cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Hid Gallyutsinatsiyasi

Мало кто знает, что душа расцветает только тогда, когда обнажается и жертвует собой.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 950
المشتركون
-724 ساعات
+317 أيام
+5830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Oy boshini shunaqa yomon ko'rib qoldim: har gal yangi kelgan guruhlarga o'qish ularga nima uchun kerakligini tushintirishim kerak. Oddiy ertak o'qishga bersang ham dod-voy qilishadi: bizning miyamiz pachaq, yoshimiz o'tgan, 3 ta tug'ib qo'yganmiz, vaqtimiz yo'q, chaqalog'imiz bor, qatnaydigan yo'limiz uzoq, qarib qoldim, xotira ketgan... bitta sizni fanizmasku, boshqa fanlar bor, (2 betlik ertakni o'qish uchun shuncha bahona o'ylashga yetgan miya 5 daqiqada o'qib qo'yish mumkinligiga yetmaydi) Yana yozishga bermang, yozishga ulgurmaymiz, pulga yozdiramiz, lekin miyada qolmaydiku; kitob o'qishga bermang, kitob topolmaymiz , kutubxonaga borolmaymiz (voy dod, xudo ko"rsatmasin, biz unaqa kutubxonama kutubxona yurish uchun kirmaganmiz, erimiz ruxsat bermaydi, nimalar deyapsiz) , kitob sotib ol demang (o'zi yo'lga keb ketishga zo'rdan pulim bor, kitob qimmat ololmaymiz, kitob do'kon ham yo'q yana yonimizda) , internetdan qidirishni bilmaymiz - nima u gugl, qanday foydalaniladi?! (Instagramni biladi bular faqat) Dahshat-da , dahshat!!! 1,2, 3 paralarim doim ularga kitob topib berish, elektron qidirish, ziyouz bilan tanishtirish (endi Mutolaa yam qo'shilgan) bilan o'tadi. Darsni o'zida o'qishi uchun soatlab vaqt beraman. Shundayam ertasi kuni 2-3 ertakni eplab o'qib kelishmagan bo'ladi. Xo'p, darsda nima qildik 2 soat o'qimasdan? Gaplashib o'tirdim, man darsga o'qish uchun kelmiman, keragiyam yo'q. Uyimda 3 ta bolam bor, maktabni o'quvchilar ham esimni yeb qo'ygan, sizga o'xshab, yosh, tashvishsiz emasman. Diplom olsam bo'ldi. Qolgan narsani o'zim bilaman.... Xullas, bizni odatiy boshlang'ich suhbatlarimiz shunday kechadi doim. Naqadar baxtsizlik, vaqt yetmasligi, o'qish uchun endi ular kechligi - meni og'dirish uchun har yo'llarni sinashadi shantaj-montaju ko'zyoshgacha... Koshki menam taslim bo'lsam, talsim bo"lsam, o'laman-ku. Ularning ko'zida ilmdan oladigan zavqni ko"rmasam, meniyam ruhim so'nadi va o'ladi - keyin pul uchun ruhsiz ishga qatnovchi o'liklar soni bittaga ko'payadi. Shuning uchun har oy boshida jiddiy kurashlar, azabbuzarliklar kechadi. Endi bir-birimizga o'rganib, ular ham zo'r o'qishni boshlashganda bir oy tugaydida- shu bilan hammasi tugaydi. Yana takror. O'zimam charchadim bunaqa takror, bir xil bahona, dard, g'amlarni eshitaverishdan. Endi ertaga borib baxtsizlik va kitob o'qish aloqasi haqidagi uzundan uzoq ma'ruzamni o'qishim kerak.
إظهار الكل...
👍 13🤣 7 1🤯 1😢 1🗿 1
Dunyoga yot bo'lib kelgan edik biz Ko'nglimizni tutashtirar o'tlar qani? Bilganimiz tanbeh bo'ldi, tayoq bo'ldi ko'rganimiz, Yuray desak o'prilmagan yo'llar qani? Yig'ladigu ming yil kuyib yig'ladik "O'chir" degan otilgani toshlar bo'ldi. Palaxmon toshidan qalbga qadaldik, Havas qilib yetganizmiz g'ashlar bo'ldi. Malomatlar ko'rdik faqat malomatlar, Ta'qiq bo'ldi ko'z yosh, so'z ham, faryod ham, Tartibning oldida bir inson hechdir Bir insonga tushmas ko'kdan nur ham, najot ham. Bir insonmiz - bir insonga qalqimas ko'z yosh, Dunyoning oldida hechdir bir inson, Tartibning oldida puchdir bir inson, Begona kelaru, u qolar yakka Dunyoga malomat, o'chdir bir inson. Bir inson qoida oldida ojiz, Bir insonni tug'mas ona, Qoida tuqqan, Dunyo qoidaga ona bo'ladi, Onalar tutumga ona bo'ladi - Bir inson... Bir inson esa Ko'chada qoladi puchdir bir inson
إظهار الكل...
👍 8 2
Markes bilan ikkita uyg'un jihatimiz bor: hech qachon yozganimni qayta o'qimayman va yaxshi chiqmagan narsamni yirtib ovora bo'lmayman (shunchaki unitaman). Undan farqim hatto yaxshi chiqqan, e'lon qilgan narsalarimniyam mutlaqo unutaman : hech qachon yozgan narsalarimga qayta qaytmayman. Doim oldindagi qo'l yetmas, lekin ko'z ilg'ab turgan ufqlar qiziq
إظهار الكل...
👍 13 4
Қуйида ўша прологни бутун ҳолича келтирдим. Муҳим бир нарса бор, мен уларни эшиклар деб атайман, киши миясида янги ғоя келганида битта эшик очилади гўё, ва бу эшик то вазифа бажарилмагунича миясида очиқ ҳолича қолиб кетади, яъни уни ёпиш муҳим. Маркес миясидаги ўша эшикни узоқ муддат очиқ ҳолида қолдиргани ва охири уни ёпишга муваффақ бўлгани ҳақида ҳикоя қилади. Bu hodisaga javoban qilgan xatti-harakatimdan o‘zim hayratda qoldim: to‘rt yildan beri tushimga ham kirmagan mavzularni eslash men uchun shon-sharaf ishiga aylandi. Men nima qilib bo‘lsa ham, xuddi yozayotgan paytdagidek zo‘r berib, ularni eslashga urina boshladim va pirovardida ulardan o‘ttiztasining qoralamasini tiklashga muvaffaq bo‘ldim. Mavzularni eslar ekanman, ayni chog‘da ularni jiddiy saraladim, shu boisdan bir ish chiqmaydigandek ko‘ringanlarini, ko‘pam afsuslanib o‘tirmay, tashlab yubordim, natijada o‘n sakkiztasi qoldi. Bu safar ularni tin olmay, bir o‘tirishda yozib tashlash niyatida edim, lekin ko‘p o‘tmay ilhomim so‘nganini angladim. Biroq, boshlovchi yozuvchilarga hamisha beradigan maslahatimga zid o‘laroq, qoralamalarni axlat o‘rasiga tashlab yuborganim yo‘q, balki yana chetga olib qo‘ydim. Har ehtimolga qarshi. https://telegra.ph/ON-IKKITA-SAYYOH-HIKOYA-KITOBIDAN-05-27
إظهار الكل...
«O‘N IKKITA SAYYOH HIKOYA» KITOBIDAN

Nima uchun o‘n ikkita,  nima uchun hikoyalar va nega sayyoh   Ushbu to‘plamga kirgan o‘n ikkita hikoya keyingi o‘n sakkiz yil davomida yozildi. Bu shaklga kirgunga qadar ulardan beshtasi jurnalist qaydi, kinossenariy, bittasi – televizion serial ssenariysi shaklida edi. Yana bittasini bo‘lsa, o‘n besh yil avval bir muloqotda so‘zlab bergan, suhbatdosh do‘stim uni magnitofonga yozib olgan va keyinchalik e’lon qilgandi, endi bo‘lsa, men o‘sha naqlga asoslangan holda uni yangidan yozib chiqdim. Bu g‘ayriodatiy…

ОЙ СОЯСИ Ой сояси – улкан гулмоҳи. Ялтирагай кумуш тусида. Тун бағрида ўсган гулларни Бўш гулдонлар кўрар тушида. Ой – бир оғоч, Барглари кумуш, Оч дилларнинг мангу емиши. Аёл қадар пинҳон тутилмиш Унинг ҳам тенг ярим кечмиши. Озғин бўйним борар эгилиб – Хапамат* им осмон тошидан. Айтолмовдим тилим тутилиб, Мен ёт эдим Ерга бошидан. Сабрнинг бор косаси синди – Тўрт тарафим парча, синиқлар. Ёр отини англатмас энди Юракдаги руний битиклар. Кетмакдаман оғиб, туртиниб, Сувим – ёмғир, Озиғим – армон. Энди чиқа кўрма қаршимдан, Мусаллом – ўт, Қиблам – пушаймон. Ой сояси – улкан гулмоҳи. Сув қўйнига кирган халоскор... Гулмоҳининг шаффоф қорнидан Пичирлагум: “Сенга Худо бор...” *аёлларнинг бўйинга тақиладиган қадимий безаги Gulnoz MO'MINOVA
إظهار الكل...
2👍 1🦄 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qaytib kelarmisan yana yoshligim mening?! (Jurnalistika fakultetidagi kursdoshlarim -2014 )
إظهار الكل...
36🍌 6🔥 4🙉 3👍 2😢 2🥰 1👏 1💔 1🆒 1🦄 1
إظهار الكل...

8💔 2👍 1🤷 1
Putinga kimdir suiqasd rejalashtirmaganmidi? Mustaqillik tarafda har 100 metrda tanklar turibdi. Butun ichki ishlar, milliy gvardiya , mudofaa -hammasi ko'chaga chiqqan deysiz shu qadar har qadamni milisa bosganidan?!
إظهار الكل...
😁 43👍 3 3🔥 3
Горькая луна смотреть онлайн, 1992 https://filmix.biz/films/drama/5427-gorkaya-luna-bitter-moon-1992.html
إظهار الكل...
Горькая луна смотреть онлайн, 1992

Смотреть Фильм Горькая луна онлайн в отличном HD 1080 качестве. Страна - Франция. Перевод и озвучка - .

🔥 4👍 1 1
Bugun Tilak Jo'raning 77 yilligi
إظهار الكل...
👍 15