cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

OTFIV | Qashqadaryo

Oliy ta`lim fan va innovatsiyalar hududiy boshqarmasi. Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik ko`chasi tel:+998 75 221 17 68

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
705
المشتركون
-124 ساعات
-57 أيام
-1130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

YOSHLARGA E’TIBOR MAHALLADAN BOSHLANADI Shahrisabz davlat pedagogika instituti joylashgan hududdagi Qorasuv mahallasi yoshlari bilan institut rektori Sh. Nematov va faollarining uchrashuvi tashkil etildi. Batafsil:👉 https://shdpi.uz/oz/yangilik/yemb1719034094 🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TelegramFacebookInstagram ✅shdpi.uz  ✅You tube
إظهار الكل...
👍 1
#qabul2024 #foydali #ovozli_chat ⚡️Kollej va texnikumga topshirmoqchi bo‘lganlar ham 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishi kerak Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan 2024-yil 21-iyun kuni Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi taqdim etilmoqda
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
record.ogg18.95 MB
Муҳандислик соҳаларида кадрлар тайёрлаш ва олий таълим муассасалари фаолиятини янада такомиллаштириш масалалари юзасидан устувор вазифалар бўйича ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар. Батафсил — юқоридаги #инфографикада. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Birinchi bosqichda 10 ta oliygohda “Oliy muhandislik maktablari” ochiladi. Ushbu maktablarda ikki yillik amaliy magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yilib, ishlab chiqaruvchilar buyurtmasi asosida nomzodlar saralab olinadi. Birinchi yilda talabalar korxonalar buyurtmasi asosida yangi mahsulotlarni loyihalashtiradi, ilmiy izlanishlar o‘tkazadi, bu borada chuqurlashgan modul dasturlar asosida o‘qitiladi. Ikkinchi yilda yangi mahsulotlar bo‘yicha tajriba-konstruktorlik namunalarini yaratish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarni korxonalarda sinovdan o‘tkazadi. Korxonalar ”Oliy muhandislik maktabi”da laboratoriya ochish va jihozlash uchun mablag‘ yo‘naltirsa, bu xarajatlar korxonaning foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi. Davlat ham byudjetdan shuncha mablag‘ ajratadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda o‘qituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Birinchi o‘ringa elektromobil beriladi. Shuningdek, g‘oya, loyiha va ixtiro muallifi bo‘lgan eng zo‘r 10 nafar ishtirokchi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 15 milliard so‘m ajratiladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Oxirgi yetti yilda oliy ta’lim qamrovi 5 barobar, ya’ni 9 foizdan 42 foizga oshgani bilan yoshlarning muhandislik-texnikaga qiziqishi juda pastligi qayd etildi. 2023-yil so‘rovnomasida atigi 8 foiz maktab bitiruvchisi shu sohani tanlagan. Ko‘pgina professor-o‘qituvchilar amaliyotdan uzilib qolgan. Muhandislik bo‘yicha 9 ming 600 nafar professor-o‘qituvchining 40 foizi so‘nggi 5 yilda malaka oshirmagan. Ayrim institutlardagi o‘qituvchilarning yuklamasi xorijga nisbatan 2 karra ko‘p. Ba’zi universitetlar ilmiy laboratoriyalaridagi uskunaning 50 foizi eskirgan, qo‘shimcha laboratoriya va zamonaviy jihozlarga ehtiyoj mavjud.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Bugungi kunda butun dunyoda sanoatda tannarxni kamaytirish masalasi juda dolzarb. Xorijiy oliygohlarda “tannarx muhandisligi” (kost injiniring) degan fan bor, hatto kadrlar tayyorlanadi.
Yoki, “qiyoslash muhandisligi” (benchmarking) orqali eng yaxshi amaliyot va yutuqlar tahlil qilinib, ulardan andoza olib, ishlab chiqarishda joriy qilish o‘rgatiladi. “Qayta muhandislik” (reversiv injiniring) tayyor mahsulotni olib, ishlash mexanizmini bo‘laklarga bo‘lib, mualliflik huquqini buzmagan holda, o‘xshash mahsulot yaratishni o‘rgatadi. Prezident birorta texnika oliygohida bularga o‘qitish yo‘lga qo‘yilmaganini afsus bilan qayd etdi. Oqibatda mahalliy sanoat tarmoqlari katta mablag‘ sarflab, ishchilarini xorijda o‘qitishga yoki chetdan mutaxassis olib kelishga majbur.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident sohadagi muammo va yechimlarga to‘xtalib o‘tdi. Yurtimizda yiliga 3 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilib, ularda 150 ming atrofida ish o‘rni yaratilmoqda. Shundan 35 mingtasi texnika yo‘nalishida. Hozirda 36 ta davlat oliygohida ushbu yo‘nalishda 264 ming bakalavr, 3 ming magistr o‘qimoqda. Yiliga 67 ming nafar talaba bitirmoqda. Lekin, texnika oliygohlarida yo‘nalish va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talablariga mos emas. Masalan, davlat texnika universitetlaridagi 76 ta bakalavr yo‘nalishidan 45 tasi, 73 ta magistratura mutaxassisligidan 51 tasi bugungi kunda yetakchi xorijiy texnika oliygohlarida o‘qitilmaydi. Oqibatda muhandislarning 60 foizi o‘zi o‘qigan yo‘nalishida ishlamayapti.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Jami 12 ta oliygohda 28 ta spin-of korxona tashkil qilinib, ulardan 47 milliard so‘m daromad olingan Xorijda oliygohlar tajriba ishlab chiqarish korxonalarini (spin-of) ochib, davlat va ishlab chiqaruvchi mablag‘larini jalb qiladi, tadqiqot o‘tkazadi, innovatsion mahsulot yaratib, tijoratlashtiradi. Ular 5-7-yil ichida universitetdan ajraladi va kichik korxonaga aylanadi. Bizda Farg‘ona politexnika instituti 14 ta korxona (spin-of) ochib, 21 milliard so‘m daromad qilgan. Bu yil daromadni 40 milliard so‘mga, kelasi yili – 100 milliard so‘mga olib chiqish bo‘yicha aniq hisob-kitoblari bor. Eng muhimi, ushbu korxonalar ishchilarining 90 foizi oliygoh o‘qituvchilari va talabalari. Umuman, jami 12 ta oliygohda bunday 28 ta korxona tashkil qilinib, ular 47 milliard so‘m daromad olgan. Lekin, qolgan 24 ta oliygoh rektorida ham, hokimlarda ham bu borada birorta tashabbus yo‘qligi qayd etildi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
O‘tgan to‘rt yilda 1 ming 727 ta amaliy, innovatsion, fundamental va startap loyihalarga 2,2 trillion so‘m yo‘naltirildi Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Yig‘ilishda 36 ta oliygoh rektorlari ham qatnashmoqda. Davlatimiz rahbari bugungi murakkab vaziyatda barcha davlatlar ichki resurslarga tayanib, innovatsiyaga intilayotganini qayd etdi. Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda ilm, ta’lim va innovatsiyaga e’tibor tubdan o‘zgardi. Masalan, o‘tgan to‘rt yilda 1 ming 727 ta amaliy, innovatsion, fundamental va startap loyihalarga 2,2 trillion so‘m yo‘naltirildi. Shundan muhandislik-texnika yo‘nalishidagi 176 ta loyihaga 152 milliard so‘m berilgan. Tadqiqot, tajriba-konstruktorlik uchun xarajatlar 2 barobar o‘sgan. Bu mablag‘larning 41 foizi davlat ulushi bor korxonalarga, 34 foizi xususiy sektorga va 25 foizi oliygohlarga to‘g‘ri kelgan.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.