cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali

Elektr energetika sohasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida www.jizzaxhetk.uz, www.het.uz saytlari va https://t.me/hetmuloqot kanali orqali ega bo'lishingiz mumkin. Admin: @HET_AJ_Jizzax Call centre 1154 Manzil:Jizzax shaxri Bog'zor ko'chasi 60

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
559
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-27 أيام
+1330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Куйтош Н/С 35/6 кВ ли Куйтош ШФЙ. Саврук КФЙ лар #elon KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA GʻALLAOROL TUMANINING AYRIM MFYLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, KUZ-QISH mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun, 4-iyun kuni 35/6 kVli "QOʻYTOSH" podstansiyasida rejali joriy taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli soat 10:00 dan 17:00 gacha quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chirish holati yuzaga keladi: 1. QOʻYTOSH SHFY 2. SAVRUQ QFY O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Jizzax hududiy filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati. ▶️ Telegram | Facebook | Youtube
إظهار الكل...
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali

Elektr energetika sohasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida www.jizzaxhetk.uz, www.het.uz saytlari va

https://t.me/hetmuloqot

kanali orqali ega bo'lishingiz mumkin. Admin: @HET_AJ_Jizzax Call centre 1154 Manzil:Jizzax shaxri Bog'zor ko'chasi 60

“HET”AJ Jizzax hududiy filiali bosh muhandisi A.Abduvaliyev va MXTX boshlig‘i A.Axmedovlar tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari”AJning 2024 yil 31 maydagi 12/1-26-sonli faksogrammasiga asosan, 2024 yil 30 may kuni soat tahminan 20:00 atrofida “HET” AJ Qashqadaryo hududiy filiali Nishon tuman elektr ta'minotining “Nuriston” ustalik bo'limi taqsimlovchi tarmoqlarga xizmat kórsatuvchi elektromontyori Jumayev Zafar Eshdavlatovich bilan ólim oqibatli baxtsiz hodisa tafsilotlari “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Jizzax hududiy filialining barcha rahbar va ekspluatatsiya xodimlari bilan ishlab chiqildi. “Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ning 3-bob, 2-§. “Ishlarni bajarish tartibi”, 4-bob, “Tashkiliy tadbirlar”, 1-§. “Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun javobgar shaxslar, ularning huquq va majburiyatlari”, 14-bob, Elektr uzatish havo liniyalari mavzularida navbatdan tashqari yóriqnomalar va óquv-seminar mashğulotlari o‘tkazildi. Hududiy elektr tarmoqlari AJ Jizzax hududiy filiali.
إظهار الكل...
“HET”AJ Jizzax hududiy filiali bosh muhandisi A.Abduvaliyev va MXTX boshlig‘i A.Axmedovlar tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari”AJning 2024 yil 31 maydagi №12/1-26-sonli faksogrammasiga asosan, 2024 yil 30 may kuni soat tahminan 20:00 atrofida “HET” AJ Qashqadaryo hududiy filiali Nishon tuman elektr ta'minotining “Nuriston” ustalik bo'limi taqsimlovchi tarmoqlarga xizmat ko`rsatuvchi elektromontyori Jumayev Zafar Eshdavlatovich bilan o`lim oqibatli baxtsiz hodisa tafsilotlari “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Jizzax hududiy filialining barcha rahbar va ekspluatatsiya xodimlari bilan ishlab chiqildi. “Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ning 3-bob, 2-§. “Ishlarni bajarish tartibi”, 4-bob, “Tashkiliy tadbirlar”, 1-§. “Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun javobgar shaxslar, ularning huquq va majburiyatlari”, 14-bob, Elektr uzatish havo liniyalari mavzularida navbatdan tashqari yo‘riqnomalar va o'quv-seminar mashg'ulotlari o‘tkazildi.
إظهار الكل...
1-iyun Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Hududiy elektr tarmoqlari AJ Jizzax hududiy filiali va Jamiyat kasaba uyushma qoʻmitasi hamkorligida xodimlar farzandlari uchun turli xil tadbir va teatr tomoshalariga olib borish tashkil qilindi. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
إظهار الكل...
14.35 MB
5.91 MB
7.77 MB
Франция маданият марказига Франциянинг Европа ва ташқи ишлар вазирлигининг Европа қитъаси бошқармаси бошлиғи Брис Рокфейл ҳамда Франциянинг Ўзбекистондаги элчиси Аурелия Бушез хоним ташриф буюришди. Ташриф давомида Жамғарманинг меҳмон ва ҳамкорлари қурилиш ишларининг бугунги ҳолати билан танишиб, Марказнинг режалари ва истиқболли лойиҳаларини муҳокама қилдилар. Бинода жамоат жойларидан ташқари Реставрация илмий-тадқиқот маркази ҳам жойлашади. Реставрация маркази қайта таъмирлаш ишларининг марказлашган тизимини яратиш, маҳаллий мутахассисларнинг малакасини ошириш, реставрация ва консервациянинг юқори сифатли усулларини ишлаб чиқишни кўзлайди. Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
إظهار الكل...
Repost from Qalb nuri
Photo unavailableShow in Telegram
ШУНДАЙ РАҲБАРЛАР БОР БЎЛСИН Фақат муаммоларни ёзавермасдан, яхши ишларни ёзишниям биламиз. Қачонки, хайрли амаллар ўз вақтида бажарилса, етим-есирларнинг боши силанса нега ҳам ёзмайлик. Баралла айтамиз, токи бу бошқаларгаям ибрат бўлсин! Касбим журналист бўлсада, кейинги йилларда турли давлат идораларида ишлаганман. Бугунги кунда эса нодавлат нотижорат ташкилотида, тўғрироғи аёллар ва уларнинг оилаларини ижтимоий-ҳуқуқий қўллаб-қувватлаш “Қалб нури” марказида фаолият олиб бораман. Ташкилотимизга, миссиясига кўра, оғир вазиятга тушган аёллар ва уларнинг оила аъзолари, ёшлар турли ёрдам сўраб мурожаат қилишади. Ўтган 2023 йилнинг декабрь ойида Жиззах шаҳар, Навоий маҳалласи, Тоқчилик кўчасида яшовчи Нилуфар Ўсарова исмли аёлдан бир мурожаат тушган эди. Батафсил👉https://telegra.ph/SHUNDAJ-RA%D2%B2BARLAR-BOR-B%D0%8ELSIN-05-25 Каналга уланиш 👉https://t.me/kalb_nuri
إظهار الكل...
Buhoro bo'ylab sayohat.                   Prezidentimizning ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida "HET"АJ Jizzax hududiy filiali kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan Bahmal TET hamda Elektr tarmoqlarini qurish va rivojlantirish xizmatida ishlab kelayotgan  38 nafar xodimlar ishtirokida Buhoro viloyatiga sayoxat uyushtirildi. Sayoxatchilar 25-26 may kunlari "Jizzax-Buhoro" va "Buhoro-Jizzax" yo'nalishi bo'yicha turistik avtobusida sayohatga borib kelishdi. Ikki kunlik sayohat davomida Buhoro viloyatining ko'plab tarixiy va diqqatga sazovor joylarini, xususan Ark Qal'asi, Xo'ja Zayniddin, Bola-Hovuz, Mavzoley Chashma Ayub, Labi Hovuz, Sitoai Mohi Xosa, Nodir Devonbegi, Xo'ja Hasriddin, Mir Arab, Abdulazizxon, Masjidi Kalonlarni ziyorat qildilar. Bir qator tarixiy madrasalarda bo'ldilar. Mehmonxonalarda joylar ajratilib, ziyoratchilar uchun nonushta, tushlik hamda kechki ovqat hozirlandi. Xodimlarimiz ushbu sayohatdan bir olam ta'surot bilan qaytishdi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Зоминсой жаҳон санъати усталарини чорламоқда Жиззахда II халқаро мақом санъати анжумани олдидан марказий ва маҳаллий оммавий ахборот воситалари ходимлари ҳамда блогрерлар учун матбуот анжумани ўтказилди. Вилоят маданият бошқармаси бошлиғи Азамат Дарханов иштирокчиларга II Халқаро мақом санъати анжумани ҳақида батафсил ахборот берди. Батафсил: https://uza.uz/posts/601821 📱Мобил илова 👉 iOS | Android Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
إظهار الكل...
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Baxmal tumani Tongotar MFY hududidagi elektr taʼminotidagi kamchiliklar boʻyicha qilingan murojaatga nisbatan Hududiy elektr tarmoqlari AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati munosabat bildiradi: Baxmal tumani elektr taʼminoti xodimlari tomonidan ushbu hududdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha loyihalar ishlab chiqilgan boʻlib, unga koʻra aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun bir dona 160 kVa quvvatli transformator, 85 dona temir-beton tayanchlari, 3.5 km SIP kabel va ehtiyot qismlari zarurligi hisoblab chiqilgan. Loyihani moliyalashtirish boʻyicha, uni davlat dasturlariga kiritish yuzasidan tegishli davlat tashkilotlariga taklif kiritilgan. Ushbu loyihani moliyalashtirish ishlari amalga oshirilishi bilan hududdagi elektr taʼminoti holatini yaxshilash ishlari olib borilishini maʼlum qilamiz. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati. ▶️ Telegram | Facebook | Youtube
إظهار الكل...
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Jizzax shahar Bobur MFY Azizbekova koʻchasidagi 0.4 kVli havo tarmogʻidagi sim yogʻoch holati boʻyicha qilingan murojaat yuzasidan Hududiy elektr tarmoqlari AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati munosabat bildiradi: Sim yogʻochdagi nosozlik Jizzax shahar elektr taʼminoti xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilib elektr taʼminoti tiklandi. Hududiy elektr tarmoqlari AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati. ▶️ Telegram | Facebook | Youtube
إظهار الكل...