ar
Feedback
Sof_aqida.uz I Расмий канал

Sof_aqida.uz I Расмий канал

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ушбу каналда мотуридия эътиқоди ва ҳанафий мазҳабига оид долзарб маълумотлар тақдим этиш билан бирга турли адашган фирқаларга раддиялар бериб борилади.

إظهار المزيد
834
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
-730 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  #9_son 📱🗣RАMАZON: BIR OYLIK IBODАT, BIR UMRLIK SАODАT⚡️ 00:00-01:10 ANONS 01:36 Ramazon ro‘zasining tarixi va uning ahamiyati 05:30 Ramazon qanday oy? (U kimlar uchun rahmat?) 07:53 Ramazon kirishi qanday aniqlanadi? (Avval qanday bo‘lgan hozir esa qanday?) 11:05 Ramazonni boshlashlik uchun qanday qoidalar ishlab chiqilgan? (Oyni ko‘rish, hisob-kitob tartiblari, hayit va ramazon kunining turli kunlarda bo‘lishi mumkinligi haqida) 18:07 Ro‘zaning niyati qanday qilinadi? Niyatni tilda aytish shartmi? 19:55 Ro‘zaligini bilmay yeb-ichib qo‘ygan odamning hukmi qanday? (Ro‘zaning qazosi, kafforati haqida). 20:58 Rasmiy eʼlon qilingan taqvimga qarab, ro‘za kunlari va vaqtiga amal qilish shartmi yoki odamlar joylarda o‘zlari kuzatib, ish tutsalar ham bo‘ladimi? 23:05 Saharlik va iftorliklarda og‘iz yopish va ochish azondan oldin bo‘lishi kerakmi yoki keyin? 24:31 Til, ko‘z, quloq va telefon bilan bog‘liq gunohlar ro‘zaga qanday taʼsir qiladi? 28:16 Ijtimoiy tarmoqlarda bahs, haqorat, fitna bilan band bo‘lgan odamning ro‘zasi nima bo‘ladi? 31:14 Ramazon oyida yolg‘on, faxsh, birovni g‘iybat qilish va bo‘xton qilishning gunohi og‘irmi? 36:06 Ro‘zaning inson jismi va ruhiyatiga qanday foydalari bor? (Ro‘za insonga zararli bo‘lishi ham mumkinmi? Ro‘zaning biz bilmagan qanday hikmatlari bor?) 42:59 Kasal, qariya yoki og‘ir mehnat qiluvchilar ro‘zani qanday tutadilar? 44:37 Chet davlatida o‘qish yoki ish bilan yurgan yurtdoshlarimizning (musofir) ro‘zasi qanday bo‘ladi? 45:09 Turli xil dori vositalari, sistema, ukol, ko‘z va burunga dori tomizish va shu kabi tibbiy holatlar ro‘zani buzadimi? 47:55 Ro‘zaning ajri qachon kamayadi yoki butunlay yo‘qolishi ham mumkinmi? 52:27 Nima uchun ko‘pchilik Ramazondan keyin yana avvalgi holatiga qaytib qoladi? 🎞 Toʼliq👉FULL HD: @muslim_podcast_uzda koʼring! 🎙Ekspert: Hikmatulloh domla ToshtemirovOʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi katta ilmiy xodimi 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Duolar  🌙 ROBBIM SEN SHAFQATLI VA MEHRIBONSAN رَبَّنَا ٱغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَٰنِنَا ٱلَّذِينَ سَبَقُونَا بِٱلْإِيمَـٰنِ وَلَا تَجْعَلْ فِى قُلُوبِنَا غِلًّا لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ رَبَّنَآ إِنَّكَ رَءُوفٌ رَّحِيمٌ 📖 Ma'nosi: Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o`tgan birodarlarimizni mag`firat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda nafrat (paydo) qilmagin. Ey Robbimiz, albatta, Sen shafqatli va mehribonsan. 📖 Hashr surasi, 10-oyat 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Kun_hadisi 🌙 BANDA QILGAN AMALI O'ZI UCHUN, FAQAT... 💡 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Alloh taolo dedi: “Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat ro‘za Men uchundir va uning mukofotini O‘zim berurman”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan. Улашинг: https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA

Repost from Hidoyat.uz
Нақшбандия тариқати тамойиллари Хилват дар анжуман Маъноси: халқ орасида ҳам Аллоҳ таолонинг ёди ила бўлиш. Зоҳиран халқ била
Нақшбандия тариқати тамойиллари Хилват дар анжуман Маъноси: халқ орасида ҳам Аллоҳ таолонинг ёди ила бўлиш. Зоҳиран халқ билан, ботинан Ҳақ таоло ила бўлишдир. Ҳақ ва ҳақиқат йўлчисининг қалби илоҳий зикрнинг завқи билан тўла бўлиши ва ҳар нарса зикрга васила бўлиши зарур. Борлиқ қалбга парда бўлмаслиги ва ҳар нарса, қадр-қийматига кўра, ўз ўрнига қўйилиши керак. Қалб Аллоҳ таолони танигaч, У Зотнинг тажаллийларини мушоҳада қилгач, бошқа ҳеч бир борлиқ билан пардаланмайди, машғул бўлмайди, алданмайди ва ҳузур топмайди. Зикр билан уйғонган ва илоҳий нур ила порлаган қалб қаерга боқса, ким билан учрашса, улуғ Аллоҳни зикр қилаверади... Салоҳиддин ГАДОЕВ, “Ҳидоят” журналининг 2026 йил 1-сонидан Батафсил...

Repost from Muslim/podcast.uz
#ANONS #Muslim_podcast  📱🗣RАMАZON: BIR OYLIK IBODАT, BIR UMRLIK SАODАT⚡️
⚡️ Podcastning bu sonida: Ramazon roʼzasining asl mohiyati va tarixi nima? Ramazon kirishi qanday aniqlanadi – oyni koʼrishmi yoki hisob-kitobmi? Niyatni tilda aytish shartmi? Rasmiy taqvimga amal qilish kerakmi? 🗣Saharlik va iftorlik vaqti – azondan oldinmi yoki keyin? Roʼzani bilmay ochib qoʼygan insonga qazo yoki kafforat vojib boʼladimi? ⚡️ Til, koʼz, quloq va telefon orqali qilingan gunohlar roʼzaga qanday taʼsir qiladi? Ijtimoiy tarmoqlardagi bahs, haqorat va fitna roʼzaning ajrini kamaytiradimi? 🗣Roʼzaning inson jismi va ruhiyatiga foydalari qanday? Kasal, qariya va ogʼir mehnat qiluvchilar qanday yoʼl tutadi? Dori, ukol, sistema, koʼz va burun tomchilari roʼzani buzadimi? Nega koʼpchilik Ramazondan keyin yana avvalgi holatiga qaytib qoladi? Roʼzaning ajri qachon kamayadi yoki butunlay yoʼqolishi mumkin? 📢 Barcha savollarga Qurʼon, sunnat va hanafiy mazhab dalillari asosida aniq va ravshan javoblar beriladi.
✅ Ekspert: Hikmatulloh domla ToshtemirovOʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi katta ilmiy xodimi 🎙 Boshlovchi: Oʼtkir SobirovOʼzbekiston musulmonlari idorasi boʼlim boshligʼi 🎞 Premyerani 21 fevral kuni soat 17:00 youtube sahifamizda koʼring! 🎬https://www.youtube.com/@muslim_podcast_uz 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Kun_oyati 📖 SHOYADKI TAQVODOR BO'LSANGIZ... 💡 Oyat tafsiri: Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsalaringiz. Bu oyati karimani ham Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar!» deb mo‘minlarga mahbub nido bilan boshlamoqda. Muhim va mashaqqatli ishni taklif qilishdan oldin o‘zi yaxshi va uning uchun har qanday mashaqqatni ham bo‘yniga olishga tayyor turgan sifatni eslab qilingan nido eshituvchida bo‘lajak ishga g‘ayrat bilan kirishish ruhini uyg‘otadi. Alloh taolo ham musulmonlarga ro‘zaning farzligini amr etishdan oldin ularga: «Ey iymon keltirganlar!» deb nido qilmoqda. Oyat ma’nosidan kelib chiqib ro‘za yangi ibodat emasligini, balki barcha dinlarda qadimdan bor ibodat ekanligini tushunamiz. Chunki unda: «Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi», deyilmoqda. Dinlar tarixini o‘rganib chiqqan ulamolar ta’kidlashicha, barcha dinlarda, hatto ilohiy bo‘lmagan dinlarda ham ro‘za ibodati bor ekan. Lekin uni ado etish turlicha bo‘lgan. Ba’zi dinlarda ma’lum ovqatlardangina o‘zini tiyib yurishni ro‘za deb tushuniladi. Misol uchun, nasorolarda hayvondan chiqqan ozuqa mahsulotlaridan o‘zini tiyib yurishni ro‘za deyiladi. Ularning ro‘zasi muddati qirq kun bo‘ladi. Nasroniylarning turli mazhablarida ro‘za turlicha bo‘ladi. Islomda ro‘za — haqiqiy ilohiy ma’noni kasb etgan ibodatdir. Ro‘za arab tilida «savm», deyilib, lug‘atda o‘zini tiyish ma’nosini bildiradi. Shariatda esa Ramazon oyida tong otgandan quyosh botguncha niyat bilan yeyish-ichishdan va shahvoniy amallardan o‘zini tiyib turishga aytiladi. Oyati karimaning so‘ngida Alloh taolo: «Shoyadki, taqvodor bo‘lsangiz», deb ro‘zadan ko‘zlangan asosiy maqsadni ham bayon qilib qo‘ymoqda. Demak, ro‘za ham taqvo yo‘llaridan bittasi ekan. Ro‘za tutgan shaxs qalbida taqvo ruhini uyg‘onishi kerak. Agar kim ro‘za tutsa-yu, qalbida taqvo hissi uyg‘onmasa, u odam haqiqiy ro‘za tutmagan bo‘ladi. Ro‘za havoyi nafsning noo‘rin qo‘zg‘alishlarini yo‘lga solishga, to‘g‘rilashga, shahvatni jilovlashga, qorin talablarini ham izga solishga xizmat qiladi. Ro‘za nafs balosidan qutulib, Allohning taqvosiga xolis ajrab chiqishga yordam beradi. Kimki iymon va e’tiqod bilan ro‘za tutsa, Alloh taolo o‘sha bandani «taqvo» deb nomlanuvchi, ikki dunyo saodatiga eltuvchi baxtga muyassar qiladi. 📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖 Tafsiri hilol, 2-juz Улашинг: https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA

Repost from Muslim.uz
#xabar #taqvim #ramazon 🌙 РАМАЗОН УЧУН ЭНГ ҚУЛАЙ ТАҚВИМ! ✅ Фатво маркази томонидан яна бир қулай хизмат ишга туширилди! 🗺 Э
#xabar #taqvim #ramazon 🌙 РАМАЗОН УЧУН ЭНГ ҚУЛАЙ ТАҚВИМ! ✅ Фатво маркази томонидан яна бир қулай хизмат ишга туширилди!
🗺 Энди Сиз қаерда бўлманг — юртимизнинг исталган вилоятидами ёки чет элда мусофирмисиз — Муборак Рамазон ойи саҳарлик ва ифторлик вақтларини ҳамда кунлик намоз вақтларини аниқ ва ишончли манбадан билишингиз мумкин.
📱 @fatvouz_taqvim_bot — айнан Сиз турган локация бўйича Рамазон ва намоз вақтларини аниқ ҳисоблаб берадиган махсус телеграм бот.
Телеграм бот афзалликлари: ⏺ Фатво маркази тақвим мезонлари асосида ишлайди; ⏺ Локацияни автоматик аниқлайди; ⏺ Ўз вақтида фойдали эслатмалар юборади; ⏺Ноаниқ манбалардан фойдаланишга ҳожат қолмайди. 🕌 Бу қулайлик билан Рамазони карим ва ундан бошқа ойларда ҳам ибодатларингиз янада тартибли ва барокатли бўлади, иншааллоҳ. ➡️ Ушбу қулайликни яқинларингизга ҳам улашинг: @fatvouz_taqvim_bot Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати 📱ISHONCHLI VA RASMIY MANBA📲 OBUNA BO'LING ▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook

#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ 19.02.2026 йил ҳолатида 🕋 Бомдод 06:40; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 16:40; 🕋 Шом 18:22; 🕋 Хуф
#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ  19.02.2026 йил ҳолатида
🕋 Бомдод 06:40; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 16:40; 🕋 Шом 18:22; 🕋 Хуфтон 20:45.
📖«Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир». (Нисо сураси, 103-оят). 🗝"Жаннатнинг калити намоз, намознинг калити таҳоратдир". (Ҳадис). عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ أَوْ أَبِي أُسَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمُ الْمَسْجِدَ فَلْيُسَلِّمْ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، ثُمَّ لِيَقُلِ: اللَّهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ، فَإِذَا خَرَجَ فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. «Набий алайҳис-салом: «Қачон сизлардан бирортангиз масжидга кирса, Набий алайҳис-саломга салом берсин. Сўнгра: «Аллоҳумма ифтаҳ лий абваба роҳматика», – десин. Чиқаётганида: «Аллоҳумма инний асъалука мин фазлика», – десин», – дедилар». Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 📚https://t.me/Ustoz_Rahmatillo_domla

رسالة فيديو00:16

#ramazon #muftiy_minbari Ҳақиқий рўза қандай бўлади? 🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz

AnimatedSticker.tgs0.11 KB

#ramazon #tabrik 🌙 РАМАЗОН ОЙИ МУБОРАК БЎЛСИН! Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий 🚀Telegram | 🔵Facebook | 📷Instagram | 🎬Youtube | 🟡 nasafziyo.uz 📖 https://taplink.cc/nasafziyo.uz

رسالة فيديو01:00

Рамазон - раҳмат ва мағфират ойи 🖤🖤🖤 Хуш келдинг Рамазон! Юртимизга ва хонадонларимизга барокатлар олиб кел, сен сабабли Аллоҳ таоло барчамизни турли балолардан асрасин! Амийн! 🤲 🌙РАМАЗОН ОЙИ МУБОРАК БЎЛСИН!🌙 🚀Telegram | 🔵Facebook | 📷Instagram | 🎬Youtube | 🟡 nasafziyo.uz 📖 https://taplink.cc/nasafziyo.uz

#Muslim_podcastda #Ramazon 🌙KIRIB KELGAN RAMAZON OYI BARCHAMIZGA MUBORAK BO'LSIN! 🤲 Alloh taolo bu oyda gunohlardan poklangan holda chiqmog'imizni nasib etsin! Barchamizdan tutadigan ro'zalarimizni va qiladigan ibodatlarimizni qabul aylasin! 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

Repost from Muslim.uz
Эҳтиёжмандларга меҳр-мурувват кўрсатиш юртга барака келтиради Ҳомиджон домла Ишматбеков, Ўзбекистон мусулмонлари идораси раисининг биринчи ўринбосари, Уламолар Кенгаши аъзоси Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати 📱ISHONCHLI VA RASMIY MANBA📲 OBUNA BO'LING ▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook

ЗАКОТГА ОИД КЎП ТАКРОРЛАНАЁТГАН САВОЛ-ЖАВОБЛАР (2-қисм) ❔Закотни 2 ёки 3 га бўлиб берса бўладими? 💬ЖАВОБ: Бу ерда ❔Закотнинг ҳам қазоси бўладими? 💬ЖАВОБ: Бу ерда ❔Aгар оилада аёл киши ҳам эркак киши ҳам ишласа иккисининг бўйнида ҳам закот бериш мажбурияти бўладими? 💬ЖАВОБ: Бу ерда ❔Закотни қандай шаклда берган афзал? 💬ЖАВОБ: Бу ерда ❔Меросдан закот бериладими? 💬ЖАВОБ: Бу ерда ❔Қарзи бор одам эҳсон ёки закот берса бўладими? 💬ЖАВОБ: Бу ерда ❔Мени турмуш ўртоғим йўқ. Молим эса нисобга етиб закот бердим. Айримлар закотинг ўтмайди дейишяпти шу тўғрими? 💬ЖАВОБ: Бу ерда ❔Рамазондан бошқа пайт берган пул закот ўрнига ўтадими? 💬ЖАВОБ: Бу ерда ❔Закотни Сlick орқали берса бўладими? 💬ЖАВОБ: Бу ерда ❔Закотни йўлни таъмирлашга сарфласак бўладими? 💬ЖАВОБ: Бу ерда ❔Менинг аёлимни тилло тақинчоқлари закот нисобига етган. Лекин қўлида пули йўқ. У закотни қандай беради? 💬ЖАВОБ: Бу ерда ❔Закот беришда закотдан эканини айтиб берган маъқулми ёки билдирмасдан берган афзалми? 💬ЖАВОБ: Бу ерда Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво маркази. 📚https://t.me/Ustoz_Rahmatillo_domla

Таровеҳ тасбеҳлари سُبْحانَ ذِي الْمُلْكِ وَالْمَلَكوُتِ، سُبْحانَ ذِي الْعْزَّةِ وَالعَظَمَةِ وَالْقُدْرَةِ وَالْكِبْرِياءِ وَالْجَبَرُوتِ، سُبْحانَ الْمَلِكِ الْحَيِّ الَّذِي لَا يَمُوتُ، سُبُّوحٌ قُدُّوسٌ رَّبُّنا وَرَبُّ الْمَلَائِكَةِ وَالرُّوحِ، لَا إلَهَ إِلَّا اللهُ نَسْتَغْفِرُ اللهَ، نَسْئَلُكَ الْجَنَّةَ وَنَعُوذُ بِكَ مِنَ النَّارِ. Ўқилиши: «Субҳаана зил мулки вал малакуути, субҳаана зил ъиззати ва ъазомати вал қудроти вал кибрийааи вал жабаруути, субҳаанал маликил ҳаййил лазий лаа ямууту, суббууҳун қуддуусур Роббунаа ва Роббул малаикати вар рууҳи, лаа илааҳа иллалоҳу настағфируллоҳ, нас-алукал жанната ва наъуузу бика минан наар». Маъноси: Мулк ва малакут эгаси бўлган, иззат ва шараф, қудрат ва куч қувват соҳиби бўлган, барча айб ва нуқсонлардан пок бўлган, барча нарсадан ғолиб келувчи, ўлмайдиган, доимо тирик Зот,Суббуҳ ва Қуддус бўлган, бизнинг, фаришталар ва Жаброилнинг робби бўлмиш Аллоҳни поклаб ёд этаман. Аллоҳдан ўзга илоҳ йўқдир. Унга истиғфор айтамиз. Жаннатни сўраб, дўзахдан паноҳ тилаймиз. Яна бир бошқа тасбеҳ: سُبْحٰانَ الْحَنّٰانِ الْمَنّٰانِ * سُبْحٰانَ الْمَلِكِ الدَّيّٰانِ *الْمَعْرُوفِ بِاْلاِحْسٰانِ اَلْمَوْصُوفِ بِالْغُفْرٰانِ * مَرْحَبا، مَرْحَبا ،يَا شَهْرَ رَمَضٰانَ * مَرْحَبا، مَرْحَبا ، يٰا شَهْرَ التَّرٰاوِيحِ وَ التَّسابِيحِ وَ خَتْمِ الْقُرْآنِ*هَذا شَهْرٌ أَوّلُهُ رَحْمَةٌ وَ أَوْسَطُهُ مَغْفِرَةٌ وَاخِرُهُ عِتْقٌ مِنْ النِّيْرانِ* لٰا إِلٰهَ إلاَّ اللّٰهُ نَسْتَغْفِرُ اللّٰهَ. نَسْأَلُكَ الْجَنَّةَ وَ نَعُوذُ بِكَ مِنَ النّٰارِ Ўқилиши: Субҳаанал ҳаннаанил маннаан, субҳаанал маликид даййян, ал маъруфи бил иҳсан вал мавсуфи бил ғуфрон. Марҳаба, марҳаба, я шаҳро Рамазон. Марҳаба, марҳаба, я шаҳрот таровиҳи ват тасаабиҳи ва хотмил Қуръан. Ҳааза шаҳрун аввалуҳу роҳмаҳ, ва авсатуҳу мағфироҳ, ва аахируҳу ъитқум минан нийрон. Лаа илааҳа иллаллоҳу настағфируллоҳ, нас- алукал жанната ва наъузу бика минан нар. Маъноси: Ҳаннон ва Маннон бўлган, қиёмат куни подшоҳи, яхшилик билан танилган, мағфират билан сифатланган Зотни поклаб ёд этаман. Хуш келдинг, хуш келдинг эй Рамазон. Марҳабо, марҳабо эй таровеҳ, тасбеҳ ва Қуръон хатми бўладиган ой! Бу ойнинг аввали раҳмат, ўртаси мағфират, ниҳояси эса дўзаҳдан паноҳдир. Аллоҳдан ўзга илоҳ йўқдир. Унга истиғфор айтамиз. Жаннатни сўраб, дўзахдан паноҳ тилаймиз. Сиз ҳам яқинларингизга эслатинг!. Шояд, кимдир қидириб турган бўлса сиз сабаб унга ҳам етиб борар ва савобига шерик бўласиз. 😊😊😊😊😊😊 •┈┈•┈┈•⊰✿🌿🌸🌿✿⊱•┈┈•┈┈• 📲Яқинларингизга ҳам улашинг! Каналимизга обуна бўлишни унутманг! https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE 🫥Telegram |🟦Facebook | 🟦Instagram | 🟦Youtube |🌍 nasafziyo.uz 🆘https://taplink.cc/nasafziyo.uz

#Таровеҳ_тасбеҳи 🌙Таровеҳ тасбеҳи. 🎙Абдулбосит қори ӯқиб берган. 🚀Telegram | 🔵Facebook | 📷Instagram | 🎬Youtube | 🟡 nasafziyo.uz 📖 https://taplink.cc/nasafziyo.uz