ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

قناة بسيطة

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

إظهار المزيد
3 617
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
‼️Ramazon oyi uchun Noldan IELTS darslariga bepul registratsiya qilish boshlandi 12-darsga keldik siz ham bizga qoʻshiling va bizni qoʻllab quvvatlang🙂

Yuqoridagi postni 1-qismi.

#attention #diqqat #mustread LISTENING — ESHITIB TUSHUNISH part2 Listening rivojlantirishning o'ziga xos jihatlaridan biri bu — shug'ullanish qulayligi, passiv skilligi, boshqa ishlarni bajara turib ham qila olish mumkinligi ( multitasking). Kompyuter yoki telefon va internet bo'lsa, qayerda bo'lishingizning deyarli ahamiyati ham yo'q. Uyda, mashina yoki avtobusda uzoq yo'lda ketayotganda, uy yumushlari qilayotganda, ovqatlanayotganda, sport bilan shug'ullanayotganda ham bemalol listening praktika qilishingiz mumkin. Bunda baxona umuman ketmaydi. "Vaqtim yo'q" "Nima qilishni bilmayapman" "Imkoniyatim yo'q" degan gaplar bilan o'zingizni alday olmaysiz. Youtubega har kuni millionlab videolar joylanadi. Undagi 50% dan oshiqroq kontent ingliz tilida. LISTENINGNI RIVOJLANTIRISH UCHUN ENG YAXSHI MASHG'ULOTLAR. 1. PODKAST. "Listeningimni oshirishim uchun nimani foydalanishni maslahat berasiz" deb ingliz tili o'qituvchingizdan so'rasangiz, sizga "Ingliz tilida podkast eshiting" deb maslahat beradi (odatda). Chindan ham bu usul eng samarali metodlardan biri. Lekin, podkast deganda faqatgina "6 minutlik zerikarli va bir hil BBC podkastlarini" tushunmaslik kerak. Shaxsan men podkast eshitishdan ko'ra, uni Youtube da ko'rishni ma'qul ko'raman. Juda ko'pchilik o'zining podkastini Youtubega ham joylaydi. Bunda insonlarni tana harakatini, yuz ifodasini ko'rish mumkin. Men ko'proq "ko'rib" o'rganuvchiman, "eshitib" emas. Podkast tanlashga kelganda e'tibor berishingiz kerak bo'lgan jihat: doim o'zingizni qiziqtirgan temada podkastlarni eshiting. Deylik, o'qituvchingiz yoki do'stingiz sizga ma'lum bir podkast eshitishni tavsiya qilishdi. Lekin podkastda ta'lim sohasidagi o'zgarishlar haqida gap ketayapti, bu esa sizni umuman qiziqtirmaydi. Nima qilasiz? Shunchaki eshitmang! Dunyodagi eng foydali podkast bo'lgan taqdirda ham, agarda siz qiziqadigan biron soha doirasida bo'lmasa, unda sizga uni keragi yo'q. Qisqasini aytsam, podkastlarning soni va turi juda ko'p. Shaxsan men kuzatadigan podkastlarning bazilari: Jordan B Peterson Joe Rogan Tom Bilyue Jim Kwik Lewis Howess Tony Robbins Tai Lopez Jay Shetty Youtubedan qidirib, eshitib ko'ring bu insonlar dunyoda o'zini sohasidagilar orasida eng kuchlilari. Podkastlar eng katta plus tomoni — so'z erkinligi, uzoq vaqt davom etishi, istagan mavzuda batafsil munoza olib bora olish imkoniyatiga ega ekanligidir. Podkastlarga faqat listeningni oshirishning bir usuli deb qaramaslik kerak. Foydali podkastlar eshitish orqali o'z bilimingizni, dunyoqarashingizni oshirishingiz ham mumkin. 2. AUDIOKITOB So'nggi paytlar audiokitoblarga e'tibor kuchaymoqda. Bu o'z navbatida, insonlar kitob o'qishga ko'proq vaqt ajratayotganini anglatadi. Ingliz tilida audiokitoblarning afzallik tomoni shundaki, ularni eshitib ham o'qish mumkin birgalikda (pdf formatda yoki kitob holida). Audiokitoblar bir vaqtni o'zida eshitish va o'qish kerak bo'ladi. Bunda so'zlarni qanday talaffuz qilinishi chuqurroq va samaraliroq o'rganish mumkin. Qulayligi, audikitoblarning soni va turining juda ko'pligidir. Tanlovda hech qanaqa muommo bo'lmaydi. Kitob o'qish jarayonida uchragan yangi so'zlarni yozib olib, yod olishingiz mumkin. Bu ham Kontekstdan Vocabulary o'rganishning bir usuli. Lekin, shaxsan men har bitta bilmagan so'zingizda to'xtab, yodlang deb maslahat bermagan bo'lardim. Chunki, agar maqsadingiz listeningni rivojlantirish bo'lsa so'zni ma'nosini tushunmasangiz ham to'g'ri talaffuz qilishni o'rganishingiz kerak bo'ladi. Davomi bor... P.s. What are you doing to improve your listening skill? @reallifeenglishbot

#attention #diqqat #mustread LISTENING — ESHITIB TUSHUNISH Demak, bugun listeningni bosqichma – bosqich rivojlantirish haqida gaplashamiz. To'g'rirog'i, men kerakli ma'mulotlarni beraman, siz esa diqqat bilan o'qib, o'zingiz uchun yangi bilimlarni olasiz degan umiddaman. O'ZI NIMA UCHUN LISTENINGNI RIVOJLANTIRISH KERAK? Ananaviy ta'lim tizimimizning yana bir kamchililaridan biri — Ingliz tilini darslarida faqat gramatik qoidalarni o'rgatildi, testlar yordamida bilimlarni sinab, shunga qarab kimnidir ingliz tilini bilish darajasini belgilanadi. Asosiy ikkita skill qolib ketadi ko'pincha: SPEAKING and LISTENING. Shuncha yil maktabda o'qib biron marta ingliz tilida 2 ta gapni qo'shib gapirganimni eslolmayman, lekin bahoyim doim "5" bo'lgan (😂🤦‍♂️) . Aksariyat til o'rganuvchilar Speakingda qiynalishi tabiiy hol. Bizda muhitni yo'qligi, ingliz tilida gaplashish imkoniyatini kamligi, shuningdek o'zimiz o'ylab topadigan bahonalar: "Vaqtim yo'q", " Sherik yo'q praktika qilishga", "Nima qilishni bilmayapman", "Qanaqa qilib praktika qilish mumkin" tufayli gapirish qobiliyatimizni rivojlantirishga qiynalamiz. Listening ingliz tilida gapirish qobiliyatingizni rivojlantirishingizda "Asosiy rol"ni bajaradi. O'zingiz o'ylab ko'ring. Qanaqa qilib insonlar bilan suhbatga kirishishingiz mumkin, agar ularni tushunmasangiz? Listeningizni ustida ishlamasangiz, kuniga 100 so'z yodlamaysizmi, baribir ularni ishlata olmaysiz. Suhbat faqat Speakingdan iborat emas. Suhbat Speaking va Listeningdan iborat. Kim bilandir muloqot qilish uchun ularni nima deyayotganini eshitib tushuna olish kerak. Ayniqsa, ingliz tilida so'zlarni talaffuzi bilan yozilishi bir hil bo'lmaganligi uchun Listeningizni ustida alohida ishlashingiz kerak bo'ladi. " Listening boshqalar bilan muloqotga kirisha olishingizda eng birinchi qadam." Til o'rganuvchilar orasida eng katta tushunmovchiliklardan biri har bitta skillni alohida o'rganishga intilishadi. Aslidachi? Listening bilan shug'ullanganingizda faqat listening qobiliyatingiz emas, balki boshqa skillarni ham rivojlantirib borasiz. Deylik, ingliz tilida video ko'ryabsiz, bunda faqat listeningni ustida ishlamayabsiz, shuningdek "grammar", "vocabulary" "pronunciation" ni ham rivojlantirayabsiz. Speakingga ham baza yaratayabsiz. Chunki video ko'rganingizda o'z-o'zidan yangi yoki oldindan bilgan so'zlaringizga duch kelasiz. Bu degani yo yangi so'z o'rganasiz, yo o'rgangan so'zlaringizni mustahkamlaysiz. MY STORY... Shaxsan men doim yangi so'z o'rganishni eng effektiv va samarali usuli kontekstdan o'rganish deb hisoblaganman. Konstekst esa video, movie, tv show, books etc. Birinchi Youtubeda ingliz tili o'rgatadgan blogerlarni kuzatib boshlaganimda, biroz qiynalganman, yangi so'zlar juda ko'p chiqardi. Videolarini ko'rganimda yangi so'z chiqsa videoni to'xtatib so'zni yozib olardim va keyin ularni o'rganardim. Bir necha oy shunday qildim. Ham listeningni, ham vocabulary ni bir paytda rivojlantirib bordim. Borgan sari yangi so'zlar kamayib borardi, speakerni tushunishim ham shuncha osonlashib boraverdi. Hozir ham yangi so'zlarni odatda, youtubeda videolar ko'rganimda uchrab qolsa o'rganaman. Hech qachon biron joydan so'zlarni jadvalini olib yodlamaganman. Shuning uchun bu usulni hech kimga maslahat bermayman, Bu usul samarasiz va foydasiz. Boshida, videolarni darajasi ancha osonroq edi, hozir ancha qiyinroq temalarda intervyular, leksiyalarni kuzataman, 8 yildan beri ingliz tilini o'rganyabman lekin har kuni yangi so'zlarga duch kelaman. Buni yomon tomoni yo'q, hech kim ingliz tilidagi hamma so'zlarni bilmaydi, xatto inglizlarni o'zi ham. Chunki, ingliz tilida 170 mingdan oshiqroq so'z bor. Inglizlar taxminan 5-7 ming so'zdan foydalanishadi kundalik muloqot jarayonida. Albatta, raqamlar o'zgaruvchan kimdir ko'proq, kimdir kamroq so'z bilishadi va ishlatishadi Davomi bor... P.s. Chatda fikrlarni qoldiring. Listening darajangiz qanday?

🛑 Diqqat Test❗️ 📍 Bu testda 90 % abituriyentlar Xato qilishmoqda siz ham urinib ko'ring 🧐 I ... a mobile recently . It has very good features with a four-GB ram. A) bought B) had bought C) buyed D) have buyed ✅ Bu qoidani bilmasdan siz OTM testidan muvaffaqiyatli o'ta olmaysiz☝️

Til o'rganishni endi boshlaganlar uchun ajoyib dastur and It's completely free!

Learn a language with me for free! Duolingo is fun, and proven to work. Here’s my invite link: https://invite.duolingo.com/BDHTZTB5CWWKSN2B2LP2HTBCPY?v=la

Repost from N/a
Learn a language with me for free! Duolingo is fun, and proven to work. Here’s my invite link: https://invite.duolingo.com/BDHTZTB5CWWKSN2B2LP2HTBCPY?v=la

Keyingi hafta "Listening" haftasi bo'ladi. Listeningni tabiiy rivojlantirishga oid metod va uslublarni o'rganasiz. Stay tuned!

#attention Ingliz tilini darajasini oshirmoqchi bo'lganlar uchun taklif — " General English" audio kursini to'liq xarid qilishingiz mumkin. 1. Ingliz tilini to'g'ri o'rganishni o'rganing. 2.Ingliz tilini to'g'ri o'rganish uchun o'quv plani tuzish. 3. Lug'at yodlashning eng samarali usuli. 4. Vocabulary o'quv plani (1-qism) 5. Vocabulary o'quv plani (2-qism) 6. Listeningni rivojlantirish uchun nima qilish va qanday mashg'ulotlardan foydalanish kerak. 7. Listeningni rivojlantirish uchun 5 bosqichli metod. 8. Speakingni qanday rivojlantirish mumkin. (1-qism) 9. Speakingni qanday rivojlantirish mumkin. (2-qism) 10. IELTS da eng ko'p uchraydigan tushunmovchiliklar. 11. Readingni rivojlantirishning eng effektiv va samarali usuli. 12.Ingliz tilini to'g'ri o'rganish uchun o'quv plani tuzish. 13. Pronunciationni rivojlantirishda nimaga e'tibor berish kerak (1-qism) 14. Pronunciationni rivojlantirishda nimaga e'tibor berish kerak (2-qism) Ramazon oyida 50% chegirmada to'liq kursni sotib olishingiz mumkin. 99 ming ❌ 49ming ☑️ Murojaat uchun: @Speaking_english_admin

#attention #mustread #diqqat Speaking qilish jarayonida bilgan so'zlarimning aksariyatidan foydalana olmayman! Bu holat juda ko'pchilikka tanish bo'lsa kerak. Qanday qilib passiv lug'atni aktiv lug'atga aylantirish mumkin. Buni hech qanaqa sirli yechimi yo'q. Faqatgina davomiy speaking praktika qilish orqali, so'zlarni to'g'ri talaffuzi bilan o'rganish, yangi so'zlarni kontekstdan olib ularni ishlatilish o'rni bilan yodlash orqali erishish mumkin. Eng ko'p ishlatiladigan so'zlarni mukammal o'rganishga va ana o'sha so'zlardan foydalanib gaplashishga harakat qiling. Keyinchilik speaking darajangiz va o'zingizga bo'lgan ishonch oshgani sari nisbatan murakkabroq so'z yoki strukturalardan foydalana boshlashingiz mumkin. Pastdagi link orqali kirib ham videoni ko'rishingiz mumkin 👇 https://www.instagram.com/tv/Cbz3E0SqDix/?utm_medium=share_sheet

#attention #mustread #diqqat ENG KO'P ISHLATILADIGAN SO'ZLAR INGLIZ TILIDA #4qism Play – “We can play soccer next weekend instead.” Government – “I hope the government does something about the poverty in this country.” Run – “If you see a bear here, run for your life.” Small – “I have a small favor to ask you.” Number – “I have a number of favors to ask you.” Off – “Please turn off the television.” Always – “I always bring pepper spray with me.” Move – “Let’s move on to the next tourist spot.” Like – “I really like you.” Night – “The night is young.” Live – “I’m going to live like there’s no tomorrow.” Mr. – “Mr. Morris is here.” Point – “You have a point.” Believe – “I believe in you.” Hold – “Just hold my hand.” Today – “I’m going to see you today.” Bring – “Please bring a pen.” Happen – “What will happen if you don’t submit your report on time?” Next – “This is the next best thing.” Without – “I can’t live without my phone.” Before – “Before I go to bed I always wash my face.” Large – “There’s a large amount of data online about that topic.” All – “That’s all I know about Dinosaurs.” Million – “I have a million questions about this book.” Must – “We must watch this movie together.” Home – “Can we go home now?” Under – “I hid it under my bed.” Water – “I filled the tub with water.” Room – “His room is at the end of the corridor.” Write – “Can you write me a prescription for this?” Mother – “His mother is a very lovely woman.” Area – “This area of this house needs to be fixed.” National – “That virus has become a national concern.” Money – “She needs money to buy her medicine.” Story – “She shared her story to the media.” Young – “She is so young and so hopeful.” Fact – “It’s a fact: shopping can improve your mood.” Month – “It’s that time of the month!” Different – “Just because she’s different, it doesn’t mean she’s bad.” Lot – “You have a lot of explaining to do.” Right – “Turn right when you reach the corner.” P.s: Yangi so'zlarni mana shunday tartibda yodlashga odatlaning. Gapda ishlatilish o'rni bilan yangi so'zlarni o'rganganizda ularni "Speaking" da ishlata olishilar ehtimoli juda yuqori bo'ladi. @SpeakingEnglish_uz

IELTS ni oʻrgatadigan yopiq kanal topdik tez qoʻshilib oling😳😳😳 Bosing👇 https://t.me/+S6EbMZw--hQ2YWVi https://t.me/+S6EbMZw--hQ2YWVi https://t.me/+S6EbMZw--hQ2YWVi Qoʻshila olganlar bormi🤔