𝓢𝓪𝓱𝓲𝓯𝓪𝓶🦢
الذهاب إلى القناة على Telegram
بسم الله الرحمن الرحيم 𝑺𝒐𝒌𝒊𝒏𝒍𝒊𝒌 𝒊𝒔𝒕𝒂𝒈𝒂𝒏 𝒒𝒂𝒍𝒃𝒍𝒂𝒓 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏...🤍 •м о й м а л е н ь к и й м и р🪐🦢
إظهار المزيد402
المشتركون
-324 ساعات
-117 أيام
-2530 أيام
أرشيف المشاركات
402
Arafa kuni aytiladigan eng yaxshi duo !
–Rasululloh ﷺ aytdilar: «Duoning eng yaxshisi arafa kunida qilingan duodir.Men va mendan ilgari oʻtgan paygʻambarlar duoda aytgan eng yaxshi soʻzlari :
لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
–«Ла илаҳа иллаллоҳу ваҳдаҳу ла шарийка лаҳу, лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду ва ҳува ала кулли шайин қодийр»
–Allohdan oʻzga iloh yoʻq. U yolgʻiz sheriksiz. Mulk ham , hamd ham Uniki va U barcha narsaga qodir.
(Imom Termiziy rivoyati)
402
Nima uchun kelgan bo’lsang, o’sha uchun yasha!
Shu birgina so’z ham qalbi ochiq inson uchun hidoyat kaliti bo’la oladi.
Biz insonlar bu dunyoga nima uchun kelganmiz?!
Yeb ichib, yotib, oila qurib, o’zimizdan nasl qoldirish uchunmi?
Mol mulk to’plab faqat bu dunyoga manfaat beruvchi narsalarga sarflash uchunmi?
Bo’ldimi?
Bor yog’i shumi?
Yeb ichib, yotib, nasil qoldirishni hayvonlar ham qila oladi axir..
Lekin inson aslida nima uchun yaralgan?
Musulmonlarning kitobi,
Allohning kalomi Qur’onga yuzlanamiz..
Men jin va insonni O'zimga ibodat qilishlari uchungina
yaratdim.
(Zoriyot, 56.)
Nima uchun yaralgan bo’lsak, o’sha uchun yashash vaqti keldi birodarlar…
Birinchi ibodat Namozdir..
İlm olish,
Allohga taqvo qilish,
shukr keltirish va tavba qilish,
Robbni qalban his qilish,
Uning mehrini his qilish bilan birga g’azabidan qo’rqish,
insonlarga yaxshilik qilish,
sizga nisbatan qilingan nohaqliklarni kechirish bular bari ibodatning bir ko’rinishidir..
Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.
(Anbiyo, 35)
Dunyo amal diyoridir.
Oxirat esa jazo va mukofot diyori..
Kim bu dunyoda amal qilmasa,
U dunyoda nadomat chekadi..
İmom Ahmad
Qaytish esa faqat Allohga!
Qayerda bo'lsangiz ham, hattoki mustahkam qal'alarda bo'lsangiz ham, o'lim sizni topadir.
(Niso, 78)
Bir kun barcha boradi Allohning huzuriga.
Biroq Allohga qaytish bilan Allohga o’z vaqtida qaytishning juda katta farqi bor.
Allohning huzuriga bormasingizdan avval Allohga qayting!
İlm oling, Robbingizni taning!
O’qing, o’rganing!
Dunyoviy bilimlarga qo’shib, shariiy ilmni o’rganish ham farzdir!
Allohni tanimas ekansiz, shuni bilib qo’ying!
O’zingizni, O’zligingizni aslo topa olmaysiz..
#motivatsiya📍
402
Ba’zan eng ko’p gaplashmoqchi bolgan insoning uchun mavzu topilmaydi, Ammo u bilan o’tkan sukut ham maroqli...)
