ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

قناة بسيطة

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

إظهار المزيد
3 617
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
#attention #diqqat #mustread Foyodor Dostoyevsky 📚 The Brothers Karamazov #review Dostoyevskiy romanlarini o'qigan har qanday inson uning nafaqat taniqli va hurmatga sazovor yozuvchi balki o'z davrining yetuk faylasufi va psixoligi ekanligini e'tirof etishadi. "The Brothers Karamazov" falsafiy roman. Bu asarni 19 asr jamiyatining odob axloq normalari, insonlarning erkinligi, ularning diniy qarashlari yoritilgan drama deyish ham mumkin. Asarning asosiy qahramonlar aka-uka Karamazovlar — biri biridan tubdan farq qiluvchi ham xarakter jihatdan, ham shaxsiyat jihatdan qahramonlardir. Asarda ishonch, shubxa, sevgi, mehr, ziddiyat, nafrat, e'tiqod tuyg'ulari so'roq ostiga olinadi. Asarning o'ziga xos jihatlaridan biri uni olindan qanday tugashini aniqlashni imkonsizligidir. Kutilmagan voqelarga boy ushbu romanni o'qishni barchaga tavsiya qilaman. Bu asar dunyoning ko'plab buyuk shaxslarida kuchli taassurot qoldirgan. Ulardan biri — Albert Eynshteyn. P.s. Blogimda tavsiya qilayotgan har bitta kitobni shaxsan o'qib chiqib keyin joylayman. Biron joydan tog'ri kelgan kitobni olib sizga tavsiya qilmayman. Shu jihatni e'tiborga oling. Dostoyevskiyni o'qiganlar bormi?

photo content

#attention #diqqat #mustread QANDAY QILIB MIYADA TARJIMA QILISHNI TO'XTATISH VA INGLIZ TILIDA O'YLASHNI BOSHLASH MUMKIN? #part1 "Ingliz tilida gapirayotganimda so'zlarni miyamda ona tilimdan ingliz tiliga tarjima qilishga odatlanganman va natijada oddiy gaplarni tuzish uchun ham juda ko'p vaqt sarflayman" Bu holat sizga tanishmi? Ingliz tilida erkin va ravon gapirishni istasangiz, so'zlarni miyangizda tarjima qilishni to'xtatishingiz va ingliz tilida o'ylashni boshlashingiz lozim. NIMA UCHUN MIYANGIZDA TARJIMA QILISH MUOMMO TUG'DIRADI? 1. Tarjima qilish ko'p vaqt oladi Insonlar bilan suhbat jarayonida bir vaqtning o'zida informatsiya qabul qilishingiz va javob qaytarishingiz kerak. Buni esa odatda, nisbatan tezroq amalga oshirishingiz kerak bo'ladi. Miyada tarjima qilib gapirish ba'zan sizni uyatli holatlarga tushirib qo'yishi ham hech gap emas. Tassavvur qiling yig'ilishdasiz, barcha navbat bilan o'z fikrini bidiryapti, sizni navbatingiz keldi va siz har bitta gapni birinchi tarjima qilib gapriyapsiz. Bu juda ko'p vaqtni olgan bo'lardi. Shunga o'xshash holatlarda hech kimni siz bilan suhbat qilishga sabri yetmaydi. 2. Tarjima qilish orqali har doim ham aytmoqchi bo'lgan fikringizni to'liq ma'nosini yetkazib bera olmaysiz. Tillar turlicha. Ingliz tilidagi aksariyat so'zlarni o'zbek tilida ekvivalenti yo'q. Ba'zi gramatik strukturalar ham faqat ingliz tilini o'ziga xos. Gaplarni tuzilishi, so'zlarni joylashish o'rnida ham farqlar mavjud. Bir xil so'z va gramatik strukturalarni topib tarjima qilgan taqdiringizda ham, ular 100% siz nimani nazarda tutayotganingizni anglatmasligi mumkin. 3. Notog'ri tarjima qilish ziddiyat keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holat til o'rganishni endi boshlaganlarda kuzatilishi tabiiy hol. Buni esa o'ziga xos salbiy jihatlari bor. Misol uchun, ko'pchilik "leave" va "abandon" so'zlarini bir biri bilan almashtirib qo'yishi mumkin. Lekin, bu so'zlarning ingliz tilida ma'nolari umuman boshqa boshqa. Shu so'zlar bilan bog'liq mashhur mojaro yuzaga kelgan. 1977-yilda AQSH prezidenti Polshaga tashrif buyuradi. Media qarshisida qilgan nutqida "when I left the US" gapi "when I abandon the US" deb polshalik tarjimonlar tomonidan tarjima qilinib ketiladi. Bu mojaro mamlakatlar ichida tezda tarqalib ketadi. Ikkala davlat mediasi uchun bu mojaro qiziqarli storiga aylanadi. Aslida, AQSH prezidenti nutqida "mamlakatdan jo'nab ketganini" nazarda tutgan edi. Tarjimonlar esa "mamlakatni tashlab ketgan" deb tarjima qilishgan. Ko'rib turganingizdek, tarjima qilib gapirish muommolar keltirib chiqarishi va suhbatni yengillashtirish o'rniga murakkablashtirishi mumkin. Davomi bor... P.s. Siz ham gapirayotganingizda o'zbek tilidan ingliz tiliga miyangizda tarjima qilishga odatlanganmisiz? Izohlarda javobingizni qoldiring.

​#Ielts_vocabulary Technology 💻 ➕ to access websites/email: to locate ➕ to back up files: to make a copy of files in case of a computer problem ➕ to boot up: to start a computer ➕ to bookmark a webpage: to mark a webpage for future reference ➕ to browse websites: to look at websites ➕ a computer buff: an expert computer user ➕ to crash: to suddenly stop working ➕ to cut and paste: to move text or images from one place in a document to another place ➕ a desktop PC: a computer that isn’t portable and remains in situ on a desk ➕ digital editing: to edit digital materials like audio or video files ➕ download (podcasts): to save a copy of a file from the internet to your own device ➕ to enter a web address: to type the address of a website into the address bar of your browser ➕ a gadget:  a technological tool like a mobile phone or camera ➕ to go online: to start using the Internet ➕ high-spec (laptop): powerful computer with top quality components ➕ Internet security: Internet safety ➕intranet: a network of connected computers within an organisation that is not accessible by unauthorised visitors ➕ to navigate a website: to find your way around a website ➕ operating system: the software that tells the computer how to work ➕ send an attachment: send an email with an accompanying file ➕ social media: media used to interact with other people such as Facebook or Twitter ➕ to surf the web: to look at a series of websites one after the other ➕ a techie: somebody who has an interest in technology ➕ to upgrade: to obtain a more powerful or feature-rich computer or piece of software ➕ video conferencing: to see and hear people from different locations using the Internet ➕ wireless hotspot: a public place where you can access the Internet ➕ wireless network: a network where users can access the Internet without the use of fixed cables ➕ word processing:  producing written texts on a computer

#attention #diqqat #mustread ⭕️ Speaking praktika qilish jarayonida kerakli paytda, kerakli so'zlardan foydalana olmayapsizmi? ⭕️ Shunday holatda nima qilish kerak, buning yechimi bormi? ➕ Writing ➕ Listening ➕ Speaking P.s. Ushbu audio darsda yuqoridagi postni sinov-test tariqasida ingliz tilida tushuntirdim. Agar sizga maqul kelsa o'zbek tilida post joyliman, ingliz tilida audio lesson. Fikringizni qoldiring! @reallifeenglishbot

What are you reading these days?

#attention #diqqat #mustread 🥳 HAPPY BIRTHDAY TO ME 🤩 It is yet another birthday. The past year has been full of many ups and downs. I got through it. Yay! Today is the start of a brand–new year. I hope for a fresh beginning and year of full of more accomplishments, achievement, happiness, joy. I'm 25. I'm a full grown up now. There is no going back, I know but, still deep down sometimes we all want to feel like a kid without any worries, difficulties, problems, responsibilities. Time is up though. This is my life and I know we all get to have one life. That is it. However, how are you going to live it or what are you going to do is totally up to you. Important things I learned in my life: First and foremost, I take full responsilibity to my actions that I did and actions that I should have done but I didn't or fail to do. I take full responsilibity to everything that happened to me or happening to me or will happen to me, no matter what it is, wheter it is in my control or out of my control. This year probably has been the most productive one. Cuz I learned new fascinating things and read a lot about humans psychology, philosophy, personal development, history, biography etc. I can't possibly share here the knowledge and insights I got to gain from these amazing books and the greatest thinker/minds of this planet who ever lived. But I'll do this step by step, that is for this reason I'm sharing and recommending books I've been reading myself. Reading is best habit I formed in the last couple of years. I encourege anyone to read more, mostly about topics they are interested in. And I highly recommend books about personal development, human nature and psychology in spite of who you are and who you are aiming to be or how old are you. Learning is a life–long journey. It only ends the day you die. Prioritize your life, if you know deep down you are not doing things that the most important to you, things that makes real diffirences in your life. Stop complaing about things, stop blaming others, stop making execuses, stop avoiding problems you're having in your life, stop doing worthless, useless, meaningless things, stop caring what other people think of you, stop wasting your life. Start taking full responsilibity, start building the life you want to live, start making real changes in your personal/professinal life, start spending more time with people who actually deserve your time, who love you unconditionally, start using your time more productively, start living your life to the fully P.s. Any thoughts? @reallifeenglishbot

#attention #diqqat #mustread Har kuni yangi so'z yodliman, lekin speakingda o'rgangan so'zlarimni qo'llay olmiman... #part2 2. SPEAKING Doimiy speaking praktika qilish orqali siz birinchidan gapirish qobiliyatingizni rivojlantirasiz (boshqa yo'li ham yo'q aslida) ikkinchidan yangi o'rgangan so'zlardan foydalanish imkoniyatingiz bo'ladi. Ko'pchilikka tanish bo'lgan yana bir holat bor — yangi so'z yodlimiz, bir necha kundan keyin esa yodimizdan chiqib ketadi. Menimcha bu 💯 barchamizga tanish. Speakingda ko'proq so'zlardan foydalana olishning yagona yo'li bu — "Speakingda yangi so'zlardan foydalanishdir" 3. LISTENING Listening passiv skil bo'lganligi uchun sizdan ko'p narsa talab qilinmaydi, lekin bu bilan listeningni rivojlantirish oson bo'ladi demoqchimasman. Har kuni listening qilish orqali nafaqat yangi o'rgangan so'zlaringizni mustahkamlash imkoni bor, shuningdek to'gridan-to'g'ri yangi so'zlarni kontekstda o'rganishingiz mumkin bo'ladi(Vocabulary o'rganishning eng samarali va to'g'ri usuli ham aslida kontekstdan o'rganishdir). Listening rivojlantirishning yo'llari juda ko'p. Youtube eng yaxshi platformalardan biri va darajangiz qanday bo'lishini farqi yo'q beginnermi yo advanced, sizga qiziqarli bo'lgan kontent doim topiladi. 4. READING This is probably the most obvious one. Of course reading is not just for improving your vocabulary but also, for learning new things you are interested in. I always highly recommend reading books daily, that is because learning is a life-long process and one of the best ways of learning is reading great books. I mean books are I think the greatest discoveries of all time. Books can have unbelievably strong impact on us if we can see their true values. Some great minds and thinkers spend most of their life writing books, you have a chance to learn that knowledge within few hours and incorporate them into your own life. P.s. Do'stlar shunchaki o'qigan bilan "ish bitmaydi", o'z- o'zidan muommo hal bo'lib qolmaydi. O'rganganlaringizni amalda sinamaguningizgacha, ulardan foyda yo'q

#attention #diqqat #mustread Har kuni yangi so'z yodliman, lekin speakingda o'rgangan so'zlarimni qo'llay olmiman...🤷‍♂ Sizga ham tanishmi bu holat? 99% holatda javob "YES", albatta 1% "Exception" mavjud. Bu muommo hammada uchraydi. Faqat menda shunaqa bo'lyapti deb o'ylamang, aslida ko'pchilik uchun asosiy to'siqlardan biri bu "so'z o'rganish emas", balki "yodlagan so'zlarni doimiy eslab qola olish va speakingda qo'llay olishdir" Demak, ushbu muommo aniq va konkret, ko'pchilikda uchraydigan holat, xo'p buni yechimi bormi? Of course when there is a problem, there is a solution too. Ushbu muommoni bartaraf etishni asosiy usullarini birma-bir ko'rib chiqamiz. 1. WRITING Ha, Writing so'zlarni eslab qolishingizda juda katta foydasi bor. Chunki writing qilganingizda faqatgina yodingizda bo'lgan so'zlardan foydalana olasiz (hamma yodlagan so'zlaringizdan emas). Ko'proq writing bilan shug'ullanish yangi o'rgangan lug'atlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ochig'ini aytaman, endi til o'rgangan paytalarim writing ga unchalik e'tibor bermasdim (honestly I hated writing), ahamiyatli emas deb hisoblardim. Aslida, writing ni foydali jihatlari juda ham ko'p ekan. Faqatgina til bilan bog'liq bo'lmagan ( kreativlikni oshiradi, erkin fikrlashni rivojlantiradi, etc.) juda ham ahamiyatli tomonlari mavjudligini tushunib yetdim. Writing ni rivojlantirishning eng qulay va effektiv usullaridan biri kundalik jurnal tutishdir ( bilaman ko'pchilikka bu klishe bo'lib tuyulishi tabiiy hol, lekin chindan ham samarali ). Shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa bizni holatda Telegramda ingliz tili gruppalarda faqat ingliz tilida yozish ham foydali. Instagram va Facebookda ham ingliz tilida postlar qoldirishingiz mumkin. Qisqasi writing uchun qanaqa imkoniyat bo'lsa foydalanish kerak. Davomi bor... P.s. Chatda reaksiya qoldiring ⚡️postni foydali deb bilsangiz

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILINI O'RGANISHNI NIMADAN BOSHLASH KERAK? #part5 2. READING AND WRTING Bugun Ingliz tilini endi boshlaganlar uchun Reading va Writing ni rivojlantirishni nimadan boshlash kerakligi haqida gaplashamiz. Readingni rivojlantirishni sodda tilda yozilgan hikoyalar o'qish bilan boshlashingizni tavsiya qilaman. Tanlagan reading materiallingizni boshlang'ich daraja uchun mo'ljallangan ekanligiga alohida e'tibor bering. Qisqa hikoyalar, suhbatlardan parcha olingan sodda dialoglar reading rivojlantirishni boshlash uchun to'g'ri tanlov bo'ladi deb hisoblayman. Notanish so'zlarni o'rganib borishni unutmang. Uzunroq tekstlarni o'qimoqchi bo'lsangiz, bolalar uchun mo'ljallangan kitoblarni va boshqa sodda va tushunishga oson tilda yozilgan kitoblarni o'qishingiz mumkin. Readingni praktika qilish jaroyonida bilimlaringizni tekshirib borishni unutmang, ya'ni Multiple choice savollarga javob berishingiz mumkin, o'qiyotgan materiallingizni qay darajada tushuna olganingizni tekshirish uchun. Readingni kundalik odatga aylantirib olganingizdan so'ng, navbatdagi bosqich — Writing Readingni rivojlantirish jarayonida o'zingizga bo'lgan ishonchingiz ortadi, yozma nutqda o'zingizni yaxshiroq ifodalashni o'rganasiz. Chunki siz reading uchun foydalanayotgan kitoblarni ham albatta, kimdir yozgan birinchi. Writingni rivojlantirishni birinchi, qisqa gaplar va sodda tekstlar tuzishdan boshlang. Sizni qiziqtiradigan mavzularda, kundalik hayotingiz haqida, o'qigan kitoblaringiz yoki ko'rgan kino filmingiz haqida yozishingiz mumkin. Ingliz tili darajasi sizdan yuqori bo'lgan, writing skilingizni rivojlantirishgiz uchun kerakli va zarur ko'rsatmalarni beradigan, xatolaringizni tuzatishga yordam beradigan partnyor topishga harakat qiling. Har kuni ingliz tilingizni rivojlantirish uchun vaqt ajrating. Listening va speaking, reading va writing skillaringizni praktika qiling, ularni ustida doimiy ishlang, darajangizni keyingi bosqichga olib chiqishga harakat qiling. Intizom va qunt bilan o'z ustingizda ishlasangiz erishib bo'lmaydigan ko'nikmani o'zi yo'q. Yuqoridagi ko'rsatmalar asosida nafaqat ingliz tilini balki boshqa xorijiy tillarni ham bemalol o'rganishingiz mumkin. Lekin shuni unutmang: CONSISTENCY IS THE KEY TO IMPROVING YOUR ENGLISH SKILLS P.s. This is the final part of how to learn English as a beginner series. I hope you find them usefull and effective. If so, invite your friends and leave a comment in the chat. And you can also follow me on Instagram https://instagram.com/ts_baxtiyor to learn more about English, books I'm reading/recommending.

#attention #diqqat #mustrea USEFUL IELTS INTERVIEW EXPRESSIONS 1️⃣ Saying something in another way 🔸What I'm trying to say is... 🔸In other words... 🔸To put it another way... 🔸What I mean is... 🔸Perhaps I should make that clearer by saying... 2️⃣ Agreeing with an opinion 🔸Yes, I agree... 🔸That's my view exactly. 🔸I would tend to agree with that. 🔸I couldn't agree more. 3️⃣ Disagreeing with an opinion 🔸No, I disagree. 🔸I'm afraid I disagree. 🔸I see things rather differently myself. 🔸I wouldn't say that is necessarily true. 🔸I tend to disagree. 🔸I'm not so sure about that. 4️⃣ Partially agreeing with an opinion 🔸I don't entirely agree. It is true that......however... 🔸That is partly true, but... 🔸I agree with that to an extent. However... 5️⃣ Getting asked an opinion (by the examiner) 🔸What do you think? 🔸What's your view / opinion? 🔸What are your views on...? 🔸How do you feel about...? 6️⃣ Saying your opinion could vary according to the situation 🔸That depends... 🔸I think it really depends... 🔸That depends on how you look at it. 7️⃣ Asking for clarification (part 3 only) 🔸Could you please explain what ...(word)... means? 🔸Sorry, I don't understand the question. Could you explain? 🔸Sorry, I'm afraid I didn't understand the question. 🔸Sorry, can I just clarify what you mean. Are you asking me ...(say what you believe you have been asked)... 8️⃣ Asking for repetition 🔸Sorry, would you mind repeating the question? 🔸Sorry, I didn't quite catch that. Could you repeat the question? 9️⃣ Summing up 🔸So all in all... 🔸To sum up... 🔸To conclude... https://t.me/joinchat/TgIk5O2_AtnMW2Ur

Phrases commonly used in speaking📌 1. Stay out of trouble. Muammodan uzoqroqda yur. 2. Don’t do anything I wouldn’t do. Bunday qilma. Men qilmagan bo’lardim. 3. You’re pushing your luck. Omadingni o’zingdan itaryapsan. 4. You have your head in the clouds. Asl haqiqatni ko’rmayapsan. 5. Let me know… Menga xabar bering. 6. Get back to me. Menga javob qaytaring. 7. Get real. Realistik bo’l. 8. Let’s get down to business. Qani, ishga kirishamiz! 9. It was like pulling teeth. Juda qiyin kun bo’ldi. 10. Good to know. Bilib qo’ygan yaxshi. 11. Who knows? Buni javobini hech kim bilmaydi. 12. Who cares? Bu hech kimga qiziq emas. 13. Who do you think you are? O’zingizni kim deb o’ylayapsiz? 14. Who asked you? Sizdan hech kim fikringizni so’ramadi. 15. I’d like to pick your brain. Sizning fikringizni bilmoqchiman. 16. Keep me posted. Menga xabar yozib turing. (Ko’pincha, sarkastik uslubda “bu menga juda qiziqarli emas” ma’nosida qo’llaniladi.) 17. I don’t know it off the top of my head. Bunga darhol javob bera olmayman. Avval eslab olishim yoki bu ma’lumotni qidirib topishim kerak. 18. I spoke to soon. Shoshib gapirib yubordim. 19. Keep them on their toes. Ularni ish bilan band qilib turing. 20. I’m sorry for the mix up. Chalkashtirganim uchun uzr.

Phrases 1. Stay Muamm 2. Don’t Bunday. 3. You’re Omad. 4. You . Asl 5. Let ejfkfkk 6. Get . Men 7. Get bo’l. 8. Let’s . Qani, 9. It Juda 10. Good . Bilib 11. Who Buni 12. Who Bu 13. Who O’zi 14. Who Siz 15. I’d . Siz. 16. Keep Men 17. I do Bu 18. I . Shoshib 19. Keep Ular 20. I’m Cha

#attention #diqqat #mustread 2017 yil Bratislavada bo'lgan poliglotlar konferensiyasi. Speaker: Lydia Machavá ko'plab poliglotlar bilan suhbatlashib ularni o'ziga xos til o'rganish metodlari bilan tanishib, 10 ta eng muhimi haqida gapiradi. Shunga o'xshash poliglotlarning "story" sini eshitish motivatsiya beradi. Bu videoni birinchi 2 yil oldin ko'rgandim. O'zim istagan progresga erisha olmayotgan edim o'sha paytlar. Berib o'tilgan maslahatlar tub burilish yasagan meni til o'rganish jarayonimda. TEN THINGS POLYLOTS DO DIFFERENTLY 1. POLYGLOTS DON'T HAVE A SPEACIAL TALENT 2. EVERY POLYGLOT HAS THEIR OWN METHOD 3. POLYGLOTS LEARN LANGUAGES MOSTLY BY THEMSELVES 4. POLYGLOT CREATE THEIR OWN LANGUAGE MATERIAL 5. POLYGLOTS LEARN ONE LANGUAGE AT A TIME 6. POLYGLOTS SPEND MUCH MORE TIME LISTENING AND SPEAKING 7. POLYGLOTS ARE NOT AFRAID TO MAKE MISTAKES 8. POLYGLOT LEARN IN SMALL CHUNKS 9. POLYGLOTS HAVE MASTERED THE ART OF SIMPLIFICATION THE MOST IMPORTANT ONE. 10. POLYGLOTS ALWAYS FIND A WAY TO ENJOY LANGUAGE LEARNING PROCESS. Watch "Lýdia Machová - Ten things polyglots do differently [EN] - PG 2017" on YouTube https://youtu.be/ROh_-RG3OVg

Rule #4 from 12 Rules for Life. When you're 17, this kind of social comparison is appropriate - to some degree. When you're 3
Rule #4 from 12 Rules for Life. When you're 17, this kind of social comparison is appropriate - to some degree. When you're 30, your life is idiosyncratic. It's multidimensional and unlike anybody else's. So it's not reasonable to compare yourself. You only see one dimension. You don't have the whole picture.

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILINI O'RGANISHNI NIMADAN BOSHLASH KERAK? #part4 English skills for Beginner Eng ko'p ishlatiladigan so'zlarni va frazalarni o'rganganingizdan va ularni kerakli gramatik strukturalar bilan bog'lashni tushunganingizdan keyin, siz endi asosiy skillarni praktika qilishga tayyorsiz. Bu skillar 4 ta asosiy kategoriyaga bo'linadi: ▪️LISTENING ▪️SPEAKING ▪️READING ▪️WRITING Listening Speaking bilan, Reading Writing bilan juftlik hosil qiladi. Native speakerlarni eshitib tushuna olish, ular bilan erkin muloqot qila olishingizni ta'minlaydi. Ingliz tilidagi turli xil tekstlarni o'qish orqali ingliz tilida to'g'ri yozishni, o'zingizni qiyinchiliksiz ifodalay olishni o'rganasiz. Unutmang: Gapirishdan oldin, eshitishni o'rganishingiz kerak. Yozishdan oldin, o'qishni o'rganishingiz kerak. 1. LISTENING AND SPEAKING Boshlang'ich darajadagilar uchun mo'ljallangan materiallardan foydalaning. Listeningni rivojlantirishni boshlang'ich darajadagilar uchun ingliz tilida suhbatlar va sodda topiklarda qisqa dialoglarni eshitishdan boshlashiningiz mumkin. Suhbatda ishlatilayotgan so'zlarga va iboralarga e'tibor bering. Birinchi eshiting, keyin takrorlang. Birinchi urinishda mukammal eshitilmasligi mumkin, lekin shunga qaramasdan, qo'lingizdan kelguncha har bitta so'zni to'g'ri tallaffuz qilishga harakat qiling. Qaysi so'zlarda qiynalyapsiz, ana o'shalarning ustida ko'proq ishlang. Faqatgina dialoglar va podkastlar bilan o'zingizni chegaralamang. Boshlang'ich darajadagilar uchun mo'ljallangan turli xil metodlardan foydalaning. Ingliz tilida qo'shiqlar eshitishingiz mumkin va shuningdek qo'shilib birgalikda kuylashingiz mumkin. Bu orqali so'zlarni to'g'ri tallaffuz qilishni, intonatsiya va ritmni tildagi ahamiyatini o'rganasiz. Bolalar uchun mo'ljallangan TV Shoular, multfilmlar ko'rishingiz mumkin. Misol uchun: ▪️"Looney Toons" ▪️"SpongeBob SquarePants" ▪️"The Simpsons" ▪️"Family Guy" Bazi jargonlarni va frazalarni o'rganish uchun vaqt ajrating. TV shoularda, qo'shiqlarda, kinolarda va realniy hayotdagi insonlar o'rtasidagi suhbatlarda foydalaniladigan ingliz tili "kitobdagidek" bo'lmaydi. Aktiv listening qilib boshlaganngizdan keyin, Speaking qobiliyatingizni rivojlantirishga e'tibor qarating. Sherik yoki o'qituvchi bilan praktika qilishingiz mumkin. Kundalik hayotdagi oddiy mavzularda, qiziqishingiz doirasidagi temalarda gaplashishingiz mumkin. Bir biringizga savollar bering, biron joyda tushunmasangiz hech qachon so'rashdan uyalmang. Unutmang ingliz tili sizning ona tilingiz emas. Praktika jarayonida xato qilish tabiiy xol. Xatolar — til o'rganish jarayonining ajralmas qismi. Bir narsani tushuning — bu siz iloji yo'q! Xato qilishdan yoki uyatga qolishdan qo'rqib speakingizni praktika qilmayotgan bo'lsangiz, siz faqatgina qimmatli vaqtingizni yutqazyapsiz. Hamma xato qiladi Eng katta xato esa — xato qilishdan qo'rqib umuman harakat qilmaslikdir. Davomi bor.... P.s. Yuqorida mavzuni 1,2,3-qismlari bilan ham tanishib chiishinigiz mumkin. Telegram | Instagram | TikTok

500 dan ortiq til o'rganuvchilar ushbu kitobni sotib olishdi. Ielts Reading bo'limida 7+ va undan ham yuqori ball olishingizda yordam beradi.

#attention #diqqat #mustread #IMPORTANT ANNOUNCEMENT 🧐 Do'stlar, siz uchun foydali qisqa e'lonim bor! o'rgaboshlash. "SUCCESS IELTS READING TESTS" KITOBI SOTUVDA! Kitob haqida qisqacha ma'lumot: ➕ Reading bo'limida sizga kerakli maslahatlar va ko'rsatmalar haqida qisqacha ma'lumot beradi; ➕ 10 ta eng ko'p uchrovchi IELTS Reading savol turlarini har biriga alohida 1 ta warm-up acticity va 10 ta to'liq matnga ega bo'lgan mashqlar berilgan. 1. TRUE FALSE NOT GIVEN QUESTIONS 2. MATCHING HEADINGS 3. MATCHING SENTENCE ENDINGS 4. MULTIPLE CHOICE QUESTIONS 5. MATCHING NAMES 6. SUMMARY COMPLETION 7. SHORT-ANSWER QUESTIONS 8. MATCHING INFORMATION 9. TABLE COMPLETION 10. LIST SELECTION Demak, 10 ta savol turlariga 11 tadan mashqlar berilgan bo'lsa siz jami 110 ta mashq bajarish imkoniga ega bo'lasiz Endi siz kitobni elektron (PDF) shaklini 25 000 so'mga ( asl narxi 35 000 so'm) chegirma narxida faqat bugun harid qilib olishingiz va uyda shu kitob bilan o'qish ko'nikmangizni yaxshilashingiz mumkin KITOBNI OLMOQCHI BO'LSANGIZ @reallifeenglishbot ga "kitobni olmoqchiman" deb yozib qoldiring. P.s. Do'stlar, chindan ham siz uchun foydali va kerakli deb hisoblamasam umuman kitob tavsiya qilmayman! Shuni e'tiborga oling. Telegram | Instagram | TikTok

IELTS ga tayyorlanayapsizmi?
Anonymous voting