NDKTU_AL
الذهاب إلى القناة على Telegram
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi axborot xizmati. 📞 +998936124292 ☎️ +998792236543 📱Facebook https://www.facebook.com/share/1DJdFo26zZ/ 📲Instagram https://www.instagram.com/ndktu_al?igsh=ZGpra2J1YmxiNTJ1
إظهار المزيد1 666
المشتركون
-324 ساعات
-167 أيام
-7630 أيام
أرشيف المشاركات
1 666
+3
2026-yil 10-oktyabr sanasida NDKTU akademik litseyida 11-oktyabr-“Xalqaro qizlar kuni”ga bag‘ishlab “Zukko qizlar” intellektual zakovat tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchi-qizlar mantiqiy savollar, tezkor topshiriqlar, maqollar va ijodiy chiqishlar orqali o‘z bilimlari, zukkoligi hamda iste’dodlarini namoyish etdilar.
Tadbir yakunida 1-o‘rinni Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi 1-F-26, 2-o‘rinni Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi 1-M-26, 3-o‘rinni esa Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi 1-A-26 guruhi qizlari egallab, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir qizlarning bilimini, ijodkorligini va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
1 666
NDKTU akademik litseyi pedagog stajiga ega bo'lgan ChQBT rahbari lavozimi uchun tanlov e'lon qiladi .
1 666
+4
NDKTU akademik litseyida 2026 yilning 16-sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag’ishlab “Mustaqillik kubogi” Besh tashabbus olimpiadasi shaxmat sport musobaqasi ta’lim muassasasi o’g’il va qiz bolalari o’rtasida bolib o'tdi. Kuchli bellashuvlar natijasida qiz bolalar o’rtasida 1-B-26 guruh o’quvchisi Saydullayeva Shahzoda 3-o’rinni, 2-F-25 guruh o’quvchisi Savkatova Muxlisa 2-o’rinni va 2-S-25 guruh o’quvchisi G’ulomova Dilnoza 1-o’rinlarni egalladilar. O’g’il bolalar o’rtasida 1-B-26 guruh o’quvchisi Ibodullayev Otabek 3-o’rinni, 2-F-25 guruh o’quvchisi Xazratov Akobir 2-o’rinni va 1-D-26 guruh o’quvchisi Otaqulov Elbeklar egalladi. https://t.me/sportdfcpro77
1 666
+2
NDKTU akademik litseyida 2026 yilning 16-sentyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag’ishlab “Mustaqillik kubogi” Besh tashabbus olimpiadasi shaxmat sport musobaqasi ta’lim muassasasi o’g’l va qiz bolalari o’rtasida bolib o'tdi. https://t.me/sportdfcpro77
1 666
+2
Yoshlar kuni: “Rektor va yoshlar” uchrashuvi
🏛 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyida Yoshlar kuni munosabati bilan akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan universitet rektori ishtirokida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
👥 Tadbirda NDKTU rektori B.Mardonov, akademik litsey direktori F.Tadjitdinova,YBIBDO’ M.F.Mamatqulov hamda 1-bosqich o‘quvchilari ishtirok etishdi.
🔹 Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvidagi nutqida ilgari surilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berilib, universitetning zamonaviy laboratoriya, texnik jihozlangan muhandislik xonalari, axborot-resurs markazi imkoniyatlaridan akademik litsey o'quvchilari ham keng foydalanishi aytib o‘tildi.
1 666
+8
🏛 Navoiy davlat va konchilik texnologiyalar universiteti akademik litseyida 2026-yil 26-avgust kuni Oʻzbekiston respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz besh yillik bayrami arafasida “Yagona vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Unda akademik litsey direktori F.Tadjitdinova direktor o‘rinbosarlari, psixolog, ta’lim muassasasining 20 nafar o‘qituvchi va guruh rahbarlari, 260 nafar 1-bosqich o‘quvchilari va ota – onalari ishtirok etishdi.
✨ Tadbirda o‘tgan o‘quv yilgi yutuqlar ta’kidlanib, yuqori ball bilan nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan bitiruvchilar litsey haqida fikrlarini va dil izhorlarini bildirishdi. Ota-onalarni ta’lim muassasasi ichki tartib intizomi, odob-axloq qoidalari, “Mobil telefonsiz hudud” qoidalari hamda talabalar turar joyi sharoitlari bilan tanishtirildi. Yig'ilishda ota-onalar o'zlari qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
1 666
DIQQAT E‘LON !!!
# Ota-onalar yig'ilishi
NDKTU akademik litseyiga o‘qishga qabul qilingan 1-kurs o‘quvchilarining ota-onalari uchun yig'ilish.
2️⃣6️⃣ - AVGUST kuni 0️⃣9️⃣:0️⃣0️⃣ da NDKTU akademik litseyi binosida bo'lib o'tadi.
🗺 Lokatsiya 👉https://maps.app.goo.gl/QLFtmKNtPUT3jB2E6
Ota-onalar o‘zlari bilan birga olib kelishlari lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
1. Ota-ona pasporti nusxasi✅
2. O‘quvchining ID (olgan bo‘lsa) yoki Tug‘ilganlik guvohnona nusxasi✅
3. Shahodatnomaning qog‘ozga chiqarilgan nusxasi✅
4. 6 dona 3x4 rangli rasm (orqa fon oq)✅
5. 0.63 karta nusxasi (emlanganlik to‘g‘risida)✅
6. Hujjatlar to‘plami solingan fayl papka✅
NDKTU akademik litseyi raxbariyati tomonidan barcha ota-onalardan majlis kuni 9:00 dan kechikmasdan akademik litsey binosiga yetib kelishlari so‘raladi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
☎️+998 (93) 612 42 92
1 666
DIQQAT E‘LON !!!
# Ota-onalar yig'ilishi
NDKTU akademik litseyiga o‘qishga qabul qilingan 1-kurs o‘quvchilarining ota-onalari uchun yig'ilish.
2️⃣6️⃣ - AVGUST kuni 0️⃣9️⃣:0️⃣0️⃣ da NDKTU akademik litseyi binosida bo'lib o'tadi.
🗺 Lokatsiya 👉https://maps.app.goo.gl/QLFtmKNtPUT3jB2E6
Ota-onalar o‘zlari bilan birga olib kelishlari lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
1. Ota-ona pasporti nusxasi✅
2. O‘quvchining ID (olgan bo‘lsa) yoki Tug‘ilganlik guvohnona nusxasi✅
3. Shahodatnomaning qog‘ozga chiqarilgan nusxasi✅
4. 6 dona 3x4 rangli rasm (orqa fon oq)✅
5. 0.63 karta nusxasi (emlanganlik to‘g‘risida)✅
6. Hujjatlar to‘plami solingan fayl papka✅
NDKTU akademik litseyi raxbariyati tomonidan barcha ota-onalardan majlis kuni 9:00 dan kechikmasdan akademik litsey binosiga yetib kelishlari so‘raladi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
☎️+998 (93) 612 42 92
1 666
🖥 Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi
✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi.
ℹ️Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.
‼️ Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart.
Bizni kuzating!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 666
XALQARO HAMKORLIK: ENDI KELAJAK YANADA YORQIN!
NDKTU akademik litseyida Janubiy Koreyaning nufuzli Konkuk universiteti bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturi asosidagi guruh tashkil etildi.
Ushbu guruhni yuqori natijalar bilan tugatgan oʻquvchilar togʻridan toʻgʻri Konguk universitetida ta'lim olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Qabul davom etmoqda.
Manzil: Navoiy sh., NDKTU akademik litseyi
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (93) 612 42 92
