ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

قناة بسيطة

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

إظهار المزيد
3 617
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILINI O'RGANISHNI NIMADAN BOSHLASH KERAK? #part3 Ingliz tilida aniq maqsadga va o'quv planiga ega bo'lishni ahamiyati bilan tanishib chiqdik. Navbatdagi bosqich — Ingliz tilini boshlang'ich darajaga o'rganishni boshlash. 1. Boshlang'ich darajadagilar uchun so'zlar va iboralar Til o'rganishni boshlaganingizda birinchi ko'rib chiqishingiz kerak bo'lgan so'zlar va iboralar mavjud. Ular sizga keyinchalik ingliz tilida qolgan skillarni rivojlantirishingizda asos bo'lib xizmat qiladi. Birinchi qadam eng ko'p ishlatiladigan 100 ta so'zni o'rganish, yodlash va ularni ACTIVE VOCABULARY ga aylantirish. Keyingi qadam eng ko'p ishlatiladigan 1000 ta so'z. Sodda temalarga oid so'zlarni o'zlashtiring: ▪Salomlashuv va tanishuv; ▪️So'roq so'zlar; ▪️Raqamlar va vaqtni ifodalovchi so'zlar; ▪Manzilni so'rash; ▪️Ob havoga oid so'zlar; ▪️Hafta va oy kunlari, fasllar; ▪️Ranglar va shakllar ▪️Uy jihozlari va boshqa yana shunga o'xshash so'zlarni birinchi o'rganish sizda VOCABULARY BAZA sini yaratish imkoni beradi. Yangi o'rgangan so'zlar va iboralar ishtirokida original gaplar va qisqa dialoglar tuzing va ularni ovoz chiqarib o'qishni mashq qiling. Yangi o'rgangan so'zlaringizdan qanchalik ko'p foydalansangiz shunchalik oson ularni avtomatik ravishda qo'llaydigan bo'lasiz. 2. Boshlang'ich darajadagilar uchun gramatika Har qanday tilni negizi bo'lgan so'zlarni tartibli o'rganish haqida tanishdik. Keyingi qadam — GRAMATIKA. Gramatikani o'rganishni uning eng asosiy va zaruriy qismlarini o'zlashtirishdan boshlang. Pastda keltirilgan fundamental gramatik qoidalar, strukturalar bilan tanishib chiqing. ➕ Alfabet, unli va undosh tovushlar; ➕ "To be" "to have" "to do"; ➕ Part of speech ( ot, sifat, ravish, fe'l, olmosh etc.) ; ➕ Artikl: the, an, a ➕ Gap tuzish strukturasi va sodda gaplar tuzish. Ushbu gramatik qoidalar bilan tanishib chiqqaningizdan va o'zlashtirganingizdan keyin, e'tiboringizni nisbatan murakkabroq bo'lgan gramatika bo'limlariga qaratishingiz mumkin: ▪️prepositions ▪️natural gender ▪️verb tenses ▪️gerund ▪️modal verb etc. Asosiy gramatik bilimlarni egallanganingizdan so'ng sodda gaplar tuza olishingiz va ularni eshitganda tushuna olishingiz mumkin bo'ladi. Bu esa o'z navbatida Speaking va Listening skillaringizni rivojlantirishingizga yordam beradi. Davomi bor.... P.s. Til o'rganish jarayonida aniq maqsad qo'yib, shu maqsadga erishish uchun harakatlanish ham vaqtingizni tejaydi, ham sifatli bilim olishingizni kafolatlaydi. Telegram | Instagram | TikTok

I don't see any progress in English

photo content

. 😃 Ingliz tilida " XUDBIN " so'zi qanday tarjima qilinadi?
. 😃 Ingliz tilida " XUDBIN " so'zi qanday tarjima qilinadi?

Kanaldagi postlarni o'qib, o'zingiz uchun kerak ma'lumotni olayapsizmi?

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILINI O'RGANISHNI NIMADAN BOSHLASH KERAK? #part2 Ingliz tilini o'rganishni endi boshlaganingizda siz tanlaydigan uslub bir qancha faktorlarga bog'liq. Aniq maqsad va resurslar sizga NIMA ni o'rganishni va QANDAY o'rganishni aniqlashingizga yordam beradi. 1. Ingliz tilini nima uchun o'rganayotganingizga eng birinchi aniqlab kiritib oling. O'qish uchunmi? Sayohat uchunmi? Ish uchunmi? yoki boshqa shaxsiy sabablar bo'lishi mumkin. Bu savolga javob berish o'ta muhim. Chunki ingliz tilini qanday uslublardan foydalanib o'rganishingiz shunga bog'liq. 2. O'quv plani tuzing. O'quv planingiz sizga til o'rganish jarayonida yo'lboshchi bo'ladi. O'quv planingiz o'z ichiga kiritishi kerak bo'lgan jihatlar: – bir kunda qancha vaqt ajratasiz; – qaysi skillarni qay tartibda o'rganasiz; – nima materiallardan foydalanasiz. Aniq planga ega bo'lish orqali vaqtingizdan unumli foydalanasiz va samaradorligingiz osharasiz. 3. Ingliz tiliga oid materiallarni aniqlashtirib oling. O'quv materiallari deganda faqatgina tekstbooklarni nazarda tutmayapman. Foydalanishingiz mumkin bo'lgan o'quv materiallarning soni juda ham ko'p. Misol uchun: – kitoblar, qisqa hikoyalar, jurnallar, audiokitoblar; – podcast, radio; – kino, tv serial, tv ko'rsatuvlar; – ijtimoiy tarmoqlar (youtube, telegram,etc.) – mobil dasturlar va hokazo. Til o'rganishni endi boshlaganda tanlagan materillaringiz boshlang'ich darajadagilar uchun mosligiga e'tibor qarating. Tanlagan materiallaringiz ingliz tilini nima uchun o'rganmoqchiligingiz bilan uzviy bog'liq bo'lsagina siz istagan natija va samaraga nisbatan tezroq erishishingiz mumkin. Davomi bor... P.s. Til o'rganish jarayonida aniq maqsad qo'yib, shu maqsadga erishish uchun harakatlanish ham vaqtingizni tejaydi, ham sifatli bilim olishingizni kafolatlaydi. Telegram | Instagram | TikTok

British English vs American English |

School failed you , or you failed school.......

This video will make you cry!

🔥IELTS va ingliz tili darslarini o'rganish uchun eng zo'r kanal; 👉@cambridgeIELTSbooks 👉@cambridgeIELTSbooks 👉@cambridgeIELTSbooks ‼️ Men tavsiya qilaman.

Kitobni joylashni unutibman. Sorry🤦‍♂

The_Psychology_of_Money_Timeless_Lessons_on_Wealth,.pdf3.11 MB

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILINI O'RGANISHNI NIMADAN BOSHLASH KERAK? #part1 Ingliz tilini noldan o'rganish bir vaqtni o'zida ham qiziqarli jarayon va shuningdek o'ziga yarasha qiyinchiliklarga ega uzoq muddat davom etuvchi jaroyon bo'lishi mumkin. Til o'rganishni endi boshlaganingizda duch kelishingiz mumkin bo'lgan birinchi to'siq — NIMADAN BOSHLASH KERAKLIGIGA ANIQLIK KIRITIB OLISH. An'anaviy tizimda odatda gramatikani o'rganishdan boshlimiz. Men ham ingliz tilini o'rganishni boshlaganimda birinchi gramatikani, taxminan 6–7 oy o'qiganman. Nima qoida, struktura yoki istisnolar bo'lsa hammasini o'rganib chiqqandim. Til o'rganishni endi boshlayotganlar yoki boshlaganlar uchun maslahatim shuki, siz bu yo'ldan borishingiz shart emas. Bu yo'l butunlay notog'ri demoqchi emasman, lekin boshqa samaraliroq va effektivroq metodlar ham mavjud. Demak, ularni ko'rib chiqamiz! Eng birinchi o'rinda nima uchun ingliz tilini o'rganyapsiz shuni aniqlik kiritib oling. O'qish uchunmi? Ish uchunmi? Balki, chet elga sayohat qilmoqchidirsiz, o'zingiz yoqtirgan kinolarni ingliz tilida ko'rmochidirsiz, balki sevimli ingliz yozuvchilaringiz romanlarini ingliz tilida o'qimoqchidirsiz (masalan, J. K. Rowling). Ko'pchiligimiz oliy o'quv yurtiga kirish uchun ingliz tilini gramatikasini birinchi o'rganamiz. Ingliz tilida erkin muloqot qilish yoki boshqalarni qiyinchiliksiz tushuna olish uchun gramatikani 💯 bilishingiz shart emas. Institutga imtihon topshirganimda Ingliz tilidan ko'ra Ona tilidan ko'proq qiynalganman. O'z ona tilimda deyarli 24 yildan berib bemalol gaplasha olshimga qaramasdan 36 tadan 21 ta yechganman, taxminan 60%. Shunga qaramay gramatikani butunlay tashlab qo'yish kerak emas, uning asosiy elementlarini ko'rib chiqishingiz lozim. Gramatikani to'liq o'rganmoqchi bo'lsangiz uni boshqa skillar bilan birga rivojlantirishni tavsiya qilaman. Ingliz tilida 26 harf bor, lekin mana shu 26 ta harf 44 ta tovushni ifodalaydi. Shuning uchun ingliz tilida so'zlarni talaffuz qilish boshqa bir qancha tillar bilan solishtirganda nisbatan qiyinroq. Albatta boshida Ingliz tili o'qituvchi bilan shug'ullaning. Darajangiz A1 dan A2 ko'targaningiz dan keyinroq aktiv o'rganishni boshlagan ma'qul deb hisoblayman, bu shaxsiy fikrim albatta. Yevropa Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan, butun dunyoda keng qo'llaniladigan va maqullanadigan CEFR ning 6 ta levellari mavjud: ▪️Basic user: A1 va A2 ▪️Independent user: B1 va B2 ▪️Proficient user: C1 va C2 Til o'rganishni boshlaganingizda oldingizga aniq maqsad qo'ying va quyidagi savollarga javoblaringiz bo'lsin. — Ingliz tilini nima uchun o'rganmoqchisiz? — Kuniga qancha vaqt sarflay olasiz? — Qaysi materiallardan foydalanishingiz kerak? — Tez va samarali effekt beradigan "Study Plan" dan foydalanayapsizmi? — Natijalaringizni qanday tekshirayapsiz? Davomi bor... P.s. Yuqoridagi savollarga javoblaringizni izohlarda qoldiring.

Learning English With Famous Speeches Angelina Jolie | Equality For Women Angelina Jolie is an American actress, filmmaker, and humanitarian. The recipient of numerous accolades, including an Academy Award and three Golden Globe Awards, she has been named Hollywood's highest-paid actress multiple times.

Tips To Improve Your Grammar! 👉 English Auxiliary Verbs | BE, DO & HAVE Knowing more about auxiliary verbs and how they are used in English will definitely help you to improve your English grammar. In this lesson, you'll learn my top tips to use these important 'helping' verbs correctly and dramatically improve your English grammar! 🙌🏼 A quick summary: The auxiliary verb DO exists in the simple tenses. The auxiliary verb BE exists in the continuous tenses - and in the passive voice And the auxiliary verb HAVE exists in the perfect tenses.

What are you reading currently?

#attention #diqqat #mustread 📚 The psychology of money: timeless lesson on wealth, greed and happiness #1bookaweek. In this book, Morgan Housel shares 19 stories exploring the strange ways people think about money. It covers observations on our relationship with money and tells us how our thinking towards finances drives the critical decisions of our life. The premise of this book is that – doing well with money has a little to do with how smart you are and a lot to do with how you behave. It inspires you to live a wealthy life by making smart decisions. P.s. Siz ham #1bookaweek heshtegi ostida o'zingiz o'qigan kitoblar va ulardan o'rganganlaringiz haqida izohlarda qisqacha ma'lumot qoldiring.