cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 725
المشتركون
-124 ساعات
-117 أيام
-2430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Fidoyi mehnat faoliyati va o`ziga hos iste`dodi bilan hurmat topgan, ko`p yillar davomida TTA Urganch filiali rivoji uchun o`z hissasini qo`shib kelayotgan, filial Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo`limi boshligi Anabibi Xudoyberganova umr yo`llari va fidoyi mehnat faoliyatiga bag`ishlangan maqola “Xorazm haqiqati” gazetasida chop etildi. TTA Urganch filiali matbuot xizmati 🏫 @TTAUF | RASMIY KANALI
إظهار الكل...
👍 10 1
Filial ARM fondi foydali kitoblar bilan boyidi. 🟡 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Ichki kasalliklar va teri-tanosil kasalliklari kafedrasi” dotsenti Baxrom Fayzullaev o’zining shaxsiy kutubxonasidan 100 ga yaqin badiiy kitoblar va o’z muallifligida chop etilgan “Бета-Блокаторы на защите вашего здоровья” nomli monografiyani TTA Urganch filiali Axborot-resurs markazi fondiga hadya etdi. 📚O’ylaymizki, mazkur adabiyotlar tashrif buyuruvchilar uchun qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishlarida xizmat qiladi. TTA Urganch filiali matbuot xizmati 🏫 @TTAUF | RASMIY KANALI
إظهار الكل...
👍 3
30:35
Video unavailableShow in Telegram
"Ma'rifat soati" Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi. Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://www.youtube.com/watch?v=68dQe9THM8s sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
إظهار الكل...
👍 4
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti mutaxassis shifokorlar tomonidan o’tkazilgan mahorat darslaridan videolavha.
إظهار الكل...
🤩 6👍 2👌 1🤓 1
Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 28-may kuni TTA Urganch filiali direktori Rashid Ruzibayev o`zaro hamkorlik doirasida Shinjon tibbiyot universitetidan tashrif buyrugan mutaxassis shifokorlar bilan uchrashib, samimiy muloqot o`tkazdi. Shundan so`ng, direktor va xorijiy mutaxassislar ishtirokida talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Dastlab direktor so`zga chiqib, Shinjon tibbiyot universiteti bilan o`zaro hamkorlikning yangi bosqichlari, talabalarning hamkor xorijiy oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olishlari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, “An`anaviy tibbiyot”ning bugungi kunda dolzarbligi borasida so`z yuritib, xorijiy mutaxassis shifokorlar bilan talabalarni tanishtirdi. Dars mashg`ulotlari davomida xorijiy professorlar talabalarga “An`anaviy Xitoy tabobati” mavzusida ma`ruzalar o`qib, mahorat darslarini olib borishdi. O`z navbatida tashkil etilayotgan bunday mahorat darslari va uchrashuvlar, an`anaviy tibbiyot sohasini yanada rivojlantirishga, shuningdek, xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. TTA Urganch filiali matbuot xizmati 🏫 @TTAUF | RASMIY KANALI
إظهار الكل...
👍 7
02:02
Video unavailableShow in Telegram
“Reproduktologiyaning dolzarb muammolari” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjuman “Xorazm 24” informatsion dasturi nigohida.
إظهار الكل...
4👏 2
«Reprotuktologiyaning dolzarb muammolari» ayni shu mavzuga bag`ishlangan seminar tashkil etildi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida tashkil etilgan xalqaro seminar davomida dunyoda reproduktiv tibbiyotning dolzarb muammolari, temir tanqisligi anemiyasi va bepushtlik, trombofiliya va reproduktiv qiyinchiliklar, erta preembrional yoqotishlar, homiladorlikdan oldingi tayyorgarlik, reproduktiv tibbiyotda endoskopiya mavzulari muhokama markazida bo`ldi. Ushbu seminarda xalqaro darajadagi professorlar ishtirokini ham alohida e`tirof etish joiz. O`tkazilayotgan bunday tadbirlar, mamlakatimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyatga ega. TTA Urganch filiali matbuot xizmati 🏫 @TTAUF | RASMIY KANALI
إظهار الكل...
👍 5 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Yangi qaror: abituriyentlar va talabalar hayotida nimalar o'zgaryapti? ▪️Abituriyentlar endi har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi; ▪️ O‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ▪️ OTMlarning magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi; ▪️ 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi; ▪️ Endi abituriyentlar faqat 1 yillik grant oladi; ▪️ Grantda o'qiganlar diplomini olishi uchun 3 yil ishlab berishi talabi bekor bo'ldi; ▪️ Endi stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; ▪️ Endi davlat grantini OTMlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi; ▪️ Imtiyozli abituriyentlar bu yil ham saqlanib qolinadi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
إظهار الكل...
👍 10🔥 2
Tojikistonda istiqomat qilayotgan Oʼzbekistonliklar oʼrtasida «Zakovat» oʼyini boʼlib oʼtdi Kuni kecha qoʼshni davlatdagi mamlakatimiz elchixonasida tashkil etilgan intellektual oʼyin 24 savoldan iborat boʼlib, 2 tur davom etdi. Yakunda gʼolib boʼlgan jamoa aʼzolari noutbuk bilan taqdirlandi. Munojat Yoʼlchiyeva, Ogʼabek Sobirov, Mardon Mavlonov kabi Tojikiston xalq artisti unvoniga ega Oʼzbekistonlik mashhur xonandalar ishtirokchilar uchun turli qoʼshiqlar kuylab berdi. Bu «Zakovat» klubi hamda «Vatandoshlar» jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan ikkinchi xalqaro tadbir boʼlib, bungacha 13 aprel kuni Germaniyada yashayotgan Oʼzbekistonliklar oʼrtasida ham «Zakovat» musobaqasi oʼtkazilgandi. Kelgusida Buyuk Britaniya, Turkiya va Koreya Respublikasi kabi qator xorijiy davlatlarda ham intellektual oʼyinlar oʼtkazish rejalashtirilgan. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
إظهار الكل...
👍 2
Repost from Zakovat: Xorazm
✏✏✏✏✏✏✏✏✏✏✏✏ ✏✏✏✏✏✏✏✏ 🏆 Habaringiz bor, shu hafta 28-31-may kunlari Toshkent shahrida Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Intellektual haftalik" Respublika bosqichi o'tkazish rejalashtirilgan. Ushbu haftalikda 50 tadan ortiq OTM jamoalari qatnashishi ko'zda tutilgan. Xorazm viloyati oliy ta'lim muassasalaridan ham 3 ta jamoa ushbu yirik musobaqada qatnashish uchun Toshkent shahriga yetib borishdi. ⭐️Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali jamoasi ham “Intellektual haftalik” musobaqasining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok qilish uchun Toshkent shahriga yetib keldi! 👨‍💻 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali jamoasi a'zolari bilan tanishing: 🔹Rajabov Umidjon - jamoa sardori; 🔹Hasanova Jumagul; 🔹Karimboyeva Asem; 🔹Matyoqubov Ilyosbek; 🔹Iskandarov Shoxruxbek; 🔹Sa'dullayev Doniyorbek; 🔹Ibrogimov Umrbek. 👨‍🏫 Jamoa murabbiyi: Sadullayev Sirojbek. 🏆TTA Urganch filiali jamoasiga OMAD tilaymiz!!! 🔥 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🔥
إظهار الكل...
👍 5 4🔥 1