NavoiyDU_AL
الذهاب إلى القناة على Telegram
🏢Navoiy davlat universiteti akademik litseyi telegram kanali! 🚕Manzil: Navoiy sh,Spitamen 14-uy Lokatsiya:https://maps.app.goo.gl/3q7a3v8qJX6UthZg6 📞 Qabulxona: +998792204028 ⏱ Qabul vaqti: 9:00 -17:00 ❓Savollar: @makkamov_jaloliddin33
إظهار المزيد1 224
المشتركون
+124 ساعات
-197 أيام
-7430 أيام
أرشيف المشاركات
1 224
+5
#NavDU_AL
#Mustaqillik
#35 yillik
#Sport
🔰Navoiy davlat universiteti akademik litseyida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan "Mustaqillik kubogi" sport musobaqalari doirasida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jismoniy faolligini kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida voleybol sport musobaqasi o‘tkazildi.
✅Musobaqada akademik litsey o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etdi.
❇️Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, tezkorligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
🔰Musobaqa qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi.
✅Yakuniy natijalarga ko‘ra,
akademik litseyning 8-25 guruhi
I oʻrinni, 6-26 guruhi II oʻrinni, 7-25 guruhi III oʻrinni qoʻlga kiritdilar.
❇️Gʻolib va sovrindor jamoalar aniqlanib, faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.
1 224
#NavDU_AL
#Bilimlar_kuni
2026-yil 2-sentabr kuni Navoiy davlat universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi — “Bilimlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
🔰Tadbirda akademik litsey rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
❇️Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.
✅Akademik litsey direktori F.B.Maxammatqulov tadbirni ochib berdi, yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi, istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning bilim olishi va kelajakda munosib o‘rin egallashi borasida so‘z yuritildi. Mazkur o'quv yilida akademik litseyni 407 nafar o'quvchi tahsil olgan bo'lsa, BBA tomonidan o'tkazilgan imtihonda ulardan 45 nafari maksimall 189 ballni qo'lga kiritdilar. Tadbirda ana shu o'quvchilarning ota-onalari ham minnatdorlik tuyg'ularini ifoda etib tashakkur bildirdilar.
🔰Tadbirda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari M.E.Eraliyev nutq so'zlab, “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasining mazmun-mohiyati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat va yurt ravnaqiga daxldorlik ruhida tarbiyalash tushgunchalariga alohida e’tibor qaratdi.
❇️Bayram dasturida o‘quvchilar tomonidan Vatan, istiqlol, tinchlik va ona yurt madhiga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ijodiy chiqishlarda yoshlarning mustaqil O‘zbekistonning munosib farzandlari bo‘lib voyaga yetish, yurt taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish istagi o‘z ifodasini topdi.
✅Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga Vatanimiz mustaqilligi abadiy bo‘lishi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lishi tilaklari bildirildi va akademik litsey o'quv xonalariga "Mustaqillik darslari"ga taklif etildi.

#NAVDU AKADEMIK LITSEYI.
#O'quvchi formasi
#Tavsiya
Assalomu alaykum!
🔰Barcha akademik litsey oʻquvchilari va ularning ota-onalari uchun.
✅Yangi 2026-2027 oʻquv yili munosabati bilan koʻp ota-onalarimiz va litseyga qabul qilingan oʻquvchilar tomonidan oʻquvchi formasi haqida ma'lumot berish soʻralayotganligini inobatga olib, akademik litsey oʻquvchisi formasini namuna sifatida tavsiya etayapmiz.
🔷Oʻgʻil bolalar uchun: toʻq koʻk yoki qora rangli kostyum-shim, yoqali oq koʻylak, toʻq koʻk yoki qora rangli galstuk, qora rangli oyoq kiyim, sochlar 3-4 sm uzunlikda.
🔶Qiz bolalar uchun: toʻq koʻk rangli kostyum yubka (yubka uzunligi tizzadan 15-20 sm pastda), yoqali oq kofta, sochlar oʻrilgan holatda, qora rangda oyoq kiyim.
☑️Shuningdek, oʻquvchilar litsey hududiga oʻzi bilan birga mumkin boʻlmagan narsa va buyumlar olib kelish ta'qiqlanadi.
🟤Ta'lim muassasasi va ota-ona hamkorlikda hamfikr boʻlib faoliyat yuritsak oʻquvchilarimiz albatta oʻz maqsadlariga erishadi va yaxshi natijalar koʻrsatadi.
1 224
Assalomu alaykum!
#Diqqat_Elon_Eslatma
♻️ Navoiy davlat universiteti akademik litseyiga 1- bosqichga qabul qilingan oʻquvchilarga, masʼul oʻqituvchisi tomonidan telefon qilib, yangi oʻquv yili kuni, forma, kerakli hujjatingiz va boshqa maʼlumotlar berilmog'da.
✅Oʻquvchini Ruyxatdan oʻtgan telefon nomeriga chiqishadi, shu nomeringiz ishchi holatda boʻlsin.
📎Ma'lumot uchun.
📚Yangi oʻquv yili boshlanishi 2026 yil 2-sentybrdan boshlanadi.
❔Boshqa Savollaringiz boʻlsa 997580736 nomer bilan bogʻlaning, toʻliq maʼlumot beriladi.
1 224
Repost from Edu.uz
🖥 Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi
✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi.
ℹ️Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.
‼️ Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart.
Bizni kuzating!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 224
Repost from Edu.uz
#mandat #akademik_litsey
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor
2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 224
http://my.edu.uz
vaqtinchalik hozir sayt ishlamay turibdi...keyinchalik kanalga yoʻnalishlar kesimida (pdf) variantda tashlanadi.
1 224
Repost from Edu.uz
#mandat #akademik_litsey
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor
2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 224
Assalomu alaykum!
❓ Koʻp savollar bo'lyabdi, javoblar qachon chiqadi deb? ✅Test kunidan 5⃣-7⃣ ish kuni o'tib deyilgan, erta indinga chiqib qoladi xudo xohlasa, sabrli boʻlamiz va kutamiz.❕❕❕
1 224
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Akademik litseylarga qabul test sinovlari📆 Avval xabar qilinganidek, 24-25-iyul kunlari Akademik litseylarga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 📊 Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 66 033 nafar abituriyentdan 57 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari tartib-qoidani buzganligi sababli jarayondan chetlatildi. 📣 Eslatma, imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi. 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 224
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Abituriyentlar diqqatiga!
Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi!📆 2026-2027-o‘quv yilida Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik lisyeyi, Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga hamda davlat oliy ta’lim muassasalari huzuridagi Akademik litseylarga o‘qishga kirish test sinovlari 24-iyul va 25-iyul kunlari (2 kun) bo‘lib o‘tadi. ⏰ Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 09:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. 🧾 Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.edu.uz sayti orqali berilmoqda. Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz. 📍Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. 🆔🧾 Abituriyent test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 👨💻 Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube