cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati

Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy telegram sahifasi✅

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
640
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+457 أيام
+5130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#Live 🔴 Ayni damda Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda. 👉 Tadbirni jonli efirda kuzating. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Repost from “Yosh kitobxon” INFO
Photo unavailableShow in Telegram
Shoshiling, atigi 4 kun qoldi 📕Oramizda kitobxon oilalar bormi? “Yosh kitobxon oila” tanloviga ariza topshirish uchun bor-yo’g’i 4 kun qoldi. 📝Hoziroq @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting. Turmush o‘rtog‘ingiz bilan kitob o‘qing va oila byudjetini 100 millionga to‘ldiring! https://t.me/yoshkitobxonuz
إظهار الكل...
Repost from Hayot davomida o‘qish
2030 yilga kelib paydo bo‘ladigan yangi kasblar
🌐 Kelajakka nazar tashlashni va kelgusida qanday kasblar paydo bo‘lishi mumkinligini bilmoqchimisiz? U holda ilgari IBM injeneri bo‘lgan va hozirda Da Vinchi instituti ijrochi direktori bo‘lgan Tomas Frey tuzgan ro‘yxat bilan tanishing.
🔹 Kvant hisob-kitoblar bilan shug‘ullanuvchi (Brain Quants) — birja savdolari uchun murakkab matematik uslublardan foydalanuvchi mutaxassis. Batafsil 👉 🌐 Malaka oshirish|CPD_official
إظهار الكل...

#Jarayon #Yakuniy_davlat_attestatsiya Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-sinf o'quvchilari uchun Ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari bo'lib o'tmoqda. Imtihon jarayoni 9:00 da boshlandi va 9:30 da yakunlanadi. Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati rasmiy sahifalariga ulanish ⬇️ Telegram  /  Instagram  /  Facebook
إظهار الكل...
👏 5👍 2🔥 1
#Farg‘ona_shahar_1_IMI #Yil_sarhisobi 2023-2024-o'quv yilida biz erishgan yutuqlar: ✅ "LIDER O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASI": 1. Turg‘unboyev Ilhomjon- biologiya fanidan viloyat bosqichida 1-o‘rin; 2. Xatamova Maftuna - kimyo fanidan viloyat bosqichida 2-o‘rin. ✅ Xorijiy ta'lim tashkilotlarining tanlovlari: 1.  Teshaboyev Abdubannob – Ingliz tilidan 7-sinflar uchun fizika fani darsligini o‘zbek tiliga tarjima qildi. 2.  Rasulov Qaxramon– Ingliz tilidan 7-sinflar uchun fizika fani darsligini o‘zbek tiliga umumta’lim maktablari uchun tarjima qildi. ✅ XALQARO IQTISOD fan olimpiadasi: 1.  Xolmirzayev Akmal– 9-sinf o‘quvchisi Xalqaro iqtisod olimpiadasi Respublika bosqichida 9-o‘rin; AL-XORAZMIY fan olimpiadasi: 1.  Isroilov Muhammadumar – 8-sinflar o'rtasida kimyo fanidan olimpiadaning viloyat bosqichida 2-o‘rin; 2.  Yoqubjonova Farzona – 8-sinflar o'rtasida kimyo fanidan olimpiadaning viloyat bosqichida 3-o‘rin; ✅ Fan olimpiadalari: 1.  Mullajonov Kamronmirzo – ingliz tili fanidan olimpiadaning viloyat bosqichida 11-sinflar o'rtasida 1-o‘rin; 2.  Husanova Odina - biologiya fanidan olimpiadaning viloyat bosqichida 10-sinf o'rtasida 1-o‘rin; 3.  Akramova Zeboxon – ingliz tili fanidan olimpiadaning viloyat bosqichida 10-sinflar o'rtasida 4-o‘rin; 4.  Abdullayev Sardor-  matematika fanidan olimpiadaning viloyat bosqichida 9-sinflar o'rtasida 4-o‘rin; 5.  Oybekova Gulshoda  – STEM fanlari olimpiadasining viloyat bosqichida biologiya fanidan  3-o‘rin, Respublika bosqichida 7-o‘rin. 6.Husanova Odina  – STEM fanlari olimpiadasining viloyat bosqichida biologiya fanidan  3-o‘rin, Respublika bosqichida 8-o‘rin.  7. Axmadov Abdulboriy  – STEM fanlari olimpiadasining viloyat bosqichida matematika fanidan  1-o‘rin, Respublika bosqichida 5-o‘rin. 8. Alijonov Zikirillo – STEM fanlari olimpiadasining viloyat bosqichida matematika fanidan  2-o‘rin, Respublika bosqichida 9-o‘rin. 9. Abdulaxatov Bexruz – STEM fanlari olimpiadasining viloyat bosqichida matematika fanidan  3-o‘rin, Respublika bosqichida 12-o‘rin. 10.  Alijonov Zikirillo – XALQARO INFORMATIKA olimpiadasining viloyat bosqichida 2-o‘rin, Respublika bosqichida 19-o‘rin. 11. Abdullaxatov Bexruz – XALQARO INFORMATIKA olimpiadasining viloyat bosqichida 3-o‘rin. 12. Abdullayev Bexruz – XALQARO INFORMATIKA olimpiadasining viloyat bosqichida 3-o‘rin 13.  5-sinlari o‘rtasida matematika fanidan "Prokuror sovrini" tanlovida 1-o‘rin - Akbaraliyev Muhammaddiyor. 2-o‘rin - Muhammadsoliyev Muhammadyusuf. 3-o‘rin - Anvarov Murtozbek. 14.  5-sinfdan 40 nafar o‘quvchilar Kengaroo, 6-7-sinflardan 15 nafar Hippo tanlovlarda qatnashib, sertifikatlarga ega bo‘ldilar. ✅ Besh tashabbus: 1.  9-sinf o‘quvchisi Oybekova Gulshoda  oilasi bilan “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rin. 2.  8-sinf o‘quvchisi Olimov Hojiakbar "Yoshlar ovozi" tanlovining Opera yo‘nalishida viloyat bosqichida 2-o‘rin. ✅ Boshqa tanlovlar: "ZAKOVAT INTELEKTUAL O‘YINI"- Farg‘ona shahar 1-IMI "ERUDIT" jamoasi viloyat bosqichida 1-o‘rinni egalladi.
إظهار الكل...
👍 20🤩 8🔥 3👏 1
03:34
Video unavailableShow in Telegram
#Farg'ona_shahar_1_son_IMI #hayr_maktab Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bitiruvchilar hayotida unutilmas shodiyona sifatida tashkil etildi. Maktab-internati direktori Ixtiyor Zufarovich Prezidentimizning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib, eshittirdi hamda bitiruvchilarga, ustozlarga samimiy dil so‘zlarini bildirdi. Bir guruh faol o‘qituvchi va o‘quvchilar faxriy yorliq va tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Ma'lumot o'rnida, 576 o'ringa mo'ljallangan mazkur maktabni bu yil 108 nafar 11-sinf o'quvchilari bitirdi. Bugungi kunga kelib 11-sinf o'quvchilarimizning barchasi chet tilidan tegishli sertifikatga egadir! ✍️ Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati MATBUOT XIZMATI ✨ Bizni kuzatishda davom eting!
إظهار الكل...
👍 13 5🤩 2👏 1
#Farg'ona_shahar_1_son_IMI #hayr_maktab JARANGLAYDI SO’NGI QO’NG’IROQ Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bitiruvchilar hayotida unutilmas shodiyona sifatida tashkil etildi. Maktab-internati direktori Ixtiyor Zufarovich Prezidentimizning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib, eshittirdi hamda bitiruvchilarga, ustozlarga samimiy dil so‘zlarini bildirdi. Bir guruh faol o‘qituvchi va o‘quvchilar faxriy yorliq va tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Ma'lumot o'rnida, 576 o'ringa mo'ljallangan mazkur maktabni bu yil 108 nafar 11-sinf o'quvchilari bitirdi. Bugungi kunga kelib 11-sinf o'quvchilarimizning barchasi chet tilidan tegishli sertifikatga egadir! ✍️ Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati MATBUOT XIZMATI ✨ Bizni kuzatishda davom eting!
إظهار الكل...
🔥 7👍 4 4🤩 2👏 1
01:33
Video unavailableShow in Telegram
#Farmon_ijrosi_amalda #Akademik_bilan_muloqot AKADEMIK SOATI DAVOM ETMOQDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-55-sonli Farmon ijrosi doirasida Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi, O'zbekiston Qaxramoni Shavkat Ayupov bilan uchrashuv tashkil qilindi. ✍️ Farg'ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati MATBUOT XIZMATI ✨ Bizni kuzatishda davom eting!
إظهار الكل...
👍 2🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Тезкор #Расман ⚡️Ўзбекистонда энди абитуриентлар аввал тест топширади, кейин ОТМни танлайди. 2024/2025-йиллардан бошлаб олий ўқув юртлари, коллеж ва техникумлар учун имтиҳонлар “аввал тест, сўнг танлов” тамойили бўйича ўтказилади. Қабул тартиби: • 5-июнь - 25-июнь: ҳужжатларни топшириш; • Июль - август: имтиҳонлар • 15 кун ичида: ОТМни танлаш (Фарғона 24 каналига қўшилинг👇) https://telegram.me/+LoWNAfX7elUyMDgy
إظهار الكل...
👏 1
Repost from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar, Aziz maktab bitiruvchilari!   Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi. Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz. Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman. Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang. Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin! Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.   Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri  
إظهار الكل...
👏 2🔥 1