cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi rasmiy telegram kanali

Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablari faoliyati to'g'risidagi yangiliklar Yangiliklar: 👉 @samarkandbabm Murojaat: 👉 @Nazarova_Feruzabot https://www.facebook.com/groups/samarkandbarkamolavlod/?ref=share

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
298
المشتركون
-324 ساعات
+37 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari! Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi Sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan qizgʻin muborakbod etadi. Oʻz isteʼdodi, ijodi, oʻtkir qalami va soʻzi bilan milliy jurnalistikamiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotganingiz, xususan, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi fidokorona mehnatingiz eʼtirof va eʼzozga loyiq. Qadrli jurnalistlar! Mamlakatimizda izchil davom etib kelayotgan ochiqlik siyosati rivojidagi sharafli kasb yoʻlingiz doimo muvaffaqiyatli boʻlishini tilab qolamiz. Kasb bayramingiz muborak boʻlsin! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик Поздравление работникам печати и средств массовой информации Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🎉 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Jamiyat rivoji uchun tinimsiz mehnat qiluvchi adolat elchilarini yana bir e'tirof etishga sababchi sanadir. 🙋 O'zbekiston yoshlarining bugungi kuni, muammolari, mamlakatimizda sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma'lumotlar yetkazish bo'yicha fidokorona mehnatingizni yuksak qadrlaymiz. 🇺🇿  Bugungi bayram bilan barcha matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, ularga keyingi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilaydi! #oavhodimlarikuni #kasbbayrami
إظهار الكل...
#Giyohvandlik_umr_zavoli #TOYLOQ_tuman_BABM 🚭 Bugun Toyloq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida "26-iyun  -  Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan rasmlar tanlovi tashkil etildi. 📌 Rasmlar tanlovi "Barkamol avlod" bolalar maktabining to'garak a'zolari tomonidan "GIYOHVANDLIK  - UMR ZAVOLI" mavzusida tashkil qilinib, "Giyohvandlik inson salomatligi uchun o‘ta xavfli illat ekanligi hamda insonni mustahkam sog‘lik va jismoniy barkamollikka ega bo‘lishida to‘sqinlik qilishi hech birimizga sir emasligi" to‘g‘risida ta'kidlab o‘tildi.‌‌ ✅ Rasm tanlovini tashkil qilishdan maqsad, o‘sib kelayotgan yosh avlodni bunday zararli illatlardan ogoh bo‘lishi hamda kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida tushuncha berishdan iborat. © Toyloq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
إظهار الكل...
👍 4 1
#E'tirof #Samarqand_viloyat_MMTB 📝 Bugun Samarqand viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Eshonkulov tomonidan "27-iyun -Matbuot xizmati xodimlari kuni" munosabati bilan Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi Matbuot xizmati xodimi Ne'matova Salomat Urinovna ham taqdirlandi. 🎊 E'tirof va e'tibor uchun Samarqand viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
إظهار الكل...
👏 6👍 1
#Giyohvandlik_umr_zavoli #Samarqand_viloyat_BABM 🚭 Bugun Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida "26-iyun  -  Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etildi. 📌 Davra suhbati Samarqand viloyat ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filalining shifokor-narkologi Djalilova Gulchehra Mustafayevna tomonidan "GIYOHVANDLIK  - UMR ZAVOLI" mavzusida tashkil qilinib, "Giyohvandlik inson salomatligi uchun o‘ta xavfli illat ekanligi hamda insonni mustahkam sog‘lik va jismoniy barkamollikka ega bo‘lishida to‘sqinlik qilishi hech birimizga sir emasligi" to‘g‘risida o‘z fikrlarini ta'kidlab o‘tdi.‌‌ ✅ Davra suhbatini tashkil qilishdan maqsad, o‘sib kelayotgan yosh avlodni bunday zararli illatlardan ogoh bo‘lishi hamda kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida tushuncha berishdan iborat. 📣Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram |Facebook |Instagram| Youtube   
إظهار الكل...
👍 7
"TOGʻ TURIZMI" MUSOBAQASI O‘TKAZILDI ▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Jizzax viloyati, Baxmal tumanida “Togʻ turizmi” musobaqasi boʻlib oʻtdi. 🔵Musobaqa davomida barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak a’zolari quyidagi shartlar asosida ishtirok etishdi: ✅Velosipedda turli shartlar bajarish, Tabiiy yoki sun’iy toʻsiqlarga oʻrnatilgan texnik bosqichlarga toʻla qisqa masofani bosib oʻtish, Alpinizm texnikasi asosida tirmashib chiqish, Chodir oʻrnatish, Minerallar va oʻsimliklar nomini aytish. ❗️Ushbu musobaqada 3 mingdan ziyod oʻquvchi-yoshlar qamrab olindi. ✔️Tadbir kuy-qo'shiqlar va iqtidorli yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlarga boy holda o‘tdi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
إظهار الكل...
👍 2
#Togʻ_turizmi “TOGʻ TURIZMI” MUSOBAQASINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBLARI ANIQLANDI! ✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan “Togʻ turizmi” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi. Ular bilan quyida tanishing: 🥇1-oʻrin: Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Lochinlar” jamoasi; 🥈2-oʻrin: Toshkent viloyati, Ohangaron tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Dovyurak” jamoasi; 🥉3-oʻrin: Samarqand viloyati, Ishtixon tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Zarafshon” jamoasi. 🎁G‘olib jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 👏 G'oliblarni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz! 👍👍👍👍👍👍 ⬇️Bizni kuzatib boring! Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
إظهار الكل...
👍 1
#MAHORAT_MASHG‘ULOTI #TAEKWONDO 🔰Bugun Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida Samarqand viloyatidagi "TAEKWONDO WT" yo‘nalishidagi murabbiylar uchun mahorat mashg‘uloti tashkil etildi. 🥋 Mahorat mashg‘uloti Xalqaro toifadagi qora belbog‘ sohibi, katta murabbiy Li Aleksandr tomonidan "TAEKWONDODA QO‘L ZARBALARI VA HIMOYA HARAKATLARI" mavzusida tashkil etilib, amaliy mashg‘ulot jarayonida hakamlikdagi eng muhim qoidalar hamda zarbalarni to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon qildi. ✅ Mahorat mashg‘ulotini tashkil etishdan maqsad, murabbiylar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda ularni sportga bo‘lgan mahoratini yanada oshirishdan iborat. ☝️ZERO, SOG‘ TANDA-SOG‘LOM AQL! 📣 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram |Facebook |Instagram| Youtube   
إظهار الكل...
👍 1
#Natijalar_gapirsin #Samarqand_viloyat_BABM ✅ Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabiningIngliz tili” to’garak a’zolari  Muqaddas Abasova hamda Yasmina Salohiddinovalar "Ingliz tili" fani bo’yicha  o’tkazilgan MULTILEVEL imtihonidan muvaffaqiyatli o’tib, umumta'lim maktabida "Ingliz tili" fanidan olinadigan imtihonlardan ozod bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 🎊To‘garak a'zolarimiz M.Abasova hamda Y.Salohiddinovalarga kelgusi o‘qishlarida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz! ☝️Eslatib o‘tamiz, to‘garak a'zolarimiz "Ingliz tili" fani bo‘yicha o‘tkazilgan imtihondan B1 darajasini qo‘lga kiritdi. 📣Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram |Facebook |Instagram| Youtube   
إظهار الكل...
👍 4
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.