ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

CHDPU | Rasmiy kanal

CHDPU | Rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali. http://fb.com/tvchdpi2017 http://instagram.com/tvchdpu Murojaat uchun: Tel:71-501-02-14.

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام CHDPU | Rasmiy kanal

تُعد قناة CHDPU | Rasmiy kanal (@tvchdpi2017) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 12 315 مشتركاً، محتلاً المرتبة 16 481 في فئة التعليم والمرتبة 6 444 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 12 315 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 15 أكتوبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -427، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -24، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 37.14‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 23.51‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 4 577 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 2 897 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 29.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali. http://fb.com/tvchdpi2017 http://instagram.com/tvchdpu Murojaat uchun: Tel:71-501-02-14.”

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 16 أكتوبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التعليم.

12 315
المشتركون
-2424 ساعات
-1237 أيام
-42730 أيام
أرشيف المشاركات
#Live #Konferensiya Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Ommaviy jismoniy tarbiya tizimida uzluksiz ta’limning zamonavi
+5
#Live #Konferensiya Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Ommaviy jismoniy tarbiya tizimida uzluksiz ta’limning zamonaviy yondashuvlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi. Sport ta’limi olimlari, xalqaro ekspertlar va sport ustalarini birlashtirgan anjuman jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va uzluksiz ta’lim istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim ilmiy muloqot maydoniga aylandi. Ertaga anjuman ishi sho‘balarda davom etib, dolzarb ilmiy masalalar va istiqbolli takliflar muhokama qilinadi. 📷Universitet Axborot xizmati

#xalqaro_konferensiya #munosabat Ayshagul Demir — Turkiyaning Sinop universiteti professori, "Turkiy tillarda ilmiy-qiyosiy t
#xalqaro_konferensiya #munosabat Ayshagul Demir — Turkiyaning Sinop universiteti professori, "Turkiy tillarda ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar va metodologiya” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchisi:
📃 «Til mavzusidagi anjumanlarda doimo qiziqish bilan ishtirok etaman. Turkiy xalqlarni birlashtirgan ushbu xalqaro tadbir o‘zbek tilining ilmiy salohiyati va xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qiladi, deb ishonaman. Anjumanning yuqori saviyada tashkil etilgani va ma’ruzalarning ilmiy ahamiyati menda katta taassurot qoldirdi».
👇Universitet Axborot xizmati

#xalqaro_konferensiya #munosabat Intiqom Yashar — Jahon Yosh Turkiy Yozuvchilar uyushmasi rahbari (Ozarbayjon), "Turkiy tilla
#xalqaro_konferensiya #munosabat Intiqom Yashar — Jahon Yosh Turkiy Yozuvchilar uyushmasi rahbari (Ozarbayjon), "Turkiy tillarda ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar va metodologiya” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchisi:
📃 «Bugungi konferensiya turkiy davlatlar o‘rtasida til, adabiyot va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Anjuman hamkasblar bilan fikr almashish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun samarali maydon bo‘ldi. O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining yaqindagi uchrashuvi esa qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlab, iqtisodiyot, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikka yangi imkoniyatlar ochadi».
👇Universitet Axborot xizmati

#Live #Konferensiya Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Turkiy tillarda ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar va metodologiy
+8
#Live #Konferensiya Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Turkiy tillarda ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar va metodologiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi. Anjumanda 10 dan ortiq turkiy davlatlardan olimlar va til ekspertlari onlayn hamda oflayn formatda ishtirok etmoqda. Yalpi majlisda universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov ishtirok etib, anjuman tashkilotchilari va qatnashchilariga minnatdorlik bildirdi hamda turkiy tillar, ilm-fan va madaniy hamkorlikni rivojlantirishda bunday ilmiy muloqotlarning ahamiyatini ta’kidladi. 📷Universitet Axborot xizmati

#Yoshlar_akademiyasi #tanlov 👍 Universitetda “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining universitet bosqichi o’tkaziladi
#Yoshlar_akademiyasi #tanlov 👍 Universitetda “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining universitet bosqichi o’tkaziladi! ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 Saralash bosqichi joriy yilning 22-oktabr kuni soat 9:00 da Turizm fakulteti (rektorat) 110-xonada o’tkaziladi. 👉 Lokatsiyasi bu yerda! 👉 Tanlov nizomi bu yerda! 💜💜💜 1-bosqichga qabul qilingan talabgorlar pasport (ID karta) yoki hujjat qabul qilingani haqidagi ma’lumotnoma bilan kelishlari so’raladi!
📌 Ma’lumot uchun, tanlovning birinchi bosqichiga 9 ta yo’nalish bo’yicha jami 31 nafar talaba va magistrlar hujjat topshirgan.
😎 CHDPU Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tashkil etish

#Universitetim_gazetasi 🔔 “Ta’lim ziyosi” gazetasining Til bayramiga bag‘ishlangan maxsus soni nashrdan chiqdi. ✔️ Bayram so
+1
#Universitetim_gazetasi 🔔 “Ta’lim ziyosi” gazetasining Til bayramiga bag‘ishlangan maxsus soni nashrdan chiqdi.      ✔️ Bayram sonini o‘qing
👍 "Ta’lim ziyosi"ni o'qib chiqib, albatta o'z munosabatingizni bildiring. Unisersitet gazetasining kelgusi soni Sizning fikrlaringiz asosida nashrga tayyorlanadi.
📷Universitet Axborot xizmati

#oav_biz_haqimizda Universitetimizda milliy san’at va hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash, ularni zamonaviy ta’lim bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan tashabbuslar ommaviy axborot vositalari e’tiborida! 🔔 @tvchdpi2017 #oav #сми #media

#rasmiy_xabar Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi. Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli. Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim. 📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz ❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan. 📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitidagi nutqi Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva I
+6
Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabidagi ta’lim modellarini o‘rgandi. Ibn Xaldun universitetining asosiy tamoyili — intellektual mustaqillik. Bu yerda talabaga mustaqil va tanqidiy fikrlash, turli yondashuvlarni qiyoslash va o‘z g‘oyasini yaratish o‘rgatiladi. Universitet ta’limi ko‘p tilli va xalqaro muhitga yo‘naltirilgan. “Yenidog‘u” maktabida esa bolaning qiziqishi, fikrlashi va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, o‘z salohiyatini kashf etishiga yordam berish asosiy o‘rinda turadi. Bu yerda nazariyani hayot bilan bog‘laydigan maxsus ustaxonalar, loyihalar va amaliy mashg‘ulotlarga ham katta urg‘u beriladi. Tashrif davomida O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Startap #kafedra tashabbusi ⭐️ G‘oyadan loyihagacha: talabalar startaplari tanlovi Iqtisodiyot va menejment kafedrasi tashab
+5
#Startap #kafedra tashabbusi ⭐️ G‘oyadan loyihagacha: talabalar startaplari tanlovi
Iqtisodiyot va menejment kafedrasi tashabbusi bilan talabalarning innovatsion g‘oyalari va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan startap loyihalar tanlovi tashkil etildi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, istiqbolli startap loyihalarni aniqlash hamda ularni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etib, ularning amaliy ahamiyati, amalga oshirish imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Kafedrada yoshlarning innovatsion tashabbuslarini rag‘batlantirish, yangi g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish va talabalar startaplarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
  📷Universitet Axborot xizmati

#SavolJavob ❓Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkinmi? Amaldagi mehnat qonunchiligida talabaning kunduzgi ta’limda o‘qishi va bir vaqtning o‘zida to‘liq stavkada mehnat faoliyatini amalga oshirishiga nisbatan qandaydir cheklovlar mavjudmi? 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

#qaror #ijro         ✅Biologiya kafedrasi dotsenti Damira Atabayeva «Yaxshi kun» tonggi dasturida ishtirok etib, aholi salomatligi, biotexnologiyalarning zamonaviy imkoniyatlari va tibbiy ta’limning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.        📷Universitet Axborot xizmati

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar saralash jarayoni davom etmoqda Iqtidorli, tashabbuskor va faol talaba-qizlar uc
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar saralash jarayoni davom etmoqda
Iqtidorli, tashabbuskor va faol talaba-qizlar uchun yana bir imkoniyat!
🇪🇺Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, so‘nggi uch yil davomida xalqaro yoki respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar nomzod sifatida qatnashishi mumkin. ❗Nomzodlar ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, jamoatchilik faoliyati va tibbiyot bo‘yicha 9 ta yo‘nalishda saralanadi. 📌 Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarini doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim. ➡️ Tanlov tartibi va batafsil ma’lumot; ➡️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish. ✅ Iqtidor va yutuqlaringizni namoyon eting — yuksak e’tirof sari qadam tashlang! 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

#talaba_manfaati Iqtisodiyot va menejment kafedrasida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Bahodir Eshchanov ish
+5
#talaba_manfaati Iqtisodiyot va menejment kafedrasida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Bahodir Eshchanov ishtirokida startap loyihalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda kafedraning xorijlik o‘qituvchisi Muhammad Harun Al Imron bilan talabalarning xalqaro startap loyihalari, innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish va istiqbolli g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Muloqot yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘rganish va innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

#BizKo‘makchimiz 📷 👆 Universitetimiz talabalari Kimyogar mahallasida yashovchi Rahimova Tatyana Nikolayevnani yo‘qlab, unga mehr, e’tibor va samimiy suhbat ulashishdi. Zero, ba’zan bir og‘iz shirin so‘z va kichik bir yaxshilik ham inson qalbini quvonchga to‘ldiradi🪴 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

📎 FOYDALI KO‘RSATUV — KUN REJANGIZGA QO‘SHING 📎 Farzand tarbiyasida vaqtmi muhim yoki e’tibor? Samimiy muloqot bolaning shaxsiyati va kelajagi shakllanishida qanday o‘rin tutadi? Bu haqda Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilari Murodova E’tibor G‘ayrat qizi va Berkinov Oybek Toxir o‘g‘li “Agar” dasturida fikr yuritadilar. 🪶 12-oktyabr | soat 19:30 “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida tomosha qiling!

🗣  ANONS VA TANLOVLAR | YANGI HAFTA — YANGI IMKONIYATLAR! 🔹 Boshlang‘ich ta’limda amaliy fanlar kafedrasi tomonidan 2026-yil 16–17-oktabr kunlari “Ommaviy jismoniy tarbiya tizimida uzluksiz ta’limning zamonaviy yondashuvlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. 📎 Batafsil 🔹 O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan 2026-yil 15–16-oktabr kunlari “Turkiy tillarda ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar va metodologiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. 📎 Batafsil 🔹Talabalar uchun startaplar bo‘yicha “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’lon qilindi. 📎 Batafsil 🔹 Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkaziladi 📎 Batafsil 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube