cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Al Hilol.Uz

Ushbu kanal 30 ta xalqaro universitetga grant asosida qabul qilingan Asadbek Subxonaliyev tomonidan ochildi. Muallif bilan aloqa: @Asadbek_Subkhonaliev Bu kanalda *Shaxsiy fikrlar *Tanqid, tahlil *Grant yutish sirlari *Abituriyentlarga maslahatlar

إظهار المزيد
Uzbekistan96 638لم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
98
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Hamma insonga birdek yoqish mumkin emas. Hammadan yaxshi bo'lsangiz ham, baribir kimgadir yoqmaysiz. Tirnoq tagidan kir qidiradigan toifadagilar, astoydil xarakat qilib, baribir aybingizni topishadi. Shu sababli hammani birdek ko'nglini topaman deb urinmang. O'zligingizni yo'qotmang. Allohni buyurganlarini qilib Unga yoqsangiz bas, odamlar bilan ovora bo'lib qolmang. Odamlar kim? Siz haqingizda zarracha bilmasalar ham, o'zlaricha ta'rif beruvchi, xukm chiqaruvchi oddiy bandalar-ku... Xusnidaxon Xoshimova https://t.me/al_hilol_uz
إظهار الكل...

Смотрите "OLIY TA'LIM (qisqa metrajli film) ОЛИЙ ТАЪЛИМ (киска метражли фильм)" на YouTube https://youtu.be/bbRgQ1MAC70
إظهار الكل...
OLIY TA'LIM (qisqa metrajli film) ОЛИЙ ТАЪЛИМ (киска метражли фильм)

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissor: FERUZ BAHODIROV Postanovkachi operator: NORTOY YO'LDOSHEV Ovoz rejissori: JO'RABEK JANIQULOV Badiiy rahbar: MAHKAM MUHAMMEDOV Bosh ro'lda: SEVINCH DALABAYEVA Telegram: @yosh_kinematograflar

YAXSHILIK QOLSIN O'tib ketar g'animat damlar, O'tib ketar quvonchlar, g'amlar. G'amxo'r bo'ling, aziz odamlar Bizdan faqat yaxshilik qolsin. Muhtojlarga yordam qilaylik, Nochorlarni aziz bilaylik. Dushmanga ham tinchlik tilaylik Bizdan faqat yaxshilik qolsin. Tilda bo'lsin doim shirin so'z, Kulib turib aldamasin ko'z. Mahshar kuni yorug' bo'lsin yuz Bizdan faqat yaxshilik qolsin. Tilu dilda bor bo'lsin ixlos, Yashaylik chin insonlarga xos. Xusnidaning niyati xolos - Bizdan faqat yaxshilik qolsin. Xusnidaxon Xoshimova https://t.me/al_hilol_uz
إظهار الكل...

00:02
Video unavailableShow in Telegram
रमजान-मुबारक.mp41.15 KB
Kechagi kunni yashab o'tdingiz. Uni qanday o'tkazganingizni o'zingiz yaxshiroq bilasiz. Bugun boshqa kun, yangi bir kun. Aslo kechagi kun bilan bir xil bo'lmasin. Ertani yana boshqacha yashang. Har bir kuningiz bir-biriga o'xshamasin. Har bir kuningizga yangi xikmat olib kiring. Har kuni yangi kitob o'qing, bir pog'ona o'sing. Hech qachon bir nuqtada qotib qolmang. Inson yuragi to'xtaganida emas, ma'naviy o'sishdan to'xtaganida o'ladi! Xusnidaxon Xoshimova https://t.me/al_hilol_uz
إظهار الكل...

SURAT Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi: - O'tirsang-chi, bolam. Birpas o'tirgin. - Bo'ldi, ketdim. - Shoshma, bolam. - Onam ko'zimga odatdagidan boshqacha, qandaydir mung bilan termildi. - Gap bor. Tipirchilab soatga qaradim: hali benzin olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga o'tish... - Nima edi? Onam ko'zimga hamon ma'yus termilib o'tirardi. - Suratga tushaylik, - dedi to'satdan. Ajablandim. - Nega? - Yaqinda men o'laman. Onam bu gapni xuddi: "Qo'shninikiga chiqib kelaman", degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim. - Qo'ysangiz-chi, oyi. Shunday dedim-da, chiqib ketdim. Oradan ikki hafta o'tdi-yu... Kechalari uyg'onib ketaman, o'ylayman. O'ylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga o'shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo'qmidi? Kerak bo'lsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog'da, ko'chada... Nima, sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yo'q! O'tkir Xoshimov "Dunyoning ishlari" asaridan https://t.me/al_hilol_uz
إظهار الكل...
Al Hilol.Uz

Ushbu kanal 30 ta xalqaro universitetga grant asosida qabul qilingan Asadbek Subxonaliyev tomonidan ochildi. Muallif bilan aloqa: @Asadbek_Subkhonaliev Bu kanalda *Shaxsiy fikrlar *Tanqid, tahlil *Grant yutish sirlari *Abituriyentlarga maslahatlar

*** Ishqda barobar erur, Sulton ham, devona ham. Goh qarindoshdan ortiq, Yetti yot begona ham. Do'stsiz boshing ham bo'lar, Qalbing to'la g'am bo'lar. Derlar: "Do'sting bo'lsa gar, Koshona - vayrona ham." Inson ishonchin oqla, O'ylab qadringni saqla. Yo'qsa sirdosh qolmagay, Yoningda bir dona ham. Qalbi nopok kimsaga, Xusnida egmagin bosh. Toshga yon bermagaydir, Aslida durdona ham. Xusnidaxon Xoshimova https://t.me/al_hilol_uz
إظهار الكل...

"Zamonlar osha" filmini sevib tomosha qilganman, judayam yoqqan. Hozirgi video ham yoqdi, sizlarga ham ulashgim keldi....
إظهار الكل...
00:15
Video unavailableShow in Telegram
Ома, аши видеони кўриб бир маза қилдим. Ҳақиқий ялангаёқни топишибди... Нишонига тегадиган гаплар фақат бизда: @nishondagi_gaplar_tegadi
إظهار الكل...
1.01 MB
00:59
Video unavailableShow in Telegram
Alloh o'zi yaratgan hech bir jonni mushkul paytda tashlab qo'ymaydi
إظهار الكل...
3.65 MB
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.