cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

⏳xronologiya

O‘tmishsiz kelajak yo‘q.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 328
المشتركون
+324 ساعات
-17 أيام
-1230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Bugun 15-iyul 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 Jahon yoshlari mahorati kuni. 🌏 Harbiy ekologlar kuni. 🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda xayrya kuni. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇦🇿 Ozarbayjon - Sabanto‘y. 🇧🇼 Botsvana - Prezident kuni. 🇧🇳 Bruney - Sulton kuni. 🇰🇮 Kiribati - Qariyalar kuni. 🇨🇴 Litva, 🇵🇱 Polsha - Grunvald jangi kuni. 🇹🇷 Turkiya - Demokratiya va milliy birdamlik kuni. 👉 VOQEALAR: - 70 - Tit va uning qo'shini Quddus devorlarini buzib kirishdi. - 1099 - Quddusning salibchilar tomonidan bosib olinishi. - 1205 - Papa Innokentin III, yahudiylar Iso Masihning xochga mixlanishi tufayli abadiy qullikka va bo'ysunishga mahkum etilganligini e'lon qildi. - 1240 - Neva jangi. - 1410 - Grunvald jangi. - 1783 - Fransiyada, Lion yaqinidagi Sone daryosida, muhandis Klod de Jefroy d'Abban birinchi bo'lib bug ' mashinasini sinovdan o'tkazdi. - 1795 - "Marselza" rasmiy ravishda Fransiyaning madhiyasiga aylandi. - 1799 - Napoleonning Misrdagi yurishi paytida frantsuz kapitani Per-Fransua Bushard Rosett bitiktoshini topdi. - 1815 - Napoleon I  «Bellerophon» kemasi kapitaniga taslim bo’ldi. - 1841 - Londonda Yevropa davlatlarining kemalari Turkiyaning roziligisiz Bosfor va Dardanel orqali o'tishni taqiqlovchi kovensiya imzolandi. - 1870  Jorjiya AQSH tarkibiga qaytdi. - 1916 - Boing kompaniyasiga asos solindi. - 1923 - SSSRda "Aeroflot" davlat aviakompaniyasi tuzildi. - 1923 - Italiya parlamenti yangi konstitutsiya qabul qildi. - 1933 - Italiya, Germaniya, Angliya va Fransiya umumiy xalqaro masalalarga oid To'rtlar paktni imzoladilar. - 1991 - Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil etildi. - 1996 - O‘zbekistonda Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan kun. - 2006 - Twitter mikrobloginglar xizmati yaratildi. 👉 TAVALLUDLAR: - 1606 - Rembrandt Xarmens Van Reyn (1669) - taniqli golland rassomi. - 1638 - Jovanni Viviani (1692) - italiyalik bastakor. - 1817 - Jon Fouller (1898) - ingliz temir yo'l muhandisi, bir nechta ko'prik va lokomotivlar muallifi. - 1848 - Vilfredo Pareto (1923) -Italiyalik iqtisodchi, sotsiolog, siyosiy iqtisodda matematik maktab asoschi. - 1853 - Mariya Yermolova (1928) - rus aktrisasi, Rossiya xalq artisti (1920), Mehnat Qahramoni (1924).  - 1901 - Nikola Abbagnano (1990) - italiyalik idealist faylasuf, ekzistensializm vakili. - 1903 - Lutfulla Nazrullayev (1962) - teatr aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1945). - 1912 - Maguba Sirtlanova (1971) - Gvardiya katta leytenanti, 46-Taman gvardiyachi ayollar aviatsiyasi polki eskadrilya komandiri o'rinbosari, Sovet Ittifoqi Qahramoni. - 1918 - Bertram Brokxaus (2003) - kanadalik fizik, Nobel mukofoti sohibii (1994). - 1919 - Iris Murdok (1999) - ingliz yozuvchisi, Bukker mukofotining ko'p karra sohibasi. - 1921 - Mahmud Mirzayev (2000) - bogʻdorchilik va uzumchilik sohasidagi olim, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tashkilotchisi. - 1921 - Robert Bryus Merrifild (2006) - merikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1984). - 1922 - Leon Maks Lederman (2018) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1988). - 1939 - Oyatulloh Ali Humayniy - Eron siyosatchisi va diniy rahbari, Eron prezidenti (1981-1989), davlat rahbari. - 1961 - Ravshan Haydarov - Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi. - 1946 - Bolkiax Muizzaddin Vaddaulax Muda Hassanal - Bruney sultoni (1967-yildan). - 1949 - Rustam Hamidov - rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1992). - 1959 - Zulfiya Mo’minova - shoira. - 1961 - Forest Uitker - amerikalik aktyor, rejissyor, prodyuser, "Oskar", "Oltin globus" va boshqa mukofotlar sohibi. - 1962 - Bahriyev Karim - jurnalist, yozuvchi, tarjimon. - 1976 - Diane Krueger - nemis aktrisasi va fotomodeli.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Oyoq kiyimlarni o'ng va chap poyga ajratishni ilk bor qirol Georg IV o'ylab topgan ekan. U poyabzal tikuvchiga o'zining o'ng va chap oyoqlarini alohida o'lchab, o'ziga mos oyoq kiyim tikib berishni so'ragan. Bundan oldin esa oyoq kiyimlarning o'ng yoki chap poyi bo'lmagan va ular ikkalasi ham bir xilda bo'lgan.
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
1952 yil 14 iyulda Amerikaning General Motors kompaniyasi avtomobillarga dunyodagi birinchi kondisionerlarni o‘rnatishni boshlaganini e’lon qildi. General Motors Amerikaning eng yirik avtomobil korporasiyasi bo‘lib, 2008 yilgacha, 77 yil davomida dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
1867 yil 14 iyulda shved kimyogari va tadbirkor Alfred Nobel birinchi marta gliserin trinitratiga namlangan kizelgurdan tayyorlangan xamirsimon portlovchi dinamitni namoyish qildi. Portlovchi moddalarni sanoat ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘ydi. Dinamit harbiy harakatlarda va tog‘-kon sanoatida faol qo‘llanila boshlandi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
1941 yilning 14 iyuli afsonaviy "Katyusha"ning tug‘ilgan kuni shu kuni sovet artilleriyasida reaktiv minomet "Katyusha"ning birinchi zarbasi yangragan edi. Ushbu qurol birinchi ko‘pzaryadli mobil reaktiv o‘tochar tizim bo‘lgan hamda urushda barcha katta operasiyalarda qo‘llanilgan. Ushbu qurolning 2-jaxon urushidagi axamiyati kattaligi sababli keyinchalik u xaqida qo‘shiqlar ijro etilgan.
إظهار الكل...
SMORODINA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR 1. Sayyoramizda smorodinaning 190 ga yaqin turi mavjud. 2. Mo'l hosil olish uchun smorodina 10-15 ta novdadan iborat bo'lishi kerak. 3. Qora smorodina tarkibida efir moyi borligi sababli qiziliga nisbatan shirinroq bo'ladi. 4. Smorodinaning yaproqlarini go'sht va baliqli taomlarga qo'shimcha maza berish uchun qo'shishadi. 5. Dunyoda smorodina yetishtirish bo'yicha Rossiya yetakchi hisoblanadi. 6. Smorodinaning mingta urug'ini yig'sangiz, ular vazni 0, 9 dan 1, 8 grammgachani tashkil etadi. 7. Bir kilogramm smorodinada 714 mingtaga yaqin urug' bo'ladi. 8. Ob-havo ko'tarsa, bir gektar maydonga ekilgan smorodinadan 1850 kilogramm hosil olsa bo'ladi. 9. Smorodinaning Rossiyadagi navlari -50 darajagacha sovuqni ko'tara oladi. 10. U dezinfeksiya maqsadlarida ishlatilsa ham foydadan xoli bo'lmaydi. 11. Qora smorodina «S» vitaminga boy. 12. Smorodina qaynatilganda, o'zidagi foydali xususiyatlarning aksariyat qismini yo'qotadi. Shuning uchun undan murabbo va boshqalarni tayyorlamasdan shundayligicha iste'mol qilgan ma'qul. 13. Smorodinaning quritilgan barglari dizenteriyada antibiotik vazifasini bajaradi. 14. U shamollash, gastrit, avitaminoz, yurak xastaliklariga qarshi keskin kurashadi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Har yili 14 iyul Smorodina kuni sifatida nishonlanadi. Smorodina eng qimmatli rezavor butalaridan biri deb atash mumkin. Odamlar orasida eng mashhuri qora smorodina. U, ayniqsa, S vitaminining yuqori miqdori bilan mashhur: qora smorodina mevasining yuz grammida apelsinga qaraganda to‘rt baravar ko‘p S vitamini mavjud. Bundan tashqari, uning mevalarida noyob yog‘ kislotasi - Omega 6 mavjud.
إظهار الكل...
Bugun 14-iyul 👉 BAYRAMLAR: 🌏 Xalqaro nobinar odamlar kuni. 🌏 Qorag'at (smorodina) kuni. 🌏 Xaos va tartibsizlik kuni. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇮🇶 Iroq - inqilob kuni. 🇫🇷 Fransiya - Bastiliya ishg‘ol etilgan kun. 🇸🇪 Shvetsiya - Valiahd malika Viktoriya tug'ilgan kuni. 🏳 Janubiy Osetiya - Tinchlikparvarlar kuni. 👉 VOQEALAR: - 1099 - Salib yurishlari:  Quddus egallandi. - 1789 - Bastiliya qal'asi Parij isyonchilari tomonidan egallab olindi. Bu Buyuk Fransiya inqilobining boshlanishi edi. - 1860 - Rossiya Davlat banki tashkil etildi. - 1867 - Alfred Nobel  dinamitni  namoyish qildi. - 1896 - Birinchi rus avtomobili chiqdi. - 1902 - Venetsiyada Mark cherkovi qulab tushdi. - 1905 - Oklahoma hindulari Sekvoya hindular shtati tuzilganini e'lon qilishdi (AQSh Kongressi uni tan olishni rad etdi). - 1941 - Katyusha qurilmasining birinchi qo'llanishi. - 1952 - Amerikaning General Motors kompaniyasi dunyodagi birinchi bo‘lib avtomobillarga konditsionerlarni o'rnatishni boshlaganligini e'lon qildi. - 1958 - Iroqda inqilob (14-iyul inqilobi). Monarxiyaning ag'darilishi va Qosimning hokimiyat tepasiga ko'tarilishi. - 1967 - Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tuzish to'g'risidagi konvensiya imzolandi. - 1969 - Salvador va Gonduras  oʻrtasida futbol urushi. - 1976 - Kanadada o'lim jazosi bekor qilindi. - 1990 - Gorbachyov va Ivashkodan tashqari, KPSS Markaziy Qo'mitasining Siyosiy byurosi tarkibi to‘liq o'zgartirildi. - 1993 - Tatariston Respublikasining madhiyasi tasdiqlandi. - 2015 - "Yangi ufqlar" XAS Pluton yaqinida uchib o‘td, minimal masofa uning markazidan 13691 km uzoqlikda edi. - 2016 - IShID terrorchisi boshqargan yuk mashinasi Nitsa shahrida olomonni bosib o‘tdi. - 2023 - Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi 👉 TAVALLUDLAR: - 1454 - Anjelo Poliziano (1494) - italiyalik shoir va dramaturg, gumanist. - 1602 - Julio Mazarini (1661) - cherkov va siyosat arbobi, Fransiyaning birinchi ministri (1643-1651 va 1653-1661). - 1743 - Gabriel Derjavin (1816) - rus davlat arbobi va shoiri, klassika namoyandasi. - 1800 - Jan Dyuma (1884) - fransuz kimyogari, organik kimyoning asoschisi. - 1816 - Jozef de Gobino (1882) - fransuz yozuvchisi, sotsiolog, irqchilik nazariyasining asoschisi. - 1913 - Jerald Ford (2006) - AQShning 38-prezidenti (1974-77).  - 1918 - Jey Forrester (2016) - amerikalik muhandis, birinchi kompyuterlarning yaratuvchisi. - 1921 - Jefri Uilkinson (1996) - ingliz kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1973). - 1928 - Saʼdulla Karomatov (1987) - jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978). 1928 - Nodar Dumbadze (1984) - gruzin sovet yozuvchisi. - 1933 - Nusrat Abdullayev - patofiziolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989). - 1939 - Oʻtkir Sultonov (2015) - Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (1995-2003). - 1942 - Xaver Solana - ispaniyalik fizik va siyosatchi, 1995-1999-yillarda NATO Bosh kotibi. - 1945 - Shiv Nadar - hindistonlik yirik sanoatchi va xayriyachi - 1952 - Muhammadali Abduqunduzov - aktyor, O‘zbekiston (1997) va Qoraqalpog‘iston (2000) Respublikalari xalq artisti.  - 1960 - Polina Dashkova (Tatyana Polyachenko) - rus yozuvchisi. - 1987 - Sara Kannning - kanadalik kino aktrisasi. - 1988 - Konor MakGregor - irlandiyalik aralash yakkakurashchi, sobiq UFC chempioni.
إظهار الكل...
🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ovqatlanishdan vafot etgan yagona qirol. Shvetsiya qiroli Adolf Frederik tarixga qandaydir yutuqlari yoki shonli janglar tufayli emas, balki ahmoqona o'limi tufayli kirgan. 1771-yil 12-fevralda buyuk post (ro'za) tugagandan keyin Adolf kechki ovqatga qovoq sho'rva, omar, ikra, dudlangan seld hamda tuzlangan karam yeydi. Ularning ortidan esa shampan vinosi ichib, desertga 14 ta an'anaviy shved bulochkasini paqqos tushiradi. Oqibatda qirol ortiqcha ovqatlanish tufayli vafot etadi. Kamerger Adolf Lyudvig Gamilton o'zining "Shvetsiya haqidagi xotiralar" asarida Adolf Frederikning o'limi haqida shunday degan: "Uning o'limiga zaif oshqozonini zo'riqtirib yuborishdan boshqa hech qanday narsa sabab bo'lmagan". Graf Yoxan Gabriel Oksenshern o'z kundaligida "Bu o'lim humdorga emas, qandaydir qishloq ruhoniysiga xos edi" deb yozgan.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Pol Gogen vafotidan so‘ng uning "Qorda qolgan Breton qishlog‘i" asari kimoshdi savdosida sotilgan. O‘sha vaqtda yanglishib, bu suratni teskari osishgan va u "Niagara sharsharasi" nomi bilan ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
إظهار الكل...
👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.