🎓LEADERS SCHOOL💼 NTM. Лидерлар мактаби
الذهاب إلى القناة على Telegram
Assalom aleykum 📚 LEADERS SCHOOL – Quva tumanidagi ingliz va rus tillariga ixtisoslashgan NTM 🎓 Yangiliklar, dars jarayonlari, o‘quvchilar yutuqlari va foydali ma’lumotlar shu yerda! 📞 Bog‘lanish uchun: ☎️ +998 90 562 06 46 ☎️ +998 93 499 41 04
إظهار المزيد685
المشتركون
-224 ساعات
-97 أيام
+330 أيام
أرشيف المشاركات
Янгилик
⚡️6 ёшли Симар Ҳурана болалар учун видео ўйин яратиб, "Дунёдаги энг ёш видео ўйин ишлаб чиқарувчиси" сифатида Гиннес рекордлар китобига кирди.
Ушбу ўйин “Healthy food challange” деб номланган.
Boladan o‘zingizda yo‘q narsani talab qilish
Bolaning tarbiyasi so‘zda emas, amalda talab qilinadi. Agar boladan ko‘p kitob o‘qishni talab qilsangiz-u, o‘zingiz smartfon o‘ynab o‘tirsangiz, katta o‘zgarishlarni kutib ovora bo‘lmang. Sababi bola kattalardan nusxa ko‘chiradi. Bolada kognitiv kelishmovchilik bo‘ladi, sababi undan talab qilishadi va bunga o‘zlari amal qilmaydi. Albatta, ular bu kabi xatti-harakatini kattaligi bilan oqlashi mumkin. Shuning uchun bola oldiga maqsad qo‘yishini, so‘zida turishini, zaiflarni ranjitmasligini istasangiz, o‘zingiz namuna bo‘lishga harakat qiling.
Odamlar mukammal emas, shu jumladan, ota-onalar ham. Xatolar ustida iloji boricha tezroq ishlash kerak. Chunki har bir ota-ona bolasini yaxshi ko‘radi va baxtli bo‘lishini istaydi
Янги қабул қилган ўқувчиларимиз ҳам аста секин дарс жараёнларига кўникишмоқда.
-Bola nima sababdan odamovi (yovvoyi) boʻladi?
Farzand jisman ota va onasini tark etolmaydi, bunga kuchi yoʻq.
Ammo ruhan shunday tark etadiki, ba’zan ortga yoʻl qoldirmaydi.
Farzandlarimizning ruhini shikastlamasdan ularga nisbatan toʻgʻri kalimalarni tanlashda gʻayrat qilishimiz kerak.
Xoʻsh, bola haddan ziyod uyatchang, kamgap boʻlishiga nimalar sabab boʻladi?
-Bolaga qilingan bosim;
-Doimiy ravishda bolaga gʻazab qilish;
-Davomli ayblash;
-Qoʻpol gapirish, baqirish;
-Toʻxtovsiz nazorat qilish;
-Odamlar oldida izza qilish, urushib berish;
-Qilayotgan ishlaridan ayb topish, "bajarolmaysan, qoʻlingdan kelmaydi" kabi jumlalar bilan bolaning oʻziga boʻlgan ishonchini soʻndirish.
Mana shu kichik sabablar aslida bolaning ruhiyatiga juda jiddiy zarar yetkazadi.
Bir kun, atigi bir kuningizni farzandingiz uchun ajratib u bilan koʻproq vaqt oʻtkazib koʻring, uni maqtang, ragʻbatlang. Oʻzgarishni sezasiz.
Bola ota-onasiga ishonganchalik hech kimga ishonmaydi.
Ishonchini soʻndirib qoʻymang.
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
