ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT
قناة بسيطة
Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs
إظهار المزيد3 617
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
"Listening & Speaking" ni yaxshilash uchun maxsus kanal ⚡️
🎧 Daily PODCASTS with Transcripts👈
#attention #diqqat #mustread
IELTS SPEAKINGNI MINUS TOMONI NIMADA?
IELTS speakingni minus tomoni shundaki — sizni qolipga solib qo'yadi. IELTS ga tayyorlanayotganlarning 99% speakingni IELTS Speaking strukturasidan kelib chiqib rivojlantirishga harakat qilishadi, ingliz tilida erkin va ravon gapirishni tabiiy ravishda chiqarish o'rniga.
Ko'pchilikni til o'rganishdan maqsadi ingliz tilida fluent darajaga yani o'z fikrini erkin va ravon, miyada tarjima qilmasdan, ortiqcha qiyinchiliksiz, tabiiy ravishda ifodalay oladigan bo'lish emas, aksincha IELTS dan 8 ball olish.
Ingliz tilini to'g'ri metod va uslublardan foydalanib o'rganadigan bo'lsangiz, shu usulda umumiy ingliz tili darajangizni Advancedga olib chiqsangiz, IELTS dan yuqori bal olish ehtimolingiz yuqori bo'ladi.
Ko'pchilik kimgadir nimanidir isbotlash uchun IELTS topshirishadi. IELTS dan 8 bal olganlarni yana bir necha marta qayta topshirib 8,5 balga erishganlarni ko'rganman. IELTS 8,5 bal o'tgan joyga 8 bal ham o'tadi. Inson tabiati shunday, shunday yaralganmiz, hech qachon hech nimadan qoniqmaymiz, doim yanada ko'prog'ini istaymiz.
Hech kimni IELTS dan 8 yoki 8,5 bal olishga harakat qilishdan qaytarmoqchi emasman. Shaxsiy fikrimni bildiryapman, albatta. Shunchaki bir narsani yodingizdan chiqarmasligingizni istayman. IELTS sizni ingliz tilini bilish darajangizni tekshiradi. Ingliz tilini esa tabiiy yo'llar bilan bemalol o'rganishingiz mumkin, hech qanaqa testlarsiz, zerikarli textbooklarsiz, speaking yoki listening kitoblarsiz.
P.s. Yana bir narsa, hayot faqat IELTS dan iborat emas. O'zingiz uchun kerakli balni olganingizdan keyin asosiy e'tiboringizni sohangiz doirasida yangi bilimlarni egallashga, intelektual jihatdan o'sishga qarating.
@SpeakingEnglish_uz
🎬Inglizcha Multifilimlar kanali👇
https://t.me/+YbOXWfkwwRMyMmRi
✅Qo'shimcha manzilimiz👇
https://t.me/+Qpta46GoS8NjNGQy
Qaysi IELTS skilldan darajangizni oshirishga qiynalyapsiz?
#attention #diqqat #mustread
SPEAKING — OG'RIQLI NUQTA...
#part1
Ko'pchilikning eng og'riqli nuqtasi bu shubxasiz – speaking. Buning bir qancha sabablari bor albatta.
Ya'ni ingliz tilida gaplashish uchun muhitni mavjud emasligi, praktika qiladigan sherikni bo'lmasligi, bo'lsa ham yetarli darajada emasligi uchun odatda speakingni rivojlantirishga qiynalamiz.
Shuningdek, juda ko'pchilik self-study qilayotganlar yolg'iz, hech kimni yordamisiz speakingni rivojlantirish uchun foydalanish mumkin bo'lgan metod va uslublarni bilishmaydi. Shu sabab ham, speakingni chiqarish imkonsiz dek tuyuladi.
Ochig'ini aytadigan bo'lsam, bizda tizimni ham xatosi mavjud. Nimaga desangiz, maktablarda faqat gramatika o'rgatiladi, gramatik mashqlar beriladi. Deyarli speakingga etibor berilmaydi. Keyinchalik institutga kirish imtixonlari ham faqat gramatikadan, biz nima qilamiz birinchi gramatikani yodlimiz, ingliz tilida "2ta gapni qo'shib gapira olmasak" ham imtixondan 100% natija olib chiqishimiz mumkin.
Muommo shundaki, to'liq gramatikani yod olgan til o'rganuvchilar keyinchalik speakingni rivojlantirishga qiynalishadi, (shaxsan menda ham shunday bo'lgan) har safar ingliz tilida nimadir demoqchi bo'lganimizda, miyamizda turli xil strukturalar aylanadi. O'zimizga savollar beramiz: " Qaysi zamondan foydalanishim kerak bu yerda? " yoki " Aniq artiklmi yo noaniq" kabi o'nlab savollar aylanadi. Qisqasi, ancha qiyin kechadi jarayon.
Speakingda eng muhimi to'xtamasdan, hotirjamlik bilan va tabiiy gapirishdir. Bunga esa osonlikcha erishib bo'lmaydi. Doimiy mehnat va vaqt talab etiladi buning uchun.
Ps. " Men ingliz tilida hech qachon gaplasha olmasam kerak" degan gapni butunlay miyangizdan chiqarib tashlang. Butun dunyoda 1,5 mlrd dan oshiqroq inson ingliz tilida gaplasha oladi. Ularni deyarli 1 mlrd ga yaqini ingliz tilini siz bilan menga o'xshab ikkinchi til sifatida o'rganishgan.
💯 foiz bepul 50 mock testlar
😊Koʻk yozuv ustidan bosing va bepul testlar va darsliklarga qoʻshilish imkoniga ega boʻling 👆
Qaysi skilni rivojlantirish uchun kun davomida eng ko'p vaqtingizni sarflayapsiz?
Qaysi skilni rivojlantirishda nisbatan ko'proq qiyinchiliklarga duch kelyapsiz?
Kichik bir so'rovnoma o'tkazaman, barchangizni qatnashishingizni so'rab qolaman!
HOW TO INTRODUCE SOMEONE
🔹Kimnidir tanishtirishning turli xil variantlari mavjud. Vaziyatga qarab foydalaning.
Lisa, this is Emma.
Lisa, have you met Emma?
Lisa, I'd like you to meet Emma.
Lisa, let me introduce you to Emma.
Lisa, I'd like to introduce you to Emma.
Lisa, allow me introduce you to Emma.
Kanalga obuna bo'ling👇
@SpeakingEnglish_uz
