Карши локомотив депоси расмий канали
الذهاب إلى القناة على Telegram
إظهار المزيد
628
المشتركون
+324 ساعات
+67 أيام
+730 أيام
أرشيف المشاركات
+9
🚂 2026-yil 10-iyun kuni Kengsoy stansiyasida ishlaydigan lokomotivlarning texnik, estetik va yong‘in xavfsizligi holatlari tekshirildi
2026-yil 10-iyun kuni Kengsoy stansiyasida xizmat ko‘rsatayotgan lokomotivlarning texnik sozligi, estetik holati hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan navbatdagi nazorat ko‘rigi o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida lokomotivlarning texnik holati, tashqi ko‘rinishi, sanitariya talablari, yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi va yaroqliligi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish hamda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi atroflicha o‘rganildi.
Mazkur tekshiruv Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha yetakchi muhandis B.G. Arslanov tomonidan amalga oshirildi. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Repost from "Qarshi MTU" filiali Rasmiy kanali
+3
Harakat xavfsizligi kuniJoriy yilning 10-iyun kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali rahbari M.X. Mirzayev hamda Qarshi MTU Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi raisi I.G‘. Arslonov boshchiligida Qarshi lokomotiv deposida depo xodimlari va lokomotiv brigadalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, poyezdlar harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash, lokomotivlardan samarali foydalanish hamda lokomotiv brigadalari bilan ochiq muloqot qilish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuv davomida lokomotivlar ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko‘rsatish sifati, harakat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishchi-xodimlarning savol, taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ish jarayonlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. 🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube ✉️Rahbarga_murojaat
+9
Qarshi stansiyasida ishlaydigan lokomotivlarning texnik, estetik va yong‘in xavfsizligi holatlari tekshirildi
Qarshi stansiyasida xizmat ko‘rsatayotgan lokomotivlarning texnik sozligi, estetik holati hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan navbatdagi nazorat ko‘rigi o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida lokomotivlarning texnik holati, tashqi ko‘rinishi, sanitariya talablari, yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi va yaroqliligi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish hamda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi atroflicha o‘rganildi.
Mazkur tekshiruv Qarshi lokomotiv deposi filiali Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha yetakchi muhandis B.G. Arslanov tomonidan olib borildi. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
+6
🚂 Kitob stansiyasidagi mashinistlar dam olish uyi holati o‘rganildi
“Qarshi lokomotiv deposi” filiali bosh muhandisi A.M. Djabborov tomonidan Kitob stansiyasida joylashgan mashinistlar dam olish uyida ko‘rik ishlari amalga oshirildi.
Ko‘rik davomida binoning texnik holati, yashash va dam olish sharoitlari, muhandislik kommunikatsiyalari hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va dam olish uyida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash va lokomotiv brigadalarining samarali mehnat qilishi uchun ularning dam olish sharoitlarini yaxshilash doimiy e’tiborda bo‘lib qolmoqda.
+5
🚂 Qarshi lokomotiv deposi filialida Harakat xavfsizligi kuniga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun, 2026-yil 3-iyun kuni, Qarshi lokomotiv deposi filialida Harakat xavfsizligi kuni munosabati bilan filial bosh muhandisi A.M. Djabborov boshchiligida yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash, mehnat va texnologik intizomga qat’iy rioya etish, lokomotivlardan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mas’ul xodimlarga harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ish sifatini oshirish va belgilangan talablarni so‘zsiz bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
+9
“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida keng ko‘lamli ko‘rik ishlari davom etmoqda
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘ining 2026-yil 18-maydagi 229-sonli buyrug‘iga muvofiq, filial tasarrufidagi korxona hamda stansiyalarda navbatdan tashqari ko‘rik va nazorat ishlari tashkil etildi.
Shu asosda, 2-iyun kuni “Qarshi lokomotiv deposi” filialida harakat xavfsizligi va ekspluatatsiya jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan tekshiruv ishlari amalga oshirildi.
Ko‘rik tadbirlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad:
✅ poyezdlar harakati xavfsizligini mustahkamlash,
✅ texnologik intizomga qat’iy rioya etilishini nazorat qilish,
✅ mehnat muhofazasi talablarining bajarilishini ta’minlash,
✅ hududlarning obodonlashtirilganligi va sanitariya holati,
✅ korxona va qurilmalarning texnik holatini baholashdan iborat.
Mazkur tekshiruv ishlari 2026-yil 2-iyun kuni “Qarshi mintaqaviy temiryo‘l uzeli” filiali bosh muhandisi T.DJ. Xamrayev boshchiligidagi komissiya tomonidan olib borilmoqda.
🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 🌙
Qadrli hamkasblar va aziz yurtdoshlar!
Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu ulug‘ va fayzli bayram xonadonlaringizga tinchlik, baraka, mehr-oqibat hamda quvonch olib kirsin.
Yurtimiz taraqqiyoti va temiryo‘l sohasidagi fidokorona mehnatingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Har biringizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ishlaringizga ulkan muvaffaqiyat tilayman.
Hayit ayyomi barchamizga ezgulik, saxovat va birdamlik ruhini yanada mustahkamlash nasib etsin.
Hurmat bilan,
Qarshi lokomotiv deposi filiali boshlig‘i
S. Jo‘rayev 🚂
Repost from "Qarshi MTU" filiali Rasmiy kanali
+3
Harakat xavfsizligi kuni
Joriy yilning 20-may kuni "Qarshi MTU" filiali rahbari M.X.Mirzayev tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G'.Narzullayev topshirig'i ijrosini ta'minlash, ishchi xodimlar bilan suhbatlashish, korxonada olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida Qarshi lokomotiv deposiga nazorat safari amalga oshirildi.
Lokomotiv brigadalari bilan uchrashuvda lokomotivlar ekspluatatsiyasi va ularga texnik xizmat ko'rsatish, smena davomida nuqsonlarga yo'l qo'yilmaslik takidlab o'tildi, shuningdek, ishchi-xodimlar savol va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Nazorat jarayonida lokomotivlarning texnik holati, ularning ekspluatatsiya talablariga muvofiqligi, rejali ta’mirlash ishlari hamda texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, lokomotiv brigadalarining smena davomida xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishi, texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishi va harakat xavfsizligiga to'sqinlik qiluvchi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Depo ta’mirlash sexlarida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik holati, mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi ham batafsil o‘rganildi.
🌐WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube ✉️Rahbarga_murojaat
+5
🚂 Qarshi lokomotiv deposida elektrovozlarning joriy ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
2026-yil 15-may kuni “Qarshi mintaqaviy temiryo‘l uzeli” filiali bosh muhandisi T.J. Xamrayev tomonidan “Qarshi lokomotiv deposi” filialida 0413 elektrovozining joriy ta’mirlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda filial bosh muhandisi A.M. Djabborov ishtirok etib, olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, texnik holat hamda ishlab chiqarish jarayonlari yuzasidan ma’lumot berdi.
🔧 Ko‘rik davomida:
✔️ elektrovozlarning texnik holati,
✔️ ta’mirlash sifati,
✔️ ehtiyot qismlarning holati,
✔️ mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi alohida nazorat qilindi.
Shuningdek, mas’ul mutaxassislar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash sifatini yanada oshirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
+5
🚂 Qarshi lokomotiv deposida elektrovozlarning joriy ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
2026-yil 15-may kuni “Qarshi mintaqaviy temiryo‘l uzeli” filiali bosh muhandisi T.J. Xamrayev tomonidan “Qarshi lokomotiv deposi” filialida 0413 elektrovozining joriy ta’mirlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda filial bosh muhandisi A.M. Djabborov ishtirok etib, olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, texnik holat hamda ishlab chiqarish jarayonlari yuzasidan ma’lumot berdi.
🔧 Ko‘rik davomida:
✔️ elektrovozlarning texnik holati,
✔️ ta’mirlash sifati,
✔️ ehtiyot qismlarning holati,
✔️ mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi alohida nazorat qilindi.
Shuningdek, mas’ul mutaxassislar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash sifatini yanada oshirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
+7
🚂 Qarshi mintaqaviy temiryo‘l uzeli filialida navbatdagi bilim sinovlari o‘tkazildi
“Qarshi mintaqaviy temiryo‘l uzeli” filiali bosh muhandisi T.DJ. Xamrayev hamda lokomotiv xo‘jaligi yetakchi muhandisi S. Toshmurodov, shuningdek “Qarshi lokomotiv deposi” filiali bosh muhandisi A.M. Djabborovlar tomonidan 55-N-sonli buyruq asosida ustalar, texnik o‘lchovchilar hamda g‘ildirak juftligiga ishlov beruvchi tokarlardan navbatdagi bilim sinovlari qabul qilindi.
🛠 Sinov jarayonida xodimlarning:
✔️ texnik bilimlari,
✔️ mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilishi,
✔️ favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishi,
✔️ amaliy ko‘nikma va tajribalari atroflicha baholandi.
👨🔧 Mutaxassislar tomonidan xodimlarga amaliy tavsiyalar berilib, ishlab chiqarish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida hozirgi vaqtda keng tarqalib borayotgan phishing, zararli havolalar, soxta ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari hamda mobil qurilmalarga bo‘layotgan kiberxavflar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Ichki ishlar organlari tomonidan yaratilgan maxsus Telegram bot @kiber_yordamchi_bot imkoniyatlari tanishtirilib, xodimlarga undan foydalanish tartibi tushuntirildi. Android qurilmalarini himoyalash, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash hamda zararli dasturlardan saqlanish bo‘yicha video qo‘llanmalar namoyish etildi.
+3
⚡️Qarshi lokomotiv deposi filialida kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i A.B. Xidirov hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A.I. Ubaydullayev tomonidan Qarshi lokomotiv deposi filialida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida internet tarmog‘ida uchrayotgan firibgarlik holatlari, phishing hujumlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, elektron tizimlardan xavfsiz foydalanish hamda kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xodimlarga kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish, turli shubhali havola va dasturlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi. Yig‘ilish savol-javob va amaliy tavsiyalar bilan davom etdi.
+9
🚂 Qarshi lokomotiv deposida bahorgi ko‘rik doirasida joriy ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
2026-yil 11-may kuni “Qarshi lokomotiv deposi” filialida teplovoz hamda elektrovozlarning joriy ta’mirlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Jarayon filial bosh muhandisi A.M. Djabborov tomonidan bevosita sexlarda nazorat qilindi.
🔧 Ko‘rik davomida:
▫️ ta’mirlash ishlari sifati;
▫️ texnik holat va tayyorgarlik darajasi;
▫️ mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
⚙️ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, elektrovozlarni belgilangan muddatlarda sifatli topshirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
🚂 Xurmatli Sunatov Dilshod Davranovich sizni Lokomotiv deposi Qarshi filiali jamoasi nomidan "Tavallud ayyomingiz" bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizning mehnatsevarligingiz, mas’uliyatingiz va jamoaga bo‘lgan sadoqatingiz biz uchun doimo namuna bo‘lib kelmoqda. Temir yo‘l tizimidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
🎯 Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ish faoliyatingizda ulkan yutuqlar va omad tilaymiz!
Har bir kuningiz quvonch va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
🚆 Lokomotiv deposi jamoasi
+8
Joriy 2026-yil 06-may kuni “Qarshi lokomotiv deposi” filiali boshlig'i S.R.Jurayev boshchiligida harakat xavfsizligi kuni bo'lib o'tdi.Majlisda harakat xavfsizligiga bevosita javobgar bo'lgan mutaxasis xodimlar va lokomotiv brigadalari qatnashdilar. Yig'ilish davomida rahbarimiz quyidagi asosiy masalalarga alohida urg'u berib o'tdilar:
Yig'ilishda harakat xavfsizligini ta'minlagan holda lokomotivlar ekspluatatsiyasi va ularga texnik xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash;
-lokomotiv brigadalariga ish vaqtlari davomida nuqsonlarga yo'l qo'ymasliklari, buning uchun o'z bilim va saviyalarini oshirishliklari,
-lokomotivlarning texnik va estetik holatini nazorat qilib borish zarurligi;
- yuk aylanmasining oshganligi ortidan ish sifatini ham yanada yaxshilash kerakligi takidlab o'tildi.
Shuningdek, ishchi-xodimlar savol va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz!!
📱Telegram | 📱Instagram
🚂 Xurmatli Berdiyev Ma’damin Toshmirovich sizni Lokomotiv deposi Qarshi filiali jamoasi nomidan "Tavallud ayyomingiz" bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizning mehnatsevarligingiz, mas’uliyatingiz va jamoaga bo‘lgan sadoqatingiz biz uchun doimo namuna bo‘lib kelmoqda. Temir yo‘l tizimidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
🎯 Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ish faoliyatingizda ulkan yutuqlar va omad tilaymiz!
Har bir kuningiz quvonch va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
🚆 Lokomotiv deposi jamoasi
🚂 Xurmatli Shoyiqulov Otabek Amirqulovich sizni Lokomotiv deposi Qarshi filiali jamoasi nomidan "Tavallud ayyomingiz" bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizning mehnatsevarligingiz, mas’uliyatingiz va jamoaga bo‘lgan sadoqatingiz biz uchun doimo namuna bo‘lib kelmoqda. Temir yo‘l tizimidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
🎯 Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ish faoliyatingizda ulkan yutuqlar va omad tilaymiz!
Har bir kuningiz quvonch va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
🚆 Lokomotiv deposi jamoasi
🚂 Xurmatli Axmedov Abbosbek Azizovich sizni Lokomotiv deposi Qarshi filiali jamoasi nomidan "Tavallud ayyomingiz" bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizning mehnatsevarligingiz, mas’uliyatingiz va jamoaga bo‘lgan sadoqatingiz biz uchun doimo namuna bo‘lib kelmoqda. Temir yo‘l tizimidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
🎯 Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ish faoliyatingizda ulkan yutuqlar va omad tilaymiz!
Har bir kuningiz quvonch va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
🚆 Lokomotiv deposi jamoasi
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
