ar
Feedback
Rozaliya Gabdulhakova

Rozaliya Gabdulhakova

الذهاب إلى القناة على Telegram

Bola tarbiyasi, oilaviy munosabatlar Konsultatsiya uchun @psixolog_rozaliya_admin instagram.com/psixolog_rozaliya

إظهار المزيد
9 498
المشتركون
-524 ساعات
-507 أيام
-15030 أيام

جاري تحميل البيانات...

سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
سبتمبر '26
سبتمبر '26
+32
في 0 قنوات
أغسطس '26
+298
في 9 قنوات
Get PRO
يوليو '26
+289
في 9 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+348
في 6 قنوات
Get PRO
مايو '26
+330
في 5 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+735
في 4 قنوات
Get PRO
مارس '26
+1 771
في 6 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+661
في 10 قنوات
Get PRO
يناير '26
+824
في 8 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+113
في 3 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+233
في 8 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+243
في 6 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+66
في 3 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+154
في 8 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+800
في 16 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+419
في 9 قنوات
Get PRO
مايو '25
+907
في 8 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+481
في 5 قنوات
Get PRO
مارس '25
+468
في 13 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+675
في 17 قنوات
Get PRO
يناير '25
+350
في 12 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+194
في 7 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+236
في 13 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+844
في 18 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+548
في 5 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+744
في 9 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+2 637
في 23 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+946
في 10 قنوات
Get PRO
مايو '24
+949
في 15 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+497
في 10 قنوات
Get PRO
مارس '24
+1 436
في 14 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+725
في 8 قنوات
Get PRO
يناير '24
+469
في 3 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+480
في 5 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+214
في 3 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+180
في 1 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+283
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+526
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+789
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+254
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+209
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+581
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+611
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+354
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+304
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+487
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+345
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+453
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+1 098
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+742
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+390
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+636
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+493
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+1 748
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+1 218
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+795
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+566
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+384
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+808
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '21
+320
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '21
+198
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '21
+150
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '21
+245
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '21
+564
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '21
+167
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '21
+255
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '21
+127
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '21
+199
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '21
+152
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '20
+2 270
في 0 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
08 سبتمبر+1
07 سبتمبر+3
06 سبتمبر+3
05 سبتمبر+1
04 سبتمبر+7
03 سبتمبر+6
02 سبتمبر+5
01 سبتمبر+6
منشورات القناة
Qizlar, shu zulm, xato, ozor berish haqida gaplashaylik. Odamlar zulm va xato qilishdan to’xtashlari uchun nima kerak? Sizlarning hayotingizda shunday odamlar o’zgargan holatlar bo’lganmi? Nima ta’sir qilgan?

2
Kvartira qizimizni zulmdan saqlab qola oladimi? "Qaynonang ...ga tepadi" va "Ering zulm qilsa, ketishing uchun senga uy olib beramiz" degan gaplarning qanday umumiy tarafi bor? Ikkalasi ham qizimizda bo'lajak oilasi haqida oldindan salbiy fikr shakllantirishi mumkin. Kecha shu haqda sizlar bilan so'rovnoma o'tkazdik, javoblar ikkiga bo'lindi. Keling, batafsil gaplashamiz. Avvalo, ota-onalarning tashvishini yengil deb hisoblamayman. Haqiqatan ham, zulm bor joyda ayolni ushlab turadigan narsa mehr emas, balki imkonsizlik bo'lishi mumkin. Zo'ravonlik bo'lsa — ketish kerak, bu yerda chidash haqida gap yo'q. Tanlov qilish imkoni bo'lishi — bu chindan ham himoya. Kvartira haqiqatda ayolni zulmdan saqlay oladimi? Kvartira — imkoniyatning bir bo'lagi, xolos. Ayolning uyi bo'lsa ham: ➖yashashga daromadi bo'lmasligi, ➖o'ziga noqulay vaqtda "yo'q" deyishga kuchi yetmasligi, ➖hayotini o'zgartirishga, qaror qabul qilishga irodasi yetmasligi mumkin. Yana bir narsani tan olib aytish kerak: oiladagi janjallar doim ham bir taraf zolimligidan kelib chiqmaydi. O'z amaliyotimdan kelib chiqib aytsam, aksar holatlarda sabab — ikki taraf bir-birini eshitmagani, hislarini aytolmagani. Bu esa uy bilan emas, psixolog qabulida hal bo'ladigan masala. (Faqat zo'ravonlik bilan oddiy janjalni aralashtirmaylik — bular butunlay boshqa narsa.) Unda ota-ona farzandi kelajagi, baxtli yashashi uchun nima qila oladi? 1️⃣O'zlari baxtli, bir-birini rozi qilib, rozi bo'lib yashashlari. Bu oiladagi qizga ham, o'g'ilga ham o'zini qanday tutishi bo'yicha eng yaxshi namuna. 2️⃣Bolalari shaxsiyatini hurmat qilish, zulm qilmaslik. Ota yoki ona qiziga zulm qilsa, qiz boshqa joyda ham zulmni normal deb qabul qilishi ehtimoli yuqori. 3️⃣O'g'illarini zulm qilmaydigan qilib tarbiyalash. Oilada qiz va o'g'il ajratilmasa, qizlarning huquqi kamdek munosabat qilinmasa, ancha narsa o'zgarardi. Qizlarni ketishga tayyorlashdan ko'ra, o'g'illarni zulm qilmaydigan qilib tarbiyalash — ancha kuchli himoya. Bu borada qaynonalarning roli katta. 4️⃣Qizlarga ta'lim berish. Moddiy boylikdan ko'ra ma'naviy boylik odamning baxtli va rozi yashashiga yordam berishini hammamiz bilamiz. Hayotining ma'nosini, maqsadlarini, hislarini tushunadigan qiz oilada ham munosabat qurishi ancha oson bo'ladi. 5️⃣Turmush o'rtoq tanlashda yordam berish. Ko'pincha biz kuyovning moddiy holatiga qaraymiz. Aslida qaraydigan narsalar boshqa: u onasi va singlisi bilan qanday gaplashadi, janjal paytida o'zini qanday tutadi, xato qilsa uzr so'ray oladimi. Bularni qizimizga oldindan tushuntirsak, keyin "ketadigan joy" haqida o'ylash ehtimoli kamayadi. 6️⃣Zo'ravonlik belgilarini o'rgatish. Zo'ravonlik urishdan boshlanmaydi. Kim bilan gaplashishini nazorat qilish, kamsitish, pulini tortib olish, oilasidan uzoqlashtirish — bularning hammasi zo'ravonlik. Buni bilgan qiz vaziyatni ancha erta payqaydi. Kvartira yomon emas. Imkoni bo'lsa, mayli, bo'lsin. Faqat u qizingizga qoldiradigan yagona himoya bo'lmasin va uni "eringdan ketishing uchun" degan niyat bilan bermang. Siz qizingizga nima berishni niyat qilgansiz? Izohlarda yozing 🤍 @psixolog_rozaliya — qizlar tarbiyasi haqida bosh qotirishni boshlagan psixologingiz.
2 040
3
Hozir “qizlarimizga turmushdan avval kvartira olib berish kerak, toki eri zulm qilsa ketishga joyi bo’lsin” degan gaplarni eshitib qolyapmiz. Bu fikr to’g’rimi?
2 375
4
Birinchi sinfga borgan bolalarga birinchi haftada nimalar o'rgatish kerak? Bu haqida Mr. Farruxdan ilhomlanib yozyapman) Vadudni maktabga borishi uchun ta'til oldi, va bugun bir nechta narsalarni bolaga o'rgatganiga guvoh bo'ldim va o'zimni ancha befarq ona his qildim🙈 (chunki men ertalab ham bir konsultatsiya o'tib keyin maktabga borgan edim) Nimalar o'rgatibdi? 1. Maktabdan qaytib keliboq tugmasini yechishni va kiyimlarini veshalkaga ilishni o'rgatdi. 2. O'tirib hamma kitoblari bilan tanishib chiqishdi. 3. Hozir kechkipayt raspisanie almashtirish haqida gaplashishdi. 4. Kitob va daftarlari uchun joyni ko'rsatgan ekan, Vadud o'zi narsalarini joylab qo'yibdi. 5. Penali va sumkasiga narsalarini qanday solish, tartiblashni o'rgatibdi. 6. Kitoblari yo'qolmasligi uchun ismini yozib qayerga yozilganini Vadudga ko'rsatibdi. 7. Uyga kelganda qay vaqtda dars qilish kerakligini o'rgatibdi. Psixolog sifatida bularga hali yana mashq qilish va asta sekinlik bilan odat shakllantirish kerak bo'ladi. Ta'til vaqtida bunga ulgurishadi deb umid qilaman☺️ Sizningcha birinchi sinf bolaga yana nimalar o'rgatish kerak? @psixolog_rozaliya
1 295
5
Shunday qilib maktabni ham boshlab oldik🥳 Hammaga kuch quvvat, sabr va mustahkam asab tizimi tilayman🤍
Shunday qilib maktabni ham boshlab oldik🥳 Hammaga kuch quvvat, sabr va mustahkam asab tizimi tilayman🤍
1 575
6
Izohlaringizni o'qib shu haqida hulosalarni ham bo'lishgim keldi Yaxshi hususiy maktabda o'qita olishga iqtisodiy imkoniyati yetganlar bu imkoniyatdan foydalanishi, farzandlariga yaxshiroq sharoit berishga harakat qilishi boshqalarni diskriminatsiya qilish emas. Alloh ularning rizqini keng qilibdi.
1 745
7
Davlat maktabi yaxshimi yoki hususiy maktab? Podcast 3 qismdan iborat: 1. Maktablar haqida umumiy fikrlar: a) Maktabni ehtiyoj va imkoniyatdan kelib chiqib tanlash b) Davlat maktabining qulaylik va noqulayliklari c) Hususiy maktablarning qulaylik va noqulayliklari 2. Biz maktablarni almashtirishdagi sharoit va maqsadlarimiz 3. Bolalarning maktablar haqidagi fikrlari. Hulosa Podcastnieshitib fikringizni yozib keting🤍 @psixolog_rozaliya
4 009
8
Qizlar, “davlat maktabi yoki hususiy maktab?” degan mavzuda podcast qoldirmoqchiman. Savollar bo’lsa yozinglar🤍
3 426
9
Maktabga tayyorgarlik qanday ketyapti? Bizda bugun vanihoyat hamma kiyimlarini kiyib ko’rdi. Biz maktabga olingan paypoqlarni
Maktabga tayyorgarlik qanday ketyapti? Bizda bugun vanihoyat hamma kiyimlarini kiyib ko’rdi. Biz maktabga olingan paypoqlarniyam kiyib ko’rgimiz kelardi, bu bolalar buni iltimoslar bilan qiladi🙈😁 Bilasiz, bu yil kichkinamoz ham maktabga boradi. Prezident unga sovg’a berishini aytsam juda hursand va hayron bo’ldi (prezident zo’r mashinada yuradi deb juda hurmat qiladi) Faqat sovg’a o’quv qurollari ekanini eshitib hafsalasi pir bo’ldi, u uchun sovg’a bu zo’r mashina😂 Vadud akalari boradigan davlat maktabiga chiqyapti. Katta sinfda akalaring bor maktabda o’qish mazzada☺️ Sizlarda nima gaplar?
1 812
10
A'lochi qiz sindromi: u qayerdan keladi? Bu haqida yozishdan avval muhim bir narsani bilishingiz kerak: "A'lochi qiz sindromi" degan kasallik yo'q. Bu — o'z qadrini qandaydir shartlarga bog'laydigan odamlar holatini tasvirlash uchun ishlatiladigan ibora. Ularning ichida qanday ishonch yashaydi? Zo'r bo'lsam — men qadrliman. Xato qilsam — men hech kimman. Bu shunchaki fikr emas. Bu — fon. Ya'ni ta'sir qilayotganini sezmaydigan, anglanmagan ishonch . Va u har xil sabablarga ko'ra shakllanishi mumkin. Asosiylarini ko'rib chiqaylik. 1️⃣ Shartli qabul Bola yoshligidan yaxshi ko'rilishi uchun nimadir qilishi kerak bo'lgan. Hech kim urmagan, baqirmagan ham. Shunchaki mehr natijaga bog'langan. Masalan, ish qilganida erkalangan, qilmaganida eng yomon farzandga aylangan. Buning natijasida bola bir xulosa chiqargan: yaxshi ko'rilishi uchun evazini to'lash kerak. 2️⃣ Muhit "Yaxshi qiz bo'l." "Uyat bo'ladi." "Odamlar nima deydi." Bu oilaviy travma emas — bu hammaning normasi bo'lgan. Sizning onangiz ham shunday o'sgan, buvingiz ham, qo'shningiz ham) Shuning uchun ba'zi ayollar "mening bolaligim yaxshi o'tgan-ku, nega men a'lochi qizman" deydi. Haqiqatda ham voqea yo'q — bola qilgan xulosa bor. 3️⃣ Tabiat Ba'zi odam tug'ma vijdonli, tartibli va xatoga sezgir bo'ladi. Bunda umuman hech kim hech narsa qilmagan bo'lishi mumkin. Ko'pchilik ota-onasini, buvisini ayblab o'tiradi. Aslida esa u shunchaki tug'ma ta'sirchan va diqqatli bo'lishi mumkin. 4️⃣ Omon qolish usuli Mana shu — boshqacharoq holat. Uyda beqarorlik bo'lganda bola shunday xulosaga keladi: "agar men hamma narsani ideal qilsam, uyda tinchlik bo'ladi. Hech kim janjallashmaydi." Bu xarakter emas. Bu — o'sha paytdagi yagona chora bo'lgan. Bu sabablarning farqini bir narsa orqali bilib olishingiz mumkin Xato qilganingizda nima bo'ladi? Xafa bo'lasiz, biroz achinasiz, keyingi safar ko'proq harakat qilasiz — bu normal perfeksionizm. U hatto foydali. Yoki xavotiringiz oshadi, o'zingizni juda yomon his qilib o'zingizga kelishingiz qiyin bo'ladi. Mana shunday holatda jiddiy e'tibor kerak. Buni o'zgartirish mumkinmi? Ha, lekin bir suhbat bilan emas. Qabulimga kelgan odamlar ba'zida bir suhbatda "a'lochi qiz" bo'lmay qolishni kutishadi. Yillar davomida har xil vaziyatlarda shakllangan odatni o'zgartirishga ham vaqt kerak. Hammasi sezishdan boshlanadi. Ko'pchilik qilayotgan ishlarini boshqalar mehri uchun qilayotganini sezmay ham qoladi. "Buni savob uchun qilyapman" deb hisoblaydi, lekin asli odamlar e'tirofi bo'lib chiqishi mumkin. Tushunish — o'zgarish emas. O'zgarish qayerda xavotir ishlab ketganini tushunish, va keyin asta-sekinlik bilan xulqni o'zgartirish orqali bo'ladi. Yangicha xulq natijasida yangicha malaka bo'ladi. Aynan shu malaka "xato qilsam ham hech narsa bo'lmas ekan" degan yangicha xulosa beradi. Shuning uchun ham psixolog bilan ishlash bir martalik uchrashuv emas, davomli jarayon. Bu jarayonda qo'l siltash, ortga qaytishlar uchrab turadi. Aynan shunda sizga psixolog yo'ldosh bo'ladi — "voy, qayerga ketdingiz" deb ortga qaytaradi) A'lochi qizlik hozir hayotingizni murakkablashtirsa ham, bu nuqson emas. U sizga ko'p narsa bergan: ishonchli odam bo'lgansiz, ishingizni yaxshi bajarasiz, sizga suyanishadi. Shu orqali nimalarga erishganingizga qarang😇 Bizning maqsad "a'lochi qiz" sindromini yo'q qilib sizni befarq va hech kimga yaxshilik qilmaydigan qilish emas. Balki niyatingizni o'zgartirib, bu hislatingizni sizning foydangizga ishlatish bo'ladi. P.S. Doimgidek sizlarga "bu sindrom qayerdan keldi?" degan savol o'rniga "Endi nima qilay?" degan savolni berishingizni maslahat beraman. Birinchi savol orqaga olib ketadi va o'sha yerda qoldiradi. Ikkinchisi oldinga chiqaradi.Mana shunisi samaradorroq. @psixolog_rozaliya — charchasa ham va'dasini bajarib maqola yozib kelgan psixologingiz🫡
3 990
11

1
12
Anonim so’rovnoma qilaylik🤗Kim o’zida shu sindrom bor deb o’ylaydi
3 401
13
“Men shunchaki mas’uliyatliman.” Shundaymi? Yoki ba’zan bir ish ideal chiqmasa, boshqalardan zo’r bo’lmasa kechgacha uxlolmay yotasizmi? Bugun kechqurun a’lochi qiz sindromi haqida yozmoqchiman. Bu nima, qanday kelib chiqadi. Sizda “a’lochi qizlik” bormi? Qayerdan kelib chiqqan deb o’ylaysiz? Izohga yozib qoldiring. Menga rostdan qiziq — chunki qabulimda eng ko’p eshitadigan javob bilan sizniki mos keladimi, ko’rgim kelyapti. Kechqurun javoblaringizni ham qo’shib yozaman 🤍 @psixolog_rozaliya — kechqurun bitta uzun post bilan qaytadigan psixologingiz🔥
3 414
14
Kechagi efir yozuvini ulashyapman🥳. Travma nima, nima travma emas, va nega bu farqni bilish muhim. Bir o’tirishda ko’rish sh
Kechagi efir yozuvini ulashyapman🥳. Travma nima, nima travma emas, va nega bu farqni bilish muhim. Bir o’tirishda ko’rish shart emas — bo’lib-bo’lib ko’ring. Ko’rganingizdan keyin qaysi qism sizga eng kerakli bo’lganini yozib qoldiring 🤍 @psixolog_rozaliya
10 335
15
Bugungi efirdan o'rgangangan eng asosiy narsani yozib qoldiring, boshqalar uchun ham ilm bo'ladi🤍
1 109
16
Efirning eng muhim qismi
209
17
Bugun efir bor- a? Shu mavzuda savollaringiz bo'lsa izohda yozib qoldiring🕊
4 617
18
"Hayotimda og'ir sinovlar bo'lgan, demak mening juda og'ir travmalarim bor" deb o'ylaysizmi? Ikki odam bir-biriga o'xshash sinovni boshidan kechiradi. Biri sinovdan keyin rivojlanadi, hayotiga bu voqea ta'sir qilmay qo'yadi, Ikkinchisi yillar davomida o'sha nuqtada qolib ketadi. Bilasizmi bu nima degani? Gap odamlar boshiga tushgan voqeada emas, o'sha odamning sinov vaqtidagi resurlarida.Yonida turgan odam bormidi? U vaziyatni qanday qabul qildi? Unda vaziyatga to'g'ri baho berishga yordam beradigan bilim va qadriyatlar bor edimi? Yoki u hamma narsani yolg'iz, tushunmay, hech narsa qila olmay boshdan kechirdimi? Travma voqeaning o'zida emas, voqeaning asoratlarida Shuning uchun "Huddi shu sinovdan men o'tdim, hech nima bo'lmaydi" degan gap ham, "U shunday sinovdan o'tgan ekan, uni aniq travmasi bor" degan gap ham noto'g'ri. Travma mavzusi keng va chuqur. Bu haqida maydalab yozib yurgandan ko'ra, bitta efirda to'liq gaplashishni ma'qul ko'rdim Efirda nimalar gaplashamiz: ▪️ Xafagarchilik, og'ir kechinma va travma — uchtasining chegarasi qayerda ▪️ "Mendayam travma bormi?" — bu savolga qanday qilib o'zingizga tashxis qo'ymay javob topish ▪️ Nega har bir og'riqni travma deb atash ham, travmasini tan olmaslik ham bir xil zarar qiladi ▪️ Onaning bir marta baqirishi, urishi bolada travma qiladimi ▪️ Nega ko'pchilik og'ir voqeani yashab o'tib, tabiiy ravishda tiklanadi — va biz bunga qanday xalaqit beramiz Doimgidek men sizni qo'rqitmayman. Aksincha — noto'g'ri qo'rquvni birga olib tashlaymiz. 📅23- avgust, yakshanba 🕘 21:00 da 📍 Shu yerda, @psixolog_rozaliya da Yaqinlaringizni ham chaqiring, manfaatli bo'ladi🤍 @psixolog_rozaliya — sizga tashxis qo'ymaydigan, tushuntirib beradigan psixologingiz
5 352
19
Asosiy savolni sizlarga bermabman) Psixologik travma nima degani? Yozib turinglar, ishdan kelganimda gaplashamiz
3 851
20
Pirogni retseptini so’raganlar uchun retsept ulashyapman🤍 https://t.me/healthy_food_with_mustofa/14 P.S. Rasmdagi pirog makl
Pirogni retseptini so’raganlar uchun retsept ulashyapman🤍 https://t.me/healthy_food_with_mustofa/14 P.S. Rasmdagi pirog maklik.
4 185