-aslaha va boshqa texnik vositalarning sozligi hamda doimiy shay holatda saqlanishiga ham bevosita bog‘liq. Shu bois texnik vositalarga mavsumiy xizmat ko‘rsatish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilarga mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatishning mazmun-mohiyati, uni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirishning ahamiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, harbiy texnika va boshqa texnik vositalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy ishlar amaliy tarzda namoyish etildi. Ko‘rgazmali mashg‘ulotning asosiy maqsadi texnik vositalarning turli iqlimiy sharoitlarda ishonchli ishlashini ta’minlash, mavsum almashinuvi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda harbiy texnikalarning xizmatga shayligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi. Amaliy mashg‘ulot yakunida harbiy xizmatchilarga mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish, texnik vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda texnikalarni doimo soz holatda saqlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 👉@mudofaalive
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
🔉«VATANPARVAR» gazetasining 2026-yil 2-oktabr 40-soni mutolaa uchun havola etilmoqda.
⭐️Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.
🔗O‘qish uchun: https://online.anyflip.com/kxahh/xptx/mobile/index.html
➡️Gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
+5
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷 Sirdaryo tumanida joylashgan Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida 1-oktabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ustoz va murabbiylarning yosh avlodni tarbiyalash, ularga bilim va hayotiy tajriba berishdagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning mehnatini qadrlash, yoshlarga ibrat bo‘lish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi munosib o‘rni, ularning fidokorona mehnati haqida fikrlar bildirildi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️Ustoz — qalblarga yo‘l ko‘rsatuvchi buyuk siymo
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 339-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bayram tadbiri tashkil etildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
🔉1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!
Asrlar o‘tadi, turlanar dunyo, Ilm-u-urfon ila boqiydir inson. Ustoz, Siz baxsh etgan borki nur-ziyo, Sizga ta’zim etar bor jumla-jahon.🔗Siz, aziz ustozlarga umumxalq bayrami kunida yuragimiz tubidagi eng yorug‘ va ezgu niyatlarimizni bildirmoqqa burchlimiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+2
#Xalqaro_hamkorlik
⭐️O‘zbekiston va Slovakiya mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
——————————————
⭐️Министры обороны Узбекистана и Словакии обсудили перспективы военного сотрудничества
——————————————
⭐️Defense Ministers of Uzbekistan and Slovakia discuss prospects for military cooperation
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni istiqbollari belgilab olindi
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov bilan uchrashdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#Toshkent_harbiy_okrug
#OAV_biz_haqimizda
🎞“XABARLAR” sahifasi
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
Repost from Mudofaa — LIVE
+2
⚡️⚡️⚡️Toshkent garnizonida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishga qaratilgan “Kitob mutolaasi” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.
Unda askarlar e’tiboriga shoir G‘ayrat Majidning “Oppoq tabassum” kitobi havola etildi. Mutolaa jarayonida harbiy xizmatchilar shoirning ijodi, uning she’riy asarlarida ilgari surilgan insoniy fazilatlar, ezgulik, mehr-oqibat va samimiyat kabi g‘oyalar bilan yaqindan tanishdi. Tadbir davomida askarlar kitobdagi she’rlarni ifodali o‘qib, ayrim namunalarni yoddan aytib berdi.👉@mudofaalive
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri “ADEX 2026” 6-Ozarbayjon xalqaro mudofaa koʻrgazmasida ishtirok etdi
Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
❗️ KIBERXAVFSIZLIK: SOXTA PROFIL VA SHUBHALI XABARLARDAN OGOH BO‘LING!
⭐️Bunday xabarlarda ko‘pincha shoshiltirish, maxfiylikni talab qilish, «hech kimga aytmang» kabi ko‘rsatmalar berish orqali foydalanuvchini tezkor qaror qabul qilishga majburlashga urinish mumkin. Shubhali havolani ochish yoki noma’lum APK faylni o‘rnatish natijasida qurilmadagi ma’lumotlar, akkauntlar va xizmatga oid axborotlar xavf ostida qolishi mumkin.
🔗Axborot xavfsizligi har bir foydalanuvchining xushyorligidan boshlanadi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#Toshkent_harbiy_okrug
#OAV_biz_haqimizda
🎞Ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
+5
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Guliston harbiy prokuraturasida viloyat hududidagi harbiy qism va muassasalar hamda kuch tuzilmalaridan vakillar ishtirokida harbiy xizmatchilar o‘rtasida jinoyatchilik, korrupsiyaviy holatlar va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot-profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir Guliston harbiy prokuraturasi hamda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi hamkorligida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat intizomi va qonuniylik talablariga qat’iy rioya etish, shuningdek, huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrug
#OAV_biz_haqimizda
🎞Harbiy texnikalarni mavsumiy ekspluatatsiyaga tayyorlash bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
