cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Ma'rufjon Blogi

Kitoblar haqida postlar. 💰Postlar manfaatli bo'lsa, donat uchun: 8600492984450854 Ikkinchi kanal: @bookinoman1 YouTube manzil: https://www.youtube.com/channel/UC9bOod_K-A7TKQv2Su0yjLw

إظهار المزيد
Tajikistan2 592لم يتم تحديد اللغةالكتب14 159
مشاركات الإعلانات
1 023
المشتركون
-224 ساعات
-387 أيام
+5530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

YouTubeda yana bir sifatli videokontent paydo bo'ldi. Obuna bo'lib, qo'llab-quvvatlab qo'yamiz. https://youtu.be/2qk1FPsAHOU
إظهار الكل...
Non-Fiction #1: Nega ayrim mamlakatlar boy va nega aksariyati kambag'al?

Loyihamizning dastlabki soni Jeyms Robinson va Daren Ajemog’luning “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi haqida. Ushbu videoda siz quyidagi savollarga javob olasiz: “Nega ayrim mamlakatlar boy va nega aksariyati kambag’al?” “Mamlakatning iqtisodiy rivojini qanday omillar belgilab beradi?” “Kambag’al mamlakatlardagi vaziyatni qanday o’zgartirish mumkin?” “Mamlakatlar rivojida institutlarning roli qanday?”

👍 5
Kitobni fonda musiqa bilan mutolaa qila olasizlarmi? Buni foyda yoki zararlari haqida yozib keting-chi @marufjonblogi
إظهار الكل...
👍 3
Anchadan buyon bir muammo meni o‘ylantiradi. Chet eldagi istalgan yozuvchining asarlar nomlari va yillari yoki rejissor-aktyorlarning filmlari ro‘yxatini Google’da bittada topib olsa bo‘ladi. Ayniqsa, Wikipediya bu borada birinchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Lekin o‘zimizning yozuvchilarni yozgan kitoblari, ularning yillari va umuman bibliografiyasini bitta joyga yig‘adigan birorta manba topib bo‘lmaydi. Nega shunaqa? UzWiki ijodkorlariga mana shu taklifni bermoqchiman. Ha, bor, yozuvchilar biografiyasi va ularning asarlari haqida ma’lumotlar. Lekin, menimcha, hammasi ham to‘liq emas. Albatta, bu borada ham ishlar olib borilayotgan va yaqin orada bu muammo ham yechilar. Lekin buni tezroq bo‘lishini istagan bo‘lardim ) Katta-katta yozuvchi shoirlarimizning asarlari to‘liq bo‘lmasa nomlari jamlangan. Lekin juda ko‘p uncha mashhur bo‘lmaganlari haqida ma’lumotlar yig‘ish qiyin. @marufjonblogi
إظهار الكل...
👍 3 1
Nosog‘lom (abyuziv) munosabatlarda abyuzerning portreti Juda ko′p oilalar, munosabatdagi insonlarda turli nizolarni ko‘ramiz. Ularning kelib chiqish sabablari, qanday oqibatlarga olib borishi haqida esa deyarli o‘rganilmaydi. Keling, bugun munosabatlarda abyuzerlar tasviri qanday bo‘lishi haqida gaplashamiz: 1. E’tiborsizlik. Bu munosabatlarda ehtiyoj va talablarni ignor qilaverish. Abyuzer hech qachon partnyorining ehtiyojlari haqida qayg‘urmaydi 2. Agressiya. Mojarolar baqir-chaqir, haqoratlar, jismoniy zarar yetkazishlar bilan bo‘lib o‘tadi 3. Ikki xil standartlar. Abyuzer o‘zi erkin yashaydi (xohlagan payti ko‘chaga chiqadi, o‘rtoqlari bilan ko‘rishadi, pulni xohlagancha sarflaydi), lekin partnyoriga esa bu narsalarga ruxsat yo‘q. 4. Nazorat va chegaralarni buzish. Abyuzer partnyorini barcha tirik mavjudotlardan qizg‘onadi va uning harakatlarini cheklashga urinadi. Yoki uning muloqotini nazorat qiladi — telegramini o‘ziga ulab olish, yozishmalarni tekshirib turish. Atrofda juda ko‘pchilikda kuzatiladi-a? ) 5. Shantaj. Abyuzer har xil shartlar qo‘yadi va o‘zi xohlamagan narsani partnyori qilmasligi uchun uni manipulyatsiya qilishga urinadi: “Agar bugun uylarni tozalamasang, do‘stlaring bilan ko‘rishishga chiqmaysan”. 6. Qo‘pol hazillar, kinoyalar. Partnyorga nisbatan uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirish uchun qilingan qo‘pol hazillar, tabassum niqobi ostiga yashiriladigan kinoyalar. Parnyor maksimal yerga urilganidan keyin: “ha, men shunchaki hazillashdim-ku”, deyish. 7. Sherikning imkoniyatlarini past baholash. Abyuzer o‘z qurbonining shaxsiy hayoti, uning chegaralari bilan hisoblashmaydi. “Sening qiziqishlaring menikichalik muhim emas”. “Do‘stlaring senga yomon ta’sir o‘tkazmoqda”, “Sen bema’ni ishlar bilan shug‘ullanyapsan”. 8. Kayfiyatning o‘zgarishi. Abyuzer dunyodagi eng jozibali inson bo‘lishi mumkin, lekin yarim soatdan so‘ng u baqiroq zolimga ham aylana oladi. Uning xatti-harakatini oldindan aytib bo‘lmaydi. Partnyor esa uning oldida o‘zini qanday tutishni bilmaydi. Bu nosog‘lom munosabatlardagi ba’zi belgilar. Bular qatoriga yana bir-ikki bandlarni qo‘shishim mumkin edi. (Biroq, ularni ham yozsam, aynan abyuziv munosabatlardagi insonlar qattiqroq jazavaga tushib qolishi mumkin). @marufjonblogi
إظهار الكل...
👍 10
Telegram'ning o'zbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin. Ro'yxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga a'zo bo'lishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmunli va samarali o'tishiga yordam beradi. https://t.me/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
إظهار الكل...
UzBookblogs

astronaut invites you to add the folder “UzBookblogs”, which includes 32 chats.

👍 1 1
Hozircha ushbu kitobdan o‘rin olgan ikkita hikoya, “Ishg‘ol qilingan uy” va “Aksolotl”ni o‘qib chiqdim. Ikkalasi ham insonni bir zumga o‘yga toldiradi. Birinchi hikoyada aka va singil o‘zlarining keng uyida bamaylixotir yashashadi toki ularning uylarini begonalar sekin-sekin egallab olishgunicha. Avval bitta xona, keyin yana biri va oxirda aka-singil uyni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. Ancha o‘yladim, ramz qidirdim. Ba’zi manbalarda begonalar Argentinaga kelgan yangi hukumat va ular o‘ziga yoqmaganlarni sekin siqib chiqarishiga ishora ekanligini yozilgan. Kortasar ham yangi hukumat bilan kelisha olmagach, u yerni tashlab, Yevropaga ketgani yozilgan. Yana bir taxmin borki, begonalar bu — yolg‘izlik. Yolg‘izlik insonni sekin-sekin qamrab oladi va yakunda uni hech narsasiz qoldiradi degan ma’no kelib chiqishi ham mumkin. Xullas, o‘quvchi o‘zicha xulosani chiqaraverishi mumkin. Ikkinchi hikoyada esa akvariumdagi aksolotlga mahliyo bo‘laverib, yakunda o‘zi ham ulardan biriga aylanib qolganini sezmay qoladi. Haqiqatan ham odam bir narsaga mukkasidan ketsa, uni egallay boshlaydi va atrofda hech kim uni tushunmaydigandek, uni qabul qila olmaydigandek, o‘ziga o‘xshagan “aksolotl”lar bilan til topishadigan bo‘lib qoladi. Bu hikoya haqida yanada kengroq xulosalar chiqarsa bo‘ladi. Juda yoqdi. Kitobdagi qolgan hikoyalarni ham navbat bilan o‘qishni boshlayapman, kecha ta’kidlaganimdek, “Love, Death and Robots” serialidek. Unda ham voqealar kutilmagan burilish oladi va kutilmagan yakun bilan intiho topadi. Kortasarni o‘qish kerak, azizlarim. @marufjonblogi
إظهار الكل...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Yarim tunda Kortasardan o'qigim keldi. Hikoyalarini o'qiyapman-u, go'yoki, “Love, Death, Robots” syujetini ko'rayotgandekman. Kutilmagan burilishlar, odamni o'yga toldiradigan voqealar. @marufjonblogi
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
To'g'rimi? @marufjonblogi
إظهار الكل...
👍 14🔥 3
Nimanidir xato qilyapman O‘qishni bitirganimdan so‘ng eng ko‘p eshitgan savollarim: qachon endi psixologlik qilasan? Psixologik blog yuritasan? Psixologik konsultatsiyalar o‘tasan? Javob har safar bir xil: ozroq bilimimni oshiray. Ha, psixologman deb da’vo qilishga faqatgina diplomning o‘zi kifoya emas. Diplomli psixologman, bu juda qiyin sohaligini, odamlarning hayoti bilan o‘ynashib bo‘lmasligini yaxshigina bilaman. Kun kelib, insonlarga yordam berishni, jamiyatimizda zulukdek yopishgan illatlarni, muammolarni kamaytirishni xohlayman. Bu kasb zavqli ekanligini bilaman. Bir paytlar 2-3 kishi bilan psixolog sifatida ishlaganman. Ularga yordamim tekkanini bilib, quvonganman. Lekin bu shunchaki o‘z bilim doiramdan kelib chiqib, tor doiradagi ishlar edi. Lekin men bilimim kam, hali psixologlik yukini ko‘tara olmayman deb turgan joyimda, kundan kunga internet sferasida psixologlar ko‘paymoqda. Ularni kuzatishni judayam yoqtiramanda. Nega? Hammasi gapirayotgan gaplar, qilmoqchi bo‘layotgan ishlar kulgumni qistaydi. Juda oddiy, elementar va tiyinga qimmat gaplar. Ammo ularni tinglaydigan, ularga ishonadigan va hatto millionlab sarflab konsultatsiyalariga yoziladigan odamlar bor. Nimaaaa? deyman o‘zimga-o‘zim. Ha, bunaqa qalloblarni ko‘rsam, menga og‘ir botadi. Chunki bu sohaga dog‘ tushirishni istamay, munosib bo‘lib, harakat qilay deb turgan joyimda, dog‘ tugul, hamma joyini rasvo qilib yuborishdi. Ular bilan yuzma-yuz bo‘lib qolsangiz yoki sal chuqurroq kirsangiz, psixologiyani elementar narsalarini ham bilmasligini tushunib yetasiz. Shunchaki xalqimizning shirin so‘zga, yoqimli daldalarga muhtoj ekanligidan unumli foydalanishmoqda. Eh xalqim-a!!! Yaqinda bir psixolog insonda 3 ta shaxsiyat bor deb turib, 4 ta sanasa bo‘ladimi, deng. Keyin o‘ziyam hayron qolib, “yo‘q, 4 ta shaxsiyat ekan” deydi. Bern go‘rida tik turgandir buni eshitib. Bundaylarni taqiq qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, taqiq — erkinlik bo‘g‘ilishining asoslaridan biri. Shunchaki odamlarimiz qallob kim-u, soha egasi kim ajratib olishi lozim. Yo‘qsa, hali bundaylarning bozori chaqqon bo‘laveradi. @marufjonblogi
إظهار الكل...
👍 9🔥 1
O'zi rostdan kitob o'qiyotganlar bormi? @marufjonblogi
إظهار الكل...
🔥 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.