cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Меҳр кутубхонаси

Яратган Роббинг номи билан ўқи(96:1) БАРЧА УЧУН БЕПУЛ КУТУБХОНА Шу ердан бошланг t.me/mehr_kutubxonasi/129 Мурожаат @kutubxonachi_1 Гуруҳ @kutubxona_chat Китоблар рўйхати www.mehrkutubxonasi.uz Ҳисса қўшиш @kutubxona_hissadorlari

إظهار المزيد
Uzbekistan13 835لم يتم تحديد اللغةالكتب5 404
مشاركات الإعلانات
4 464
المشتركون
+1124 ساعات
+1457 أيام
+41730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

📊 Oxirgi haftada kutubxona natijalari 05.07.2024 - 12.07.2024 📖 O'qish uchun olingan kitoblar soni: 258 🧑‍🚀 Yangi kitobxonlar: 34 📚 Eng ko'p o'qish uchun olingan 10 kitob: 1. Mukoshafatul qulub - 5 ta 2. Men (Bas qil, ey nafs) - 5 ta 3. Farzand Tarbiyalash Siri - 4 ta 4. Avf et Allohim - 4 ta 5. Suyukli Payg'ambarim bilan 365 kun. (kiril ) - 4 ta 6. Saodat asri qissalari 1 - juz - 3 ta 7. Tavba kitobi - 3 ta 8. Izlash - 3 ta 9. Ulamolar nazdida vaqtning qadri - 3 ta 10. Iymon - 3 ta Alhamdulillah! 👉 To'liq statistika Siz ham kutubxonaga hissa qo'shib ko‘pchilikning bepul ilm olishiga sababchi bo‘lishingiz mumkin 👉 Bepul kutubxona 👉 Kutubxonaga hissa qo‘shish Foydali deb topgan bo‘lsangiz, yaqinlaringizga ham ulashing @mehr_kutubxonasi
إظهار الكل...
👍 14🔥 3👏 2💯 1
✳️ Bittadan ko'p kitob olish Assalomu alaykum 📕 Zarur kitob - bu kitoblar kutubxonada hammasi band yoki ko'p bo'lsa ham asosiy qismi band bo'lgan kitoblardir. Ya'ni tez band bo'lib qoladi hammaga ham yetmaydi. Quyidagi havolardan zarur kitoblar ro'yxatini ko'rishingiz mumkin. mehrkutubxonasi.uz/zarur 📘 Qo‘shimcha kitob - bu zarur kitob turiga kirmagan kitobdir ‼️Qoidalar ✳️ Zarur kitobni faqat bitta olish mumkin. U bilan boshqa hech qanday kitob olish mumkin emas. Sababi: Zarur kitoblar boshqalarga yetmayapti. Zarur kitob bilan qo'shimcha kitob olinsa uni ham o'qishga vaqt ketadi. Natijada zarur kitobni qaytarish sekinlashadi. Zarur kitobni tez o'qib qaytarilishi uchun va boshqalarga yetishi uchun shu qoidani joriy etildi. Kitoblar ko'payganda zarur kitoblar kamayadi. ✳️ Ko'proq qo'shimcha kitob olish tartibi 1️⃣ Kitobxon birinchi marta faqat bitta kitob olish mumkin. 2️⃣ Bir kitobxon 5 marta kitob olgan bo‘lsa keyingi safarlardan bir paytda ikkita qo'shimcha kitob olishi mumkin. 3️⃣ Bir kitobxon 15 marta kitob olgan bo‘lsa, bir paytda 3 tagacha qo'shimcha kitob olishi mumkin. 4️⃣ Bir kitobxon 30 marta kitob olgan bo‘lsa, bir paytda 4 tagacha qo'shimcha kitob olishi mumkin. 5️⃣ Bir kitobxon 50 va undan yuqori marta kitob olgan bo‘lsa, bir paytda 5 tagacha qo'shimcha kitob olishi mumkin. 🔷 Barcha kitoblar aniq muddatga beriladi. Qaytarilishi kerak bo‘lgan sana chekda yozilgan bo‘ladi. 🔷 Kitobxon ko‘p kitob olgan bo‘lsa ham, kitoblarni kelishilgan sanaga qaytarishi lozim. 🔷 Kitobxon belgilangan muddatgacha o‘qib bo‘lmasa uzaytirish imkiniyatiga ega. Muddat o‘tib ketmasidan avval kutubxonaga aytib qo‘yishi lozim 🔷 Kitob kelishilgan muddatda qaytarilmasa, blok holatiga tushadi. 👉 Blok holati haqida batafsil 🔷 Asosiy kutubxonachi @kutubxonachi_1 🔷 Kitoblar ro‘yxati Bot: @mkitobot Sayt: mehrkutubxonasi.uz 💬 @kutubxona_chat 👉 Bepul kutubxona 📍 Kutubxona manzili 👉 Natijalar 🤲 Kutubxonaga hissa qo‘shish 👉 Qo'llanmalar mundarijasi Mehr kutubxonasi qo'llanmalari @kutubxona_qollanma
إظهار الكل...
👍 32🔥 1
✳️ Kitob olishning asosiy shartlari Bu shartlar kutubxonani uzoqroq xizmat qilish uchun sababdir - Kitob aniq sanada qaytarish sharti bilan bepul ijaraga beriladi. - Kitobni asrang. Kitobni bekorga olmang. Bo‘sh qolmasligi shart. - Kitob ijaraga olingan vaqtda Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidan chiqishingiz mumkin emas. Bir kunga chiqib ketadigan bo‘lsangiz ham kitobni kutubxonaga tashlab ketish shart. Bu kitoblarni asrash uchun. - Kitobni aytilgan vaqtda qaytarish majburiy. - Agar kechikadigan bo‘lsa darhol kutubxonachiga aloqaga chiqib topshirish sanasini uzaytirishingiz lozim. Biz sizni ilm olishingizni istaymiz. - Kechikkanda o‘zingiz kutubxonachiga aloqaga chiqib uzaytirib qo‘ymasangiz blok holatiga tushasiz. Bu holatida cheklovlar mavjud. Bu kutubxona bilan shartnomaning qisqa va asosiy shartlari. Batafsil mehrkutubxonasi.uz/shartnoma sahifasida tanishish mumkin. ⚠️ Muhim Biz sizni ilm olishingizni istaymiz! Bepul kutubxona ko‘proq xizmat qilish uchun shartlarga amal qiling, iltimos! *** - Barcha qo'llanmalar mundarijasi 🙂 Kutubxona sizga foydali bo'ladi degan umiddamiz @mehr_kutubxonasi
إظهار الكل...
👍 22🫡 8🤝 1
✳️ Kutubxona kichigi Bir kanalcha ochdik. Vazifasi kutubxonamiz haqida bu yerga yozolmagan, kutubxonada bo'ladigan qisqa, qiziq va foydali voqealar haqida aytamiz, erkinroq yo'sinda. Qiziqarliroq bo'ladi degan umiddaman. 👉 @kutubxona_jonli - kutubxona hayoti JONLI ya'ni - LIVE in english) 👌 Bu kanalimiz o'z vaznida davom etaveradi inshaalloh
إظهار الكل...
00:50
Video unavailableShow in Telegram
🧑‍🚀 Kitoblar bilan gaplashadigan kitobxon 📹 Muallif: Kutubxonachi Jahongir
إظهار الكل...
18.91 MB
😁 75👍 11🔥 4 1
00:53
Video unavailableShow in Telegram
✳️ Hashar Mehr2020 hayriya tashkiloti haqida ko'pchilik bilsa kerak. Bizning kutubxona ham shu tashkilotning bir qismi. ✳️ Mehr2020 haqida qisqacha Tashkilot otasi ayrilgan farzandlar oilasi bilan o'z qarmoqg'iga olib imkon boricha oziq-ovqat va ta'lim sohasida doimiy yordam qilib keladi. Buncha oilaga ro'zg'orlik qilish albatta moddiy va jismoniy yordam talab qiladi. Har shanba soat 10:00 da oilalarga ro'zg'orlik paketini tayyorlash uchun hashar bo'ladi. Yuqoridagi videoda ko'rishingiz mumkin. Ko'ngilli insonlar hasharda qatnashib shunday savobli loyihaga o'z hissalari qo'shishi mumkin. Hashar tahminan 2-3 soat davom etadi. (faqat erkaklar uchun, kuch talab qiladigan ish bo'ladi) Kutubxonamiz nomidan boradigan ko'ngillilar uchun yopiq guruh tashkil qildik. Guruhga qo'shilib olsangiz kelishib olib hasharda qatnashib turamiz. Boshqa savollarga javobni guruhda berib boramiz. 👉 Hashar guruhi Manzil: Toshkent sh. Uchtepa tumani, Depo Mall. 📍 Lokatsiya
إظهار الكل...
2024-07-06 02.03.43.mp419.03 MB
👍 32👏 12🔥 3
Mukoshafat-ul qulub Shu kitobning PDF shaklini ko'p so'ralmoqda. Quyidagi havolada berilgan ekan. t.me/Elektron_Kutubxona/22407 Havolada ko'rsatilgan kitobga ham, kanalga ham aloqamiz yo'q. Bilishimiz bo'yicha mualliflik huquqi buzilgan. So'ralgani uchun ko'rsatib qo'ydik. ✳️ Kutubxonamizda bu kitob mavjud. O'qish uchun vaqtincha olib ketish mumkin. *** 👉 Bepul kutubxona 🤲 Kutubxonaga hissa qo‘shish ✳️ Barcha uchun bepul kutubxona @mehr_kutubxonasi
إظهار الكل...
👍 18💯 13🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
✳️ Boost Assalomu alaykum Telegram Premium bo'lmasa ahamiyat bermang) Agar sizda Telegram Premium bo'lsa kanalimizni boost qilib yuborsangiz kutubxona kanalimizda foydali "istoriya" qo'yishimizga sababchi bo'lib qolasiz😊 Rahmat 👉 t.me/mehr_kutubxonasi?boost *Sonini koʻproq bosvoruring
إظهار الكل...
👍 40🫡 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qancha ekanligi muhim emas. Muhimi ixlos Oz boʻlsa ham hissa qoʻshganlaridan xursand boʻldik. Kam demay borini beribdilar. Haqiqiy ixlos shunda boʻlsa kerak. Alloh rozi boʻlsin
إظهار الكل...
👍 64🔥 13💯 6👏 1
⚠️ Kitobxonlar diqqatiga Assalomu alaykum aziz kitobxonlarimiz. Bir qancha kitobxonlarimiz kitoblarni o‘z vaqtida olib kelib berishmayapti. Ya’ni kelishilgan muddatdan o‘tib ketgan.  ⚠️ Aziz kitobxonimiz kimdir siz olgan kitobni kutib turibdi.  Boshqa kitobxonlarni o‘ylang. Ular kitoblarni kutishyapti. Kitobni olayotganingizda vaqtida qaytarishga va’da berib olgansiz.  Iltimos, kitoblarni vaqtida qaytaring. Bular ko‘pchilikning haqqi. ✳️ Uzaytirish Agar siz arzirli sabab bilan kitobni vaqtida qaytarolmagan bo‘lsangiz @kutubxonachi_1 ga yozib vaqtni cho‘zdiring.  Bu loyiha ilmlik insonlar ko‘payishi uchun tashkil qilingan. Kitob o‘qishingiz biz uchun muhim. Kitobni o‘qishingiz va kelishilgan muddatda qaytarishingizni so‘rab qolamiz.  *** 👉 Bepul kutubxona 🤲 Kutubxonaga hissa qo‘shish ✳️ Barcha uchun bepul kutubxona @mehr_kutubxonasi
إظهار الكل...
💯 14👍 10
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.