cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Elektr ta'minoti

ToshDTU "Elektr ta'minoti" kafedrasi rasmiy kanali! Kanal faoliyati bo'yicha takliflar uchun: @Sultonkhoja

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
443
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+17 أيام
-530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Xalqaro eko oromgohda ishtirok etishni istaysizmi? 🌎Joriy yilning 24-30-iyun kunlari “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida Samarqand va Toshkent shaharlarida Xalqaro eko-oromgoh loyihasi o’tkaziladi. Oromgohda xalqaro ekspert va trenerlar ishtirokida o’quv mashg’ulotlari, liderlik ko’nikmalarini rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan yangi tashabbus hamda loyihalar ustida ishlash kabi tadbirlar tashkil etiladi. 📑Mazkur tadbirda 16 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan, ingliz tilini mukammal biladigan va ekologik masalalarga befarq bo’lmagan faol yoshlar ishtirok etishi mumkin. 📝Hoziroq havola orqali ro’yxatdan o’ting. Arizalar 10-iyunga qadar qabul qilinadi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
إظهار الكل...
TDTUDA “KARYERA KUNI-2024” MEHNAT YARMARKASI Joriy yilning 30-may sanasida Toshkent davlat texnika universitetida “Karyera kuni-2024” mehnat yarmarkasi o’tkazildi. Unda korxona va tashkilotlar o’z bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdilar. Bitiruvchi talabalar bandligini ta`minlash maqsadida ochiq muloqotlar, davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbirda “Elektr ta’minoti” kafedrasi talabalari ham faol ishtirok etdilar. Jumladan, “Karyera kuni-2024”ga tashrif buyurgan “Uzelektroapparat–elektroshit” AJ, “ORGRES” AJ, “ABREST Energy Engineering” MChJ, “Toshkentdonmaxsulotlari” AJ hamda «ENCO GROUP» MChJ QK (Belarus korxonasi) korxonalari kafedra talabalari bilan suhbat o’tkazdilar. Shu bilan birga «ABREST Energy Engineering» MChJ hamda «ENCO GROUP» MChJ QK koroxnalari ma’sullari kafedraga tashrif buyurib, talabalarni koroxna faoliyati ilan yaqindan tanishtirdilar. Tadbir so’nggida korxona va talabalar o’zaro bog’lanish uchun ma’lumot almashdilar.
إظهار الكل...
👏 3
ISTANBUL TEXNIKA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK Joriy yilning 29-may sanasida Toshkent davlat texnika universitetiga Istanbul texnika universiteti (ITU) energetika va elektronika fakulteti dekani universitet prof. Ilhan Hodjaarslan tashrif buyurdi. Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvda TDTU Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Sh.Azimov ishtirok etdi. Uchrashuvda bugungi kunda O’zbekiston va Turkiya munosabatlari barcha jabhada, hususan oliy ta’lim sohasida ham rivojlanib borayotganligi alohida ta’kidlab o’tildi. Kelgusida o’quv, ilmiy, professor-o’qituvchilar va talabalarning akademik mobilligi yo’nalishlaridagi hamkorlikning ustuvor vazifalari belgilab olindi. Tashrif davomida energetika fakultetiga tashrif buyurilib, Elektr energetikasi fakulteti dekani prof. J.B. Toshov va “Elektr ta’minoti” kafedrasi mudiri prof. I.U.Raxmonov ishtirokida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda talabalar uchun yozgi maktablar hamda fakultet professor-o’qituvchilari uchun ITU bazasida maqsadli qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shundan so’ng mehmonlar “Elektr ta’minoti” kafedrasining zamonaviy o’quv hamda ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdi.
إظهار الكل...
👍 6
01:05
Video unavailableShow in Telegram
#Долзарб_мавзу Мани ўғлим бу йил шахарга ўқишга кирди, ўғлимдан умидларим катта... Савоб учун видеони максимал тарқатинг, айниқса ўқиётганлар кўрсин. @Militsiya_Uzb👈🏽
إظهار الكل...
👍 4🔥 2
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Ҳурматли "Энергия ва ресурс тежаш муаммолари" журнали ўқувчилари ва мақолалар муаллифлари! Қисқа муддатли танаффусдан сўнг журнал яна ўз фаолиятини янгича форматда давом эттиради. Журналга мақола юборишдан бошлаб тақризга юбориш, муаллифларга хулосалар тақдим этиш жараёнлари тўлиқ рақамлаштирилди. "Энергия ва ресурс тежаш муаммолари" журнали сайтидан фойдаланиш бўйича йўриқнома "Энергия ва ресурс тежаш муаммолари" журнали сайтига мақола юклаш бўйича йўриқнома Энди журналга оид барча янгиликларни журнал сайтида кузатиб бориш имкониятига эгасиз. https://energy.i-edu.uz/index.php/journal Барча муаллифларни мақолалари билан журналимиз сонларини бойитишда фаол бўлишга чорлаб қоламиз! Батафсил маълумотлар https://t.me/uzenergysaving
إظهار الكل...
إظهار الكل...
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti

XUSHХABAR Avval xabar qilinganidek, Toshkent davlat texnika universitetning 60710600-Elektr energetikasi (elektr ta’minoti) va 60712100-Metallurgiya bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari va 70710601-Elektr ta’minoti (sanoat korxonalari va shaharlar) va 70712101-Metallurgiya (metal turlari bo’yicha) magistratura mutaxassisliklari 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi. Shu munosabat bilan respublikamizdagi texnikaviy oliy ta’lim muassasalari orasida ilk marotaba universitetimizning yuqorida keltirilgan ta’lim dasturlari Yevropa taʼlim sifatini taʼminlash reestri (EQAR) ga kiritildi https://www.eqar.eu/qa-results/search/by-institution/institution/?id=8165. Mazkur reestr Yevropa oliy taʼlim hududida (ESG) sifat kafolati boʻyicha standartlar va yoʻriqnomalar asosida taʼlim sifatini baholovchi Yevropa sifat kafolati agentliklarining reestridir. Reestrga kirish quyidagilarga imkon beradi: ✅ xorijiy talabalar qamrovining kengayishiga; ✅ta’lim dasturlarining bakalavriat bosqichi bitiruvchilari xorijiy oliy ta’lim muassasalariga magistraturaga hujjat topshirganda bakalavr diplomlarining to’g’ridan-to’g’ri tan olinishiga; ✅Yevropaning nufuzli oliya ta’lim muassasalari bilan akademik mobilik va qo’shma ta’lim dasturlarining to’g’ridan-to’g’ri yo’lga qo’yilishiga; ✅QS reytingi bo’yicha xorijiy hamkorlar tomonidan ovoz berishda mazkur reeystrga kiriligan OTMlarga ustuvorlik berilishiga. Ma’lumot o’rnida aytib o’tish lozimki, 2023/2024 o’quv yilidan boshlab 60710600-Elektr energetikasi (elektr ta’minoti) va 60712100-Metallurgiya bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari va 70710601-Elektr ta’minoti (sanoat korxolari va shaharlar) va 70712101-Metallurgiya (metal turlari bo’yicha) magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari diplomiga ASIIN yorlig’I tushirilgan hujjatlar ilova qilib beriladi va o’z navbatida bu xorijiy oliy ta’lim va ishlab chiqarish tashkilotlarida o’z faoliyatini olib borishni maqsad qilgan bitiruvchilarga keng imkoniyatlar yaratadi.
إظهار الكل...
👍 10
Photo unavailableShow in Telegram
02:10
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | Energetika bo'yicha malakali kadrlar tayyorlash #19may #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
إظهار الكل...