cookie

ู†ุญู† ู†ุณุชุฎุฏู… ู…ู„ูุงุช ุชุนุฑูŠู ุงู„ุงุฑุชุจุงุท ู„ุชุญุณูŠู† ุชุฌุฑุจุฉ ุงู„ุชุตูุญ ุงู„ุฎุงุตุฉ ุจูƒ. ุจุงู„ู†ู‚ุฑ ุนู„ู‰ "ู‚ุจูˆู„ ุงู„ูƒู„"ุŒ ุฃู†ุช ุชูˆุงูู‚ ุนู„ู‰ ุงุณุชุฎุฏุงู… ู…ู„ูุงุช ุชุนุฑูŠู ุงู„ุงุฑุชุจุงุท.

avatar

๐Ÿ•Š ๐‘ฉ๐’Š๐’“๐’ˆ๐’‚๐’๐’Š๐’Œ๐’…๐’‚ ๐‘บ๐’‚๐’Ž๐’๐’๐’‚๐’“๐’ˆ๐’‚ ๐Ÿ•Š

Tanimaysiz, balki bilmaysiz meni Sizni taklif qilay ko'nglim qariga U yerda mashhurman istasam neni Qilarman, qurbim ham yetar bariga ยฉ Yasemin.. Murojaat uchun: @MurodovnaM_aloqabot

ุฅุธู‡ุงุฑ ุงู„ู…ุฒูŠุฏ
Tajikistan5 112ู„ู… ูŠุชู… ุชุญุฏูŠุฏ ุงู„ู„ุบุฉุงู„ูƒุชุจ22 952
ู…ุดุงุฑูƒุงุช ุงู„ุฅุนู„ุงู†ุงุช
144
ุงู„ู…ุดุชุฑูƒูˆู†
ู„ุง ุชูˆุฌุฏ ุจูŠุงู†ุงุช24 ุณุงุนุงุช
+197 ุฃูŠุงู…
+3130 ุฃูŠุงู…

ุฌุงุฑูŠ ุชุญู…ูŠู„ ุงู„ุจูŠุงู†ุงุช...

ู…ุนุฏู„ ู†ู…ูˆ ุงู„ู…ุดุชุฑูƒ

ุฌุงุฑูŠ ุชุญู…ูŠู„ ุงู„ุจูŠุงู†ุงุช...

Garderob juda ham katta va keng, shunga yarasha uning ichidagi liboslar chiroq yog'dusida tovlanib jonni olaman derdi. Safinozga qora va qizil ranglar yoqadi. Mohlaroyga esa pushti va oq. Ilgichlarda turli xil fason va ranglardagi hashamatli toshlar bilan bezatilgan liboslarning yuz xilini topish mumkin edi. Ikki dugona har bir rangdagi liboslarni alohida ko'rib chiqardi. Unisi bo'lmasa bunisi, bunisi bo'lmasa unisi.. โ€”ย  Xo'sh? Qara, senga yoqdimi? โ€” nihoyat juda ko'p urinishlardan so'ng qo'liga kelib tushgan oppoq rangli, toshlar bilan bezatilgan nafis libosni Mohlaroyga kiyib chiqishni buyurar ekan, qiz kiyinish xonasidan chiqqach, Safinoz dugonasidan ko'z uzolmay qoldi. ย ย  Tan olish kerakki, Mohlaroyning o'zi ham juda chiroyli, bo'ylari uzun, go'zal qiz edi. Yuzi sutga chayilgandek oppoq, sochlari kashtan rangda bo'lib, beligacha tushardi. Egnidagi libos esa uni yanada go'zallashtirib yuborgandi. โ€”ย  Bu meni eng sevgan ko'ylagim.. โ€”ย  uzun oyna qarshisiga kelib aksiga tikilarkan, mayin tabassum qildi qiz. โ€”ย  Demak, senga libos yoqdi, to'g'rimi? โ€”ย  Albatta. โ€”ย  Juda soz! Ziyofatga shu ko'ylakda borasan.. Yana... Sochlaringni ham nimadir qilishimiz kerak... Pardoz-andoz degandek.. Xo'p.. Ishimiz hali yetarlicha ekan.. Egningdagini o'zgartirib chiq. Sen bilan salonga boramiz... Shoshma, seni bir rasmga olay.... Ana bo'ldi, endi yugur... โ€” deya dugonasini kiyinish xonasiga kirgizib yubordi. ย ย  Mohlaroy chiqqunga qadar o'zi professional deb bilgan stilistiga qo'ng'iroq qilib hozir borishlarini aytib ogohlantirib qo'ydi. Ikki qiz Komila xonimga qayerga ketishayotganliklarini aytib tashqariga chiqib ketishdi. Safinozda shaxsiy mashina bor bo'lib, dugonasiga old o'rindiq eshigini ochib o'tirishiga ishora qildi. โ€” Aeroportga bormaysanmi? Isfandiyor seni ko'rib xursand bo'lsa kerak? โ€” Menimcha unday bo'lmaydi. โ€” dedi u tund qiyofada. โ€” Nega? Axir, uni do'stisan. Sevishing haqida bilmaydi-ku, to'g'rimi? Necha yildan beri Amerikada edi, oradan ancha o'tib uchrashasiz. โ€” Bu haqida Nozima kelinoyim unga aytgan ekanlar.. โ€” past ovozda gapirdi. โ€” Ya'ni? โ€” Safinoz yo'ldan ko'zini uzib Mohlaroyga nigoh tashladi. โ€” Nima desam ekan-a, senga? Xullas, u Amerikadaligida amakimlarnikiga tez-tez borib turardim. Oilaviy do'st edik-ku, o'shanda.. bilmay.. aytib qo'ygandim.. โ€” Kimga? Nozima kelinoyingga Isfandiyorni yaxshi ko'raman deb aytganmiding? โ€” ko'zlari sakkizta bo'lib so'radi qiz. โ€” Afsuski, ha.. โ€” dedi boshini quyi egib. Safinoz rulni asabiy mushtlab qo'ydi. โ€” Ah, sen qiz! Xo'sh, keyin-chi? โ€” Keyin.. Bu gapni Isfandiyorga aytganlarini eshitdim... O'g'illarini shu yo'l bilan O'zbekistonga chaqirtirmoqchi bo'lgan ekanlar.. Men bir vosita bo'lganman xolos. Lekin, aslida qanchalar uyatga qolganim o'zim va Alloh ayon.. โ€” deb oyna tomonga qarab oldi. Safinoz boshqa hech nima demadi. Deyolmadi. Manzilga borgunlaricha sukut ichida ketishdi.... Kun ham kech bo'ldi. Ziyofatga oilaviy yo'l olgan Mohlaroyning yonida dugonasi ham bor edi. U bormasa o'zini kemtik his qilishini Safinozga bot-bot takrorlayverib oxiri qizni ko'ndirdi. โ€” Eh-e! Kimlarni ko'ryapman, do'stim! Xush kelibsiz, qani marhamat.. Restoranga avval qizning ota-onasi va orqada dugonasi bilan tabassum qilgancha kirisharkan, ichkaridagilarning nigohi faqat Mohlaroyga qaratilgan edi. Shiftda osig'liq turgan qandillarning yog'dusi yetmagandek juft-juft bo'lib turgan ko'zlar uning hayajonlanishiga sababchi bo'layotgandi. โ€” Axir, aytgandim-ku, kecha malikasi faqat sen bo'lasan.. O'sha qiz hali sendan orqada qolib ketadi, shirinim. Chehrangni biroz och. Tabassum qil.. Xo'mraygan qiyofa senga hech ham yarashmaydi. โ€” derdi Safinoz Mohlaroyning qulog'iga pichirlab. Kattakon zal to'la mehmon, lek hamon ziyofat egasi kelmagandi. Komila xonim va uning turmush o'rtog'i Shuhrat Ergashovich qizlarni yonlariga chorlashdi.
ุฅุธู‡ุงุฑ ุงู„ูƒู„...
โค 14๐Ÿ”ฅ 3โคโ€๐Ÿ”ฅ 1๐Ÿณ 1๐Ÿ˜‡ 1๐Ÿ’˜ 1
โ€” Ha yo'q, shuni o'zini isitib beravering. Ortiqcha kutolmayman... โ€” dedi Dilsora nigohlarini xizmatchiga qaratib. โ€” Xo'p bo'ladi.. Safinoz bo'shagan qahva idishini oshxona stoli ustiga qo'yib u yerdan chiqib ketdi. U ketgandan keyin Dilsora yengil tortgandek chuqur nafas oldi. ยซDoimgidek hamma narsa uchun qizidan hisob oladi, ahmoq ayol!ยป, deya ming'irlab qo'ydi Safinoz. Yuqori qavatga ko'tarilar ekan, Mohlaroy aytgan gaplar yodiga tushdi: ยซDugonajon, men bilan bir ziyofatga borib kelmaysanmi, a? Iltimos, bugun meni yolg'iz qoldirma, senga muhtojman.ยป โ€” Bu qiz negadir menga boshqacha ko'rinyapti-da, tavba.. โ€” qo'ng'irog'i javobsiz qolgach, chuqur uh tortdi u. Xonasiga kirishi bilanoq javon yoniga kelib ko'chaga kiyishga mo'ljallangan kiyimlarini oldi va kiyinish xonasiga kirib ketdi. Toshoyna qarshisida xomush o'tirgan qizning xona eshigi taqillab, ohistalik bilan ochildi. Mohlaroy xonaga kirgan shaxs kim ekanligiga ham qiziqqani yo'q. Xayolida bugungi ziyofat. Amerikadan qaytayotgan Isfandiyor uchun kichikroq qilib ziyofat tashkillashtirilgan edi. Bugun O'zbekistonga keladi. Aeroportdan chiqib to'g'ri ziyofat o'tkaziladigan restoranga boradi. Balki, u yerda bo'lajak rafiqasi ham bo'lar? Ziyofat aynan ularni tanishtirish uchun tashkillashtirilgan bo'lsa-chi? U qiz ham Isfandiyorga yoqsa-chi? Keyin to'y tezlashib ketsa... โ€” Mohlaroy! Qizim!!! โ€” Ha, oyi! โ€” yomon xayollarini uning onasi buzdi. โ€” Halidan beri chaqiraman, hech eshitmaysan-a? Buncha xayoling parishon? โ€” Ziyofat.. Ha, ziyofatga nima kiysam ekan deb o'ylab o'tirgandim.. โ€” dedi haqiqatni aytgisi kelmay. โ€” Tinchlikmi, oyi? โ€” Dugonang kelgan edi, kirgin desam seni so'rayapti, o'zing chiqa qolgin. โ€” Xo'p, oyi.. O'rnidan turib eshik tomon yo'naldi. Pastki qavatga tushganida uni Safinoz kulib qarshi oldi. Safinoz unga savol nazari bilan qaraganda qiz yonlarida onasi borligi uchun hech nima deyolmadi. So'zsiz ikkisi yana qaytib yuqori qavat, qizning xonasiga chiqishdi. โ€” Nega buncha xomushsan? Kimdir xafa qildimi? Biror darding bo'lsa ayt.. โ€” dedi Safinoz dugonasini o'ziga qaratib. โ€” U.. Bugun kelyapti.. โ€” Mohlaroyning ko'ziga tezda yosh to'ldi. โ€” Amerikadan qaytadi. Bugungi ziyofat ham uning uchun. โ€” U? โ€” Isfandiyor.. โ€” sevgilisining ismini zo'rg'a talaffuz qildi qiz. โ€” Kelyapti dedingmi? Sen shunga xafamisan? Axir, bu yaxshi yangilik-ku, Mohi.. โ€” To'g'ri.. Yomon deyolmayman. Ammo, yaxshi ham deyolmayman. Bilasanmi, Amerikadan nima uchun qaytayotganini? Dadam ยซdo'stingni to'yi bo'larkanยป dedilar. Qiz ham tayyor emish. Lekin, men-chi? U uylansa men nima qilaman? โ€” derdi yig'lagancha. โ€” Hoy, buncha ko'z yosh to'kish yaramaydi. Siqilma, hali aniq emas-ku, qiz unga yoqmasa-chi? Isfandiyorni yaxshi bilasan, uncha muncha qizlarni xushlamaydi. โ€” deya yuziga tushib turgan soch tutamini qulog'ining orqasiga o'tkazib qo'ydi Safinoz. โ€” Safiii, u avvalgidek emas. Ijtimoiy tarmoqlariga joylagan rasmlarini ko'rsatgandim-ku, har kuni har xil qizlar bilan suratga tushgan. โ€” O'z nomi bilan ijtimoiy tarmoq u! U yerda yana nimalar yo'q demaysan! Hamma narsa bor. Hamma narsa! Yig'ini to'xtat. Sen ziyofatdagi eng go'zal qiz bo'lishing kerak. Eshityapsanmi, meni? Eng yorqin va eng chiroyli libosingni kiyasan. O'zim seni bugungi kecha malikasiga aylantiraman! Safinoz o'rnidan turib shkaf yoniga keldi. Ikki tabaqali eshikni ikki yonga tortib ocharkan, u yerda faqat kundalik kiyimlar borligini ko'rib Mohlaroyga hayratlanib termuldi: โ€” Bazm uchun ko'ylaklar yo'qmi?! โ€” Bor.. Faqat ular juda uzun va hashamatli bo'lganligi sabab bu tomonga qo'yilgan... Garderobda.. โ€” dedi qiz hiqillab. โ€” Mohi, bas qil dedim. Jim bo'l! Hozir yig'ini vaqti emas.. Sevgi uchun kurashishni o'rniga ko'z yoshi qilib o'tiradigan zamon ortda qolgan. Hozir yigit ham qiz ham birdek kurashishi kerak. Gendr tengligi bu, azizam.. Qani, meni yonimga kel-chi.. โ€” dugonasini qattiq gaplaridan biroz bo'lsa-da tinchlangan qiz ko'z yoshlarini qo'li bilan artdi-yu, Safinozni yoniga shoshdi.
ุฅุธู‡ุงุฑ ุงู„ูƒู„...
๐Ÿณ 6โค 3๐Ÿ˜‡ 1
Egniga yangi libosni kiyib chiqqach, navbat yuzidagi ko'kargan izlarga keldi. Oynali kamod qarshisiga o'tirib pardoz uchun mo'ljallangan kosmetikalari orasidan o'zining terisiga o'xshash rangli kremni olib jarohatlariga surta boshladi. Har teginganida joni chiqay derdi-kuya, ammo u chidashga majbur. Bu ahvolda tashqariga chiqa olmaydi. O'zi shundoq ham kulguli va achinarli holda. Yanada tahqirlanishni u istamaydi. Jarohatlarini pardoz ortiga yashirgan qiz oynadagi aksiga qarab jilmayishga urindi. Hech qanday kamchilik yo'q.. Faqat uning yuz ifodasi soxta ekanligidan tashqari albatta.. Xonasidan chiqishda to'satdan nigohi Safinozga tushdi-yu, turgan joyiga mixlangandek bo'ldi. Safinoz ham endigina uyqudan uyg'ongan bo'lib, nonushta uchun pastki qavatga tushayotgan edi. Singlisini xonasidan chiqayotganini ko'rib qolgani uchun unga boshdan oyoq nazar tashladi. Dilsora doim ham pardoz qilib yurmaydi. Faqat onasi uni ยซxafaยป qilgandagina bo'yoq ishlatishi mumkin. Safinoz ko'p bora bunday holatni guvohi bo'lganidanmi, singlisining qaltirayotgan qo'llarini ortga yashirishga urinayotgani va o'ziga xavotir bilan tikilib turganidan darhol kechagi janjal yodiga tushdi. Sezdiki, u yana kaltaklangan. Doimgidek, qizga nisbatan achinish hissini tuyib, yuzini burishtirib qo'ydi-da, shahdam qadamlar bilan zina tomon yurdi. Safinoz ko'zdan g'oyib bo'lgandagina Dilsoraga jon kirdi. Bir ikki marotaba chuqur nafas olib olgach, u ham zinalar yordamida ohistalik bilan pastlay boshladi. Zarnigor xonim mehmonxonada ham, oshxonada ham, tashqarida ham ko'rinish bermasdi. Balki, xonasida o'tirgandir? Albatta! Kechagi janjaldan keyin o'gay qizini ko'rishni istamaydi. Kayfiyatini ko'tarishni yagona usuli esa xaridlar! โ€” Menga achchiq qahva tayyorla. Tezda... โ€” oshxonaga kirgan Safinoz xizmatchi qizga buyruq ohangida gapirib o'sha yerdagi stulga o'tirdi. โ€” Xo'p, xonim. Yana biron nima istaysizmi? โ€” Shuni o'zi yetarli.. Kerak bo'lsa aytaman. โ€” Xo'p bo'ladi, xonim. Xizmatchi qiz Safinozdan hayiqqani tufayli ham ishini toza va tezroq qilishga urinardi. Axir, janjallarning ko'p qismini bu uydagi xizmatchilar ham eshitishardi-da! Doimo tortishuvda g'alaba qozonadigan xonimi biror kun o'zlariga ham yomon gap gapirib qo'yishlaridan cho'chib turishardi. Oshxonada opasi borligini sezgan Dilsora eshik tagida to'xtab qoldi. Qanday kiradi? Kirish muammo emas, Safinozning antiqa nigohlari eng katta muammo! Hech ham ikki opa-singil boshqalarga o'xshab dildan suhbatlashishgan emas. Safinoz singlisini doim ajratar, unga past nazar bilan qarardi. Go'yo ikkisining o'rtasida ulkan muzliklar bordek! โ€” Dilsora xonim.. โ€” eshik tagida so'zsiz turgani tufayli xizmatchi qiz Safinozga tayyorlagan qahvasini berayotganda ko'zi unga tushib qoldi. Safinoz qahvani olish barobarida miyig'ida kulib qo'ydi-yu, singlisiga ortiqcha e'tibor qaratishni istamadi. โ€” Xayrli.. kun.. โ€” deyoldi zo'rg'a. โ€” Sizga ham xayrli bo'lsin. Nonushta tayyorlab beraymi? Nima istaysiz? Oshxonaga noilojlikdan kirgan qiz u yerda opasi borligi uchun ham bemalol bo'la olmayotgandi. โ€” Xonamda oyim olib kirgan nonushta bor edi. Olib tusha olasizmi, chiqishda yodimdan ko'tarilibdi.. โ€” dedi u tabassum qilishga urinib. Xizmatchi hech qanday e'tiroz bildirmay chaqqonlik bilan u yerni tark etdi. Safinoz jimgina telefoniga termulgancha qahvasini ichar, Dilsora bo'lsa nima qilishni bilmay joyida tek qotib turardi. Oyog'i og'ridi chog'i, opasining qarshisida turgan stulga kelib o'tirdi. Iloji boricha Safinozga qaramaslikka harakat qilardi. โ€” Xonim, bu sovub qolibdi-ku, boshqasini tayyorlab beraymi? Eshikdan shoshib kirgan qiz ikki opa-singilning nigohlari to'qnashishiga sababchi bo'ldi. Safinoz qizning yuzidagi bilinar bilinmas bo'lib turgan ko'karish izlariga sinchkovlik bilan tikilardi. Odatdagidek hech nima demaydi, lek so'zsiz tikiladi.
ุฅุธู‡ุงุฑ ุงู„ูƒู„...
โค 7๐Ÿ˜‡ 3๐Ÿณ 1
ุฅุธู‡ุงุฑ ุงู„ูƒู„...
ARโ™ฅ๏ธ

O'zingizni hech kim bilan solishtirmang. Sizdan yaxshiroq hech kim yo'q va bo'lmaydi..๐Ÿซ€

Dilsorani ko'zida yosh ko'rsa shunchaki achinib qarash bilan cheklanadi-yu, yordam bergani kelarmidi? Yo'q, hech qachon bu uyda unga g'amxo'rlik qiladigan shaxs bo'lmagan.. โ€” Ta'sir qilmayapti, qilmayapti! โ€” axiyri tana og'rig'iga chiday olmagan qiz kaftlari bilan og'zini berkitdi-yu, baland ovozda yig'lab yubordi. Shu holatda uzog'i bilan bir ikki daqiqa o'tira oldi. Keyin esa tinchlanishga harakat qila boshladi. Uni aybi nima edi? Opasi kabi bo'la olmaganimi? Yoki biroz jur'atsizligimi? Balki, yashayotgani uning eng katta aybidir? Ha, taxminlar ko'p, ammo haqiqat bitta! Zarnigor xonim tabiiyki, Safinozni hech ham xushlamaydi. Qarshi tomon ham xuddi shunday. Va.. Va bir-biriga shu qadar yomon gaplar aytishadiki, natijada jabrlanuvchi shaxs doimo Dilsora bo'ladi. Zarnigor xonim o'gay qizining bema'ni va yoqimsiz gaplariga qarshi so'z topa olmagach, Safinoz shunchaki uni mazaxlagandek kulib qo'yadi tamom! Mana shuning o'zi bu uy xonimi uchun juda katta haqorat hisoblanadi. So'nggida esa bor alamini yakka-yu yagona farzandi bo'lmish Dilsoradan oladi. Bu uzluksiz takrorlanadigan holat, hech ham nihoya bilmaydi. Xalil Shomurodovich esa ayollarning gapiga aralashishni o'lgudek yomon ko'radi. โ€” Tinchlan.. Hammasi ortda qoladi. Og'riqlarning ham nihoyasi bor, Sora.. Tinchlan.. โ€” derdi qiz o'ziga o'zi gapirib. Chuqur chuqur nafas olib ko'z yoshlarini ham to'xtatdi. Faqat unga hamon azob berayotgan narsa โ€” bu og'riq. Titroq qo'llari bilan birga surtmani amallab jarohatlariga surtdi. Soat tunggi o'n ikkidan o'tgan, uxlamasa bo'lmaydi. Bir tomondan qizning uyqisi ham o'z hukmini o'tkazib ko'zlari yumilib ketishiga sababchi bo'layotgandi. Og'riqlar tinavermagach chorasizlikdan uxlashga yotdi. Tonggi soat yetti. Hashamatli uyning xizmatchilari allaqachon oshxonada ishlarni yakunlay deb qolishgandi. Biri mehmonxonadagi oilaviy stolni noz-ne'matlar bilan to'ldirsa, boshqasi oshxonani tartibga keltirardi. Doimgidek, hammadan oldin uyg'onadigan shaxs Zarnigor xonim. Undan keyin Xalil Shomurodovich va xonadonning ikki malikalari esa istalgan vaqtda uyqudan turishardi. โ€” Qizlar hali uyg'onmadimi? โ€” deya so'radi Xalil Shomurodovich stol atrofidan joy olarkan, faqat ayolini o'zini ko'rib. โ€” Safinozni bilasiz, vaqtli turgan kuni yo'q. โ€” dedi zarda qilib. โ€” Dilsorani esa ozgina mazasi yo'q.. โ€” A-a? Mazasi yo'q? โ€” ovqatlanishdan to'xtab rafiqasiga sinchkovlik bilan tikildi, โ€” Nega mazasi bo'lmaydi? Ahvoli yaxshimi? Nima bo'ldi o'zi? โ€” Shoshmang, โ€” endi o'rnidan turayotgan erini qo'lidan tutib qayta joyiga o'tirishiga undadi, โ€” Hammasi joyida. Biroz boshi og'rigan ekan, vahimali joyi yo'q, azizim. Dori ichsa o'ziga kelib qoladi.. Nonushtasini xizmatchilarga aytaman, xonasiga olib chiqib berishadi. โ€” Ha mayli.. Zarnigor xonim turmush o'rtog'i ortiqcha tafsilotlarga to'xtalib o'tgmaganidan ko'ngli xotirjam topdi. Xalil Shomurodovich nonushtadan so'ng ishiga jo'nadi, Zarnigor xonim esa yuqori qavat, qizining xonasiga nonushta va apelsin sharbatini patnosga solib olib chiqayotgandi. Eshikni avval bir ikki taqillatgach, qiya ochib xonaga ko'z tashlagan bo'ldi-yu, yotoqda hanuz uxlab yotgan Dilsorani ko'rib ancha dadillashdi. โ€” Sora.. Sora! Hoy qiz, tur o'rningdan! โ€” baland ovoz sabab ko'zlarini zo'rg'a ochgan qiz tepasida onasining qiyofasini ko'rib cho'chib ketdi. โ€” O-o-y-y-i.. โ€” O'rningdan turib biron narsa yeb ol! โ€” Zarnigor xonim qizining yuzidagi va bilaklaridagi ko'kimtir izlarga qarab bir zum achingandek bo'ldi-yu, ammo bu hissiyot o'rnini tezda mag'rurlik egallab oldi. Qo'lidagi patnosni tumba ustiga qo'yib xonadan chiqib ketdi. Dilsorani ko'ziga yana yosh quyilib kela boshladi. Ahvolini onasi ko'rib turgan bo'lsa ham hech nima demadi. Bir bora ยซYaxshimisan?ยป , deb so'ramadi. Yana qalbi o'ksidi. Onasiga bo'lgan mehri bugun ham bir pog'ona pastga tushdi.. Yuvinish xonasidan chiqqach javon yoniga kelib tanasidagi jarohat izlarini yopib turadigan libos izladi. Yenglari uzun va hatto, kaftlarini ham o'rab turadigan pirpirakli libosni olib kiyinish xonasi tomon shoshdi.
ุฅุธู‡ุงุฑ ุงู„ูƒู„...
๐Ÿ˜ข 11โค 6๐Ÿ”ฅ 2๐Ÿคฏ 2๐Ÿณ 2๐Ÿ˜‡ 2๐Ÿ‘ 1
Bugun ham rejada belgilangan besh soatlik darslari tugagach, mehnat xonasi tomon yo'l oldi. Jigarrang eshikdagi ยซMohir qo'llarยป deya yozilgan so'zni ko'rib labiga tabassum yugurdi. โ€” Assalamu alaykum, ustoz. โ€” dedi qiz eshikni bir ikki taqillatgandan so'ng ohistalik bilan ochib. โ€” Va alaykum assalam. Kiraqol, Afiya. Ayni vaqtida kelding. Seni kutib turgandik. โ€” o'qituvchi ochiq chehra bilan Afiyani ichkariga taklif qildi. Xush kayfiyat ila ish stollarida o'z joylarini egallab olgan uch-to'rt qiz bilan quyuq ko'rishgan bo'ldi-yu, o'zi ham joyiga kelib o'tirdi. โ€” Xo'p, bugungi darsimizni boshlasak ham bo'ladi. Demak, o'tgan gal matoga andoza yordamida o'zimiz istagan naqshlarni tushirib olgan edik. Bu darsda esa uni tikishni boshlaymiz Hammangiz qanday tikishni bilasiz, va bu sizning shu paytgacha nimalarni o'rganganingizning yaqqol isboti bo'ladi, hamda ilk mustaqil ishingiz. Mabodo tushunmay qolsangiz bemalol so'rashingiz mumkin, bajonidil yordam beraman... Qani endi qizlar, hamma tikishga! Ustozlaridan mana shunday buyruqni olgan qizlar maroq bilan mato va ip ignalarini qo'llariga olishdi. Har bir qizning andoza yordamida tushirilgan naqsh-u, bezaklari turlicha edi. Afiya o'simliksimon va gulli naqshlardan foydalandi. Yana dastro'molchaning bir chetiga opasining ismini bosh harfini ham chiroyli ko'rinishda tikishni xohladi. Ro'molchani opasiga berayotgandagi quvonch, o'zining, opasining cheksiz shodligini xayolan tasavvur qilib ishini tezlatdi. Tez qilsa ham qolganlardan ancha sifatli ishlardi. Nihoyat ro'molchadan igna ipni ajratdi-yu, xursandligidan baland ovozda: โ€” Ustoz, men tugatdim! , โ€” deya o'rnidan turib ustozining yoniga shoshdi. โ€” O'-ho', qoyil. Juda chiroyli chiqibdi-ku, a? Qizlar, qarang, Afiyani ro'molchasi ajoyib chiqibdi, to'g'rimi? Ovozidan xursandligi anchagina bilinayotgan ustozlarining qo'lidagi rang-barang iplar bilan tikilgan ro'molchaga qizlar ham bir lahza tikilib qolishdi. โ€” ยซRยป harfi bor ekan, kimgadir sovg'ami, bu, Afiya? โ€” dedi qizlardan biri. Qolganlar ham bir diqqatlarini Afiyaga qaratishdi. โ€” Ha-a.. โ€” dedi u nim tabassum bilan, โ€” Bu opam uchun. Yaqinda tug'ilgan kunlari bo'lgandi. Hech nima bera olmagandim. Buni ularga sovg'a qilmoqchiman.. Uning bu gapidan qizlarning hafsalasi pir bo'ldi. Maktabda Afiyani yoqtiradiganlar kam emas. Ammo, o'sha yigitlarning hammasi ham yurak yutib qizga dil izhori qila olishmasdi. Afiyaga esa buni hech qanday qizig'i yo'q, atrofdagilarning gap so'zlari ortiqcha edi unga. Tabiiyki, qizlar uni allaqachon yaxshi ko'rgan insoni bor deb o'ylab, indamay qo'ya qolishardi. Mana hozir ham ro'molchadagi harfni aynan o'sha sirli inson deb o'ylagan qizlar, Afiyani javobidan so'ng xomush tortishdi. โ€” Opang juda xursand bo'ladigan bo'ldi.. โ€” o'qituvchining gapi qizlarning xayolini joyiga qaytardi. โ€” Men ham shunday deb o'ylayapman. Opam men bergan hamma narsani o'zgacha yaxshi ko'radilar. Ko'z oldiga opasining siymosini keltirgach, jilmayib qo'ydi. Balki, bu ro'molcha ikkisining o'rtasidagi tushunarsiz sovuqchilikni tugatishga turtki bo'lar??? * * * Tun.. Qorong'u xona va og'riq. Yig'i sabab titrayotgan tana va go'yo bandi bo'lgan zabon. Bu Dilsora edi. Har qanday og'riq qoldiruvchi kuchli dorilarni qabul qildi, ammo foydasi yo'q. Tanasidagi ko'kargan izlar unga dahshatli og'riqni butun tun uchun hadiya qilgandek ko'rinardi, go'yo. Yig'lamaslikka iloj topa olganida edi! Afsus... Ko'z yoshlari tinim bilmay yuzini yuvar, titroq qo'llari bilan tumba ustidagi lampani zo'rg'a yoqdi. Dori qutisidan o'ziga kerakli surtmani topishga topdi, biroq buni kamalakdek rangga kirgan jarohatlariga surtish xayolida uni qo'lidan kelmasdi. Qizni eshitadigan hech kim yo'q! Uni ahvoli qiziqtiradigan inson deyarli yo'q edi bu uyda. Onasi? Onasimi? Axir, uni bu ko'yga solgan o'z onasi-ku! Yordam uchun aybdorni kutish ahmoqlik! Balki, dadasidir? Kxex! Dadasining butun e'tibori faqat katta qiziga tegishli. Yoki, Safinozmikin-a? Yo'q, u ham emas...
ุฅุธู‡ุงุฑ ุงู„ูƒู„...
๐Ÿ”ฅ 5๐Ÿณ 4๐Ÿค” 2๐Ÿ‘ 1
Tong juda go'zal otdi. Kuz faslining fayzi boshqacha. Havo ham yoqimli, tonggi shabada odamga xush yoqardi. Ruhfazo yonida pishillab uxlayotgan singlisiga biroz qarab turib jilmayib qo'ydi. Odatda bunday paytlari Afiya uyg'ongan va allaqachon ko'chalarni supur-sidirish bilan band bo'lardi. Lek bugun vaziyat boshqacha. Ruhfazoni xayolida qiz kech uyquga yotgan. Beligacha yopib turgan choyshabni yelkasigacha tortib yopib qo'ydi-da, o'zi o'rnidan turib tashqariga chiqib ketdi. โ€” Ruhfazo.. Vaqtli turibsanmi? โ€” nonushta uchun harakatni boshlab yuborgan Farida opa katta qizini ko'rgach biroz hayratlandi. โ€” Xayrli tong, oyijonim! โ€” Afiya uxlayaptimi? โ€” Qizingiz kech yotgan shekilli, hali ham shirin uyquda. Ko'z oldiga Afiyani uxlayotgan holatini keltirib kulib qo'ydi Ruhfazo. So'ng onasiga yordamlashishga tushdi. โ€” Mayli, uxlasin. Haliroq turg'izarman. Bugun maktabiga bora qolsin. Men ham uyda qola qolaman. โ€” Dadam yaxshilarmi? โ€” dedi u tushkun ahvolda. Eng og'riqli savol mana shu edi. Dadasining qanday holatda ekanligini bilish qiz uchun haqiqiy azobni o'zginasi. Farida opa javob berishdan oldin chuqur ho'rsingan holda jilmaydi: โ€” Allohga shukr, yaxshi. Sen ham siqilishni bas qil. Nasib bo'lsa, yana yurishni boshlaydilar. Operatsiya ham qildiramiz, kerakli pulni ham topamiz. Yana avvalgi hayotimizga qaytamiz, qizim. โ€” Hozir ham hammasi joyida. โ€” tabassum qilishga urindi u. โ€” Albatta joyida. Hech kimdan kam joyimiz yo'q. Oilamiz tinch, xotirjam. Asosiysi sizlar sog' omonsiz. Meni ikki farishtalarim... Onasidan eshitgan gapi Ruhfazo uchun bir tomondan og'riq berardi, yana bir tomondan xursand ham qilardi. Nonushta tayyor bo'lgach, Farida opa Ravshan akani olib chiqishga kirib ketgan bo'lsa, Ruhfazo singlisini yoniga shoshdi. Kechqurun biroz gap tortishib qolishgani tufayli Ruhfazo Afiyani qanday uyg'otishni bilolmay o'ylanib turdi. U biroz boshqacha. Hamma opalar kabi tortishuvni bittada unutib yuboradiganlar xilidan emas. Ozgina arazchi.. Birozgina erka. Singlisini ich-ichidan juda qattiq yaxshi ko'rsa-da, bu muhabbatni faqatgina biror bir sabab bilan ifodalashi mumkin. Masalan, Afiya u uchun mazali shirinliklar tayyorlab berganida.. โ€” Afiya.. Afiya.. Hey qiz, uyg'on... Nonushta qilamiz, keyin maktabga ketasan, turaqol.. โ€” dedi qizning ko'zlari ochilganini ko'rib. So'ng tezda xonadan uchib chiqib ketdi. Nonushta vaqtida doimo gapirib charchamaydigan opa-singillardan bugun sado ham chiqmagandi. Ularning ota-onasi bu noodatiy holatni zumda payqagan bo'lishsa ham ortiqcha e'tibor qaratishni istamay indamay qo'ya qolishdi. Avvaliga Ruhfazo, undan keyin esa Afiya ota-onasi bilan xayrlashib ko'chaga otlanishdi. Ikki qiz birgalikda ko'chaning boshigacha chiqishgan bo'lsa ham go'yo ikki begonalardek jim ketishdi. Faqatgina bir-birlaridan ajralish onlari kelgandagina Afiya opasiga biroz jilmaygan ko'yi gap boshladi: โ€” Menga kokos ta'mga ega shokoladli vafli olib kela olasizmi, opa? U mana shunday shirinlikni juda yaxshi ko'radi. Opasi o'z qo'li bilan shirinlik tayyorlab bermasa ham, aynan shunday vaflini opasi olib bersa yettinchi osmonda uchardi go'yo. Ha, ular shunday oddiy narsalardan ham o'zlari uchun ulkan baxtni yarata olardilar. Ruhfazo hech nima demay, shunchaki bosh silkib qo'yish bilan cheklandi-yu, bekatga kelib to'xtagan avtobusga chiqib ketdi. Afiya avtobus to ko'zdan g'oyib bo'lguncha qarab turdi, so'ng u ham kech qolmaslik uchun maktabi tomon shoshdi. Bitiruvchi sinf bo'lganligi uchun ham bu yil yaxshilab o'qishi kerakligini biladi, o'quv yili yakunida davlat imtihonlari uni kutib turibdi. Undan keyin esa oliy ta'limga kirish imtihonlari.. Afiyani ustozlari oilaviy sharoitini yaxshi bilishgani bois ham unga ortiqcha gapirishmasdi. Qolib ketgan mavzularini esa darsdan keyin fan o'qituvchilarini yoniga borib o'zlashtirib olardi. Bundan tashqari maktabda bepul ochilgan kashta tikish to'garagida ham u faol. Kashta tikishni, uning chiroyli, ko'zni quvnatadigan naqshlarini o'rganib olganidan buyon opasi uchun ixchamgina dastro'molcha tikishni niyat qilgan edi.
ุฅุธู‡ุงุฑ ุงู„ูƒู„...
โคโ€๐Ÿ”ฅ 5โค 3๐Ÿ”ฅ 3๐Ÿณ 2๐Ÿ‘ 1
Afiya bir o'zi, borsang biroz unga yordamlashasan. Dadangga yaxshi qaranglar. Men ham tez orada borib qolaman. โ€” Xo'p, oyi.. Men ketdim. Ehtiyot bo'lib keling, maylimi? โ€” Mayli, mayli. Boraqol.. Ruhfazo onasining yuzidan o'pib qo'ygach, tabassum bilan ularga qo'l silkidi-da, ortga o'girilib keta boshladi. Bu yerda esa Afiya kechki ovqat uchun harakatni allaqachon boshlab yuborgandi. Bugungi menyuda issiqqina qaynatma sho'rva. Dadasi ushbu taomni juda yaxshi ko'radi. Ayniqsa uni Afiya tayyorlagan bo'lsa. โ€” Zerikmadingizmi, dadajonim? Kechki salqinda darvoza tagida o'tgan-ketganlarni kuzatib o'tirgan Ravshan akani yoniga bir choynak choy va piyola bilan Afiya chiqib keldi. โ€” Yo'q, yaxshi o'tiribman. Ajoyib havo bo'lyapti. Mayin esayotgan shabadani aytmaysanmi?! โ€” Oling, sizga issiq choy olib chiqdim. Oyoqlaringiz yaxshimi? Yopinchiqni olmang. Shunday tursin, xo'pmi, dada? โ€” deya Ravshan akaning oyoqlariga yupqa adyolni tashlab qo'ydi. โ€” Xo'p, qizim.. O'zing charchamadingmi? Oshxonada ishlar qanday ketyapti? โ€” Biram mazali ovqat bo'lyapti.. Pishishi bilan sizga suzib beraman. Issiqligida mazza qilib ichib olasiz.. โ€” dedi kulib. Ota va qiz yana biroz gaplashishgach, Ruhfazo ham keldi. U kelganida ancha kech ham tushib qolganligi uchun dadasini yolg'ondakam koyigan bo'lib uyga olib kirib ketdi. Ayni kechlik vaqtiga Farida opa ham keldilar. โ€” Ko'zingiz ancha yaxshi bo'lib qolibdi-ku, opa. Sochlaringizni yuzingizga tushirmasangiz ham bo'lardi, โ€” deb qoldi Afiya ovqatlanib bo'lishgach ikki qiz idishlarni yuvish uchun oshxonaga chiqib ketishganida. โ€” Ha, to'g'ri aytasan. Bunday yuraverib o'rganib qolibman-da. โ€” Boshqa urishmaysizmi? Boshqa bunday bo'lmaydi, to'g'rimi, opa? โ€” Qaydam.. โ€” o'ylanib turib shu javobni aytdi, โ€” Vaziyat shuni taqazo qilsa, yana.. โ€” Yanami? Sizga sog'lik kerak emasmi-a? โ€” Menga sog'likdan ko'ra dadamni yana tik oyoqda hech qanday aravachalarsiz holda ko'rish kerak. Yana uch-to'rtta jangda g'olib bo'la olsam, operatsiya uchun kerakli mablag'ga ega bo'lamiz. โ€” Lekin, opaa... โ€” Afiya, bas qil.. Sen ham dadamni shu ahvollari sabab tayinli maktabga borolmayapsan ham. Hech bo'lmasa sen o'qishing kerak, singlim. Hech bo'lmasa sen... Tushunyapsanmi? โ€” Opa.. โ€” Hozir kayfiyatim yaxshi emas. Keyinroq gaplashamiz.. โ€” doimgi gaplardan bezigan qiz qo'lini toza suvda yuvdi-yu, ustidagi fartukni yechib oshxonani tark etdi. O'zi o'qiyolmaganiga yarasha bu yil bitiruvchi sinf bo'lgan singlisining taqdiri Ruhfazoni ko'proq tashvishlantirardi. Tezroq operatsiya uchun pul yig'ib bo'lsa-yu, navbat singlisi yaxshi joylarda o'qishini ta'minlasa. Shundoq ham o'qish boshlangandan beri haftaning uch kunini uyda, dadasiga qarash bilan o'tkazadi. Bu esa Ruhfazoga yoqmasdi. โ€” Ey Allohim, o'zing menga to'g'ri yo'l ko'rsat.. Shularni o'ylayverganidan boshiga og'riq turgach pichirlab o'ziga o'zi gapirdi-yu, gilamga ko'rpacha to'shab yotib oldi. โ€” Ruhfazo ko'rinmaydimi? Yo ko'chaga chiqib ketdimi, opang? Oshxonada faqat Afiyani o'zi bo'lganligi uchun Farida opa katta qizidan xavotirlandi. โ€” Yo'g'-e, oyi.. Xonada bo'lsalar kerak. Kayfiyatim yo'q deb chiqib ketdilar... โ€” dedi qiz ham tund qiyofada. Farida opa nigohini qizlarning xonasining derazasiga birrov qaratdi-yu, yana tezda Afiya tomon burdi. โ€” Hech nima demadingmi? Nega birdan kayfiyatim yo'q deydi? Gap talashmadingizlar-a? โ€” Tashvishlanmang, oyi. Charchagandirlar-da. Men nima ham derdim, โ€” qiz opasi bilan gaplashgan gap o'zlarining o'rtasida qolishini istab onasiga indamay qo'ya qoldi. Yo'qsa, Farida opa eri yetmagandek ikki qizlarini o'ylab yanada ko'proq siqiladi. Afiya esa buni istamaydi, โ€” Siz ham dam oling, oyi.. Men qolgan ishlarni o'zim yakunlab qo'yaman.. โ€” Bir o'zing qiynalmaysanmi? Yordamlashay, birga uyga kirardik. โ€” Nimasiga yordamlashasiz, oyijonim? Deyarli tugatdim-ku. โ€” deb onasini uyga kirgizib yubordi. O'zi ishlarini yakunlab bo'lgach, daftar kitoblari bilan dasturxon boshiga kelib o'tirdi. Yarim tundan o'tgandagina uyqusi zo'rlik qilib narsalarini yig'ishtirdi-da, o'zi ham uxlashga yotdi...
ุฅุธู‡ุงุฑ ุงู„ูƒู„...
โค 10๐Ÿ”ฅ 4๐Ÿ‘ 3โคโ€๐Ÿ”ฅ 1๐Ÿฅฐ 1๐Ÿณ 1๐Ÿ˜‡ 1
Musallasni oxirigacha ichib bo'lgach, yonginasidan o'tib ketayotgan ofitsiant yigitning patnosiga qadahni qo'yib, qarshisida o'zi tomon kelayotgan insonning yoniga shoshdi. โ€” Oqshom qirolichasi bo'libsan-ku, a, bu libosda! Qani, bir aylan-chi! โ€” qizning qadrdon dugonasi uni bir qo'lidan ushlab yuqoriga ko'tardi. Safinoz ham o'zida yo'q shod, tabassum bilan ikki uch marotaba turgan joyida aylanib to'xtadi. โ€” Beqiyossan, dugonajon! โ€” Rahmat.. โ€” Qizingizni bo'yi ham ancha yetilib qolibdi-a? Ikki qizni bir chekkada halidan buyon kuzatib turgan Xalil Shomurodovich va uning biznes hamkori Laziz Davronovich Safinozni ko'rib gap boshladi. โ€” Ha, nimasini aytasiz... Ko'z ochib yumgunimcha kap-katta qiz bo'lib qolibdi.. Mana bugun yigirma birga to'ldi, โ€” dedi Laziz Davronovichga kulib qo'yib. โ€” Bu yog'iga asta sekinlik bilan eshik qoqib keladiganlar ham ko'paya boshlaydi, โ€” erkaklarning suhbatiga Zarnigor ham aralashdi. Rafiqasining bu qiligสปi Xalil Shomurodovichga yoqmagan boสปlsa-da, unga soxta tabassum bilan qarab qoสปydi. โ€” Sovchi ekan deb bitta-yu bitta qizimni begona oilaga qoสปshqoสปllab berib yubormoqchi emasman.. Uning bu gapi Zarnigor xonimni ensasi qotishiga sabab boสปldi: โ€” Sizni bir emas, ikkita qizingiz bor, azizim, โ€” dedi u ingichka ovoz bilan Xalil Shomurodovichning bilagidan qoสปlini oสปtkazar ekan. โ€” Dilsora hali yosh, oสปqisin, ilm olsin deyman-da... Kattalar oสปzlari bilan ovvora boสปlar, bu yerda Mohlaroy dugonasiga bir qancha gaplarni gapirar, lek hech ham Safinozning diqqatini oสปziga qaratolmasdi. Eสผtibordan chetda qolish uning joniga tekkach, Safinozning qoq burnining tagiga kelib turib oldi. โ€” Nima boสปldi? โ€” oสปzi kuzatib turgan tomon ยซberkilibยป qolgach, Mohlaroyga nigohlarini qaratdi. โ€” Kimga bunchalik qarayapsan-a?! Meni ham unutib, faqat oสปsha tarafga qarab turibsan. โ€” Dadam bilan anavi yalmogสปizni, โ€” deya dadasi tomonga ishora qildi. โ€” Shu ayolni aynan mana shunday nigohlar bilan gapirganini yoqtirmayman-daa... โ€” Mohlaroyni chetga tortib, Zarnigor xonimga koสปzlarini biroz qisgan holda oสปychan boqardi. โ€” Doim bir nimani boshlab yuradi.. Nima qilsam ekan? Dadamni bahona bilan chetga joสปnatib, biroz dars berib qoสปysammikan-a, nima deding? โ€” Safi, qoสปygin shuni.. Oสปgay onangdan boshqa darding yoสปqmi-a? โ€” Sen uni yaxshi bilmaysan-da, Mohi.. Hozir ham nimanidir boshlayapti chogสปi.. โ€” Bas qil! Dadang bilan oสปgay onangni oสปrtasiga ha deb keliniga kun bermaydigan qaynonadek tiqilaverma. Undan koสปra yur, seni bittasi bilan tanishtiraman... Mohlaroyni sabr kosasi toสปlib, dugonasini bilagidan ushladi-yu, tashqariga olib chiqib ketdi. Bazm qiziganda qizirdi. Safinoz ana endi Zarnigor xonimdan ancha chalgสปigan, Mohlaroy ikkisi oสปyin-kulgu bilan ovvora edilar. Doสปstlar davrasida qadahlarning bir-biriga urilgan ovozlari jarang sochar, ora-orada yigit-qizlarning shodon kulgusi atrofdagilarning eสผtiboridan chetda qolmasdi. โ€” Safii, Safinoz, shu yetarli.. Boshqa ichma.. โ€” ketma-ket spirtli ichimlik solingan qadahni bir koสปtarishda boสปshatib qoสปyayotgan qiz Mohlaroyni xavotirga sola boshladi. โ€” Nimaa? Mohiii, qoสปysang-chi... Yana bitta, faqat birgina qadah ichaman xolos.. โ€” allaqachon shirakayf holatiga tushgan Safinozning qoสปlidagi qadahini tortib oldi Mohlaroy. โ€” Ahmoqlik qilma, men shu yetarli dedim. โ€” Yoสปq! Men yana ichmoqchiman. Ofitsiant! โ€” deya dugonasidan qoสปlini tortib olib yuqoriga koสปtardi u. โ€” Hoy, bas qil dedim. Tomosha qoสปymoqchimisan? Dadangdan gap eshitishingni oสปyla, Safinoz! Atrofdagilarning nigohi birma-bir qizlarga qaratilayotgani tufayli Xalil Shomurodovich ham bezovtalana boshladi. โ€” Tinchlikmi, azizim? Zarnigor xonim erining yuz ifodasi o'zgarayotganidan xavfsirab sekingina so'radi. โ€” Negadir.. Qizlar.. Ular shu yaqin orada edi. Lekin hozir.. โ€” deya boshini biroz yuqoriga ko'tarib mehmonlar orasidan suyukli qizini izlay boshladi. โ€” Azizim, qo'ysangiz-chi.. Bugun Safinozni tug'ulgan kuni bo'lsa. Shunday kunda ham qizimizni bezovta qilamizmi? Buguncha uni erkin qo'yaylik. โ€” bir ikki marta soxta kulish qildi-yu, erini boshqa tomonga olib ketdi.
ุฅุธู‡ุงุฑ ุงู„ูƒู„...
โค 5๐Ÿ”ฅ 3โคโ€๐Ÿ”ฅ 1๐Ÿณ 1๐Ÿ˜‡ 1
Ziyofat yaxshi davom etdi, toki Safinoz mast holda xonasiga chiqib uxlab qolguniga qadar. Mohlaroy dugonasini loji boricha hech kimga bildirmay yotog'igacha olib borishga harakat qildi, biroq Safinozning har qadamda jarang sochayotgan antiqa gaplari sabab deyarli butun zal uning mastligidan xabar topdi. Tongda uni nimalar kutayotganini o'zicha tahmin qilayotgan Mohlaroy taksistning ovozidan xayoli o'ziga qaytdi. โ€” Ko'chaning ichiga kirolmaymanmi deyman, qurilish mollari yaxshigina yo'lni to'sib qo'yibdi. Sizni shu yerda qoldirsam qarshi emasmisiz? Oynadan tashqariga nazar solgan qiz haqiqatan ham mashina eshigining tagigacha bora olmasligini tushundi. Uyidan uch darvoza naridagi xonadonda ta'mirlash ishlari ketayotganligi tufayli darvoza yoniga shag'al to'kilgan edi. Yetmaganiga ko'chaning narigi tomonida mashina ham bor. โ€” Ha, shu yerda tush qolaman. Mana yo'l haqi. Rahmat.. Haydovchiga pulni berdi-yu, darhol mashinadan tushib yolg'iz o'zi uyiga keta boshladi. Eshikni qizning onasi ochdi. Tabassum bilan qizini qarshi olgan Komila xonim Mohlaroyni tund qiyofasi sabab unga aytmoqchi bo'lgan gapini-da unutdi. โ€” Iye! Bu nima ko'rinish? Tug'ilgan kun yaxshi o'tmadimi, qizim? โ€” Ziyofat yaxshi o'tishga o'tdi.. Lekin.. Ha mayli, tongda gaplasharmiz, oyi. Men bugun charchadim. Qiz oyoq kiymini yechib chetga olib qo'ydi va to'g'ri xonasiga yo'l oldi. Soat allaqachon o'n ikkiga bong urgan, uydagi hamma deyarli noz uyquda. Faqat Mohlaroydan tashqari. Dadasidan eshitgan birgina xabari sababli mana bir haftadan beri kayfiyati yo'q. Safinozni tug'ilgan kuniga borsa hammasini unutadi va hayoti yana iziga tushadi deb o'ylagan edi. Lekin qayoqda, eshikdan kirishi bilan uni yana g'alati hislar chulg'ab oldi. โ€” Meni chindan ham unutganmikin-a? O'rnidan turib ish stoliga kelib o'tirdi. Tungi lampani yoqib, tortmasidan anchadan beri chang bosib yotgan ramkali suratni qo'liga olib unga uzoq muddat tikilib qoldi. โ€” Albatta-da, axir bir nechta qizlar bilan birga tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi-yu, seni yodida qanday saqlab qolsin, ahmoq qiz?! Amerikadan qaytgach esa to'yi bo'ladi. Kelinlikka nomzod ham tayyor, โ€” deya achchiq jilmaydi. โ€” Lekin men uni yodidan butunlay o'chib ketganman.. Haa.. Bolalikdagi do'stini nega ham eslasin? U shunchaki do'st edi.. Men esa... Eeeehhhh... Bir kam dunyo.. O'ziga o'zi gapirgan ko'yi rasmni joyiga qo'yib yotog'iga kelib joylashdi. Xayollarini o'g'irlagan yigit uning bolalikdagi do'sti, ammo u hech qachon Isfandiyorni do'stidek ko'rmagan. Doimo unga nisbatan do'stlikdan-da yuqori bo'lgan tuyg'u bordek tuyulaverardi. Ulg'ayishgach tushunib yetdiki, bu yuqori mavqedagi tuyg'u sevgi ekan.. * * * Farida opa bugun bozorga biroz kechroq chiqdi. Sababi Ravshan aka. Doktorlar tezroq operatsiya qilish kerakligini aytib charchashmagani kabi Farida opa ham eriga g'amxo'rlik qilishdan charchamaydi. Mablag' bo'lsa jon deb operatsiyani boshlashar edi-kuya, lek hali kerakli summa yig'ilgani yo'q. Qarindoshlaridan qarz so'ray desa, har birining o'ziga yarasha oilasi, bola-chaqasi va ro'zg'ori mavjud. Ruhfazo ko'cha janglarida qatnashib yutuq sifatida olib kelayotgan pullarga yana shunchasi yetishmayotgan edi. Axir, qiz bu pullarni sal kam bir yil davomida yig'ib kelgan. โ€” Oyi... Ko'katlarga ora-orada suv sachratib qo'yayotgan Farida opa o'ziga tanish bo'lgan ovozni eshitgach qilayotgan ishidan bir zumga to'xtab qoldi. โ€” Ruhfazo? Bu yerda nima qilyapsan? Ishda bo'lishing kerak emasmidi? โ€” Ishimdan bugun vaqtliroq javob oldim. Mijozlar kam edi. Uyga borishdan oldin sizni oldingizga birrov o'tishni rejalashtirgandim. โ€” Aniq uyga ketasan-a? โ€” qizini doimo tungi o'n ikkidan keyin ko'rishga o'rganib qolgani uchun hozir qarshisida jilmayib turgani Farida opani shubhaga soldi. โ€” Oyii.. Kelishim bilan haydamang. Albatta, uyga boraman... O'zingizdan gapirsangiz-chi, savdo yaxshi bo'lyaptimi? Charchagan bo'lsangiz siz uyga ketavering. O'rningizga men qolaman. โ€” Shartmas. Sen tinchgina uyga borganing ma'qul.
ุฅุธู‡ุงุฑ ุงู„ูƒู„...
โค 4โคโ€๐Ÿ”ฅ 2๐Ÿ”ฅ 1๐Ÿฅฐ 1๐Ÿ‘ 1๐Ÿณ 1๐ŸŒš 1๐Ÿ˜‡ 1
ุงุฎุชุฑ ุฎุทุฉ ู…ุฎุชู„ูุฉ

ุชุณู…ุญ ุฎุทุชูƒ ุงู„ุญุงู„ูŠุฉ ุจุชุญู„ูŠู„ุงุช ู„ู…ุง ู„ุง ูŠุฒูŠุฏ ุนู† 5 ู‚ู†ูˆุงุช. ู„ู„ุญุตูˆู„ ุนู„ู‰ ุงู„ู…ุฒูŠุฏุŒ ูŠูุฑุฌู‰ ุงุฎุชูŠุงุฑ ุฎุทุฉ ู…ุฎุชู„ูุฉ.