cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Kitobsimiruvchi

إظهار المزيد
Uzbekistan29 932لم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
485
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Qanday yakun bilan?!
إظهار الكل...
Hikoyamiz tugaganga o‘xshaydi.
إظهار الكل...
🆘 Negativ post Hozirgi kunda brodar va brodarkalarimiz negativni ochiqdan-ochiq yomonligiga ishonib qolishdi. Bugun bir negativlarni sanaymiz: - Bizda yana Shenliko‘g‘lini ikki romani tarjima qilindi, va Tolstoyni romanlari yana nashr qilindi. Shenliko‘g‘li - diniy tusdagi hikoya, romanlari bilan mashhur. O‘zimizni Tohir Malikka o‘xshatishadi. Tolstoy - xos. Buyuk. Oxirgi bor qaysi kitobi tarjima qilinganini eslolmaymiz; - Kafka tarixni noyob insoni. Biroq faqat "Jarayon" romanini o‘girdik. "Evrilish"ni ham unutmaylik. Yana bitta tarjimasini onlayn bir kanalda berib yuborishayotgandi. Bo‘ldi; - Hermann Hesse, Tomas Mann 4 tamizdan birimiz bu nomlarni o‘qib, fashistmikin deymiz. Holbuki, bular ulug‘ adiblar. Hesseni bo‘risidan tashqari, boshqa romanlari tarjima qilinmagan. Manni esa faqat Vaymardasi; - Viloyat kutubxonasida mutolaa qilishga borib turdim. Ayni o‘z xohishi bilan badiiy kitob o‘qiyotgan 4-5 ta kitobxonni uchratdim. Toping-chi, ularni qo‘llarida qaysi kitoblar?: - "Navoiy" Oybek; - "Ikki eshik orasi" O‘tkir Hoshimov; - "To seni topgunimcha" Jojo Moyes; - "Ta‘sir psixologiyasi"; v. h. Bir-ikkitasi yangi, ammo 70-80% i 7 yil oldin o‘qishga kirgan akam o‘qiyotgan kitoblar. Ha, men abituryentlarni ko‘rdim kutubxonada. Shuning uchun haliyam shular. Shuning uchun haliyam shumiz; - Burakovani kitobi yaxshi sotilyapti, gap yo‘q. AMAdan O‘zi rozi bo‘lsin. Lekin unga ishonganlar qancha? Xullas, cho‘zishdan naf yo‘q, ancha besavodligimizni domla bilmasa gapirmaydi deguvchilarimiz oramizda oz emasligidan bildik; Yaxshi bo‘lmagan jihatlarimiz ko‘p. Ammo men o‘zim bilgan va aytishga arziydiganlarini yozdim, xolos. Sizam qo‘shing izohga negativni. Ogohlantirish: Izoh yozsangiz, brodar va brodarkalaringiz siz bilan munosabatlarini uzish xavfi bor)
إظهار الكل...
​​Xotira haqidagi o‘zbek non-fiktshni Barchamiz bilamiz, har safar shu mavzu ko‘tarilganda bir xo‘rsinib qo‘yamiz: Ilmiy-ommabop kitoblar nega bizda shunchalar oz? O‘zbek kitobxonini jigaridan urushi mumkin bo‘lgan zo‘r kitoblar o‘z tilida yo‘q. Til biladiganlar bilmaydigan shaykalariga achinib qo‘yadi. Menam ingliz, rus va na turk tilini bilmayman. Deyarli faqat o‘zbek tilida kitoblar o‘qiyman. Mening ham yuragim non-fiktshnlarni deb o‘kinadi. Meni yuragi xuruj qiladigan kitobxonlarim, bugun sizlarga bir o‘zimizzi tilda o‘zimizzi muallifni yozgan non-fiktshnini gapirib beraman. Men til o‘rganyapman va menga oz muddatda ko‘proq yodlash texnikasi, xotiramni tabiati qandayligi va xotiraga doir har qanday yangi ma‘lumot menga qiziq. Bu kitobni mundarijasiga boqib, ayni pallada menga kerak boblardan boshladim, juda top emas, ammo siz oldinlari bu haqida qiziqib o‘qib ko‘rmagan bo‘lsangiz, yaxshi ma‘lumotlar. Kitob uch bo‘limdan iborat, birinchisida, miya va xotiraning o‘zi nimaligi haqida so‘z boradi. Ikkinchisida, mnemonika va bir necha mnemonik usullarni o‘rgatadi. Uchinchisida esa, qo‘shimcha bir necha qiziq faktlar, atamalar bor. Ko‘pchilik didi hammanikidan farqlanarli kitobxon do‘stlarga bu kitobni o‘qiyotganimni aytsam, xuddi "Boy bo‘lishni 202 siri"ni o‘qiyapsanmi deyayotgandek bo‘lishdi. Ularni tushunaman, xotira va miya haqida bir necha juda jo‘n faktlardan iborat kitoblar bizda ko‘p uchraydi. Biroq bu kitob unday emas. Tili juda ham oddiy. Muallif kitobda bir necha bor takrorlaydi: Mnemonika - bu xotirangizni super-muper qilmaydi, shunchaki xotira imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanishga undaydi, xolos. Men bu kitob uchun yana bir narsa qilish niyatidaman, buni keyinroq bilamiz. Hozir shunchaki oddiy fikrlarni birlashtirdim, xolos. Kitobni sifati yaxshigina. Nashriyot ko‘plar suyguvchi - "Akademnashr". Xotira hammamizga qiziq, doim kitob o‘qiymizmi, yo‘qmi. Men bu kitobni top deyolmayman, ammo yaxshi deyishga arziydi. Perfektionistlik qilmasangiz, o‘qishga arziydi, oshna.
إظهار الكل...

@KolibroB - mana yana bir zo‘r kontentli kanal. O‘zim kanalni ochilganidan beri kuzataman, shekilli. Kushli-kushli postlarini ko‘p sheyr qilganman. Men anchadan buyon hech kim bilan reklama alishmaganman. Reklama bermaganman. It‘s tavsiya Kanal egasiga omad, charchamasinlar)
إظهار الكل...
Self-helpga bo‘lgan noto‘g‘ri munosabat Oxirgi paytlar bir anglashmovchilikka ko‘p kuzim tushyapti. Biror self-helpni o‘qi(yot)gan kitobxon undagi maslahatlarni dinlarida katta qilib yozib qo‘yilganini va haligi kitobni bir tiyinligini ta‘kidlashmoqda. Menimcha, bu o‘taketgan nodonlik va o‘zini adashmayotganini isbotlashdan boshqasi emas. Qarang, o‘z-o‘ziga yordam beradigan kitoblar(self-help)ni maqsadi sizga yaxshi tomondan yordam va yaxshi maslahatlar berish. Agar bu maslahat yoki yordamni din ham ta‘kidlagan bo‘lsa, va sizni o‘zingiz o‘sha narsani to‘g‘riligiga amin bo‘lgan bo‘lsangiz, nimaga qaysidir manba yomon, arzimas bo‘lishi darkor? Biz Sharmani, Treysi, Hill, Karnegilarni musulmon bo‘lmagani uchun antipatiya bilan qabul qilamizmi? Buni ildizigacha borsak, yana fan va din tortishuviga kelib qolishimiz tayin. Biroq bir narsani aytish kerakki, agar bizga haqiqat kerak bo‘lsa, haqiqatni manbasi emas, ayni o‘zi tanlovimizni hal qilishi kerak.
إظهار الكل...
Shunga XIX-asrning buyuk farang adibi Viktor Hyugo jahon adabiyotida katta o‘ringa ega. Kimsan Balzak, Dostoyevskiy-yu Tolstoylarni ta‘sirlantirgan Hyugoni asosan, romanlari orqali tanishadi, deylik, "Byug Jargal", "Parij Bibi Maryam Ibodatxonasi", "Dengiz zahmatkashlari" kabilar bilan. Bugun biz uning "Klod Gyo" asarlari to‘plami bilan tanishamiz. Birinchi qism - "Klod Gyo" qissasi. Qodir Mirmuhamedov tarjima qilgan qissada yozuvchi imkonsiz insonni jinoyatida asosiy aybdor insonning o‘zi emasligini tushuntirishga urinadi. Faqat itdek ishlasang, tirik qolasan. Klod bolaligidan shunga amal qilgan. Mehnatkash odam. Biroq bir kuni it uchun panohgoh qolmadi. Oila esa nonga zor. Nima qilish kerak? Yo yaqinlaring so‘lishini tomosha qilish, yo jinoyat. Klod chidayolmadi. Va hukm etildi: "Dorga osilsin beshak!". Qamoqda qahramonning biz-u siz kabi inson va hatto, bizdan yaxshi insonligini sezamiz. Klod ham buni sezmagan. Unda xayr bor edi, lekin xayr kimsaga kerakmas edi. Aybdor rostdan ham, insonligini sezmagan Kloddami, yoinki Klodni insonligini sezmagan hukmfarmolardami? Ikkinchi qism - Erkin Ernazarov tarjimasidagi "O‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida" nomli maktub. Tarixdan xabardor kishi borki, to yaqin davrlargacha o‘lim jazosi aybdorlarni jazolashda qo‘llanib kelingan. Hatto hozirgi kunda ham ba‘zi barmoq bilan sanarli joylarda buni amal qilishi qiziq. Inson nima uchun jazolanadi? Birinchidan, jinoyatni buzgan odam qayta buzmasin. Ikkinchidan, bu boshqalarga o‘rnak bo‘lsin. Keling, o‘lim jazosi qanday o‘rnak bo‘layotganini ko‘raylik. Ota - ilojsizlikdan o‘g‘rilik qilib o‘ldi, Ona - endi bolani boqish uchun o‘zini sotishdan boshqa yaxshi tanlovni ko‘rmaydi. Farzand - dordagi otani oxirgi xirrilashi hali ham qulog‘ida, ko‘zlari qip-qizil, oyoq-qo‘llari shishgan onani kuzatmoqda, katta bo‘lmoqda, katta hayot, it bo‘lmoq joiz. Mana shu o‘rnak! O‘lim jazosi - keskin jinoyatchini jamiyatdan uzib tashlash. "Yo‘q bo‘lsin ul majruh!". Biz jinoyatchidan qutuldik, ammo bu jinoyat yo‘q degani emas. Jinoyat sabablari bilan qiziqmas ekanmiz, jazolarimiz shunchaki badanimizdagi qaysidir yarali qismni shartta kesib tashlashdan farqsiz. Hyugo, tarbiyalashni o‘rganaylik avval deydi. Har bir inson qadrga ega, qay tariqa bo‘lmasin. Ayniqsa, gap uning hayoti haqida bo‘lsa. Bir inson boshqa inson hayotiga hukm etishga qanchalik haqli? Jamiyatga zarari tegyaptimi, uni cheklasin, biroq alamzada avlod va buzilgan ayollarni tug‘dirib bermasin! Yomonlikka yomonlik - shumi odillik? Uchinchisi, "Shohona ishrat" drammasi. Erkin Vohidov tarjimasi. Nafs va kibri deya, har nega tayyor odamlar. Faqat o‘z onasi, opa-singlisi, qizida hayo bor deb o‘ylovchi omilar. Tribule - nafaqat jamiyatni zavollarini aytadi, balki o‘zi ham zavolligini ko‘rsatadi. Oxirida Hyugoni hikmatlari. Noyoblari bor. Asar tili og‘ir emas, Hyugoni boshqa romanlariga qaraganda. Ulug‘ adibga debocha bo‘lsa chikora) Undan "nega?", deb so‘rashganda u "shunga", deb javob qaytardi.
إظهار الكل...
Alesha. Kim u? Asarning mukammal qahramoni. Asosiy. O‘smir. Taqvodor. U hukmsiz sevadi, kimni qanday bo‘lgani ahamiyatsiz. Samimiy, dono. Biroq uyam Karamazov, uning ham isyoni bor. Ivan. Xudodan muhabbat deb uzoqlashguvchi. Insonlarga muhabbat. Nega aybsizlar qiynalishi kerak? U dahriydek, ammo xudoga eng tashna qalb sohibi. Dmitriy. Go‘zal qalb va lazzatga haris odam. U o‘z gunohlaridan qiynaladi, axir, u odam. Buni o‘zi biladi. Lekin odamlar uni yaxshi deb bilishadimi, inson nomiga munosib ko‘rishadimi? Fyodor. Ota Karamazov. Rohat, farog‘at muntazam maslagi bo‘lgan Karamazov. Chol. So‘nggi nafasigacha lazzatparast. Zosima ota, Smerdyakov, Katya, Grushenka, Ilyushechkalar ham noyob shaxslar. Dostoyevskiyni so‘nggi so‘zi, hayotining, o‘zining bir necha bo‘laklari romanda sochilib yotibti. Muhabbatdan, borliqdan qiynalayotgan qalb. Ahamiyasiz va rangsiz hayotga ma‘no bag‘ishlash - romanning asosiy maqsadi. Bu yetuk asar. Dostoyevskiyni umumiy ijodini tushunish uchun emas, najot izlab bu kitobni ochsangiz bo‘ladi. Biroq tajribasiz qadam bosishga shoshilmang, birorta hikoya yo kichikroq romanidan keyin kechiktirmang. Siz o‘ylagandan ko‘proq narsa bor.
إظهار الكل...
O‘yladim. Oz yoki ortiq, bilmadim. Men buni jipslashtirolmayman. Salohiyatim yetmasligi rost. Va o‘zim ham buni cheklashga yo‘l qo‘ymayman. Biroq uzuq-yuluqlar: Karamazovlar... Men xudbin, odamovi o‘smir. Shonli kelajakka ishonmayman. Menda mutlaq ishonch yo‘q. Javoblar kerak. Juda. Va u tarjima qilindi. Menda izdan chiqmagan narsam qolmagan. Men uni harislik bilan boshladim. Lazzat... Karamazov... Inson halovat istaydi mudom. Eng osoni - sen hozir lazzatlana oladigan ishing. Eng qiyini - sen hozir qiynaladigan ishing. Yo‘l-yo‘rig‘ini bilmadim, sen charchaysan qonishdan, azobdan. Quvvating yo‘q. Balki shuni halovat deb bilar odamzot. Ammo hammasida u sen uchun vosita. Havoiy, bir zum. Ko‘zingni ochganingda kechagi o‘pichni qadri yo‘q. Senda yangi kun. Yangi vosita, yangi halovat kerak. "Buyuk inkvizitor" - ancha-munchani seskantiradi. O‘z nonini o‘zi topa, yeya oladi. Lekin har doim unga o‘zi tayyorlab bersa-chi, dunyosini yagona hal qilguvchisi o‘zi bo‘lsa-chi? Yo‘q, qaydam, bularga ishonch kerak, o‘zlarida yo‘q ishonch. "Qachon uylansamikin?", "Agar men kutganlarini qilmasam-chi?" v.h. shunga o‘xshashlar. Balchiq yo‘llardan yurib, osmonni rangi bilan yurtni obodligini o‘lchaydiganlar, baxt bermoqchi bo‘lgan qotillar, najot egasi bo‘lgan xoinlar - inkvizitorlar. Isyonkor halovat-la yashaydimi, halovatsiz baxtli bo‘ladimi, odam uchun isyon xos bo‘lsa. Baxt dardda emasmi? Zosima otaning hikoyasi... u sizga qo‘l cho‘zadi. Kelaqol, mushtiparim... Sizda najotga chindan umid uyg‘onadi. Erkinlik, haqiqat, insonsevarlik qalbingizda gurkiraydi. Javobsiz savollar. Savolli javoblar. Men romanni tugatib tuzalaman, endi meni hech nima to‘xtatolmaydi deb yurardim. Adashibman. Men tepadagi narsalar haqida najot topib, katta umid-la yozmayapman. Men sizga dorini ko‘rsatib, o‘zimni tuzalmaganimni emas, bu meni hayotimga ma‘lum qadar a‘lo ta‘sir qildi demoqchiman. Men ichimda ko‘p haqiqatlarga erishdim. Lekin insonman. Isyonman. Isyonkorman. 2 oydan oshiq o‘qidim. 2 oy yozish haqida o‘yladim. 2 oy takrorladim. Yo‘q, menga og‘ir ekan. Men senga yolg‘on gapirgim kelmadi. Seni jirkantirishni to‘xtatib, xayrlashay: Karamazovlarni o‘qi...
إظهار الكل...
​​Kitob olamingizga kitobxonlar - Kitob yoqadi; - Kitobxon(lar) yoqadi/kerak; - Kitob muhokamasi yoqadi/kerak; - Yangi kitob/mualliflar kashfi kerak; - Quvnoq va aqlli oila yoqadi/kerak; Unda nega safimizda emassiz? 🤗 "Farg‘ona kitobxonlar klubi"ning yilning 6-oyida 6-uchrashuviga marhamat! - Qiziqarli o‘yinlar; 🪄 - "Gorio ota" muhokamasi; - "Taroziy toshbaqasi" muhokamasi; - Kitob almashish¹; 🤝 - Kitob bilan taqdirlanish; 🎁 - Va hokazo; Yakshanba, 6-iyunda, 13:30 📍Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markazi² 📌 Quvasoy "Yoshlar bog‘i" ichkarisida (Google xaritada³) Izoh: 1. Imkoningiz bo‘lsa, kitob almashishga kitob(lar) olvoling. Bu sizni tez kirishib ketishingizga va yangi kitoblar/do‘stlarni topishingizga imkon beradi. 2. Farg‘ona shahardan Quvasoyga birga boramiz. Yo‘lni bilsangiz, o‘zingiz borsangizam bo‘ladi. 3. Google xaritada hali yangilashmagan. O‘sha xaritadagi "Yoshlar bog‘i". Bog‘lanish: @Samandar_Talatzod
إظهار الكل...

اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.