ar
Feedback
Flutter Uzbek | Mobil dasturlash

Flutter Uzbek | Mobil dasturlash

الذهاب إلى القناة على Telegram

Flutter bo'yicha birinchi o'zbekcha darslik bu yerda https://www.youtube.com/c/ZayniddinMamarasulov Discord server ►https://discord.gg/KQAeB9wa 🍊Donate Apelsin (UZCARD/HUMO) ►https://donate.apelsin.uz/pay/Zayniddin

إظهار المزيد
898
المشتركون
+124 ساعات
+47 أيام
+1230 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Samandar Ahadjonov
#article #medium Dart dasturlash tilidagi enum'larnig eng katta ikki kamchiligi va unga yechim haqida bilmoqchimisiz? Unda qu
#article #medium Dart dasturlash tilidagi enum'larnig eng katta ikki kamchiligi va unga yechim haqida bilmoqchimisiz? Unda quyidagi maqolani sizga tavsiya qilaman: 📝 Maqolaga havola O'qib, like bosib, izoh yozasiz degan umiddaman. Hammadan maksimal faollik va share'lar kutaman @ahadjonovss

Repost from Samandar Ahadjonov
#YouTube #enums #tools 🧑‍💻 Dart’dagi Enumning dardlari va ularga yechimlarni va eng muhimi Cubit/Bloc bilan optimal integra
#YouTube #enums #tools 🧑‍💻 Dart’dagi Enumning dardlari va ularga yechimlarni va eng muhimi Cubit/Bloc bilan optimal integratsiya qilish siz uchun qiziqmi? Unaqada quyidagi havola orqali, Enum’larga oid o’zim ishlatadigan 3ta toolni video ko’rinishida tomosha qilishingiz mumkin. 📹 Havola ➕ Like, izoh, share yodingizdan chiqmasin) @ahadjonovss

- Taksi App - E-Commerce - Game - Bir necha rollik Super App - Animatsiya - Backround service - Notification - DDD/TDD/Clean Architecture/MVVM - Unit Test - Git pull request/CI-CD - Figma bilan ishlash(dizaynerni bezovta qilmay resourcelar bilan ishlash) - Postman testing - Boshqalarni kodiga o'zgartirish kiritish ➖➖➖➖➖ Junior va undan yuqorilar uchun real caselarga boy, nazariy, amaliy level up kursi ochilsa borarmidingiz? Darslar ishga tasir qilmagan holda shanba/yakshanba tashkillashtiriladi. Huddi universitetdagi kabi 3-4 para. - 1 para vazifalar ustida savol-javob, takrorlash, qisqa imtihon. - 2 para yangi dars bo'yicha nazariy leksiya - 3 para nazariyani, amaliyotda workshop usulida bitta dastur qilinadi - 4 para Hakaton usulida amaliyotda ko'rilgan appga o'xshagan va qo'shimcha funksiya qo'shilgan dasturni jamoaga bo'lingan holda topshirasiz. ➖➖➖➖➖ Hozir talab bo'lishiga qarab o'quv materiallarini tayyorlashim kerak. Shu sabali so'ramoqdaman. - Nazariy bilimlar uchun ketma-ketligi bor youtube/medium/docslar ro'yxati. - Vazifa berish uchun figma/api/tz lar - Vazifalarni tekshirish, nazariy-amaliy dars o'tish, hakaton tashkillashtirish bo'yicha metodika ishlab chiqish. ➖➖➖➖➖ Talab bo'lsa ham bo'lmasa ham bularni qilish maqsadim bor. Shunday bo'lsada o'zi qiziqadigan odam bormi shuni bilmoqchi edim.

Navbatdagi darsimizni montaj qilishni boshladim, nasib qilsa erataga chiqadi Hozir montaj paytida o'tgan darslarimni ko'rib o
Navbatdagi darsimizni montaj qilishni boshladim, nasib qilsa erataga chiqadi Hozir montaj paytida o'tgan darslarimni ko'rib o'zim ham qiziqib qoldim, o'sha paytlari kechasi soat 11-12 gacha dars o'tilgan, buni videodagi soatdan bilsa bo'ladi. O'zim mazza qilib qilganman bu ishni Ishoning moddiy manfaat eeeeeng oxirida bo'lgan bu darslardan, deyarli bo'lmagan desa ham bo'ladi. Keyingi dars kelishini o'zim kutardim, nimalar o'tamiz, nima yangilik o'rganamiz deb ➖ @flutter_uzbek

Repost from Vohid Karimov
Dasturlashga qo'l urgan, lekin nimadan boshlashni bilmaydiganlar uchun 3-5 yillik plan: — Nerd rejimiga o'ting: kuniga kamida 6 soat dasturlash bilan band bo'ling — Computer Science mavzularini chuqur o'rganing — Muntazam algoritmik masalalarni yeching (codewars, leetcode, va hokazo) — Bitta dasturlash tilini mukammal o'rganing — Web, mobil, yoki desktop development uchun kerak bo'lgan texnologiyalarni o'rganing — O’zingizni pet proyektlaringizni yarating — Har kuni ko'p kod yozing — Tez-tez interview qiling (ishingiz bo'lsa ham) — Vaqtida uxlang, ovqatlaning, va sport bilan shug'ullaning Qolgani (ish, daromad, va xurmat) o'zi keladi. Natija darxol ko'rinmaydi, lekin albatta keladi - haqiqiy yutuqlar vaqt talab qiladi. Jarayondan zavq oling! #Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT

photo content

Repost from Vohid Karimov
Googleni ham o'zbeklar egallab tashayapti... desangiz chuchvarani xom sanaysiz. Rustam va men chuchvarani bugun sanab chiqdik. Googleda taxminan 30ta o’zbek ishlasa, shu son xitoyliklar uchun 10 000 dan ziyod. Keling shu sonlarni O’zbekiston va Xitoy davlatlari axoli soniga nisbatan taqqoslaymiz. O’zbekiston: 38 million Xitoy: 1.412 milliard (±40 marta ko’p) Endi taqqoslay olish uchun 1:40 proporsiyaga bo’lib yuboramiz: 10 000 / 40 = 250ta o’zbek bo’lishi kerak edi. Shunday ekan: - https://leetcode.com - https://careers.google.com

Repost from MobilDasturchi.Uz
https://www.youtube.com/live/o7qR_scVcZ8 🐈 https://github.com/DasturchiMobile/online_shop_clean_architecture.git Assalomu al
https://www.youtube.com/live/o7qR_scVcZ8 🐈 https://github.com/DasturchiMobile/online_shop_clean_architecture.git Assalomu alaykum, qadrli obunachilar! Ushbu videoda Flutter yordamida zamonaviy online do'kon loyihasini yaratishni o'rganamiz. Videoda quyidagi texnologiyalar va uslublardan foydalanamiz: 📌 Riverpod - State management uchun. 📌 Dio - API bilan ishlash uchun. 📌 Go Router - Marshrutlash uchun. 📌 TDD (Test-Driven Development) - Ilovani testlash va ishlab chiqish jarayonida qo'llaniladi. 📌 Pagination - Ma'lumotlarni sahifalash uchun. 📌 GetIt - Service locator pattern uchun. 📌 Animations - Ilovaga jonlilik qo'shish uchun. Bu video orqali siz: Flutterda online do'kon yaratishni bosqichma-bosqich o'rganasiz. Riverpod yordamida state management'ni qanday amalga oshirishni bilib olasiz. Dio orqali API bilan qanday samarali ishlashni o'rganasiz. Go Router yordamida ilova ichida marshrutlashni amalga oshirasiz. TDD orqali sifatli va barqaror kod yozishni o'rganasiz. Pagination orqali katta hajmdagi ma'lumotlarni sahifalab chiqarishni o'rganasiz. GetIt yordamida xizmatlarni boshqarishni bilib olasiz. Animations orqali ilovangizni jonli va jozibador qilasiz. Videoni tomosha qiling va kanalimizga obuna bo'ling, yangi videolarimizni o'tkazib yubormaslik uchun qo'ng'iroqcha tugmasini bosing! 📚 Kanalimizda yana boshqa qiziqarli darsliklar mavjud: Flutter boshlang'ich darsliklari 🔗 Foydali manbalar: Riverpod hujjatlari: riverpod.dev Dio hujjatlari: pub.dev/packages/dio Go Router hujjatlari: pub.dev/packages/go_router #Flutter #OnlineStore #Riverpod #Dio #GoRouter #TDD #Pagination #GetIt #Animations Telegram kanalimiz: t.me/DasturchiMobile Ish uchun takliflar t.me/AzizbekAsqaraliyev

Repost from Samandar Ahadjonov
#YouTube #new_content 😅 You Dartdoshlar! Flutterda localization package'lari bilan tanishmisiz? Siz uchun easy_localization
#YouTube #new_content 😅 You Dartdoshlar! Flutterda localization package'lari bilan tanishmisiz? Siz uchun easy_localization package qulaymi? Unday bo'lsa, quyidagi havola orqali yangi avlod localization package'ini qarshi oling va easy_localizationdan easy yo'l bilan xalos bo'ling! Yangi videoni tandirdan chiqmasidan turib tomosha qiling. Havola esa quyida) 📹 Video uchun havola P.s: Video ostida iloji boricha ko'proq izoh va like yig'ishimiz kerak, #Dartdoshlar befarq bo'lishmaydi deb o'ylayman) @ahadjonovss

Repost from 42⚡️
⚡️42Code va 42Cloud 42.uz da o'rgangan bilimlaringizni amaliyotda qo'llash uchun jamoamiz bilan ushbu ikki mahsulotni ishlab chiqdik. Foydalanish uchun havola: - 42Code: 42.uz/course/express-algoritm - 42Cloud: 42.uz/course/express-backend @qirikki dan qaysi kurslarni kutyapsiz, izohlarda qoldiring👇

Repost from Samandar Ahadjonov
#dartdosh #podcast 🧑‍💻 Dartdoshlar tayyormisiz? Quyidagi havola orqali Vention Team kompaniyasida Senior SE bo’lib ishlovchi Abdulbosit Komilov bilan bo'lib o'tgan Dartdosh podkastining 3-sonini tomosha qilishingiz mumkin. 📹 https://youtu.be/ehbYas3LUI0 P.s: Izohlar va likelar esdan chiqmasin ) @ahadjonovss

Repost from Samandar Ahadjonov
#just #tavsiya Sizlarga o’zim yaxshi bilgan xalqaro kompaniyada Senior Software Engineer bo’lib ishlovchi Abdulbosit Komilovning bloglarini tavsiya qilaman. Oxirgi marta uchrashganimizda, o’zbek blogosferasida katta “inqilob” qilish niyatlari borligi haqida aytgan edilar. Mana bugun o’z bloglarini ochib, Junior darajadagi dastuchilarga Seniorlikkacha yo’lni ko’rsatib, yo’l-yo’riq ko’rsatishni boshlabtilar. Albatta obuna bo’ling, bunda eng katta manfaat o’zingizga har xolda) 💬 Havola P.s: Oxirgi postlarida 20+ Dartdoshlardan salom izohi yig’ilsa, ular bilan podkast qilamiz) @ahadjonovss

Repost from Samandar Ahadjonov
#package #localization 🧑‍💻 Localization PRO package'ining rasmiy launchini LinkedIn sahifamda e'lon qildim. Quyidagi havola orqali like va commetlar orqali maksimal qo'llab-quvvatlashingizni kutaman. Bu juda muhim.🙌 Havola @ahadjonovss

Repost from Muhammadjon's
Google'da menga yoqadigan narsalardan biri oldin hech qayerda ko'rmagan muammolar ustida ishlashimizdir. 2023-yil iyul oyida WearOS (soatlar uchun Android tizim) uchun Gmail ilovasini kompaniya bo'ylab ichki test, ya'ni betaga chiqardik. Avgust oyida beta-foydalanuvchilardan izoh va baholarni oldik. O'rtacha baho 5 ballik tizimda 3.78 edi. Eng asosiy muammolaridan biri – ilovaning ishga tushish tezligi foydalanuvchilarga ma'qul kemabdi: "P50 (50th percentile) cold startup latency" tahminan 3.5 sekund bo'lgan. Uni tezlashtirishimiz uchun 3 hafta vaqtimiz bor edi. Jamoaning ko'p a'zolari, shu jumladan men ham, bor e'tiborimizni shunga qaratdik: 1. Ilovaning "trace"ini olib, uni tahlil qilib chiqdik. Soatlardagi CPU unchalik kuchli bo'lmaganligi sababli ilova ishga tushayotgan vaqtda ko'p protseslar CPU uchun kurashib, asosiy thread'ni band qilib qo'yayotgan ekan. Shunday protseslarni kamaytirish uchun zarur bo'lgan o'zgarishlarning ro'yhatini qilib, eng ko'p foyda beradigan 3-4 tasini tanlab oldik: ● Animatsiyalarni kamaytirish. ● "Splash screen" ni uzoqroq ushlab turish. ● Server uchun kerakli obyektlarni ertaroq yaratish/yuklash. 2. Xattoki kichik animatsiya ham soat uchun og'irlik qiladigan bo'lib chiqdi. Ba'zi animatsiyalarni statik rasmlarga o'zgartirdik. 3. Odatda, ilova ochilayotgan paytda ko'rsatiladigan birinchi sahifa "splash screen" bo'ladi. Shu sahifani uzoqroq ushlab turadigan qildik. Natijada undan keyin keladigan ba'zi animatsiyalar CPU uchun kurashmaydigan bo'ldi. 4. Kerakli obyektlarni yaratishni splash screen bilan parallellashtirdik va ma'lumotlarni serverdan tezroq qabul qilib oldik. 5. Har bir o'zgarish foyda berayotganini bilish uchun A/B testlar qildik. Yuqoridagilarni tugatganimizdan so'ng ilovaning o'rtacha ishga tushish tezligi 3.5 dan 1.8 sekundga tushdi. Shu hamda beta-foydalanuvchilar topgan boshqa muammolarni ham to'g'rilaganimizdan keyin ularning o'rtacha bahosi 4.30 ga ko'tarildi. Yaqinda developers.android.com vebsaytida shu ishimizni "case study" sifatida yozib chiqishibdi. Androidchilarga o'qib chiqishni maslahat beraman. Kompaniyada ichki ilovalarning ishlashini yaxshilaganlarni har yarim yilda e'tirof etib turiladi. Biz ham shu qilgan ishimiz uchun "kumush medali 🥈"ni oldik. @muhammadjohns

Dart 3.0 versiyada Interface keyword qo'shilibdi, endi e'tibor beribman, bilarmidingizlar ? )
Dart 3.0 versiyada Interface keyword qo'shilibdi, endi e'tibor beribman, bilarmidingizlar ? )