cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati | Rasmiy kanal

Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
6 194
المشتركون
+324 ساعات
+327 أيام
+7730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

O'zboshimchalik bilan egallab olingan qanday yerlarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish mumkin? @bogottumanihokimligikanali
إظهار الكل...
Bugun Namuna mahallasida Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumandagi barcha idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar Qabulda tumanimizning turli hududlaridan kelgan 33 nafar fuqaroning turar joy, moddiy yordam, mahalladagi ichki yoʻllarni ta’mirlash, davolanish, bandlik, auksion savdolariga chiqarilayotgan yer maydonlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ijara shartnomasi kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari va tashkilotlar rahbarlarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish, moddiy qoʻllab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, muloqot davomida fuqarolarga ularni qiziqtirayotgan masalalar bo’yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. @bogottumanihokimligikanali
إظهار الكل...
Joriy yilning 2-may kuni soat 10:00 da Namuna MFY binosida Bog’ot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo’lib o’tadi
Sayyor qabulda tuman hokimi o’rinbosarlari, tumandagi barcha tashkilotlar va korxonalarning rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri va tuman adliya bo’limi xodimlari ishtirok etadi.
Manzil: Bog’ot tumani, Namuna MFY binosi. Batafsil ma’lumot olish uchun telefon: 62-31-52-807. @bogottumanihokimligikanali
إظهار الكل...
Yoshlar bandligi ta’minlanmoqda Bugungi kunda Bog‘ot tumanida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni doimiy ish joyiga ega boʻlishiga koʻmaklashish, har bir yosh jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar mahkamasining 2022-yil 22-iyundagi qaroriga binoan nogironligi bo‘lgan, “Yoshlar daftari”da turuvchi bir guruh yoshlarga bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinasi, kompyuter va motokultivatorlar topshirildi. Suhbat jarayonida tuman hokimi Jahongir Nazarov bunday imkoniyat, sharoitlardan unumli va to‘g‘ri foydalanish zarurligini ta’kidladi. @bogottumanihokimligikanali
إظهار الكل...
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi Sessiya kun tartibiga tuman sektor rahbarlarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalari, shuningdek, Bog‘ot tumanidagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar, tuman tibbiyot birlashmasi, tumandagi oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning ahvoli va sohadagi muammolar hamda shu kunning boshqa dolzarb masalalari kiritildi. Kun tartibidagi masalalar boʻyicha masʼul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Shundan so’ng sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi. @bogottumanihokimligikanali
إظهار الكل...
Yer va kadastr nazorati tadbirlari kuchaytiriladi Kadastr agentligi tomonidan dolzarb 40 kunlik eʼlon qilinishi munosabati bilan respublika bo’ylab yer va kadastr nazorati tadbirlari kuchaytiriladi. Unga ko’ra, hududlarda dronlar yordamida nazorat tadbirlari olib boriladi hamda kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarlik holatlari aniqlanadi. Yer nazoratchi inspektorlar tomonidan aniqlangan holatlar joyiga chiqqan holda maxsus planshetlar yordamida “E-Yer nazorat” axborot tizimiga kiritiladi va onlayn nazorat qilinadi. Qonun buzilish alomatlari bor, yaʼni sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash va noqonuniy qurilish qilish holatlari aniqlangan taqdirda Prokuratura organlariga yuboriladi. @bogottumanihokimligikanali
إظهار الكل...
Profilaktika ishlari olib borilishi sababli Bog'ot tumanining Bog‘zor, Navbahor, O‘zbekiston mahallalarida 2-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha hamda Oq tepa, Qalajiqqal’a, Navro‘z, Hurriyat, Beruniy mahallalari va Yangi qadam shaharchasida 3-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. @bogottumanihokimligikanali
إظهار الكل...
“Ogohlik davr talabi” yoxud “O‘z uyingni o‘zing asra” Hozirda Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chegara oldi aholi punktlarida istiqomat qiluvchi mahalliy aholining xushyorligi va ogohligini oshirish bo‘yicha muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilib, o‘quv mashg‘ulotlari tashkilashtirilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 26-aprel kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumani, “Nayman” MFY hududida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘quv mashg‘uloti yakunida aholi o‘rtasida “Ogohlik davr talabi” va “O‘z uyingni o‘zing asra” mavzularida umumprofilaktik tadbir o‘tkazilib, mahalliy aholiga erishilgan yutuqlar qatorida, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha tushunchalar berildi. @bogottumanihokimligikanali
إظهار الكل...
“Qilmish qidirmish” Joriy yilning 3-aprel kuni Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining korrupsion faoliyatiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir tashkillashtirildi. Tadbir davomida, Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati bilan jinoiy til biriktirib, moddiy rag‘batlantirish, ya’ni pora evaziga fuqarolarni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilinishlarida vositachilik qilib kelayotgan “Q.M.R.” va “S.Sh.Sh.”lar qo‘lga olindi. Jumladan, tadbir davomida, “Q.M.R.” va “S.Sh.Sh.”lar o‘zaro jinoiy til biriktirib tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilinishi uchun “K.X.”dan 500 AQSh dollari va 1.260.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘larini olayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Natijada, “Q.M.R.” va “S.Sh.Sh.”larga nisbatan Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
إظهار الكل...
Bog’otlik sportchi O’zbekiston kubogida oltin medalni qo’lga kiritdi Jizzaxda o’tkazilgan Taekvondo WT bo’yicha O’zbekiston kubogida Bog’ot tumani Ma’naviyat mahallasida yashovchi 10-sinf o’quvchisi Allaberganov Abdulaziz 73 kg vazn toifasida oltin medalni qo’lga kiritdi. @bogottumanihokimligikanali
إظهار الكل...