Ilyosjoniy ོ | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
Ushbu blog kelajakdagi tarix uchun 📍🇪🇺 @ilyosjon27
إظهار المزيد247
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-17 أيام
-130 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Umidjon Ishmukhamedov
⚡️Битта тўғри ғоя билан миллатни аждодларга муносиб авлод қилиш мумкин.
Бунинг учун ғоя шамолини кўтариб, инсоннинг онг остига ўрнашиши лозим. Бунга 6 ой харакат қилдик.
Aгар ушбу видеони кўриб, қалбингиз жумбушга келган бўлса, айнан шу инсон менман ёки менинг фарзандларим, дўстларим, акаларим, укаларим деган инсонларга улашиб, шамолни қадриятли кўтарилишига, уларнинг миллатимиз умидига айланишига сабабчи бўлинг 🙌
Millat Umidi
Umidjon Ishmukhamedov - ғоя муаллифи
Zohirjon Olov - Шеър муаллифи
Zohirshoh Jurayev - Ижроси, мусиқаси муаллифи. Шу лойида қатнашган ҳамма иштирокчиларга ташаккур!
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon
Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi...
Umar Xayyom
@ilyosjoniy
Qiziq statistika, muvaffaqiyatli insonlarning aksariyati erta otasidan ajragan (vafot etgan, tashlab ketgan...)
George Washington, Steve Jobs, Elon Musk, Murad Nazarov yana bir qancha insonlar bunga misol bo'ladi balki atrofingizda shunday insonlar bordir
Nega muvaffaqiyatli bo’lgan? Asosiy sabablaridan biri
Masuliyat!
Qaysi sohada muvaffaqiyatga erishgan insonni ko’rsangiz bu masuliyat sabab.
Masuliyat nima degani hamma ishni o'z vaqtida qilish! Vaqtni behuda sarflamaslik.
Hozir kitob o'qish kerakmi demak borib kitob o'qiydi, reels ko'rmasdan.
Pul topish kerakmi, pul topadi.
Qanchalik erta masuliyatni bo'yningizga olsangiz, shuncha maqsadingizga yaqinlashasiz. Va haqiqiy dunyoni ko'ra boshlaysiz.
O'zbekistonda e'tibor bergan bo'lsangiz aksariyat boy insonlar farzandini chet elga o'qishga jo'natadi.
Farzandi 1-2 yilda yaxshigina o'zgarib qaytadi. Sababi hali tushiga kirmagan voqealarni hayotda ko'radi. O'zini muammolarini o'zi hal qilishga majbur bo'lib qoladi.
Tezroq masuliyatli bo'lishni yagona yo'li - ilojsizlik(bu alohida mavzu)!
@ilyosjoniy
+5
Bugun Citi bankda ishlaydigan akalar o’zlari tashkillashtirgan shaxmat tournamentga taklif etishgan edi.
Haqiqiy shaxmat doskasida o’ylansh ozgina qiyin bo’ldi, onlinega o’rganib qolganim uchun.
9 ta imkoniyatdan 3 tasidan foydalana oldim. Boriga baraka)
Ishchilar uchun sharoit ja Googledagidek emasu, lekin asosiysi coffee bor ekan:)))
@ilyosjoniy
+2
Last game, last chance
Mani qoyil qoldirgan narsa Nodirbekni onalari hamma musobaqada har doim birga.
@ilyosjoniy
Vaqtida o’rganilmagan ilm riboga o’xshaydi. Vaqt o’tgan sayin badalini to’lashingiz qiyinlashib boradi. To’lay olmasligingiz ham mumkin.
@ilyosjoniy
Muvaffaqiyatli bo’lishingga kafolat yo’qdir, ammo muvaffaqiyatsiz bo’lishingga kafolat bor agar hozir harakat (sababini) qilmasang!
-kimdir
@ilyosjoniy
Alisher Sadullayev va Aziz Rakhimov bilan ko’rishsangiz, qanday savol bergan bo’lar edingiz?
Sizda bu imkoniyat bor, izohda yozing savolingizni:)))
+2
Bugun, bu hayot faqat “mindset” o’ynidan iborat ekanligini yana bir bor o’zim uchun isbotladim.
4km bosib bo’lganimdan so’ng, uyga qaytish xohishi juda kuchaydi. Sababi hali 17km yo’l bor va havo juda issiq.
Hech qanday sehirli dori ichmadim, jismoniy holatim nimadir qilib yaxshilamadim. Shunchaki miya bilan jang bo’ldi.
Va natijada, yarim marafon, 21km bosib o’tildi.
@ilyosjoniy
+3
Bizda ilmli qatlam hali yam sun’iy intelekt ishimizni olib qo’yadimi yo’qmi deb o’ylab o’tiribmiz. (O’zim ham)
Boshqa qatlam yani asosiy aholi esa hali xindular davrida yuribdi boshqalarni muhokama qilib.
“Fahshga botgan” davlatlarda esa AI ustiga million dollarlik kompaniyalar qurishmoqda.
Ta’limda pas baholanaydigan ko’nikma - savol berish
Bog’chaning 1-kunidan boshlab bolalar ustozga savol berishi shartligini tushuntirish kerak.
Birinchi harf o’rgatishdan oldin savol berish odatiy holatligini tushuntirish kerak. Balkim savol bergan bolalarni rag’batlantirish kerak.
Nega unaqa qilishimiz kerak?
Hozirgi barcha muammolarimiz va kamchiliklarimizning sababchisi savol bera olmasligimiz. Qarang to’g’ri savol berish demayapman, shunchaki savol berish.
Ha shunchalik oddiy va qiyin muammolarimizning yechimi.
Hamma bir xil video ko’radi, bir xil kitob o’qiydi. Ammo savoli eng ko’pi, ko’proq bilim oladi.
Siz rivojlantishni xohlaydigan ko’plab ko’nikmalarni negizida savol berish turibdi
Savol berish ko’nikmamizni rivojlantirish orqali. Dinimizda amalimiz ko’proq bo’ladi. Ko’r-ko’rina o’rganmasdan, asl mohiyatini tushunib o’rganamiz, amal qilamiz.
Men uchun savol berishning oliy darajasi - o’zimizning savollarimizga o’zimiz javob berishimiz.
G’alati va oddiy savol berishdan boshlang!
@ilyosjoniy
+4
O’zingiz haqingizda 30-50 soniyalik og’zaki CV tayyorlang.
Bugun “negotiation” haqida bir eventda qatnashdim. Eventdan so’ng, “networking session” bo’ldi. Kimdir sotuv bo’limi boshlig’i, kimdir o’zini kompaniyasi bor, kimdir esa proyekt menejer. Har xil soha vakillari.
Ular bilan tanishganda, ularga qiziq inson bo’lishingiz kerak. Shuning uchun oldindan bunga tayyorlanib qo’ygan avfzal.
Soft skill larni rivojlantirish uchun yaxshi tajriba bo’ldi. Qiziq odamlar bilan tanishdim)
Ha yana bitta maslahat, LinkedIn profileni to’g’irlab qo’yinglar, chet elda insonlar bilan tanishganingizda asosan LinkedIn contactlarizni alishasiz.
@ilyosjoniy
O’zimiz xohlagan hayotga, sabablarini qilsak erisha olamizmi?
Yashamoqchi bo’lgan hayotimiz, atrof muhit/jamiat tasiri emasligini qayerdan bilamiz?
Qilgan qarorimiz, hozir qilayotgan ishlarimiz to’g’riligini vaqt sinovisiz qanday bilamiz?
Shortcut’lardan foydalanish qanchalik to’g’ri? Haqiqatdan ham shortcutligini qayerdan bilamiz?
Hammasi yaxshi bo’lishi uchun nima qilish kerak?
So’nggi haftalar miyamda aylanib yurgan savollar.
2-3 kundan buyon menga bir ayol yozyapti. 2.5 yoshar farzandi kasal ekan. Dori uchun pul kerak.
Agar 2+ mln so'm ehson qilishga imkoningiz bo'lsa, yoki dorilarini bir qismini olib berishga imkon bo'lsa yordam bering.
+998 93 1735116 shu nomer. Xohlasangiz telegramdan xohlasangiz, tel qilishingiz mumkin.
Hamma kerakli hujjatlarni tashlab beradi, yaxshilab tekshirishingiz mumkin.
Yoki imkoni bor tanishingizga yuboring postni.
@ilyosjoniy
Video sifati muhim emas!
Instagramni kuzatsangiz, video sifatiga juda katta urg'u berishadi. Ammo bu siz o'ylaganchalik muhim emas.
Hozir Aziz aka bilan gaplashib o'tirgan edim, megamiyya bo'lish uchun "All-in" degan podcast tavsiya berdilar. O'zbek sifatida birinchi e'tiborimni tortgan narsa bu video sifati. 4-5 ta brat zoomni yoqib gaplashib o'tirishar ekan. 491K sifatli auditoriyaga ega ekan.
Video uchun muhimlilik ketma-ketligi:
1. Audio sifati
2. Ma'lumot yetqazib berilish uslubi (tushunarlilik, xarizma, hook ham kiradi, buni yana alohida qismlarga bo'lsa bo'ladi)
3. Ma'lumot (qiymat)
4. Chiroqlar (lighting, tabiiy yorug'likdan foydalansangiz ham bo'ladi)
5. Camera
Video sifatiga e'tibor berishdan oldin, uni yetqazib berish uslubi va ma'lumotga e'tibor qaratish kerak.
Hamma video sifati va oshirib yuborilgan montaj bilan ovora bo'lgan paytda, tabiiy video qilib, qiymat berishga vaqt sarflansa auditoriya sadoqatligi va sifati oshadi.
Yozganimdek anti trend har doim trendda
@ilyosjoniy
