cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

مشاركات الإعلانات
1 187
المشتركون
-524 ساعات
-67 أيام
+19330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
❗️13 — 16-iyul kunlari yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning oltita viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kanalga ulanish:  @uzauz
إظهار الكل...
👍 10💯 2🤝 2
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
O‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kunga oshib bormoqda va bu juda quvonarli holat. Xususan, joriy yilda xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 8178 nafarga oshgani bunga yaqqol dalildir. Bu — shunchaki raqamlar emas, ular ortida jonkuyar ustozlarimizning ulkan mehnati yotibdi. Ishonamanki, ushbu statistika bundan keyin ham faqat yuqorilaydi, keyingi yilda bundan ham balandroq natijalar qayd etamiz.
إظهار الكل...
🤝 5👏 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 ❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI? ❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra: ➖Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida; ➖Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida; ➖Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 10🤝 4
Photo unavailableShow in Telegram
#Ijod_maktabi #Ijodiy parvoz "Ishonch" gazetasining 2024-yil 11-iyuldagi 84-89-sonlarida respublika yosh ijodkorlarining  "Zomin-2024" seminari ishtirokchilari qalamiga mansub ijodiy ishlarni mutolaa qilishingiz mumkin. Quvonarlisi, ijod maktablari o'quvchilari qatorida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Mashxura Umaraliyevaning she'ri ham chop etildi.
إظهار الكل...
5👍 4😍 1
Repost from ZAMON | RASMIY
01:33
Video unavailableShow in Telegram
09:00  11.07.2024 TEZKOR XABAR 1 #Toshkent muxbir: Sohiba Akromovaa https://t.me/zamon_lavhalar
إظهار الكل...
1 Sohiba.m4v7.03 MB
👍 12👏 1
#OAV_biz_haqimizda ⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun tashkil etilgan kirish imtihonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi: Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi jarayonlari – Namangan viloyati Oʻzbekiston 24 | Tayanch ixtisoslashgan maktablarga kirish imtihonlariOʻzbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlariO‘zbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlariO‘zbekiston 24 | Вступительные экзамены в Президентские школыO‘zbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi UzA | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi UzA | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi – Surxondaryo viloyati UzA | Imtihonlar adolatli va shaffof tashkil etildi – Buxoro viloyati UzA | Eng iqtidorli o‘quvchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi ⏺ UzA | Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqdaUzA | Ijod maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildiQaraqalpaqstan MTRK | Prezident mekteplerine kiriw imtixanlardıń 1-basqıshı bolıp óttiSamarqand MTRK | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda Xorazm MTRK | Prezident maktabi uchun test sinovlari Jizzax MTRK | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun test sinovlari yakuniga yetdi Toshkent | Вступительные экзамены в спецшколы Toshkent | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Toshkent | Prezident maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildi Toshkent | Первый этап экзаменов пройден ⏺ Sevimli | Ijod maktablariga kirish imtihonlari ⏺ Mening yurtim | Ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar davom etmoqda – Fargʻona viloyati ⏺ Daryo.uz | Prezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun qancha ariza kelib tushgani ochiqlandi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 7💯 2
Repost from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar! Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi. Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi. Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi. Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz. Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz! Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz. Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman. Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
إظهار الكل...
🏆 4👏 2👍 1
Anketa-ariza.docx0.13 KB
👏 4
Photo unavailableShow in Telegram
❤️‍🔥 DIQQAT! ❤️‍🔥 YOSh IJODKORLAR UCHUN YANA BIR TANLOV! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 02.02.2022 yildagi PQ-112-son qaroriga asosan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi yosh ijodkorlar o‘rtasida 🎨“Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovini eʼlon qiladi. ⌛ Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tasviriy sanʼat yo‘nalishi (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) bo‘yicha yaratilgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin. 🗣Tanlov quyidagi yosh toifalari bo‘yicha o‘tkaziladi: 🗣 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar;  🗣 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar; 🗣18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar. ✔️Tanlovga bitta ishtirokchi tomonidan yaratilgan 1 (bir) dona ijodiy ish taqdim etiladi. ✔️Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi: ✔️ birinchi bosqich - viloyat bosqichi: 1-avgustdan 20-avgustga qadar Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlari tomonidan tashkil etiladi; ✔️ ikkinchi bosqich - respublika bosqichi: sentabr oyida respublika Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi. 🫥 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar arizalari 2024-yilning e’lon qilingan kunidan boshlab 1-avgustga qadar Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi. 🫥 Tanlovning respublika bosqichi uchun ijodiy ishlar tegishli hujjatlar bilan birgalikda joriy yilning 1-sentyabriga qadar Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 37/A-uy manzilida joylashgan Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi binosida qabul qilinadi. ☎️ Telefon: (71) 252-74-73 ↖️ Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon: (+99871) 232-06-75 ↖️Quyida  “Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovi Nizomi va Anketasi taqdim etilmoqda. Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
إظهار الكل...
👍 6
“Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovi Nizomi.PDF4.25 MB
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.