cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Boyovut ovozi | RASMIY ️️

Boyovut tumani hokimligi Web-site: Boyovut.uz Facebook: fb.com/Boyovut-tumani-hokimligi Instagram: instagram.com/boyovut_ovozi YouTube: youtube.com/channel/UCwtsSvIDw1DS16ilzS-QbwA Murojaat: @Boyovut_ovozi_Bot Ishonch telefoni: 67 390-19-43

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 792
المشتركون
+624 ساعات
+57 أيام
+4030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Boyovut tumaniga oid noyob tarixiy fotosuratlar Agar sizning arxivingizda ham tumanimiz hayotiga oid tarixiy sur'atlar mavjud bo'lsa @Furqat_Polatov yoki @Boyovut_ovozi_bot ga jo'natishingizni so'rab qolamiz. | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
إظهار الكل...
Ikkinchi liga: Boyovut tumani derbisi o'tkazildi Kecha futbol bo‘yicha ikkinchi liga 4-tur doirasidagi o'yinlar o‘tkazildi. Nafaqat turning, balki chempionatning markaziy uchrashuvi Boyovut tumani derbisi – “Bekat” va ”Boyovut techno cluster” jamoalari o‘rtasida kechdi. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, kuchli futbolchilar tomonidan namoyish etilgan chiroyli kombinatsiyalar, individual mahoratlar, qator xavfli vaziyatlar, muxlislar shunday o‘yinning guvohi bo‘ldi. Uchrashuvda "Boyovut techno cluster" jamoasi 2-0 hisobida g'alaba qozondi, gollarga F.Xaydarov hamda O.Rayimqulovlar mualliflik qildi. | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Chery Tiggo 8 Proning egasi aynan siz bo‘lishingiz mumkin! Boyovut tumani va Respublikamizning barcha hududlarida joylashgan "Ishonch" savdo do'konlarida yoz mavsumi aksiyasida siz uchun tayyorlab qo‘yilgan ajoyib sovg‘alar o'z egalariga topshirilmoqda. Chery Arrizo 6 pro va 100 dan ortiq qimmatbaho sovg'alar allaqachon o'z egasini topgan. Shoshiling, oldinda sizni 1 ta Chery Tiggo 8 Pro va 2 ta Chery Arrizo 6 Pro avtomobillari hamda ko'plab qimmatbaho sovg'alar kutmoqda! Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun Ishonch do‘konlaridan 4 mln so‘mlik yoki undan yuqori summaga xaridni amalga oshirishingiz kerak. Shoshiling, aksiya 15-avgustgacha davom etadi. Batafsil: Ishonchsavdo.uz ; +998735152222 @ishonch_chatbot | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
إظهار الكل...
01:28
Video unavailableShow in Telegram
Madaniyat va san’at sohasi vakillariga mikroavtobus, yuk avtomobili va 7 turdagi milliy cholg‘u asboblari topshirildi | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
إظهار الكل...
автобус маданият тг.mp415.48 MB
“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks tadbirlari davom etmoqda Boyovut tumanida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" kompleks targ‘ibot tadbirlari doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Boyovut tumani Ichki ishlar bo'limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmasiga tashrif buyurgan fuqarolarga elektron to‘lov vositalaridan xavfsiz foydalanish, shaxsga doir maʼlumotlarni ishonchli himoya qilish va ulardan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, tovlamachilik, kiberzo‘ravonlik kabi qilmishlar sodir etishning oldini olish kabi yo‘nalishlarda  maʼlumot berib o'tildi. | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
إظهار الكل...
Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Istiqlolda o‘tkazildi Mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida tuman hokimi Dilfuza Uralova ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul bugun Istiqlol mahallasida bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda tuman hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari ham jalb etildi. Qabul davomida mahalla ahli va tumandoshlarimiz tomonidan bildirilgan kredit to'lovi, ichimlik suvi tarmog'i, ichki yo'llar ta'miri, nafaqa tayinlash kabi masalalarga oid yigirmaga yaqin murojaatlar o‘rganildi. Muloqotlar davomida ba’zi murojaatlarga joyida ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, hal etilishi muddat talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullar biriktirilgan holda tegishli choralar belgilandi. Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
إظهار الكل...
02:34
Video unavailableShow in Telegram
Boyovutda sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazildi | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
إظهار الكل...
1.mp411.56 MB
Boyovut tumani hokimining tegishli qarori bilan Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi oltmish oltinchi sessiyasi 2024-yil 17-iyul kuni soat 10:00 ga tuman hokimligi katta majlislar zaliga chaqiriladi. Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o'rin olgan:
1. Boyovut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilgan to‘g‘risida. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-son qarorining ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O'.Sariboyevning hisoboti to‘g‘risida. 3. Tuman ichki ishlar bo‘limining 2024-yil 2-chorak davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari hisoboti to‘g‘risida. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 25-maqsadida “Xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi va erta turmush va ajrimlarnin oldini olish, tadbirkorlika jalb etishda olib borilayotgan ishlar” yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-sonli qaroriga muvofiq hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i K.Xudoyberdiyevning hisoboti to‘g‘risida. 6. Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Azizqulov Akromjon Usmonqulovichning 2024-yil 2-chorak davomida sog‘liqni saqlash sohasida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida. 7. Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi Boyovut tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti to‘g‘risida. 8. Tumanda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Boyovut tumani tabiat resurslari bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabekov Xusan Musurmonqulovichning 2024-yil 1-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 9. Boshqa masalalar.
Sessiya ishiga tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishligi bo‘yicha tuman tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi. | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
إظهار الكل...
00:19
Video unavailableShow in Telegram
Ayni vaqtda Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova haftalik ish rejasiga muvofiq Istiqlol mahallasida aholi vakillari bilan sayyor qabulini o'tkazmoqda. | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
إظهار الكل...
8.94 MB
Viloyat sektor rahbarlari "Jasorat maktabi" harbiy-o‘quv yig‘inida ishtirok etayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi An’anaga muvofiq, ayni kunlarda “Jasorat maktabi” harbiy-o‘quv yig‘inining navbatdagi mavsumi qizg‘in davom etmoqda. Yig‘inga bu gal ham 100 nafar yoshlar jalb qilindi. Belgilangan dasturga asosan 10 kun davomida yoshlar ishtirokida tonggi badantarbiya, seminarlar, jangovar va saf tayyorgarligi, sport musobaqalari va yana qator o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda. Yig‘inning so‘nggi kunida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Akmaljon Maxmudaliyev, viloyat prokurori Savid Imatov, viloyat IIB boshlig‘i Sanjar Jabborovlar ishtirok etdi. Viloyat hokimi yoshlarga birinchi navbatda niyat xolis bo‘lishi kerakligi, niyatni amalga oshirish uchun aniq maqsad bo‘lishi, maqsadga erishish uchun esa o‘qish va izlanish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini ta’kidladi. Batafsil | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.