cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Hilol dasturlari

“Hilol dasturlari” haqida maʼlumot beruvchi sahifa 📲 Telegram: @hilol_support, @hilol_support_bot 📞 Telefon: +998 71 217-59-99 📨 Elektron pochta: [email protected] 🌐 Sayt: e-hilolnashr.uz 👉 Rasmiy sahifalarimiz: taplink.cc/hiloldasturlari

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
9 271
المشتركون
-1124 ساعات
-657 أيام
-36130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#maʼlumot 💻 «Hilol dasturlari» loyihasining taqdimotiga marhabo! Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon «Hilol Nashr» nashriyoti tomonidan siz aziz kuzatuvchilarimizga elektron dastur va ilovalar ishlab chiqilib, taqdim qilib kelinmoqda. Yaqindan boshlab esa ushbu dasturlar uchun alohida loyiha tashkil qilinib, koʻproq diqqat va eʼtibor qaratila boshladi. 🔥 «Hilol dasturlari» – siz kuzatuvchilar va kitobxonlarga avvalgidan ham koʻproq qulaylik va imkoniyatlarni ochib beruvchi, ogʻiringizni yengil, uzogʻingizni yaqin qiluvchi loyihadir! 21-may kuni ustoz va hozirda yurtimizda AyTi yoʻnalishidagi peshqadamlar ishtirokida «Hilol dasturlari» loyihasining taqdimoti oʻtkaziladi. 😊 ✅ Tadbirga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining shogirdi, «Hilol Nashr» nashriyotining tarjimon va muharriri, nashriyotimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan dasturlarning xayrihohlaridan biri Ozod Munavvar, «Najot taʼlim» oʻquv markazi asoschi va rahbari Temurbek Adhamov, «Mohir dev» loyihasi asoschisi Anvar Narzullayev, «Tafsiri Hilol», «Hilol eBook», «Oltin silsila» kabi elektron dasturlarimizga eng koʻp mehnati singan dasturchilardan biri Sardor Dushamov, «Hilol dasturlari» loyihasi direktori Bunyod Poʻlatovlar mehmon boʻlishadi. Tadbir davomida «Hilol dasturlari» maqsadi, kelajakdagi rejalari va boshqa loyihaga oid kerakli maʼlumotlar beriladi. Taqdimot «Hilol Nashr» nashriyotining majlislar zalida 14:00 da boshlanadi. Suhbatga barchangizni taklif qilamiz! Ishtirok etish mutlaqo bepul! Avvaldan joy band qilish, roʻyxatdan oʻtish shart emas. Taqdimotda kutamiz! 😊 📍 «Hilol Nashr» nashriyoti @hiloldasturlari & @hilolnashr
إظهار الكل...
🔥 16 9👍 6 4🥰 1🎉 1🤩 1🏆 1🤝 1
00:18
Video unavailableShow in Telegram
📜📜📜📜📜 Shayx hazratlarining kitoblarini “Hilol eBook” ilovasida oʻqing 📲 Ilovani yuklab olish Oxirgi marta shayx hazratlarining qaysi kitobini oʻqidingiz? Izohda yozib qoldiring. 😊 🟢 @hiloldasturlari
إظهار الكل...
👍 17 9🔥 3👏 3 1
00:11
Video unavailableShow in Telegram
🎉🎉🎉🎉🎉 🥳 “Namoz” ilovasi 5 yoshda! 🤖 Bundan 5 yil oldin, 2019-yil 15-may kuni Android jihozlari uchun “Namoz” ilovasi Play Marketga chiqarilgan edi. ✅ Ilovaning imkoniyatlari bilan ushbu xabarda tanishib chiqishingiz mumkin. 🍏 Maʼlumot uchun, ushbu ilova iOS va iPad jihozlari uchun App Storega 2019-yil 3-avgustda chiqarilgan. Ilovamiz Play Marketdan 1 million martadan koʻp yuklab olingan. 🌐 Shuningdek, ilovaning vebsahifasi ham bor: namoz.islom.uz 📖 Ilovani yuklab olish Ushbu ilova bilan bogʻliq qanday xotiralaringiz bor? Izohda yozib qoldiring. 😊 🟢 @hiloldasturlari
إظهار الكل...
24👍 6🔥 6🎉 4 2 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
📜📜📜📜📜
🎉 15-may – Xalqaro oila kuni
Oila mavzusi hozirgi kunda doimgidan ham dolzarb. Shu munosabat bilan sizlarga «Hilol eBook» dasturidagi oila va farzand tarbiyasi haqidagi kitoblar roʻyxatini taqdim qilyapmiz. 🎧 «Baxtiyor oila» (audio) 10000 soʻm 🔸 «Baxtiyor oila» 14000 soʻm 🔸 «Bu mening oilam» bepul 🔸 «Sogʻlom bola» bepul 🎧 «Hadis va Hayot». 13-juz. Nikoh, taloq va idda (audio) 8000 soʻm 🔸 «Hadis va Hayot». 13-juz. Nikoh, taloq va idda 10000 soʻm 🔸 «Islomda oila» 6000 soʻm 🔸 «Oila – saodat maskani». 1-kitob 6000 soʻm 🔸 «Saodat kaliti» 3000 soʻm 🔸 «Ota boʻlish osonmi?» 7000 soʻm 🔸 «Bolamni yaxshi koʻraman» 4000 soʻm 🔸 «Solih farzand qanday tarbiya qilinadi?» 5000 soʻm 🔸 «Mehr oyi» 7000 soʻm 🔸 «Nikoh kitobi» 19000 soʻm Ushbu kitoblar oilangiz bilan baxtli hayot kechirishingizda yordam beradi degan umiddamiz. 😊 📖 «Hilol eBook» dasturini yuklab olish 🟢 Oilaviy guruhingizga ulashib qoʻying. 🟢 @hiloldasturlari
إظهار الكل...
15👍 12🔥 8 6 1👏 1🎉 1
00:10
Video unavailableShow in Telegram
📜📜📜📜📜 “Oltin silsila” dasturi Ushbu dasturda Islom olamida mashhur hadis to‘plamlarining shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tashabbuslari bilan va bevosita nazoratlari ostida tayyorlangan o‘zbekcha tarjimasi jamlangan. Dasturda quyidagi to‘plamlarni oʻqishingiz mumkin: “Sahihul Buxoriy” (8 juz, 7563 hadis); “Sahihi Muslim” (6 juz, 7412 hadis); “Sunani Abu Dovud” (4 juz, 5274 hadis)*. “Jomeʼi Termiziy”, “Mujtaboi Nasoiy”, “Sunani Ibn Moja”, “Muvattoi Molik”, “Sunani Dorimiy”, “Sahihi Ibn Hibbon” toʻplamlari ham nashr qilingach, dasturga joylanadi, inshaalloh. “Oltin silsila” dasturini yuklab oling va Paygʻambarimiz alayhissalomning muborak hadislarini oʻrganing. 😊 📖 Dasturni yuklab olish 👉 Xarid qilish boʻyicha qoʻllanma * Ayni vaqtda dasturga “Sunani Abu Dovud” asarining 3 ta juzi joylangan. Kelgusida 4-juzi ham joylanadi, inshaalloh. “Sahihul Buxoriy” va “Sahihi Muslim” asarlari toʻliq joylangan. 🟢 @hiloldasturlari
إظهار الكل...
19👍 8 2🤩 2 1🔥 1
#soʻrovnoma 21-may kuni “Hilol Nashr” nashriyotining majlislar zalida tadbir tashkil qilinadi. Taxmin qilib koʻring-chi, qanday tadbir boʻlishi mumkin? 😊 🟢 @hiloldasturlari
إظهار الكل...
19👍 13 9👀 7🔥 3🏆 2 2
🎉🎉🎉🎉🎉 “Hilol eBook”da yangi kitob: “Soʻz haqida soʻz” Til odamzodga berilgan ulugʻ neʼmatlardan biridir. Til oʻzaro muloqot va soʻzlashuv vositasi boʻlishdan tashqari ibodat, tilovat, zikr va duo-iltijo kabi bandalik burchlarimizni uning yordamida bajaramiz va ajr-savoblarga erishamiz. Aksincha, u bizga dushman ham boʻlishi mumkin. Kitobda ana shu holatlar – til ofatlari va ulardan saqlanish boʻyicha tavsiyalar bayon qillingan. ✍️ Muallif: Abdulhamid Zayriyev “Soʻz haqida soʻz” kitobini “Hilol eBook” dasturida oʻqing. 😊 👉 Narxi: 8000 soʻm 📱 “Hilol eBook” dasturini yuklab olish 🟢 @hiloldasturlari
إظهار الكل...
👍 17 8 4🔥 4
📜📜📜📜📜 “Xadichai Kubro madrasasida elektron dasturlar taqdimoti oʻtkazildi Bugun “Xadichai Kubro” ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida kitob koʻrgazmasi tashkil etdi. “Hilol dasturlari” jamoasi ham ushbu koʻrgazmada ishtirok etdi. Taqdimotda “Hilol eBook”, “Tafsiri Hilol”, “Oltin silsila” kabi dasturlar haqida maʼlumot berildi va yutuqli viktorina tashkil etildi. Tolibalar dasturlar boʻyicha savollariga javob oldilar. Taʼlim maskani maʼmuriyati bilan kelgusida yana boshqa dasturlar taqdimotini oʻtkazishga kelishib olindi. 🟢 @hiloldasturlari
إظهار الكل...
👍 32 9 5 1❤‍🔥 1👏 1
📖 “Oltin silsila” Xayolingizga eng birinchi kelgan narsani izohda yozib qoldiring. “Oltin silsila” deganda nimani tushunasiz? 🟢 @hiloldasturlari
إظهار الكل...
26👍 10🔥 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎉🎉🎉🎉🎉 “Hilol eBook”da yangi kitob: “Duo – moʻminning qalqoni” Duoning asl maʼnosini bilasizmi? Duo bu faqat zarurat va hojatlarni soʻrash emas, balki Alloh taolo huzurida banda oʻzining ojizligi va muhtojligini, xokisorligi va siniqligini izhor etishi hamdir... Mutolaa davomida duo-iltijoning asl maʼnosini anglab yetasiz. ✍️ Muallif: muftiy Shuʼaybulloh Xon Miftahiy 📝 Tarjimon: Abdulqayyum Komil “Duo – moʻminning qalqoni” kitobini “Hilol eBook” dasturida oʻqing. 😊 👉 Narxi: 4000 soʻm 📱 “Hilol eBook” dasturini yuklab olish 🟢 @hiloldasturlari
إظهار الكل...
👍 13 9🔥 4