Kodeks va Qonun
الذهاب إلى القناة على Telegram
Tarix va huquq fanlaridan sifatli ta'lim beramiz. Natijaga 100 foiz kafolat beramiz savollaringiz boʻlsa bizga murojaat qiling👉 @kumakuz1bot
إظهار المزيد1 226
المشتركون
+224 ساعات
-67 أيام
-2830 أيام
أرشيف المشاركات
1 226
#oila_kodeksi
❗140-modda. Aliment qarzining miqdorini belgilash
Aliment qarzining miqdori davlat ijrochisi tomonidan sudning hal qiluv qarori yoki aliment toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvda belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ushbu Kodeksning 99-moddasiga asosan voyaga yetmagan bolalarga toʻlanadigan aliment qarzining miqdori aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi miqdoridan kelib chiqqan holda aliment undirilmagan vaqt uchun hisoblab chiqiladi. Agar aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs shu davrda ishlamagan boʻlsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi. Agar qarzni bunday belgilash taraflardan birining manfaatlariga jiddiy putur yetkazsa, manfaatlariga putur yetkazilgan taraf sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini va boshqa eʼtiborga loyiq holatlarni inobatga olib, qarzning pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summasini belgilashi mumkin.
@SattorovFL
1 226
🇺🇿 1 июлдан Ўзбекистонда нималар ўзгаради?
💰 Иш ҳақи, пенсия, нафақа ва стипендиялар 7% га оширилади.
💳 🔳 Барча электрон тўловлар UzQR ягона QR-коди орқали қабул қилинади.
🏦 Кичик бизнес учун гаровсиз микрокредитлар 200 млн сўмгача оширилади.
🏥 Тиббий хизматлар сифати устидан назорат кучайтирилади.
🏢 Тошкентда кўп қаватли уйлар “Mening uyim” тизими орқали бошқарилади.
⚡ Коммунал қарзи борларга электр учун тўлов қилишга вақтинча чеклов жорий этилади.
🇫🇷 Франция туристик визаси учун янги автоматик навбат тизими ишга тушади.
👨💼 Давлат хизматига қабул қилиш тартиби янгиланади.
Барча ўзгаришлар 2026 йил 1 июлдан кучга киради.
@SattorovFL
1 226
#Fuqarolik_kodeksi
❗147-modda. Vaqt davri bilan belgilangan muddatning tamom boʻlishi
Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom boʻladi.
Yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
Bunda yil choragi uch oyga teng deb hisoblanadi, yil choraklarining hisobi esa — yil boshidan yuritiladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oxirgi oyidagi tegishli kunda tugaydi.
Yarim oy deb belgilangan muddatga kunlar bilan hisoblanadigan muddat deb qaraladi va u oʻn besh kunga teng boʻladi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tamom boʻlishi tegishli raqam boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, u holda muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Haftalar bilan oʻlchanadigan muddat shu muddatning oxirgi haftasidagi tegishli kunda tugaydi.
@SattorovFL
1 226
#Fuqarolik_kodeksi
❗465-modda. Kontraktatsiya shartnomasi
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga –– tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda toʻlash (toʻlab turish) majburiyatini oladi.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, kontraktatsiya shartnomasiga nisbatan mahsulot yetkazib berish shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar, tegishli hollarda esa davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga doir davlat kontrakti toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanadi.
@SattorovFL
1 226
#Jinoyat_kodeksi
❗78-modda. Sudlanganlik holatining tugallanishi
Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;
b) majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach;
v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin bir yil oʻtgach;
g) ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin — ikki yil oʻtgach;
d) besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — toʻrt yil oʻtgach;
e) besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — yetti yil oʻtgach;
j) oʻn yildan ortiq, lekin oʻn besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — oʻn yil oʻtgach.
@SattorovFL
1 226
#Jinoyat_kodeksi
❗69-modda. Jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish
Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab:
a) uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil;
b) besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — besh yil;
v) oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — oʻn yil;
g) oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — oʻn besh yil ichida ijro etilmagan boʻlsa, mahkum asosiy va qoʻshimcha jazolardan ozod qilinadi.
@SattorovFL
1 226
Repost from Registan LC | Mega filiali
⚠️ DIQQAT: Parvoz vaqtida 2 asosiy shartlari va xavfsizlik qoidalari bor!
💬 Batafsil bilmoqchimisiz? Bizga "SAYOHAT" so'zini yozing va parvoz sirlarini ochamiz!
+998932622700
@Registan_Mega
1 226
❗103¹-modda. Oʻzini oʻzi oʻldirishga undash
Oʻzini oʻzi oʻldirishga undash, yaʼni koʻndirish, aldash yoki boshqa yoʻl bilan oʻzga shaxsda oʻzini oʻzi oʻldirish hissini uygʻotish, agar shaxs oʻzini oʻzi oʻldirgan yoki oʻzini oʻzi oʻldirishga suiqasd qilgan boʻlsa, —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
@SattorovFL
1 226
❗ЎЗБЕКИСТОНЛИК ЁШЛАР ФАН ОЛИМПИАДАСИДА ҒОЛИБ БЎЛСА 1 МЛРД СЎМ НАҚД ПУЛ ОЛАДИ
Президент фармони билан нуфузли халқаро фан олимпиадаларида ғолиб ва совриндор бўлганлар учун бир марталик пул мукофоти миқдори 5 карра оширилган эди.
Масалан, нуфузли халқаро олимпиада ғолиби 1 млрд 30 млн сўм (84,4 минг доллар) мукофот пулига эга бўлади.
Бу дегани бир марта фан олимпиадасида чемпион бўлса, оиласининг ҳаёти тубдан ўзгариб кетади.
@SattorovFL
1 226
#konstitutsiya
II bob. Xalq hokimiyatchiligi
7-modda.
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʻzlab va Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar
tomonidangina amalga oshiriladi.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini oʻzlashtirish,
hokimiyat organlari faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy
tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos boʻladi.
8-modda.
Oʻzbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil
etadi.
9-modda.
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi,
umumxalq ovoziga — referendumga qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida referendum oʻtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
10-modda.
Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti
ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida
shaxs Oʻzbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.
11-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipiga asoslanadi.
12-modda.
Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilmaxilligi asosida rivojlanadi.
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emas.
13-modda.
Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.
@SattorovFL
1 226
1 июндан газ ва свет нархи ошади: олдиндан тўлов қилганлар қанча тежайди?
Жорий йилнинг 1 июнидан бошлаб Ўзбекистонда табиий газ ва электр энергияси тарифлари оширилади. Амалдаги қоидаларга кўра, олдиндан тўлов қилинганда аҳоли учун 2 ой (1 августгача), тадбиркорлар учун эса 1 ой давомида эски тарифлар амалда бўлади.
@SattorovFL
1 226
Repost from GENERALISSIMUS
❗️“Ўқитувчиларнинг ортида армия бор, “погонлилар” бор, Президентимиз бор: Мирзо Улуғбек туманидаги мактабда содир бўлган воқеа адолатли якун топди
19 май куни Тошкент шаҳри Мирзо Улуғбек туманидаги 275-мактабда информатика фани ўқитувчиси ва 9-синф ўқувчилари ўртасидаги низо жамоатчиликда қизғин муҳокамаларни келтириб чиқарди.
Аввалига ўқитувчига нисбатан жиноий иш очилганди, аммо кейинроқ ушбу иш тугатилди. Расмий текширув натижалари воқеанинг тўлиқ манзарасини очиб берди: ўқитувчи ўқув жараёнини ва ўз шаънини ҳимоя қилиш доирасида ҳаракат қилган. Воқеа дарс жараёнида содир бўлган. Ўқувчилар ўқитувчининг талабларига риоя қилмаган, дарс жараёнига халал берган ва ҳурматсизлик қилган.
Маълум қилинишича, фарзанд тарбиясида камчиликка йўл қўйган ота-оналарга нисбатан жавобгарлик чоралари кўрилади. Шу билан бирга, ўқувчиларнинг ота-оналарига нисбатан ҳам масъулият масаласи кўтарилди. Текширув давомида болаларнинг мактабдаги хулқ-атвори, ўқитувчига бўлган муносабати ва уларнинг тарбиясидаги камчиликлар аниқланди.
Ички ишлар вазирининг биринчи ўринбосари Рустам Жўраев ўқитувчиларга уларнинг ортида армия турганини, “погонлилар” борлигини ва улар Президент ҳимоясида эканини қатъий таъкидлади.
Тошкент шаҳар ИИББ бошлиғи Равшан Султанходжаев эса бундан кейин ўқитувчига нисбатан кўтарилган қўл ва ҳақорат жавобсиз қолмаслигини билдирди.
@u_generalissimus
1 226
Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi ham mumkin. Birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin.
Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek, shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.
Xuddi shu tariqa, voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari (kiyim-kechak, turli ish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.
@SattorovFL
1 226
❗Наманганда 11-синф ўқувчиси унаштирилган йигити томонидан ўлдирилгани айтилмоқда....
Наманган вилояти Косонсой туманида 18 ёшли 11-синф ўқувчиси унаштирилган йигити томонидан пичоқлаб ўлдирилгани хабар қилинмоқда.
Бош прокуратура ахборот хизмати маълумотига кўра, воқеа 6 май куни соат 08:30 ларда содир бўлган. 28 ёшли фуқаро Н.М. рашк сабаб унаштирилган қизи Қ.И. билан жанжаллашиб, ўзи билан олиб юрган пичоқ билан унинг кўкрак ва қорин қисмига бир неча марта зарба берган.
Оғир тан жароҳатлари олган қиз шифохонага олиб кетилган, аммо шифокорлар уни сақлаб қола олмаган.
Ижтимоий тармоқларда жанжалга битирув оқшоми учун тиктирилган кўйлак сабаб бўлгани ҳақида хабарлар тарқалди. Расмий идоралар ҳозирча бу маълумотни тасдиқламаган.
Ҳодиса жойига тезкор-тергов гуруҳи чиққан, далилий ашёлар олинган ва экспертизалар тайинланган.
Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 97-моддаси 1-қисми (қасддан одам ўлдириш) билан жиноят иши қўзғатилиб, гумонланувчи ЖПКнинг 221-моддаси тартибида ушланган.
Тергов ҳаракатлари давом этмоқда.
@SattorovFL
1 226
Repost from Registan LC | Mega filiali
🔥 #result_milliysertifikat
🎉 TARIX FANIDAN NATIJA —A+📚
YO'LDOSHEVA BIBIXONIM— Tarix fanidan maxsus sertifikat kursimizda tahsil olib, qisqa muddat ichida 100% natija bilan A+ darajani qo‘lga kiritdi! 💯
👨🏫 Ushbu qisqa vaqtdagi muvaffaqiyat Registon Mega filialida, tajribali ustoz Firdavs Sattorov rahbarligida amalga oshdi. To‘g‘ri yo‘naltirish, kuchli metodika va intizom — natija mana shunday bo‘ladi!
Qanday zo‘r mehnat samarasi! 🔥
Qanday havas qilsa arziydigan natija!
🚀 Siz ham qisqa muddatda yuqori natija xohlaysizmi?
Maxsus tezlashtirilgan, kafolatlangan sertifikat guruhlariga qabul ochiq!
📌 Kursga yozilish:
https://registan.edutizim.uz/order/entry/?survey=s117
☎️ 932622700
Registon — natija beradigan markaz! 💙
@Registan_Mega
1 226
Repost from Registan LC | Mega filiali
🔥 #result_milliysertifikat
🎉 TARIX FANIDAN NATIJA —A📚
TIRKASHEVA MEHRIBON— Tarix fanidan maxsus sertifikat kursimizda tahsil olib, qisqa muddat ichida 100% natija bilan A darajani qo‘lga kiritdi! 💯
👨🏫 Ushbu qisqa vaqtdagi muvaffaqiyat Registon Mega filialida, tajribali ustoz Firdavs Sattorov rahbarligida amalga oshdi. To‘g‘ri yo‘naltirish, kuchli metodika va intizom — natija mana shunday bo‘ladi!
Qanday zo‘r mehnat samarasi! 🔥
Qanday havas qilsa arziydigan natija!
🚀 Siz ham qisqa muddatda yuqori natija xohlaysizmi?
Maxsus tezlashtirilgan, kafolatlangan sertifikat guruhlariga qabul ochiq!
📌 Kursga yozilish:
https://registan.edutizim.uz/order/entry/?survey=s117
☎️ 932622700
Registon — natija beradigan markaz! 💙
@Registan_Mega
1 226
Repost from Registan LC | Mega filiali
🔥 #result_milliysertifikat
🎉 TARIX FANIDAN NATIJA —A📚
ABDIRAIMOV BILOL— Tarix fanidan maxsus sertifikat kursimizda tahsil olib, qisqa muddat ichida 100% natija bilan A darajani qo‘lga kiritdi! 💯
👨🏫 Ushbu qisqa vaqtdagi muvaffaqiyat Registon Mega filialida, tajribali ustoz Firdavs Sattorov rahbarligida amalga oshdi. To‘g‘ri yo‘naltirish, kuchli metodika va intizom — natija mana shunday bo‘ladi!
Qanday zo‘r mehnat samarasi! 🔥
Qanday havas qilsa arziydigan natija!
🚀 Siz ham qisqa muddatda yuqori natija xohlaysizmi?
Maxsus tezlashtirilgan, kafolatlangan sertifikat guruhlariga qabul ochiq!
📌 Kursga yozilish:
https://registan.edutizim.uz/order/entry/?survey=s117
☎️ 932622700
Registon — natija beradigan markaz! 💙
@Registan_Mega
1 226
📢 Muhokama uchun yangi loyiha taqdim etildi!
📌 Loyiha nomi: Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
🆔 Loyiha ID: 9914
🏛 Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
📅 Boshlanish sanasi: 24.04.2026
⏳ Yakunlanish sanasi: 04.05.2026
📢 Sizning fikringiz muhim! Ushbu loyiha yuzasidan o‘z mulohazalaringizni bildiring va jamiyat rivojiga hissa qo‘shing!
🔗 Batafsil ma'lumot va muhokama:
👉 Havola
💡 Fikrlaringiz kelajakni belgilaydi! 🏛
1 226
Hurmatli maktab o’quvchilari diqqatiga❗️
Respublika doirasida katta OLIMPIADA bo’lib o’tmoqda. Barcha o’quvchilar ro’yxatdan o’tishi kerak.
— Hujjatlar shu yilning 6-mayga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi.
🇺🇿 Respublika miqyosida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari oʻquvchilari uchun, Yoshlar ishlari agentligi hamda Registon ta’lim loyihasi hamkorligida, 3-sinfdan 10-sinfgacha boʻlgan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va munosib rag'batlantirish maqsadida bilimlar bellashuviga start berildi.
🏆 Tanlov g'oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:
➖ Onix avtomobili,
➖ iPad planshetlar, smartTVlar
➖ Maxsus grant va sertifikatlar.
👉 Tanlovga ro’yxatdan o’tish
👉 Tanlovga ro’yxatdan o’tish
👉 Tanlovga ro’yxatdan o’tish
1 226
#MJK
203-modda. Bayroqlar va vimpellardan gʻayriqonuniy foydalanish, plakatlar, emblemalar va ramzlarni tayyorlash, tarqatish yoki taqib yurish
Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan bayroqlar va vimpellardan jamoat joylarida foydalanish, xuddi shuningdek mazmuni davlat va jamoat tartibiga, fuqarolarning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazishga qaratilgan plakatlar, emblemalar va ramzlarni tayyorlash, tarqatish yoki taqib yurish —
mazkur ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy emblemalari va farqlovchi belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
@SattorovFL
