cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Erkin Yusupov | Blog

Shaxsiy blog. Taklif va murojaatlar uchun - @Erkin_Y

إظهار المزيد
Uzbekistanلم يتم تحديد اللغةالتعليم78 305
مشاركات الإعلانات
364
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-27 أيام
-2130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Yaxshi yangilik, 1-fevraldan 3ddd.ru saytida 3d modellar narxi ko'tarilar ekan😊 👉🏼 @Billipro
إظهار الكل...
👍 1
Betavolt 2025 yilda shu batareyaning 1 vattlisini ham chiqarmoqchi, ammo bunga ishonish qiyin, qisqa davr uchun — o‘ta katta sakrash. Startap muhandislari bir nechta batareya jamlanmasidan iborat modul batareya ham ishlab chiqarishmoqchi. @Erkinjon_Yusupov
إظهار الكل...
Xitoyning Betavolt startapi mitti yadroviy batareya — BB100ni taqdim etdi. Uning o‘lchamlari — 15x15x5 mm (tangadan kichik). Batareya 100 mikrovatt quvvat va 3 volt kuchlanishga ega. Kompaniya bayonotiga ko‘ra, bu 50 yil tinimsiz ishlash uchun yetadi. Atom-batareya asosida 10 mikrometr qalinlikdagi yarimo‘tkazgichli sun’iy olmos qatlami yotibdi. Kristall tuzilma parchalanayotgan nikel izotopi ajratuvchi energiya hisobiga elektr ishlab chiqaradi. Kompaniya ishlanmani tijoriy yo‘lga qo‘ymoqchi: atom-batareyalar smartfonlar, dronlar, tibbiyot qurilmalari, aerokosmik soha va boshqalarda qo‘llanilishiga umid qilmoqda. Batareyaning nomi vahimali bo‘lgani bilan, mutlaqo xavfsizligi, tashqi nurlanish chiqarmasligi, -60° daraja sovuqdan +120° daracha issiqqacha dosh berishi aytilmoqda. Ekologiyaga ham zarari yo‘q, parchalanish davri tugaganidan so‘ng radioaktiv bo‘lmagan barqaror mis izotopiga aylanishi ta’kidlanyapti. 👉🏼 @Erkinjon_Yusupov
إظهار الكل...
O’zbekistonda zilzila kuzatildi Toshkent vaqti bilan 14:23 da Аfg'onistonda zilzila sodir bo'ldi. O'zbekiston hududida sezilish kuchi: Surxondaryoda 2-3 ball; Boshqa hududlarda 2 ball. 👉🏼 @Erkinjon_Yusupov
إظهار الكل...
Repost from Alisher Sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
Xalqaro imtihon tizimlari: IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT imtihonlaridan 70% dan yuqori (7 va undan yuqori) ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilmoqda
Oldinroq IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi haqida yozgan edik. Tahlillarimizga ko'ra, 2021-yilda 2 833 nafar yoshlarga 5.5 mlrd so'm, 2022-yilda 7 744 nafar yoshlarga 13,4 mlrd so'm, 2023-yilda esa, 12 359 nafar yoshlarga 21,7 mlrd so'm yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilgan. Hududlar kesimida esa, Toshkent shahrida 8 787 nafar (16,1 mlrd), Buxoroda 2 011 nafar (3,43mlrd), Farg’ona viloyatida esa 1 787 nafar (2,98 mlrd) yoshlarni tashkil etadi. Eslatib o'tamiz,18 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini "Xazna" ilovasi orqali kompensatsiya qilib qaytarib olishlari mumkin. Yuklab oling: iOS | Android @alisher_sadullaev
إظهار الكل...
👍 2🔥 2
Jamiyatning jamoaviy jazosi haqida hikoya Ushbu hikoyani internetda Xushnudbek akani kanalidan o’qidim, asl muallifini topa olmabdi, lekin sizlar bilan ulashgim keldi: “Men ish va turmush o‘rtog‘im sababli Hyustonda (Texas, AQSh) yashayman. O‘tgan hafta men bilan sodir bo‘lgan qiziqarli va taʼsirli voqea uyimga yaqin joylashgan pochta bo‘limida sodir bo‘ldi. Yangi yil sovg‘asi sifatida internet orqali sotib olgan qo‘l soatim qutisidan oynasi singan chiqqanidan so‘ng, darhol qaytarib berish varaqasini to‘ldirib, pochta bo‘limiga bordim. Pochtaga kirganimda 20-25 kishi navbatda turishibdi. Bu yerda Rojdestvo bayrami yaqinlashayotgani uchun bozordan bir bo‘lak non sotib olsangiz ham, o‘nlab odamlar ortidan saf tortib, odatdagidan ancha uzoq kutishingizga to‘g‘ri keladi. Atigi 2 kishi xizmat qilayotganda, ayniqsa yuzi charchagan, ishlashga toqati qolmagan yuz bilan ishlayotgan bo‘lsa, kutish vaqti sabr-toqatni yana-da toshiradi. Men kirgan navbatda orqaga burilib qarasam, yana 30-35 kishi turganini ko‘rdim. Ha, mayli, hech bo‘lmaganda men o’rtadaman, deb o’zimni ovutmoqchi bo’ldim. Oradan roppa-rosa 40 daqiqa o‘tib menga navbat keldi. Men paketni pochta xodimiga berib: “Unda manzillar yozilgan”, dedim. “Nega paketni lenta bilan muhrlamadingiz?” deb so‘radi. Unga javoban kirish joyidagi “paket tarkibini ko‘rishni xohlashimiz mumkin. Iltimos, paketlaringizni ochiq tuting” degan ogohlantirish yozuvini ko’rsatdim. Ovozini baland qilib jahl bilan: “Men eshikda nima yozilganini juda yaxshi bilaman, paketingizni zudlik bilan lentalang”, dedi. Navbatdagilarning hammasi bizni tinglab turgan edi. Yonidagi lentani ko‘rsatib: “Shuni bera olasizmi, iltimos?” dedim. Pochta xodimi yana o‘sha baland ovoz bilan javob qaytardi: “Yo’q, bu lenta meniki, mijoz o‘z lentasidan foydalanadi!”. “Yonimda hech qanday lenta yo’q, lentangizni pulini beray...” desam, masʼul xonim ovozini yana-da balandlatdi. O‘n fut narida qadoqlash xizmatlari uchun tayyorlangan poyafzal qutisi o‘lchamidagi 20 dollarlik lentani ko‘rsatdi va uni sotib olishimni buyurdi. Sizningcha “15 santimetrlik quti uchun shu lentani sotib olishim mantiqlimi?” deb so‘radim. “Lentani oling va darhol navbatning oxiriga boring!” U qichqirarkan, jahldan qizarib ketdi. Xuddi shu g‘azab bilan navbatda turgan keyingi odamni “Next!” (“Keyingi!”) deb baqirib chaqirdi. Shu payt qotib qoldim... Chunki navbatda hech kim oldinga siljimasdi. Navbatning boshida turgan odam: “Zudlik bilan bu qutini lenta bilan yopishtiring va birinchi navbatda xonimning ishini bitiring”, dedi. Pochta xodimi jahl bilan yana qichqirdi: “Anyone else ... Next!!!” 30 kishi joyidan jilmadi. Ikkinchi pochta xodimining ham oldiga hech kim bormadi. Xizmat to‘xtatildi. Bir kampir: “Men 76 yoshdaman, tizzalarim og‘riyapti, lekin shu xonimning paketini lenta qilib, burchingizni bajarmasangiz, bu yerdan bir qadam ham jilmayman”, dedi. Pochta xodimi jahl bilan qo‘limdan paketni tortib oldi, men ko‘rsatgan yonidagi pochta lentasi bilan qutini lentaladi. Toki to‘lovimni olmaguncha, men aralash his-tuyg‘ular ichida qoldim, deyarli yig‘lashgacha bordim. Navbatdagilarga “Hammangizga rahmat” deyishimdan boshqa so’z topolmadim... Ular jilmayib qo‘l silkitishdi. Ko‘chaga chiqib, avtoturargohda mashinamga o‘tirib, o‘t oldirmasdan bir muddat o‘ylab qoldim. Hammaning ishi bor. Nimaga “shoshilyapman” deb birorta ham odam navbatda siljimadi? Bir kishiga nisbatan qilingan adolatsizlikka shuncha odam kelishib olgandek qarshilik qildi? Shu payt mendan keyin turgan odam ham ishini tugatib, tashqariga chiqdi. U mening mashinamga yaqinlashdi, men oynani ochdim. U tabassum qildi va ko‘nglimdagi savollarga javob berdi: “Sizga qilingan xato uchun uzr so‘rayman. Tabiatda hayvonlar, daraxtlar va hatto mikroblar bir-biri bilan bog‘lanib harakat qilsa, aksincha biz odamlar bir-birimizdan juda uzilganmiz. Agar xato darhol aniqlansa va unga jamoaviy reaksiya qilinmasa, o’sha xato NORMALLASHADI. O‘sha xodim keyingi safar xato qilishdan oldin ikki marta o‘ylaydi. Biz vazifamizni bajardik. Yangi yilingiz bilan” Hikoya tugadi. Xulosa o’zingizdan.
إظهار الكل...
إظهار الكل...
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o’zbek xalqiga yo’llagan yangi yil tabrigida ma’lum qildi. 👉🏼 @Erkinjon_Yusupov
إظهار الكل...
👍 3
Yangi yil bilan do'stlar!
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.