ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

قناة بسيطة

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

إظهار المزيد
3 617
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN NIMA QILISH KERAK? #part1 Demak, do'stlar siz bilan SPEAKING ni rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi asosiy sabablarni ko'rib chiqdik. Shu bilan muommo hal bo'lmaydi, albatta. Eng qiyin qismi hali oldinda — GAPIRISH qobiliyatingiz oshirish uchun zarur bo'lgan aktivitilarni ko'rib chiqamiz. 1. SPEAK, SPEAK, SPEAK! Ingliz tilida erkin va ravon gapira olish uchun sizdan davomiy praktika qilish talab qilinadi. Bu borada muvaffaqqiyatga erishishning qisqa yo'li yo'q. Ingliz tilida qiyinchiliklarsiz, miyada har bitta gapni tarjima qilmasdan, o'ziga ishonch bilan va tabiiy ravishda gapirishni o'rganishni birdan bir va eng asosiy yo'li bu — SPEAK AS OFTEN AS POSSIBLE AS MANY PEOPLE AS YOU CAN! Shubhasiz, sherik bilan birga speaking praktika qilish eng samarali metod. Sizni bilan birga tayyorlanayotgan do'stingiz yoki dugonangiz bilan ingliz tili muhiti yaratib kuniga 30 daqiqa ingliz tilida suhbatlashing. Shuni o'zi boshqa har qanday metod va strategiyalardan foydaliroqdir. Chunki, haqiqiy suhbatni o'rnini boshqa hech nima bosa olmaydi. " Sherigim yo'q yolg'iz tayyorgarlik ko'ryapman yoki introvertman odamlar bilan muloqot qilishda o'zimni noqulay his qilaman" deyishingiz mumkin. Buni to'g'ri tushunaman, chunki meni o'zim ham introvertman. Lekin, ochig'ini aytaman ingliz tilida realniy suhbat qilganingizda natija olishingiz ancha tezroq bo'ladi. O'zingizni noqulay his qilsangiz ham, ishonchingiz kamlik qilsa ham, xato qilishdan qo'rqsangiz ham partnyor bilan speaking praktika qilishga harakat qiling. Sizda yana savol tug'ilishi mumkin. Sherikni qayerdan topaman? Deylik, siz bilan birga har kuni praktika qiladigan hech kim yo'q. Bunda holatda davrimizni eng katta yutug'i — internet va texnologiya yordamga keladi. Buyog'iga bahonalar o'tmaydi. Internet va telefoningiz bo'lmaganda hozir bu postni o'qiyotgan bo'lmasdingiz. Qayerdan sherik qidirishga keladigan bo'lsak, siz bilan menga o'xshash ingliz tilini yolg'iz o'rganayotganlar minglab topiladi. Telegramda, ingliz tili guruhlarda o'zingizga sherik topishingiz mumkin. Bu eng qulayi va osoni. Shuningdek, Instagram va Facebook ham ingliz tilida sherik topish uchun eng qulay platformalardan biri. Ayniqsa, boshqa davlatlardan ingliz tili o'rganuvchilarni topishingiz mumkin. Facebookda ingliz tili guruhlarni, Instagramda esa til o'rgatuvchi blogerlarni kuzating. Komentariyada o'zingiz haqingiz qisqacha ma'lumot qoldiring. ▪️Ismingiz ▪️Qayerdanligingiz ▪️Darajangiz ▪️Haftada nechchi kun vaqt ajrata olishingiz ▪️va yana boshqa qo'shimcha kriteriyalar kiritishingiz mumkin. Misol uchun: Hey! my name is Baxtiyor. And I'm from Uzbekistan. My level of English is C1. I'd love practice 2 or 3 days a week. Qisqa va lo'nda. Boshqa davlatlardan sherik topib ingliz tilini praktika qilishni ustun tomoni shundaki, faqat ingliz tilidan foydalanishga majbur bo'lasiz. Misol uchun, braziliyalik bir qiz bilan internetda tanishib, haftada 3 kun 15-20 daqiqadan ingliz tilida gaplashishga kelishib oldingiz. Siz portugal tilini bilmaysiz, u esa o'zbek tilini. Sizni faqatgina ingliz tilida gaplashishdan boshqa ilojingiz yo'q. Davomi bor... Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram | TikTok

Total Recall_ My Unbelievably True Life Story ( PDFDrive ).pdf17.57 MB

#attention #diqqat #mustread TOTAL RECALL: MY UNBELIEVABLY TRUE LIFE STORY. #review Arnold Shvarzenegger Avstiriyada kichik b
#attention #diqqat #mustread TOTAL RECALL: MY UNBELIEVABLY TRUE LIFE STORY. #review Arnold Shvarzenegger Avstiriyada kichik bir shaharchada o'sib ulg'ayadi. Ikkinchi jahon urushining alomatlari saqlanib turgan, Avstriyada ocharchilik eng kuchaygan paytlarda bolaligini o'tkazadi. Kitobda Arnold hayotda boshidan o'tkazgan qiyinchiliklari, erishgan g'alaba va yutuqlari, oddiy bir yigitchadan bodibilding bo'yicha jahon chempioniga, 7 karra Mr. Olimpiadan Gollivud kino yulduzigacha, kino yulduzdan Kaliforniya gubernatorigacha bosib o'tgan yo'li hikoya qilinadi. Arnold Shavrzeneggerning hayot saboqlari, hech qachon va har qanday sharoitda ham taslim bo'lmasligi, o'z kuchiga bo'lgan qa'tiy ishonchi, bukilmas irodasi ushbu biografiyada yoritilgan. Odatda, biografik asarlar ko'p ham o'qimasdim, lekin fikrimni o'zgartirgan kitob shu bo'ldi.

🔥IELTS uchun eng foydali video darslar va kitoblarni siz uchun jamladik. 📚Bu kabi oltin to'plamga hoziroq ega bo'ling.
🔥IELTS uchun eng foydali video darslar va kitoblarni siz uchun jamladik. 📚Bu kabi oltin to'plamga hoziroq ega bo'ling.

Zoom orqali ingliz tilini online o'rganayotganlar bormi?

#attention #diqqat #mustread Yaqinda qiziqarli bir hikoyaga ko'zim tushdi. Shuni sizlar bilan o'rtoqlashmoqchiman. 1962 yilda 8 martda Koreyada juda g'ayrioddiy bola Kim Un Yon tug'ildi. Tugʻilganidan boshlab namoyon etgan ajoyib qobiliyati uchun unga "koreys vunderkindi" laqabini berishdi. Undagi qobiliyatlar ham fiziologik, ham intelektual edi. Kim Un Yonning biografiyasidan qiziqarli ma'lumotlar: – tug'ilganidan 80 kun o'tgach (3 oydan kam) yurishni boshladi; – tugʻilganidan taxminan 100 kun o'tgach uning 19 tishi yorib chiqqan edi; – 4 oyda u o'z ona tilida gapira boshladi; – 2 yoshida u 4 tilni: koreys, yapon, nemis va ingliz tillarini bilgan; – 3 yoshidan 6 yoshgacha u Xanyan shahridagi fizika fakultetini talabasi bo'lgan; – 5 yoshida u televizorda paydo bo'ldi, u yerda oliy matematika tenglamalarini yechish orqali o'z qobiliyatlarini namoyish etdi; – 8 yoshida u NASA ning maxsus dasturi bo'yicha Kolorado universitetida o'qishga taklif qilingan. U yerda u 15 yoshida fizika bo'yicha ilmiy darajani oldi; Barcha muvaffaqiyatlariga qaramay 1978 yilda u kutilmagan qarorga keldi – o'z vataniga qaytdi. Yo'q, ilmdan umuman chetga chiqmadi. U ilmiy maqolalar yozishni davom ettirdi. Xammasi bo'lib uning fizika va boshqa sohalarda 100 dan ortiq ilmiy ishlari mavjud. P.S: Aziz ota-ona, farzandimiz vunderkind bo'lmasa-da, farzandlarimizga bilim berish uchun har kuni bir soat vaqtimizni ajrataylik. Katta xatoimiz farzandlarimizni bilim olishini, maktab, oliygox zimmasiga yuklayotganimiz. Kechirasiz-u, bir nimani tushunishimiz kerak, buni mendan ham yaxshi bilasiz maktab juda kerakli bilim va ko'nikmalarni farzandlarimizga o'rgatadi. Lekin REAL hayotda buni o'zi kamlik qiladi. Baxtli va muvaffaqiyatli hayot qurish uchun kerak bo'ladigan "SKILL" larni aksariyatini farzandlaringizga o'rgatish sizning zimmangizda.

It's great to run towards something you like. But it's even better to run away from something that terrifies you. Take all your faults and inadequacies. Then imagine those get the upper hand and think about where you could be in three to five years. Some people know they'd be a street person, some people know they'd be an alcoholic, some people know they'd be a prostitute or a drug addict. Everybody's got their own little hell they could descend into with a fair degree of rapidity and a fair bit of enjoyment. Source: The Joe Rogan Experience #1070

#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISHGA TO'SQINLIK QILUVCHI SABABLAR #part3 3. XATO QILISHDAN QO'RQISH. Xato qilishdan qo'rqish ko'plab til o'rganuvchilar duch keladigan eng yirik muommolardan biri hisoblanadi. SPEAKINGDA — QO'RQUV bu ko'pchiligimizda kuzatiladigan holat. Ingliz tilida notog'ri gapirib qo'ysak atrofdagilar ustimizdan kulishi, bizni tanqid qilishi yoki boshqalarni oldida ahmoq bo'lib ko'rinishimiz mumkin. Bu esa o'z-o'zidan xato qilishdan qo'rqishga olib keladi. Bir nimani hech qachon yodingizdan chiqarmang: Hamma xato qiladi, hech kim mukammal emas. Bu til o'rganish jarayoniga ham bog'liq. Xato qilmasdan ingliz tilini o'rgana olmaysiz. Agarda ingliz tilida gapirganingizda kimdir sizni ustingizdan kulsa yoki sizni tanqid qilsa shuni bilingki u inson INGLIZ TILI ni " I " harfini ham bilmaydi. Agar bilganida, til o'rganish qiyin jarayon ekanligini, buning ko'p vaqt talab qilishini, hatto inglizlar va amerikaliklar ingliz tili o'z ona tilisi bo'lishiga qaramay ba'zan xato qilishlarini, hech kim mukammal emasligini yaxshi tushungan bo'lishardi. Xato qilish normal holat. Xatolarni tahlil qilish, ularni qaytarmaslikka harakat qilish lozim. Aynan nimada xato qilyapsiz, birinchi o'rinda shunga aniqlik kiritib oling. Darajangiz ko'tarilgani sari kuchli va kuchsiz jihatlaringiz shakllana boshlaydi. Deylik, speakingda so'zlardan foydalanishda sizda muommo yo'q bo'lishi mumkin. Lekin shunga qaramasdan suhbatga kirishganingizda sizni yaxshi tushunishmayapti. Buni sababi so'zlarni notog'ri talaffuz qilayotganligingizda bo'lishi mumkin. Siz asosiy e'tiborni so'zlarni qayta-qayta takrorlashga emas, ularni to'g'ri talaffuz qilishni o'rganishga ( pronunciation ) qaratishingiz kerak. Nimada ko'p xato qilyapsiz, ana o'shani ustida ko'proq ishlang. Omma oldida gapirishda asabiylashish va xavotirga tushish ham ba'zi til o'rganuvchilarda spekingni rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi omil bo'lishi mumkin. Shuningdek, motivatsiyasini yetishmasligi sababli ham speaking praktika qilishni ortga surishadi ba'zi til o'rganuvchilar. Yuqorida keltirilga sabablarni oldini olishda asosiy rolni o'qituvchi o'ynaydi. O'qituvchi shunday muhit yaratishi kerakki, unda o'quvchilar o'zini qulay sezishsin, xato qilishdan qo'rqishmasin. O'qituvchi o'quvchilarni ruhlantirib turishi, ularni o'ziga bo'lgan ishonchini ko'tarishi lozim. O'quvchilar xato qilishganida esa ularni urushishi yoki tanqid qilishi kerak emas, aksincha, kamchiliklarini tuzatishiga yordam berishi kerak. P.s. Hayotda ba'zi insonlar nima qilishingizdan qa'tiy nazar sizni tanqid qilishadi, ustingizdan kulishadi. Bunday insonlar doim topiladi. Bu boradagi shaxsiy qoidam: Insonlarni men haqimda nima deb o'ylashi birinchidan, meni umuman qiziqtirmaydi, ikkinchidan, bu ularning shaxsiy ishi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram | TikTok

She is hilarious

#attention #diqqat #mustread Do'stlar oy oxirigacha "SPEAKING" haqida ko'rsatma va bilimlar berib boraman. Speakingga oid nima bo'lsa hammasini shu yerda @SpeakingEnglish_uz da o'rganasiz Ushbu xabarni do'stlaringiz bilan ulashing!

Kimga shu holat tanish
Kimga shu holat tanish

🦚"Tovus" ingliz tilida nima deyiladi?
🦚"Tovus" ingliz tilida nima deyiladi?

#attention #diqqat #mustread SPEAKINGNI RIVOJLANTIRISHGA TO'SQINLIK QILUVCHI SABABLAR. #part2 UYANTCHANLIK TUFAYLI O'ZINI SPEKING PRAKTIKA QILISHDAN OLIB QOCHISH. Ingliz tilida ko'pchilik gapirish qobiliyatini rivojlantirishda qiynalishiga sabab bo'luvchi asosiy faktorlardan biri bu — uyatchanlik. Bir qarashda ishonish qiyindek tuyulishi mumkin. Lekin, haqiqatdan ham shunday. Nafaqat ingliz tilida, ko'pchilik hatto o'zbek tilida atrofida insonlar ko'p bo'lsa fikrini aytishdan uyalib, o'zini chetga oladi. Tortinchoqlik shunday his tuyg'uki, sizni kerakli vaziyatlarda kerakli harakatni amalga oshirishingizga qarshilik qiladi. Insonlar odatda Extrovert va Introvert bo'lishadi. Extrovert insonlar ko'pchilik orasida o'zlari yaxshi his qilishadi, kirishimli bo'lishadi. Introvertlar esa aksincha ko'pchilik bor joyda o'zlarini unchalik yaxshi his qilishmaydi. Bunday insonlar yolg'izlikni afzal ko'rishadi. Introvertlar uchun vaqtni yolg'iz o'tkazish ancha samaraliroq bo'lishi mumkin. Agarda siz ham introvert bo'lsangiz sinfxonada, o'quvchilar qarshisida yoki o'qituvchingiz qarshisida gapirishda o'zingizni noqulay his qilishingiz mumkin. Bu esa tabiiy hol. Chunki sizning tabiatingiz shunday. Uyatchanlikka sabab bo'luvchi asosiy omil esa biz siz bilan ko'rib chiqqan — o'ziga bo'lgan ishonchning yetishmasligi bo'lishi mumkin. Bunday insonlar bilan shug'ullanayotganda ingliz tili o'qituvchilardan, IELTS instrukturlardan alohida e'tibor talab etiladi. Agarda siz o'qituvchi bo'lsangiz, uyatchang o'quvchilarga motivatsiya berishingiz, ularni ko'proq gapirishga harakat qilishga undashingiz va ularni doimiy ruhlantirib turishingiz kerak. Agarda siz ham introvert bo'lsangiz (menga o'xshab) ingliz tilida gapirish sizda noqulaylik tug'dirsa ham, boshqalar oldida gapirishdan uyalsangiz ham, qisqasi nima bo'lishidan qat'iy nazar speaking qobiliyatingizni rivojlantirish maqsadida ingliz tilida gapirishingiz shart. P.s. Kechirasiz, ammo boshqa yo'li yo'q. Agarda maqsadingiz ingliz tilida erkin va ravon gapirish bo'lsa, demak buni faqat bitta yo'li bor. U ham bo'lsa, har kuni speaking praktika qilish, ingliz tilida muloqot qilishdir.

HOW TO SPEAK ENGLISH BETTER IN 10 EASY STEPS. 1. Imitate When most people think about learning English, they think about piles of books, memorizing lists and studying with cards. All of these are helpful in their own way and shouldn’t be ignored. However, many people forget – or shy away from – the active side of language learning – exploring, speaking, listening, and repeating. 2. Avoid learning word by word Are you tired of memorizing lists of verbs and feeling like you still can’t speak confidently? It’s time to change your strategy. This time, learn full expressions – this is called chunk-based learning. 3. Use what you’ve learned immediately If there is one thing your brain enjoys, it is feeling useful. Our brains dislike wasting time with information we don’t use. (Maybe that’s why you keep forgetting the English words you tried learning yesterday!) 4. Be an actor Actors have one mission: to study a text and then make people believe that text is real. They do that by using emotion, exaggeration, repetition and practice. So why not be inspired by your favorite actors and do the same? 5. Listen to others as much as you speak Many English learners struggle with speaking for three reasons: they are embarrassed by their foreign accent, they don’t remember key words when they need them, and they can’t really understand when people reply back to them, which leads to awkward situations. 6. Listen to yourself and get feedback from native speakers Some English students are so shy and nervous that they postpone speaking indefinitely. After months of study, they realize they have never actually heard themselves speak! It is essential that you start practicing basic sentences from day one – out loud. 7. Become visual Visual learning is powerful – and increasingly popular. Research shows that images associated with words help us recall much more efficiently, and that means less difficulty speaking. 8. Narrate your life Your brain is more likely to remember new vocabulary if you apply it to your own life. 9. Start singing Science has proven that part of our brains that engages with music is also active when you process language. English students who often listen to music in English tend to have better pronunciation skills and understand other speakers more easily. 10. Know your priorities Ask anybody: “Why are you learning English?”. Answers will be different, but most people will say: “because I want to get a better job”, “because I want to move to London”, “because my partner speaks English”, or “because I love English”.

2.24 MB

— Chloe, What is on your face? — Uhm... Beauty!

You don't protect your children. You don't get rid of the vulnerability. In fact, you do the opposite. You expose them to the
You don't protect your children. You don't get rid of the vulnerability. In fact, you do the opposite. You expose them to the world as much as you possibly can. You teach them to be strong. That's the best antidote to their vulnerability. @SpeakingEnglish_uz