cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Медицина

РСНПМЦЭ ординатори Насимов Хусан Илхомовичнинг шахсий тиббиётга оид блоги Feedback: @dj_secret Дискуссия учун группа: https://t.me/+puySCNBbP3hmMDRi

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 005
المشتركون
+124 ساعات
-27 أيام
-1430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
"Metabolik xotira" nima va uning klinik ahamiyati Metabolik xotira (aniqroq aytganda vaskulyar glikemik xotira) dorilar bilan glikemik nazoratga erishilgandan keyin ham diabet asoratlari rivojlanishda davom etishini anglatadigan fenomen. Metabolik xotira diabet mavjud bemorlarda erta davrlardayoq kompensatsiya qilinmagan giperglikemiyaning keyinchalik glukoza miqdori norma bo'lgan taqdirda ham uzoq muddatli salbiy tasirlarini izohlaydi. ("meros effekt" deb ham nomalanadi) Metabolik xotira mexanizmini qisqacha qilib aytganda oksidlovchi stressning biokimyoviy oqibatlari va to'qimalar (qon tomir va nishon azolar) da glikirlanishning yakuniy mahsulotlari (glikotoksinlar) to'planishi natijasida rivojlanadigan epigenetik o'zgarishlar (DNK dagi o'zgarishlar) bilan tushintirish mumkin Xulosa qilganda, vaqtida aniqlanib ertaroq intensiv terapiya boshlangan bemorlarda keyinchalik diabetning mikro va makrovaskulyar asoratlari rivojlanish ehtimoli past bo'ladi @toshkent_tibbiyot
إظهار الكل...
1:51:36
Video unavailableShow in Telegram
172 kun, romance/drama, 1080 HD (2023, uzbekcha tarjima) Yigitlar ham qizlar ham o'rnak olsa bo'ladigan, din va romantika mujassamlashgan ajoyib kino ekan, tavsiya qilaman, vaqtga achinmaysiz! https://t.me/+IsM048_zj91iZWUy
إظهار الكل...
172.Days.2024.1080p.NF.WEB-DL.AAC2.0.H.264.Quickie4u (1).mkv2931.46 MB
إظهار الكل...
RETRO MUSIC uz

Kanal sizga yuqori sifatli va tanlangan retro taronalarni taqdim etadi (diqqat kanalga har kuni post joylab borilmaydi va musiqalar adminning didiga ko'ragina tanlanadi !) Feedback: @dj_secret Taklif qilish uchun havola:

https://t.me/+OdRvMZ-uIX1iODVi

Va albatta har yili 25-may "World thyroid awareness day" shu she'rni o'qishga mahkumsizlar :)
إظهار الكل...
Ятроген_гипотиреоз_Хусан_Илхомович_1.pdf1.71 KB
Photo unavailableShow in Telegram
Ushbu kunga qalqonsimon bez kasalliklari haqida malumot berish orqali xushyorlikni oshirishga hissamni qo'shmoqchiman. Quyidagi botni buqog'ida muammosi bor yoki IQ darajasi toboro pasayib borayotgan tanishlarga jo'natib qo'ying :) Bot manzili: @online_endokrinolog_bot
إظهار الكل...
Uyqu va salomatlik Yuqoridagi so'rovnomada qatnashganlarning 47% qismi 7 soatdan kam uyquga ega va 32% qismi 00:00 dan keyin uyquga ketar ekan. Umuman uyqu yetishmovchiligi nima va uning inson organizmiga salbiy tasirlari haqida qisqacha aytib o'taman: Surunkali uyqusizlik (insomnia)- Adekvat uxlash sharoitidan qat'iy nazar 1 oydan kam bo'lmagan, uyqu boshlanishi, davomiyligi, mustahkamligi yoki sifatidagi buzilishlarni anglatadi. (AASM guideline) Aynan insonning kunduzgi faoliyatga salbiy tasir qiladigan uyqu davomiyligi yani muddatidagi yetishmovchilik uyqu yetishmovchiligi deb atalatadi. Sog'lom,katta yoshli odam uchun normal uyqu vaqti eng kamida 7 soatni tashkil etadi. (Pubmed) Surunkali uyqu yetishmovchiligi oqibatida quyidagi gormonlar sirkad ritmi buziladi: (Keyingi maqolalarda to'liqroq to'xtalib o'tishga harakat qilaman) 1) O'sish gormoni 2) Kortizol 3) Testosteron 4) Insulin 5) Leptin va grelin 6) Melatonin Surunkali uyqu yetishmovchiligi oqibatlari: - Kunduzgi charchoq yoki energiya kamligi - Asabiylashish va depressiya - Kognitiv buzilishlar: diqqatni jamlash, xotira va qaror qabul qilishdagi chuqur o'zgarishlar - Samaradorlik va motivatsiya pasayishi - Kechki oqibatlar: metabolik sindrom, semizlik, qandli diabet va yurak qon tomir kasalliklari xavfi ortishi ❗️Uyqu yetishmovchiligi va gigiyenasini yaxshilash maqsadida, yuqoridagi so'rovnomada 7 soatdan kam va 00:00 dan keyin uxlovchilar uchun "challange" e'lon qilmoqchiman, uyqu haqida ko'proq o'rganish va shu orqali uyqu rejimimizni to'g'irlashga birgalikda harakat qilamiz, challangeda qatnashmoqchi bo'lganlar quyidagi ssilka orqali maxsus guruhga qo'shilib olishlari mumkin: https://t.me/+W2eAlF2e9LQyZGY6 @toshkent_tibbiyot
إظهار الكل...
Hayot so'qmog'ini oralab Sal kam yetmishniyam qoralab Chorladim o'g'limni yonimga Nasihatlarimni saralab.... Dilbandim, quloq sol so'zimga Tomchidek o'xshaysan o'zimga Ko'nglingni ishini so'rayin Javob ber tik qarab ko'zimga Yoshing ham o'ttizga boryapti Otangni madori tolyapti Ko'ngilga tugganing bormidi? "Uylash" jaa orqada qolyapti Shuncha vaqt boshimni egmading Nobakor yo'llarga kirmading Sandayam ko'ngil bor, aytaqol "Qaysi"ni qulog'in tishlading? Qorami, mallami, kaltami Yo bo'yi sandanam kattami Tanloving saniki, jon bolam Ishqilib "bo'yyetgan" paytdami? Urismi, tatarmi millati Yetarli, bo'lmasa illati "Surati" emasdir ustivor Qiymatin ziynati siyrati Ismini aytsang bas, bo'lgani Onang bilan boramiz ko'rgani Uzoqdan bo'lsayam mayliga Muhumi yurakdan urgani! Bizlaram to'y ko'rsak deymizda Jigarim g'amingni yeymizda Manzilni aytganing zaxoti Sovchimiz Toshkanmi Termizda Suyganing bo'lmasa kuyunma Ollohim berishi qiyinmi Odamlar gapini qo'yaver Nasibda hozirmi, keyinmi! DJSEKRET (17.05.2024)
إظهار الكل...
❤️
O'rtacha hisobda kuniga nechi soat uxlaysiz?Anonymous voting
  • 5 soatdan kam
  • 5 soat
  • 6 soat
  • 7 soat
  • 8 soat
  • 8 soatdan ko'p
0 votes
Odatda soat nechida uyquga ketasiz?Anonymous voting
  • 22:00 gacha
  • 23:00 gacha
  • 00:00 gacha
  • 01:00 gacha
  • 02:00 gacha
  • 03:00 gacha
0 votes