ar
Feedback
History of NPUU Foreign languages department-Official Channel

History of NPUU Foreign languages department-Official Channel

الذهاب إلى القناة على Telegram

🏛Welcome to the Official Channel of the History of Foreign Languages Department, National Pedagogical University of Uzbekistan named after Nizami!

إظهار المزيد
427
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-47 أيام
-1230 أيام
أرشيف المشاركات
🎓Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti Filologiya fakultetining Ingliz tili nazariyasi va metodikasi h
+9
🎓Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti Filologiya fakultetining Ingliz tili nazariyasi va metodikasi hamda Roman-german tillari kafedralari hamkorligida “Xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli pedagogika va innovatsion metodlar: nazariya, amaliyot va istiqbollar” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya tashkil etildi. 🔆Mazkur konferensiyada universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda xorijiy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Jumladan, F.Alisherov, A.Ahmadjonov, D.Xolmurodova, B.Abdullayev, D.Saydazimova, Z.Abdujabborova, moderatorlar U.Kusanova va R.Sayfullin, shuningdek, xorijiy mutaxassislar A.Ergeshev, M.Harbon Gruchelska, E.Volkova, Britaniya Kengashi eksperti N.Isamuhamedova hamda Amerikaning O‘zbekistondagi TOEFL iBT rasmiy test markazi rahbari D.Sharifov o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. 🔤Konferensiyada dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar hamda ta’lim sohasidagi nufuzli tashkilotlar vakillari faol ishtirok etdilar. Xususan, Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan delegatsiya a’zolari anjumanga alohida mazmun bag‘ishladi. 🎁Tadbir yakunida Filologiya fakulteti dekani B.Kulmatov ishtirokchilarga AQSH elchixonasi tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alari hamda Amerikaning O‘zbekistondagi TOEFL iBT rasmiy test markazi tomonidan ajratilgan voucher va maxsus sovg‘alarni topshirdi. #NizomiyUniversiteti #MilliyPedagogika #FilologiyaFakulteti #XalqaroKonferensiya #RaqamliPedagogika #InnovatsionMetodlar #BritishCouncil #TOEFL

Fakultetimizning nemis tili, ingliz tili ta'lim yo'nalishlari talabalari va ingliz tili mutaxassisligi magistrantlari diplomi endi butun dunyoga o'tadi. Talabalarimiz va magistrantlarimiz xalqaro o'qituvchi sifatida tan olinadi.

Ta'lim dasturlarimiz xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazildi ⚡️ Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti ta'l
Ta'lim dasturlarimiz xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazildi ⚡️ Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti ta'lim dasturlari Germaniyaning xalqaro ACQUIN akkreditatsiya tashkiloti tomonidan 6 yil muddatga toʻliq akkreditatsiyadan o'tdi. ✅ Ta'lim dasturlari: Bakalavr: 🔹Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili) 🔹Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) Magistratura: 🔹Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 💥Mazkur ta’lim dasturlari xalqaro ekspertlar tomonidan kompleks tahlil qilinib, ularning mazmuni, o‘qitish metodikasi, o‘quv-uslubiy ta’minoti hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi yuqori darajada baholandi. ✨ Ushbu yutuq talabalarimiz uchun yangi imkoniyatlar, professor-o‘qituvchilarimiz uchun esa yangi marralar sari dadil qadamdir. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

Filologiya fanlari doktori, professor Musayev Qudrat Musayevich 1936-yilning 30-iyunida Samarqand (hozirgi Jizzax) viloyatiga qarashli G‘allaorol tumanining Madaniyat qishlog‘ida tavallud topgan. Qudrat Musayev 1988- yilning 30- sentabrida Gruziya poytaxti Tbilisi shahridagi Tbilisi davlat universitetining Ilmiy kengashida “Leksik va frazeologik birliklar tarjimasi- tarjima nazariyasining juzʼiy muammosi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilgan. “Ingliz tili o‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professori, 2002- yil “Ingliz tili amaliyoti” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, 2003–2009- yillar “Ingliz tili nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professori lavozimlarida ishlagan. O‘z mehnat faoliyati davomida ustoz “Lotin tilidan qo‘llanma”, “Badiiy tarjima va nutq madaniyati”, “Лексико-фразеологические вопросы художественного перевода”, “Культура языка перевода”,, “Ingliz tili stilistikasi”, “Tarjima nazariyasi asoslari”, “Ey umri aziz”, “Hamsafarimsan, hayot” nomli kitoblar; “Русско-узбекский словарь существительных на “ь”, “Iqtisodiyot, moliya, bank, tijorat” lug‘ati 1-2-jildlar, “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha iqtisodiy lug‘at” (1,2,3-jildlardan iborat) kabi lug‘atlar muallifi bo‘lgan. Shuningdek, ustoz Q.Musayev ko‘plab ilmiy maqolalar chop ettirgan. Mehribon ustoz, fidoyi inson Qudrat Musayev ko‘plab chet tili o‘quvchilarining haqiqiy ustozi. U “Shuhrat” medali sohibidir.

Musayev Qudrat Musayevich
Musayev Qudrat Musayevich

Professor Jalolov Jamol Jalolovich O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq taʼlimi xodimi, filologiya fanlari nomzodi, professor Jalolov Jamol Jalolovich chet til o‘qitish sohasida yirik mutaxassis, olim, pedagog va murabbiydir. Lingvodidaktikaning barcha masalalari yuzasidan ilmiy ishlar eʼlon qilgan. Jamol Jalolov 1937-yil 10-fevralda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ingliz tilidan maktab va oliy o‘quv yurtlari uchun o‘nlab darslik, o‘quv dasturlari, lug‘at va metodik qo‘llanmalar yaratgan. 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11-sinflar uchun ingliz tili darsliklari, maktab, litsey va kollej, chet tillar oliy o‘quv yurtlari va fakultetlari o‘quv dasturlari shular jumlasidandir. Monografiya, lug‘at va taʼlim standartlari ishlab chiqishda yetakchilik qilib keladi. Mintaqaviy va xalqaro ilmiy anjumanlarning faol qatnashchisi sifatida 200 dan ortiq maqola, maʼruza tezislari va ilmiy materiallari eʼlon qilingan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida ilmiy safarda bo‘lgan (1990-y.) va universitetlarda 20 dan ortiq maʼruza qilgan. Professor Jamol Jalolov 40 dan ortiq magistrlik va fan nomzodlik hamda doktorlik dissertasiyalariga, yuzlab malakaviy ishlarga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik qilgan. Markaziy Osiyoda chet tillar o‘qitish metodikasidan ilmiy maktab yaratgan professor, o‘z sohasining sardori va yuksak ilmiy salohiyat sohibi sifatida keng tanilgan va obro‘-eʼtibor qozongan. Hozirda Chet til o‘qitish metodikasi ustoz yozgan darslik va ilmiy asarlari asisida o‘qitiladi. Ustozning shogirdlari respublikaning deyarli barcha ta’lim muassalarida faoliyat yuritadi. Shuningdek, dunyoning turli mamlakatlarida nufuzli kasblarda ishlashmoqda. Professor Jamol Jalolov “O‘zbekiston xalq maorifi aʼlochisi” (1967), “O‘zbekiston oliy taʼlim aʼlochisi” (1998), “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq taʼlimi xodimi” (1999) kabi unvonlar sohibi.

Professor Jalolov Jamol Jalolovich
Professor Jalolov Jamol Jalolovich

XORIJIY TILLAR TA'LIM YO'NALISHI ASOSCHISI PROFESSOR JALOLOV JAMOL JALOLOVICH

Kulmatov Baxrom Gulyamovich
Kulmatov Baxrom Gulyamovich

Mamadaliyev Abdumajid Mamasoliyevich
Mamadaliyev Abdumajid Mamasoliyevich

Yusupov Oybek Nematjonovich
Yusupov Oybek Nematjonovich

Ismailov Omilxon Shukrillayevich
Ismailov Omilxon Shukrillayevich

Qurbonov Anvar Nurillayevich
Qurbonov Anvar Nurillayevich

Raximov Xurram Raximovich
Raximov Xurram Raximovich

Yuzlikayev Farit Rafaelovich
Yuzlikayev Farit Rafaelovich

Maxmatqulov Xolmurod Maxmudovich
Maxmatqulov Xolmurod Maxmudovich

FAKULTET DEKANLARI

NIZOMIY NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY PEDAGOGIKA UNIVERSITETI XORIJIY TILLAR BO’LIMI TARIXI Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universitetining tarkibida faoliyat koʻrsatib, mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimi uchun yetuk professor-oʻqituvchilarni tayyorlab kelayotgan Filologiya fakultetining Xorijiy tillar bo'limi universitetning yetakchi yo'nalishlaridan biridir. Fakultet jamoasi bugungi kunda oʻz oldiga qoʻyilgan dolzarb va mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan bajarib, respublikamizning turli ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali xorijiy til oʻqituvchilarini yetkazib berishda oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. Xorijiy tillar ta'lim yo'nalishi TDPU rektorining 1995-yil 22-apreldagi 58-O buyrug‘i bilan tashkil qilingan va shu yili fakultetda (chet til) ingliz tili yo‘nalishi ochilgan. 1995-yil sentyabr oyidan Rus va koreys filologiyasi fakulteti qoshida “Ingliz tili” boʻlimi sifatida ish boshlagan. 2000-yil sentyabrida professor J.J.Jalolov tashabbusi bilan “Chet tillar” fakulteti ochildi va unda uchta: “Ingliz tili nazariyasi va metodikasi”, “German filologiyasi”, “Ingliz tili amaliy kursi” kafedralari faoliyat koʻrsata boshladi. Professor X.R.Raximov sa’y-harakatlari bilan 2001-yil sentyabr oyida “Chet tillar” fakulteti tarkibida “Nemis tili va adabiyoti” ta’lim yoʻnalishi ochildi. 2005–2006-oʻquv yilida “Rus va koreys filologiyasi” hamda “Chet tillar” fakultetlari birlashtirilib “Chet tillar” fakulteti deb nomlandi. 2021-yilda universitet tuzilmasiga o‘zgartirish kiritilib, “Chet tillar” fakulteti “Xorijiy tillar” fakulteti nomi bilan yuritila boshladi. 2025 yilda universitetning barcha tillar ta'lim yo'nalishlari: ingliz tili, nemis tili, koreys tili, rus tili, qozoq tili, o'zbek tilini o'z ichiga olgan Xorijiy tillar fakulteti, Tillar fakulteti hamda O'zbek tili va adabiyoti fakulteti birlashtirilib Filologiya fakulteti tashkil etildi. Ulardagi kafedralar optimallashtirildi. Hozirda fakultetda 7 ta kafedra faoliyat yuritadi. Fakultetni yillar davomida: p.f.n. Maxmatqulov Xolmurat Maxmudovich, p.f.d., professor Yuzlikayev Farit Rafailovich, f.f.n. dotsent Raximov Xurram Raximovich, Qurbonov Anvar Nurillayevich, i.f.n., dotsent Ismailov Omilxon Shukurullayevich, dotsent Yusupov Oybek Ne’matjonovich, professor Mamadaliyev Abdumajid Mamasoliyevich kabi ko‘plab olimlar boshqarib kelishdi. 2025-yildan hozirgi kungacha fakultet dekani vazifasida dotsent Kulmatov Bahrom Gulyamovich faoliyat olib bormoqda.

#diqqat_tanlov 📚 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshir
#diqqat_tanlov 📚 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” 4-mavsumini e’lon qiladi!
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
🔹1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔹2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔹3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128); 🔹4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64); 🔹5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi
🔸1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128); 🔸2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64); 🔸3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; ✅ Tanlovda qatnashgan barcha QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. Tanlovda ishtirok etish👇 https://t.me/kitobtanlovbot?start=6516908807