ar
Feedback
sharoitplus.uz

sharoitplus.uz

الذهاب إلى القناة على Telegram

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi Tel: +998 (55) 500-50-60 E-mail: info@sharoitplus.uz www.sharoitplus.uz Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС» Tel: +998 (55) 500-50-60 E-mail: info@sharoitplus.uz

إظهار المزيد
1 720
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-77 أيام
-3730 أيام
أرشيف المشاركات
#podkast 💁🏻‍♂️ Xabaringiz bor, 29-dekabr “Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi 2023-yilda qanday loyihalarni amalga oshirdi?” mavzusida tashkilotimiz raisi — Muhabbat Rahimova va xodimlari bilan ochiq suhbat qilgan edik. E‘tiboringizga yozib olingan podkastni taqdim etamiz. 🎙Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov 📲 Podkastlarimizga obuna bo‘ling: Yandex.Музыка | Google Podcasts | Apple Podcasts | Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

Brayl alifbosi kuni.m4a1.56 MB

🌍👩🏻‍🦯Bugun Butunjahon Brayl alifbosi kuni 🇫🇷 Brayl alifbo boʻrtiq nuqtalarga asoslangan maxsus alifbo boʻlib, koʻzi oji
🌍👩🏻‍🦯Bugun Butunjahon Brayl alifbosi kuni 🇫🇷 Brayl alifbo boʻrtiq nuqtalarga asoslangan maxsus alifbo boʻlib, koʻzi ojiz insonlarning savod chiqarishi uchun 1824-yilda fransuz tiflopedagogi Lui Brayl tomonidan yaratilgan. 🇺🇳BMT Bosh Assambleyasining 2006-yil 13-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasida Brayl alifbosi koʻz ojizlar va zaif koʻruvchilar uchun asosiy yozma muloqot vositasi ekanligi qayd etilgan.
2018-yil 17-dekabrda chiqqan BMT Bosh assambleyasining qaroriga muvofiq 2019-yil 4-yanvar kuni birinchi marotaba Butunjahon Brayl alifbosi kuni nishonlandi.
🇺🇿Ayni paytda O‘zbekistonda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar va yoshlar uchun Brayl alifbosidagi o‘quv materiallari keskin tanqisligi kuzatilmoqda. 2022-yil 26-dekarbdan boshlab tashkilotimiz koʻzi ojiz yoshlar uchun "PRAXIS PLUS" MChJ ijtimoiy korxonamiz qoshida Brayl bosmaxonasini tashkil etish loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Barcha uchun qulay sharoitlar! Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

#podkast Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! 🦿🦾 “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez - ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayev bilan Sharoit+ podkast qilgan edik. 📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing va tinglang: https://sharoitplus.uz/podkast-nogironligi-bolgan-shaxslar-protez-ortopediya-buyumlari-va-reabilitatsiya-texnik-vositalari-bilan-qanday-taminlanyapti-va-kelgusidagi-rejalar-qanday/ Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

#podkast Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! 🚌👩🏻‍🦽“Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat transportidan foydalanishlarida qanday imkoniyat va imtiyozlar bor?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Transport tashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassislari — Ismailov Bahtiyor, Po‘latov Alisher, Norbutayev Ollayor bilan Sharoit+ podkast qilgan edik. 📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing va tinglang: https://sharoitplus.uz/podkast-nogironligi-bolgan-shaxslar-jamoat-transportidan-foydalanishlarida-qanday-imkoniyat-va-imtiyozlar-bor/ Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

#reportaj 🌐👨🏻‍🦼“SHAROIT PLYUS” Jahon banki vakillari bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi 2023-yilda tashilotimizning asosiy hamkorlaridan biri O‘zbekistondagi Jahon banki vakolatxonasi bo‘ldi. Birlashmamiz raisi Muhabbat Raximova Jahon banki vakillari bilan O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan mavjud to‘siqlarni va ularga yechim topish yo‘llarini muhokama qilishdi. 📺 Uchrashuv haqida qisqa reportajimizni tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=bHgAS3YWl0M 2023-yildan boshlab Jahon banki tashkilotimizning "Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun tikuv sexi va tashkilot a’zolari uchun kovorking xonasini tashkil qilish" loyihasini qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Ushbu loyihadan tashqari tashkilotimiz xodimlari Jahon banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonda nogironlik va inklyuziya sohasida turli xil tadqiqotlarni o‘tkazib kelyapti. 📌 Vebsaytimizda batafsil o‘qing: https://sharoitplus.uz/sharoit-plyus-jahon-banki-vakillari-bilan-hamkorlik-uchrashuvini-otkazdi/ Barcha uchun qulay sharoitlar! 🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang: Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

#reportaj 📚🎙“Kitob Plus” – koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun onlayn kutubxona taqdimoti 2023-yil davomida tashkilotimiz tomonidan ko‘plab loyihalar amalga oshirilidi. Shu jumladan 30-noyabr “Kitob Plus” – koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasi o‘z faoliyatini boshladi. 📺 Loyiha taqdimoti haqida qisqa reportajimizni tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=dtbF6dGc4ho
Loyihadan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekistondagi koʻrish boʻyicha nogironligi bor shaxslar uchun barcha audiokitoblar, radio spektakllar va boshqa audio materiallarni bir joyda jamlaydigan, qulay va bepul veb-sayt va uning Kitob Plus mobil ilovasini yaratishdan iborat.
🌐 Loyiha vebsayti: https://kitobplus.uz/ 📲 Play Market: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kitobplus.app 📲 App Store: https://apps.apple.com/us/app/kitobplus/id6470842246 Barcha uchun qulay sharoitlar! 🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang: Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! Sizni va yaqinlaringizni kirib kelayotgan 2024 - yil bilan muborakbod etamiz. Sizni 20
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! Sizni va yaqinlaringizni kirib kelayotgan 2024 - yil bilan muborakbod etamiz. Sizni 2024-yilda tuganmas, bitmas mustahkam sog‘liq, baxt, omad, chinakam mehr-muhabbat, pozitivlik hech qachon tark etmasin - deya qaddingiz va qadringiz baland bo‘lsin. Hurmat bilan Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi jamoasi. Barcha uchun qulay sharoitlar! 🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang: Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! Sizni va yaqinlaringizni kirib kelayotgan 2024 - yil bilan muborakbod etamiz. Sizni 20
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! Sizni va yaqinlaringizni kirib kelayotgan 2024 - yil bilan muborakbod etamiz. Sizni 2024-yilda tuganmas, bitmas mustahkam sog‘liq, baxt, omad, chinakam mehr-muhabbat, pozitivlik hech qachon tark etmasin - deya qaddingiz va qadringiz baland bo‘lsin. Hurmat bilan Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi jamoasi. Barcha uchun qulay sharoitlar! 🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang: Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! Sizni va yaqinlaringizni kirib kelayotgan 2024 - yil bilan muborakbod etamiz. Sizni 20
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! Sizni va yaqinlaringizni kirib kelayotgan 2024 - yil bilan muborakbod etamiz. Sizni 2024-yilda tuganmas, bitmas mustahkam sog‘liq, baxt, omad, chinakam mehr-muhabbat, pozitivlik hech qachon tark etmasin - deya qaddingiz va qadringiz baland bo‘lsin. Hurmat bilan Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi jamoasi. Barcha uchun qulay sharoitlar! 🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang: Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

Repost from huquqplus.uz
💰👨‍👩‍👧‍👦 O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy va
💰👨‍👩‍👧‍👦 O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga to‘lanadigan nafaqa O’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarning toifasiga kim kiradi? Parvarishlash nafaqasini “proaktiv shakl”da tayinlash tartibi qanday? Parvarishlash nafaqasini ajratish rad etilgan taqdirda nima bo‘ladi? MyGov.uz orqali parvarishlash nafaqasini olish uchun onlayn ariza qanday topshiriladi? 💁🏻‍♂️ Ushbu savollaringizga HuquqPlus.uz loyihasi koordinatori Aziz Abdullayev tayyorlagan huquqiy materialda toʻliq javoblarni topasiz. 🖥 Batafsil havola orqali oʻqing: https://huquqplus.uz/sections/social-protection/676 Huquqplus.uz nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali. Kanalimizga ulanish uchun: 👉 https://t.me/huquqplus #nafaqa

#вакансия 📣 В рамках текущего проекта «Huquq Plus – повышение правовой культуры и грамотности людей с инвалидностью через сп
#вакансия 📣 В рамках текущего проекта «Huquq Plus – повышение правовой культуры и грамотности людей с инвалидностью через специализированный веб-портал правовой информации» мы объявляем вакансию СММ-менеджера на полставки. 🔗 Подробнее по ссылке: https://sharoitplus.uz/ru/smm-menedzher-na-05-stavki/ ♿️ Вакансия открыта для людей с инвалидностью и без нее. 📩 Внимание! Отправляйте свои вопросы, а также полное резюме и мотивационное письмо на наш адрес электронной почты: sharoitplus@gmail.com. Вы также можете откликнуться на вакансию по ссылке: https://hh.uz/vacancy/91155641 Заявки принимаются до 14 января 2024 г. ❗️Пожалуйста, не беспокойте по телефону. Подписывайтесь на наш канал: 👉 @sharoitplus

#vakansiya 📣 HuquqPlus.uz – maxsus huquqiy axborot veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va
#vakansiya 📣 HuquqPlus.uz – maxsus huquqiy axborot veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish loyihasi doirasida "SMM menejer (0,5 stavkaga)" vakansiyasini e'lon qilamiz. 🔗Vakansiya haqida batafsil: https://sharoitplus.uz/vakansiya-smm-menejer-05-stavkaga/ ♿️ Ushbu vakansiyalarga nogironligi bo‘lgan va nogironligi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘rib chiqiladi. 📩 Iltimos vakansiyaga arizangizni HH.uz vebsaytidan (ushbu havola orqali: https://hh.uz/vacancy/91155641) yoki tashkilotimizning sharoitplus@gmail.com elektron manziliga rezyume va motivatsion xatlaringizni yuboring. Arizalar 2024-yil 14-yanvarga qadar qabul qilinadi. ❗️Iltimos telefon orqali ortiqcha bezovta qilmang! Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

Sharoit+ podkastimizni boshladik. Ovozli chatga ulanish uchun ushbu havolani bosing: 👉 https://t.me/sharoitplus?livestream Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

📣 Diqqat!  💁🏻‍♂️ 1 soatdan so‘ng soat 17:00 da Sharoit+ podkastni boshlaymiz! 🎙Ovozli chatga ulanish uchun havola: https://t.me/sharoitplus?livestream ‼️ Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi yil sarhisobi haqida batafsil ma‘lumot olish imkoniyatini boy bermang. Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

Assalomu alaykum, hurmatli tinglovchilar! 💁🏻‍♀ Eslatib o‘tamiz, ertaga juma 29-dekabr 17:00 da “Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi 2023-yilda qanday loyihalarni amalga oshirdi?” mavzusida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi — Muhabbat Rahimova va tashkilot xodimlari ❓ Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring: https://t.me/sharoitplus/2653 🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu https://t.me/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo'ying! Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉@sharoitplus