cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

BBA | Andijon

BMBA va BMBAning Andijon viloyati bo'limiga oid rasmiy xabarlar bilan tanishib borishingiz mumkin! Bizning Youtube kanal, a'zo bo‘ling! https://youtube.com/@bbaandijon Tel.: 742374278 (Du-Ju 09:00-18:00)

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
4 346
المشتركون
+2924 ساعات
+2337 أيام
+84930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

TAVSIYA QILAMIZ! 🌐 Ushbu podkastda umumiy test sinovlariga, Umumta'lim milliy sertifikat imtihonlariga va CEFR sertifikatiga oid ancha qiziqarli suhbat tashkillashtirilgan. 👍👍👍👍👍 TelegramYouTube | Facebook |
إظهار الكل...
BBA | Andijon

BMBA va BMBAning Andijon viloyati bo'limiga oid rasmiy xabarlar bilan tanishib borishingiz mumkin! Bizning Youtube kanal, a'zo bo‘ling!

https://youtube.com/@bbaandijon

Tel.: 742374278 (Du-Ju 09:00-18:00)

👍 3
01:00
Video unavailableShow in Telegram
🎙EduPodcastning 31-sonida Bilim va Malakalarni Baholash Agentligi rasmiylari bilan quyidagi mavzarda ochiq suhbat qurdik: — Abituriyentlar o'rtacha bali nega pasayib ketdi? — Imtihonni faqat Avgust oyida topshirish shart emas — Testlar qanday tuziladi, nega savollar qiyin tuziladi? — Xalqaro va milliy sertifikatlar olish tartibi haqida haqiqatlarni gaplashdik ✅ Ko'rsatuvimiz mehmonlari:Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zafarbek Olimbekov — Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Jamshid Odilov — Bilimni baholash agentligi mutaxassisi Nasimbek Lutfiyev 🌐 TOʻLIQ SUHBATNI KOʻRING 👍👍👍👍👍 TelegramYouTube | Facebook |
إظهار الكل...
#bilib_oling Namunaviy test savollari Oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik koʼrishni va bilimingizni sinovdan o‘tkazib borish uchun Tarix fanidan namunaviy 30 ta test topshiriqlari Boshqa fanlar: 01. Huquqshunoslik 02. Ona tili va adabiyot 03. O‘zbek tili  (ta’lim o‘zga tilda) 04. Русский язык и литература 05. Русский язык (обучение на другом языке) 06. Ingliz tili 07. Nemis tili 08. Fransuz tili 09. Matematika 10. Fizika 11. Biologiya 12. Kimyo 13. Geografiya P.S. Ushbu namunaviy test savollarini e'lon qilinishidan ko‘zlangan maqsad,  abituriyent o‘z ustida ishlab javoblarni topishi hamda savollar bilan tanishib, o‘zida ko‘nikma hosil qilish uchun berilgan. Qo'shimcha material Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari: 1.  Ona tili, Rus tili, Qoraqalpoq tili 2.  Matematika (o‘zb/rus) 3.  O‘zbekiston tarixi (o‘zb/rus) Javoblar varaqasi 👍👍👍👍👍 TelegramYouTube | Facebook |
إظهار الكل...
👍 4
#foydali Foydalanish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan test sinovlarida, abituriyent va talabgorlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasidan kelib chiqib beriladigan "Fizika fanidan asosiy formulalar” hamda “Fizik doimiylar va shartli belgilar” yordamchi material. ✅ Matematika fanidan asosiy formulalar"Kimyoviy elementlar davriy sizstemasi” va “Kimyoviy formulalar” 👍👍👍👍👍 TelegramYouTube | Facebook |
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#foydali_tahlil Namunaviy test topshiriqlari va ularning tahlili Fanlar nomi: 1.  Ona tili va adabiyot 2.  Русский язык и литература 3.  Ingliz tili 4.   Nemis tili 5.   Fransuz tili 6.   Matematika (o‘zb) 7. Matematika (rus) 8. Fizika (o‘zb) 9. Fizika (rus) 10. Kimyo (o‘zb) 11. Kimyo (rus) 12. Biologiya (o‘zb) 13. Biologiya (rus) 14. Geografiya (o‘zb) 15. Tarix (o‘zb) 16. Tarix (rus) Javoblar varaqasi namunasi P.S. Abituriyent savollar bilan tanishib, o‘zlarida ko‘nikma hosil qilish uchun berilgan. 👍👍👍👍👍 TelegramYouTube | Facebook |
إظهار الكل...
#qabul2024 Magistratura va doktorantura uchun tan olinadigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati ❌ O‘tgan yilgi buyruqda bo‘lgan quyidagi sertifikatlar ro‘yxatdan chiqarib yuborildi: Ingliz tili bo‘yicha ➖Test of English for International Communication (TOEIC)* Fransuz tili bo‘yichaTest de Connaissance du Francais (TCF) Itaylan tili bo‘yicha ➖Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) ➖Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS) Yapon tili bo‘yicha ➖Japanese Language Proficiency Test (JLPT) Nemis tili bo‘yicha ➖Deutsches Sprachdiplom (DSD II) Arab tili bo‘yicha ➖Al-Arabiya Test (The Arabic Language Proficiency Test E-TOAFL) 2024-yil 29-mayga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi. ℹ️ Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgan edi. 👍👍👍👍👍 TelegramYouTube | Facebook |
إظهار الكل...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Butunjahon konferensiyasida 1-iyun bolalarni himoya qilish kuni sifatida belgilangan bo‘lib, 1950-yildan boshlab bayram sifatida nishonlab kelinadi. Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda. Bilim va malakalarni baholash agentligi bugungi bayram munosabati bilan barcha bolajonlarimizni, ularning ota-onalarini, murabbiy va ustozlarini, qo‘yingki, butun xalqimizni samimiy tabriklaydi! 👍👍👍👍👍 TelegramYouTube | Facebook |
إظهار الكل...
👍 9
#qabul2024 Grantdagi oʻzgarishlar va 3-yil ishlab berishning bekor boʻlishi Abduvali Xoliqov grant kvotalarning oliy taʼlim muassasaalari kesimida emas, balki yoʻnalishlar kesimida taqsimlanishi qay tartibda amalga oshirilishini ham tushuntirib berdi. Bunday taqsimot bilimli abituriyentlarning yaxshiroq OTMlarda koʻproq taʼlim olishiga olib keladi. Shuningdek, talabalarga beriladigan grant ijtimoiy ragʻbatlantiruvchi va taʼlim granti turlariga ajratilmoqda. Ijtimoiy ragʻbatlantiruvchi taʼlim granti qonunchilikda belgilangan imtiyoz boʻyicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, shuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ajratiladi. Ular bu grantni to oʻqishni tugatguncha saqlab qoladi. Taʼlim granti esa umumiy kvota doirasida talabalikka qabul qilinadigan yoshlarga 1-yilga beriladi, keyingi yildan yana bilimli talabalarning oʻzlashtirishiga qarab taqsimlanadi. “Birinchi kursda grantga kirgan talaba keyingi yil kontraktda oʻqishi ham mumkin. Ular 4-yil toʻliq grantda oʻqimaganliklari sababli 3-yil ishlab berish majburiyati ham bekor boʻladi. Lekin maqsadli qabul asosida talaba boʻlganlar, turli tashkilotlarning buyurtmasi asosida talaba boʻladigan toifadagi yoshlarning koʻrsatilgan muddatda ishlab berish majburiyati saqlab qolinadi”, deb maʼlumot berdi Abduvali Xoliqov. Shuningdek, intervyuda qayd etilishicha, 3-yil ishlab berish talabi bekor boʻlishi 2024-yildan talabalikka qabul qilinadigan yoshlarga tegishli. Bu ayni paytda oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan talabalarga tegishli emas. Ularning boʻynida 3-yil ishlash talabi hali ham turibdi. 👍👍👍👍👍 TelegramYouTube | Facebook |
إظهار الكل...
👍 6
#qabul2024 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon bekor boʻldi Yana bir katta yangilik chet tili yoʻnalishlariga topshiruvchi abituriyentlarga aloqador. Maʼlumki, 8 ta OTMning chet tili birinchi mutaxassislik fan boʻlgan yoʻnalishlarida abituriyentlardan test emas, ijodiy imtihon olinardi. Bu yilgi qabulda mana shu OTMlarda ham ijodiy imtihon oʻrniga test boʻladi. Va bu OTMlarga topshiradigan abituriyentlar ham oʻtgan yildagi kabi faqat shu OTMlar doirasida emas, respublikadagi barcha OTMlardan oʻz yoʻnalishiga toʻgʻri kelgan 5tasini tanlashi mumkin boʻladi. 2024-yilda ushbu roʻyxatdagi OTMlarda ham boshqa chet tili yoʻnalishi bor OTMlar kabi test imtihoni oʻtkaziladi: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti; Samarqand davlat chet tillar instituti; Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; Toshkent davlat pedagogika universiteti; Qoʻqon davlat pedagogika instituti; Nukus davlat pedagogika instituti; Andijon davlat chet tillar instituti; Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar boʻyicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari. “Prezident farmonida 2025/2026 oʻquv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, deyilgan. Bu keyingi yildan chet tili birinchi fan boʻlgan barcha yoʻnalishlarga hujjat topshiruvchi abituriyentlar uchun sertifikat majburiy boʻlishini anglatadi. Agar keyinchalik qaysidir yoʻnalishga chet tili birinchi fanga aylantirilsa ham, shu yoʻnalishga topshiruvchi abituriyent uchun sertifikat talabi majburiy boʻladi. Bu haqida bir yil oldindan abituriyentlarni ogohlantiryapmiz: keyingi yildan chet tili birinchi fan boʻlgan yoʻnalishlarga topshiruvchi abituriyentlar hozirdan harakat boshlashi kerak”, deb tushuntirdi Abduvali Xoliqov.
إظهار الكل...
👍 10🎉 3🐳 1
20:01
Video unavailableShow in Telegram
#qabul2024 Ijodiy imtihonlarda, chet tili yoʻnalishlarida yangilik – Oliy taʼlim vazirligi masʼuli bilan suhbat
“Bu yilgi qabulda ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham 5 ta OTM tanlashi mumkin. Chet tilidan ijodiy imtihon boʻladigan 8 ta OTMda test boʻladi”.
Qabulga va yangi oʻquv yiliga oid muhim maʼlumotlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshligʻi Abduvali Xoliqov Kun.uz bilan suhbatda aytib oʻtdi. 👍👍👍👍👍 TelegramYouTube | Facebook |
إظهار الكل...