cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali Murojaat uchun: 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282

إظهار المزيد
Uzbekistan152لم يتم تحديد اللغةالحياة الوظيفية37
Advertising posts
228 249المشتركون
+30024 hour
-7547 يوم
+6 07630 يوم

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Prezident_Farmoni_ijroda Prezident Farmoni targ'iboti davom etmoqda 👉 Tafsilotlar "Namangan" telekanalida 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
إظهار الكل...
Repost from Bandlik Vazirligi
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Saudiya Arabistonining “K-DOT” kompaniyasi bosh direktori Faysal ol-Dovud bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, 2023-yilning 14-dekabr sanasida vazirlik va tizim tashkilotlari rahbarlari Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistonidagi ko‘plab salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni tibbiyot, xizmat ko‘rsatish, IT va ishlab chiqarish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilishga kelishib olgandi. Shundan keyin bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamyurtlarimiz ushbu davlatga vaqtincha ishlash uchun jo‘nab keta boshladi. Bugungi uchrashuvda Ar-Riyodda erishilgan kelishuvlarni hayotga tadbiq etish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish mexanizmlari xususida so‘z bordi. Muloqot jarayonida Saudiya Arabistonida tibbiyot, mehmonxona va texnik xizmat ko‘rsatish kabi qator sohalarda ishchi kuchiga talab ortib borayotgani, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ham birgalikda dasturlar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish mumkinligi alohida qayd etildi. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ikki davlat Hukumatlari o‘rtasida 2022-yilning 17-avgust kuni Jidda shahrida “Ishchilarni yollash sohasida hamkorlik to‘g‘risida"gi bitim imzolangan. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
إظهار الكل...
Fuqarolar Rossiyaning "SPAR Midl Volga" korxonasida non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida ishga taklif etiladi! Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin. 1-may soat 11:00 da Qashqadaryo viloyati: 📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi. ☎️ 55 403-12-82. 📲 Telegram soat 12:00 da Samarqand viloyati: 📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy. Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida. ☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00. 📲 Telegram soat 14:00 da Farg‘ona viloyati: 📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112-v uy. Mo‘ljal: Fargʼona shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi binosi. ☎️ 91 327-63-60 📲 Telegram soat 15:00 da Sirdaryo viloyati: 📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. ☎️ 67 225-55-59. 📲 Telegram Toshkent shahri: 📍Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li 3-uy. Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi. ☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17 📲 Telegram 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
إظهار الكل...
🇺🇿🇰🇷Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi mas'ullari hamkorlikda mazkur davlatda ishlayotgan yurtdoshlarimizning yashash va ish sharoitlarini doimiy monitoring qilmoqda. Xususan, Yangsan shahridagi "Kyunghyun Co., Ltd." korxonasi mas'ullari va bu yerda ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv o'tkazilib, Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi 59-sonli Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Ma'lumki, bugungi kunda Koreya davlati 16 davlatdan E-9 ishchi vizasi asosida xorijlik ishchilarni ishga jalb qilmoqda. Shu o'rinda ish beruvchi korxona mutasaddilariga yurtdoshlarimiz mehnat salohiyati keng targ'ib qilinib, ishchi kuchi yetkazib berish uchun doimiy hamkorlikka tayyorligi bildirildi. Uchrashuvda endilikda mazkur korxonadagi mavjud bo'sh ish o'rinlariga aynan o'zbekistonlik ishchilarni ishga jalb qilinishiga kelishib olindi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
إظهار الكل...
Repost from Bandlik Vazirligi
❗️Buyuk Britaniyaning “Telpasc” (Ethero) tashkiloti bo‘yicha rasmiy bayonot Ma’lumki, joriy yilning 1-mart sanasida Buyuk Britaniyaning “Telpasc” (Ethero) tashkiloti tomonidan yurtdoshlarimizni vaqtincha ishga yuborish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tanlovlarda 2,5 mingdan ortiq fuqaro qatnashgan va ularning orasidan 1 822 nafari ish beruvchining talablari asosida tanlab olingan. Shundan 1 687 nafar yurtdoshimiz tanlovlar o‘tkazish, ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish, tarqatma materiallar tayyorlash, moslashtiruv kurslarini tashkil qilish kabi xizmatlar uchun shartnomaga asosan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisob-raqamiga 1 700 000 so‘mdan to‘lagan. 👉BATAFSIL Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
إظهار الكل...
Fuqarolar Rossiyaning "Enkorp" korxonasida metallni qayta ishlash yo‘nalishida ishga taklif etiladi! Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin. 29-aprel soat 11:00 da Namangan viloyati: 📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy, Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi. ☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64. 📲 Telegram soat 12:00 da Toshkent viloyati: 📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy. Mo‘ljal: Sada avtobus bekati. ☎️ 99 977-33-10. 📲 Telegram 30-aprel soat 11:00 da Jizzax viloyati: 📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati. Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida. ☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65. 📲 Telegram soat 12:00 da Xorazm viloyati: 📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. ☎️ 62 229-19-96. 📲 Telegram 1-may soat 11:00 da Surxondaryo viloyati: 📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy. Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi. ☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63. 📲 Telegram soat 12:00 da Namangan viloyati: 📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy, Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi. ☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64. 📲 Telegram 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
إظهار الكل...
#Prezident_Farmoni_ijroda Prezident Farmoni targ'iboti davom etmoqda 👉 Tafsilotlar "Navoiy" telekanalida 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
إظهار الكل...
#Prezident_Farmoni_ijroda Buxoro viloyati tuman va shaharlarida ham xorijda ishlash isdagida bo'lgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
إظهار الكل...