cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Ustamalar official

Barcha imtihon kunlari Milliy sertifikat Cefr Fanlardan sertifikat Itep IELTS TOEFL ITP Linguaskill FCE Reklama xizmati bor @forcefr My.gov.uz xizmatlari

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 805
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+3597 أيام
+5930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

04:19
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Ro'yxatdan o'tkazib berish xizmati uchun @register_uzz yoki @forcefr1 ga murojat qiling. @ustamalar_uz
إظهار الكل...
81.33 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Joriy yilda abituriyentlarga maksimal ball beruvchi chet tili sertifikatlari ro‘yxati Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarori bilan bakalavriat bosqichiga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu qarorga muvofiq, abituriyentning B2 darajadagi chet tili sertifikati bo‘lsa, unda u chet tili fanidan maksimal ball oladi va shu fandan imtihon topshirib o‘tirmaydi. 2024-yilda chet tili birinchi fan bo‘lgan mutaxassisliklarida ijodiy imtihon o‘tkaziladigan 8 ta OTMda kirish imtihoni sifatida test olinadi. Eslatib o‘tamiz, keyingi o‘quv yilidan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
👍 2
👍 2
👍 3 1
❗️Xorijiy til oʻqituvchilari ishda qolish yoki ishga kirish uchun quyidagi sertifikatlardan birini olishi kerak! 2024/2025-oʻquv yiliga qadar barcha xorijiy til ustozlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining qarori (29.05.2024, №3515) 1-ilovasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarning biridan kamida B2 darajasiga ega boʻlishi lozim. ❌ Avvalgi, 2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlar roʻyxatdan chiqarib yuborilgan: ➖ APTIS for teachers ➖ Linguaskill ➖Test of English for International Communication (TOEIC) Agar oʻqituvchilar qaror kuchga kirgunga qadar (2024-yil 29-mayga qadar) roʻyxatdan chiqarib yuborilgan sertifikatlarni olgan boʻlsalar ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi. Quyidagi sertifikatlar bilan xorijiy tillarni bilish darajasi emas, balki xorijiy tillar boʻyicha malaka va koʻnikmalar aniqlanadi:  ➖Teaching Knowledge Test (TKT) ➖ Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL) ➖ Teaching English as a Foreign Language (TEFL) ➖ Teaching English as a Second Language (TESL) ➖ Certificate in English Language Teaching to Adults (CELTA) ➖ Diploma in Teaching English to Speakers of Other Languages (DELTA) Shu sababli ular ushbu roʻyxatga kiritilmagan. 2024-yil 29-maydan keyin faqat yangi qarorda koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlar amal qiladi. Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi. Eslatib oʻtamiz, pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati ushbu yangi qarorning 3-bobida alohida tasdiqlangan boʻlib, ishga kirishda soʻraladigan va ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati qisman farq qiladi. Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. @tkt_info
إظهار الكل...
👍 5
⚡️PREZIDENT MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI! Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim; ➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). ❗️DIQQAT 🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim. ❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? ➖ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi. 🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
إظهار الكل...
👍 5
Ta'lim yangiliklariga ko'ra sentabrdan TKT+B2 bilan ustama olinadi. Shunga ko'ra..👇👇 🔖B2 sertifikati borlarga TKT Kurs TKT sertifikati borlarga esa B2 Kurs tashkil qilyapmiz -TKT Kurs M1 dan 5-iyundan boshlanadi -B2 kursimizga ga esa 10-iyundan start beramiz -B2 kursimiz skill based levelingizni oshirishga qaratilgan bo'lib IELTS, FCE, TOEFL ITP, Cefr, Linguaskill imtihonlarini topshira olasiz 💵B2 kursimiz narxi 250 ming so'm Ziroat Kurbanova TKT kurslarida o'qigan ustozlar uchun chegirma bor. 👉👉Kursga yozilish uchun👈👈 @tkt_info
إظهار الكل...
👍 3
Nima uchun aynan TOEFL ITP? Narxi arzon, 950 ming so'mdan boshlanadi! (Test markazlari bilan bog'lanib yanayam arzon qilish taklifini berdik, aynan bizning obunachilar uchun bundanam arzon qilish harakatidamiz!) ✅ Barcha viloyatlarda tashkil qilish imkoniyati bor! ✅ Yoz oylarida bir oyda 2-3 martadan tashkil qilinishi mumkin ✅ Natija 2 kundayoq chiqadi. Sertifikat 10 kunda qo'lingizga tegadi! ✅ 50 foiz ustama uchun ham, maktabda ishda qolish uchun ham imtiyoz beradi ✅ Magistratura va Doktorantura uchun o'tadi ✅ WRITING degan ko'nikma yo'q! Ya'ni sizdan murakkab essaylar yozish talab etilmaydi. Uning o'rniga o'zingiz bilgan, ishlab yurgan Grammar, Vocabulary bo'yicha testlar beriladi. ✅ Butun dunyoda tan olinadi, IELTS dan keyingi o'rinda turadigan eng ommabop sertifikatlardan hisoblanadi. ✅ Tayyorgarlik ham qimmat turmaydi, bizda tayyorlov kurslari mavjud! 📚 @AttestatsiyaINFO - TOEFL ITP bo'yicha eng kerakli ma'lumotlar. Kerakli ma'lumotlarni o'tkazib yubormaslik uchun kanalga ulanib qo'ying!
إظهار الكل...
Linguaskill imtihoni Toshkent 8-iyun Samarqand 9-iyun Ro'yxatdan o'tish uchun link 👉👉https://edu-action.uk/?pr=Onlayn_Ariza Ro'yxatdan o'tkazib berish xizmati uchun @forcefr @forcefr orqali ro'yxatdan o'tilganda 100 ming so'm skidka + linguaskill kurs bepul taqdim etiladi 2 kishiga @ustamalar_uz
إظهار الكل...
👍 1
Qaysi sertifikatlar ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi? Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq: ➖ 2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, quyidagi sertifikatlarning B2 ga tenglashtirilgan darajalari ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi: 1️⃣ Milliy Sertifikat 2️⃣ IELTS 3️⃣ TOEFL iBT 4️⃣ TOEFL ITP 5️⃣ Cambridge Assessment English FCE, CAE 29-iyul sanasigacha olingan bo'lsa 6️⃣ Aptis* 7️⃣ Linguaskill * Ishda qolish talabini bajarish uchun Milliy Sertifikatdan tashqari butun boshli 6 xil sertifikat mavjud. Ulardan istaganingizga tayyorlanib, istaganingizdan B2 darajasini qo'lga kiritsangiz ishda qolish uchun asos bo'laveradi. Faqat ushbu imtihonlarni rasmiy imtihon markazlariga borib topshirishingiz tavsiya etiladi. 🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
إظهار الكل...
👍 13 1