Modul 5
الذهاب إلى القناة على Telegram
Modul 5 loyihasining rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Murojaat va takliflaringizni @modul_5bot ga yuboring.
إظهار المزيد999
المشتركون
-224 ساعات
-107 أيام
-2030 أيام
أرشيف المشاركات
999
Gʻalaba sari eng qisqa yoʻl
📌 Tajribali inson juda ham kam xato qiladi. Lekin, undagi tajriba yillar davomida qilingan xatolar samarasi. Toʻgʻri yoʻlni topish uchun har bitta xatoni qilib koʻrasiz va sizni muvaffaqiyatga olib boruvchi yoʻlni kashf etasiz.
💡Albatta bu juda katta resurs va koʻp vaqt talab etadi. Eng maquli esa oʻzingiz ketayotgan yoʻlni oxiriga yetib borgan insonga shogird tushish. Chunki u xato ishlarni barchasini qilib boʻlgan va sizga eng qisqa yoʻlni koʻrsata oladigan inson.
📹 Bir vaqtda ham yosh, ham muvaffaqiyatli inson boʻlish uchun ham bu videoni koʻrishingiz kerak.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/ok5mRwALGKY
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Ayol kishining baxti munosib turmush oʻrtogʻi borligida
🛰 Hozir zamon shunday rivojlanayaptiki, yurishni oʻzi kamlik qiladi. Zamon bilan hamnafas boʻlish uchun ham kamida yugurish kerak. Nima deb oʻylaysiz bundan 20 yil oldingi yaqinlarimizning fikrlashi hozir davrning talablariga mos keladimi?
📌 Ayniqsa gap oila qurish haqida ketganda, u inson oʻz yaqinlaringizdan ham yaqinroq inson boʻlishini unutmagan holda qaror qabul qilishingiz kerak. Bu yoʻldagi tavsiyalarni mexribon turmush oʻrtoqdan eshitishingizni tavsiya qilamiz.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/f1m43r1E8yI
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Media haqida siz bilgan va bilmagan maʼlumotlar
📡 Hozirgi davrga kelib medianing taʼsir kuchi kattaroq doiralarni qamrab oladigan darajaga chiqmoqda. Xohlaymizmi yoki yoʻq, barchamiz shu dunyoning media olamida yashayapmiz.
⚜ Oʻz-oʻzidan bu sohaga qiziquvchi insonlar ortayotganini koʻrishimiz mumkin. Shu sababli ham medianing yaxshigina ustunlik va kattagina kamchiliklari haqida aytib oʻtildi.
📹 Oʻz yonimizda boʻlayotgan voqealardan xabardor boʻlishimiz uchun ham bu haqidagi bilimlarni oʻrganishimiz kerak.
Batafsil maʼlumot👉 https://youtu.be/GihzXoC8tis
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Nazariya 20 foiz amaliyot 80 foiz natija beradi
📰 Uorren Baffet kunining 80 foizini kitob oʻqish bilan oʻtkazar ekan. Bu bir kunda oʻrtacha 500 bet, yiliga esa baʼzida 1000 dan oshiq kitoblarni oʻqib tugatadi degani. Undan tashqari bu inson har yili Forbes nashrining eng boy odamlari reytingining Top oʻntaligida turadi.
🚀 Siz ham aynan shu usulda bilim ortirishni boshlang! Lekin buni oʻzi bilan toʻxtab qolmang. Bilim natija berishi uchun, unga kerak boʻlsa yillar davomida qilingan mehnat qoʻshilishi zarur. Muvaffaqiyat koʻp bilganga emas, oz bilganini boʻlsada bajarganga keladi.
📹 Forbes jurnali siz haqingizda yozishi uchun ham dastlabki poydevorni ushbu video orqali qoʻyishingiz mumkin.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/DUAW3FUyWok
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Rivojlanish jarayoni qoʻshimcha mehnat evaziga muvaffaqiyatga aylanadi
🥊 Sportda kim oʻz ustida koʻproq ishlagan boʻlsa, kim koʻproq mashq qilgan boʻlsa, katta ehtimol bilan gʻolib shu inson boʻladi. Aslini olganda hayotda ham huddi jangdagi kabi.
💤 Kim shunchaki 4 yil vaqtini oʻtkazayotgan boʻlsa, shu inson keyinchalik universitetdan norozi boʻladi. Kim shunchaki oylikka qanoat qilib, qoʻshimcha daromad manbayini yaratmayotgan boʻlsa, kelajakda muhtoj insonlar safiga qoʻshilib qoladi.
📹 Taʼlim muassasalarida berilmaydigan bilimlarni bugun soat 20:00 da YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Iqtisodchilar pulsiz bozorni yaratolgan insonlar
💸 Kuchli iqtisodiyot bu har qanday davlat uchun muhim koʻrsatkich hisoblanadi. Aynan iqtisodiy sektor davlatning barcha koʻrsatkichlariga taʼsir koʻrsatib, aholining munosib turmush tarzini taʼminlaydi.
📌 Asosan tanqislik va muhabbat atrofida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimi haqida yuqorida qisqacha toʻxtalib oʻtdik. Iqtisodiy holatingizni yaxshilash uchun, oldin iqtisod haqida yaxshilab tushunib olishingiz kerak.
📹 Buning uchun batafsil maʼlumotni Modul5 YouTube sahifasidan olishingiz mumkin.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/bV40bWFSFAs
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Taklif va tanqid bor joyda rivojlanish boʻladi
⁉️ Koʻpchilik seminar nega aynan Toshket davlat transport universitetida tashkillashtirildi degan oʻrinli savolni berishdi. Bunga sabab aynan shu universitet faollari Modul5 loyihasini universitetlarida boʻlishidan xursand boʻlishlarini aytishdi.
📌 Biz talablarga ochiq loyiha sifatida ularni iltimoslarini spiker mehmonlarimizga yetkazdik. Ular bizning loyihamizdan xabarlari bor ekanini va bu taklifimizni mamnuniyat bilan qabul qilishganini aytishdi.
📨 Agarda bizning loyihani oʻz oliygohingizda koʻrishni istasangiz, fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Eng kuchli hayotiy motivatorlar
👩🏫 Oʻzingiz qiziqqan bilimni topa olmayotgan boʻlsangiz yoki oʻz yoʻnalishingiz boʻyicha rivojlanishdan toʻxtagan boʻlsangiz, shuni bilingki, sizda munosib ustoz mavjud emas.
💡 Muvaffaqiyatli insonlarning asosiy omadi, ularning kuchli ustozlari boʻlishida. Chunki ustoz oʻzi qilgan xatolarni takrorlamagan holda, sizni shu bosib oʻtgan yoʻlidan olib oʻtadigan inson.
📹 Hayotimizdagi muhim insonlarning oʻrnini bilish uchun ham videoni koʻrishingizni tavsiya qilamiz.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/f1m43r1E8yI
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
IT - Hozir va kelajak
🌐 Kelajakda hamma frilanser boʻlib ishlashga majbur boʻladi. Chunki deyarli hamma IT orqali hozir qilayotgan ishidan bir necha baravar samaraliroq natija olish mumkinligini bilishmoqda.
🔥 Frilans olamida oʻz oʻrniga ega, oʻzbek segmentida qariyb 2.5 million obunachisi mavjud boʻlgan Abdusattor Abdurahimov (Dizipro) aynan shu yoʻldan oʻtgan kishi sifatida oʻz tavsiyalarini berib oʻtdilar.
📹 Qaysi kasblar eng yuqori daromad keltirishi mumkinligi toʻgʻrisida ham ularning nutqlari davomida bilishingiz mumkin.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/nBIQs-mWIHE
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Nimani bilishimiz emas koʻproq nimani bilmasligimiz muhim
🔝 Bugungi seminarimiz kutilgandan koʻra kattaroq auditoriya va doimgidan koʻra oʻzgacha formatda, yaʼni spikerlarimiz nutqidan soʻng birgalikda toʻgʻridan-toʻgʻri savol-javob qilish imkoniyati bilan boʻlib oʻtdi.
🔥 Feruz Muhammad ishdagi omadning 99.9 foizlik algoritmi, Dovranbek Turdiev miyamizning biz bilmagan muhim elementlari, Fazliddin Gʻoyibnazarov maqsadni zabt etish texnikalari, Ulugʻbek Ismatov yoshlar oʻrtasidagi "Katta odamlar" sindriomi, Murod Aʼzamov insonni komillikka yetaklovchi 4 jihat haqidagi tafsilotlar bilan boʻlishdilar.
⁉️ Loyihaning keyingi sonida Modul5 jamoasi qaysi universitetda mehmon boʻlishini va spikerlar orasida kimlarni koʻrishni xohlashingizni izohlarda yozib qoldiring.
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Muvaffaqiyatli soniyalar uchun yillar ketadi
🤩 Modul5 suhbat yoʻnalishimizni aziz mehmoni radio va televideniyada uzoq yillik hayotiy tajribaga ega inson, munosib turmush oʻrtoq va mehribon ona Shoira Mirsadikova boʻldilar.
📌 Ular oʻzlarining media olamida ortirgan tajribalari, karyera qilishdagi muhim saboqlari va shaxs sifatida rivojlanish uchun oʻrgangan zarur koʻnikmalari bilan tanishtirib oʻtdilar.
📹 Kerakli inson boʻlish sirlarini ushbu videoning toʻligʻida topishingiz mumkin.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/f1m43r1E8yI
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Kuchli xohish ochilmagan imkoniyatlarni yaratadi
📌 Ishtirokchilarimizni taklif va iltimoslarini inobatga olgan holda Modul5 loyihasini bu galgi sonini Toshkent temir yoʻllari muhandislik institutida oʻtkazishga qaror qildik. Uchrashuvimiz spikerlari bilan tanishing.
🧠 Oʻzbekiston mnemosport federatsiyasi prezidenti va miyani rivojlantirish boʻyicha ekspert Dovranbek Turdiev.
🥊 Olimpiada oltin medal sohibi, professional bokschi Fazliddin Gʻoibnazarov.
🎙 IntervtuTV loyihasining asoschisi, jurnalist va blogger Feruz Muhammad.
📹 "Media and Project Management Group" tashkiloti direktori va "Becreative media" kompaniyasi rahbari Ulugʻbek Ismatov.
👨💻 Tadbirkor, Xalqaro biznes maslahatchi, 16 yillik tajribaga ega tadbirkor Murod Aʼzamov.
🏢 Maxsus tadbirimizda istalgan inson kuzatuvchi sifatida qatnashish imkoniyatiga ega. Seminar 29-oktabr soat 10:00da institutning tadbirlar zalida boʻlib oʻtadi.
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Barchasini zamonga mos holda tizimlashtirish kerak
🚀 Jahongir Poʻlatov bilan boʻlgan maxsus seminar koʻplab zamonaviy keyslarga boy boʻldi. Ushbu treningdan nafaqat oʻquv markaz egalari, balki koʻplab boshqa soha vakillari ham oʻzlari uchun foydali maʼlumotlarni oldilar.
🔝 Xodimlar bilan ishlash prinsiplari, mijozlar bilan aloqani mustahkamlash yoʻllari, raqobatchilarni analiz qilgan holda ulardan oʻzib ketish masalalari va eng asosiysi shularning barchasini avtomatlashtirish toʻgʻrisidagi bilimlar berildi.
❓Seminarning keyingi spikeri va mavzusi uchun sizning tavsiyangiz qanday?
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Do’stlar, videoni tomosha qiling va izohingizni qoldiring. 3ta chipta egasi ertaga tushlik vaqtiga qadar aniqlanadi va aloqaga chiqiladi.
Qayta ta’kidlaymiz: videoga hozir izoh qoldirishingiz shart!
Video: https://youtu.be/myWcW-HrLOQ
999
Jonli efirni o’tkazib yubormaslik uchun ushbu havola orqali eslatmani yoqib qo’ying va YouTube sizga Jonli efir boshlanganini xabar qiladi😉
Havola👉🏻 https://youtu.be/myWcW-HrLOQ
