cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

𝐒𝐡𝐚𝐫𝐪 𝐭𝐢𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐟𝐚𝐤𝐮𝐥𝐭𝐞𝐭𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐬𝐚𝐡𝐢𝐟𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢 👉🏻https://www.facebook.com/profile.php?id=100074683772675 👉🏻https://www.instagram.com/sharq_tillari_fakulteti

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 000
المشتركون
+124 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
-5030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
#Bizning_yutuqlar SamDCHTI Yaqin sharq tillari kafedrasi xitoy tili o'qituvchisi, Lingvistika: xitoy tili mutaxassisligi bo'yicha magistratura bosqichi bitiruvchisi Madina Shodiyeva O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👏 57🎉 9🤔 8👍 5 5❤‍🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik Qadrli yoshlar! ⚡️ Avvalo, Sizlarni, mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muhim sana – “Yoshlar kuni” bilan Sharq tillari fakulteti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ilm-fan va mehnat yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Doimo intiluvchan, jonkuyar va vatanparvar bo‘lib, yangi g‘oya hamda tashabbuslar bilan mamlakatimizni dunyoga tanitishdan aslo charchamang. 💐Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! Sharq tillari fakulteti dekani Utkir Sattarov!
إظهار الكل...
👍 16 7🎉 3🔥 2❤‍🔥 1
#Yoshlar_festivali #Bizning_yutuqlar Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda “Maroqand”, “SamTUIT style”, “Maroqandlik bojalar”, “Tarjimon”, “Dinamint” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Demak natijalar quyidagicha: 1-o‘rin — “Tarjimon” jamoasi; 2-o‘rin — “Dinamint” jamoasi; 3-o‘rin — “Maroqandlik bojalar” jamoalari qo‘lga kiritdilar. Shuningdek “Eng quvnoq qiz” nominatsiyasini “Maroqand” jamoasi a’zosi, “Eng quvnoq bola” nominatsiyasini “SamTUIT style” jamoa a’zolari qo‘lga kiritdilar. Barcha jamoalar o‘yin so‘ngida tashkilotchilar tomonidan diplom va tashakkurnomalar hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
إظهار الكل...
🔥 9👍 4❤‍🔥 3 2🎉 1
Repost from SamDCHTI | Rasmiy
2023/2024 o’quv yili bitiruvchilari uchun bitiruv oqshomi o’tkazildi Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi taraqqiyot zamonida yurtimizda talaba-yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda. Shu munosabat bilan bugun, 21-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida 2023/2024 o’quv yili bitiruvchilari uchun bitiruv oqshomi o’tkazildi. Tadbirni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Xoliqov Bahodir Aliqulovich kirish so’zi bilan ochib berdi va so’nggi yillarda institutda amalga oshirilgan ishlar, kelgusida belgilangan istiqbolli rejalar to’g’risida aytib o’tdi va bitiruvchilarga kelajakdagi faoliyatlarida omod yor bo’lishini bildirdi. Bitiruv oqshomida talaba-yoshlar, ota-onalar, professor-o’qituvchilar va barcha qiziquvchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ilmiy, o’quv, ma’naviy va ma’rifiy sohalarda faol bo’lgan bitiruvchilar imtiyozli diplom hamda bir nechta nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanishdi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 14 4
Photo unavailableShow in Telegram
#Tug’ilgan_kun Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Bugun  20.06.2024 Samarqand davlat chet tillari instituti Sharq tillari fakulteti dekan o’rinbosari Husanov Ulug’bek Toshmurodovich Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!    "Kelgusida bundan-da muvaffaqiyat cho‘qqilarini zabt etishda omad yor bo'lsin! Barcha orzu-istaklaringiz ro‘yobga chiqsin! Sizga va oilangizga farovon hayot, mustahkam sog‘lik hamda vafodor do‘stlar davrasida bo‘lish nasib etsin, Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin! ➡️Sharq tillari axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
إظهار الكل...
🎉 75🤯 7 4👌 4 3🔥 3👏 3🤔 3😱 3❤‍🔥 2😍 1
Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Tabrik Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Muborak Qurbon hayiti mohiyatida mujassam bo‘lgan xayr-u saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda jamiyatimizda keng targ‘ib etish xalqimizga xos bo’lgan insoniy fazilatlardandir. Avvalo, bu qutlug‘ bayramda barchamiz shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan Sizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni diyonat, ezgulik va fayz-baraka ayyomi – muborak Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu muqaddas kunda barcha ezgu amallaringiz, xayrli ishlaringizni Yaratganning o‘zi ijobat qilsin! Xonadoningizga fayz, dasturxoningizga baraka, el-yurt ravnaqi, kelajak avlod tarbiyasi, ta’lim dargohimizning nufuzini yanada yuksaltirish borasidagi fidokorona faoliyatingizda omad yor bo‘lsin! Jonajon Vatanimiz, xonadonimizda tinchlik, osoyishtalik bardavom bo‘lsin! Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin! Hayotimizning faravonligi, turmushimizning obodligi hamda ilm-fanning jadal sur'atlarda taraqqiy etishiga tilakdoshman. Kelgusi yilda ham Yaratgan barchamizni muqaddas Qurbon hayitida shod-u xurramlikda, yorug' yuz bilan uchrashtirishni nasib aylasin. Sog‘ va omon bo‘ling! Bahodir Aliqulovich Xoliqov, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori
إظهار الكل...

🙏 6👍 5🎉 5 3❤‍🔥 1
🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤jamoasi Vazifangizga texnik jihatdan yordam berishni taklif etamiz! 🔔Bizda yangilik! Endilikda rangli kitoblarga ham buyurtmalar qabul qilamiz! 📝 Turli xil oq-qora va rangli kitoblar chop etish 📝Prezentatsiya 📝Referat 📝 Mustaqil ish 🛍️Buyurtmalaringiz siz istagan vaqtda, shahar bo'ylab bepul yetkazib beriladi! 📢 O'quv markazlarini esa hamkorlikka chorlaymiz! ➕Ko'p miqdordagi buyurtmalar va doimiy mijozlarimiz uchun sizni hursand qiladigan chegirmalar bor! ❤️Unutmang eng arzon narxlar faqat bizda! Bizning manzil: Gagarin ko'chasi 43, Sharq tillari fakulteti. DXSH binosi podvoli "Sharq tillari akademiyasi" o'quv markazi, 8-xona Murojaat uchun: 📞+998337101212 📞+998901955151 👤@nasibbekov77 🌐https://t.me/arzon_print_Samdchti
إظهار الكل...
1
🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤jamoasi Vazifangizga texnik jihatdan yordam berishni taklif etamiz! 🔔Bizda yangilik! Endilikda rangli kitoblarga ham buyurtmalar qabul qilamiz! 📝 Turli xil oq-qora va rangli kitoblar chop etish 📝Prezentatsiya 📝Referat 📝 Mustaqil ish 🛍️Buyurtmalaringiz siz istagan vaqtda, shahar bo'ylab bepul yetkazib beriladi! 📢 O'quv markazlarini esa hamkorlikka chorlaymiz! ➕Ko'p miqdordagi buyurtmalar va doimiy mijozlarimiz uchun sizni hursand qiladigan chegirmalar bor! ❤️Unutmang eng arzon narxlar faqat bizda! Bizning manzil: Gagarin ko'chasi 43, Sharq tillari fakulteti. DXSH binosi podvoli "Sharq tillari akademiyasi" o'quv markazi, 8-xona Murojaat uchun: 📞+998337101212 📞+998901955151 👤@nasibbekov77 🌐https://t.me/arzon_print_Samdchti
إظهار الكل...
Repost from SamDCHTI | Rasmiy
Rektor bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov Sharq tillari fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili ta‘lim yo'nalishi bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashdi. Jarayon davomida bitiruvchi bosqich talabalariga bo‘sh vaqtlarida mazmunli, samarali hamda ilmiy ishlar ishlar bilan shug‘ullanishlari kerakligi ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, rektor yakuniy davlat attestatsiya sinovlariga mukammal tayyorgarlik ko‘rishlari hamda talabalarga o‘quv dargohini muvaffaqiyatli tamomlashida omad yor bo‘lishini bildirdi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 7 2
Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Muloqot Bugun, 10-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov institutning Sharq tillari fakulteti bitiruvchilari bilan qisqa muloqot o’tkazdi. Unda talabalarning takliflari hamda fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, institut rektori talabalarning bildirgan takliflariga binoan munosabat bildirib, xalqaro tanlovlarda ishtirok etish va nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo’lish borasida ko’rsatmalar berdi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 5
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.