cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Criminal Justice & Legal Paradigm

Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
322
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-27 أيام
-830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Huquq ustuvorligi bir amallab yashab qolishga urinmoqda. Germaniya Federal Mehnat sudi (Das Bundesarbeitsgericht) FSV Mainz 05 futbolchisi Anvar Al Ğoziy mehnat shartnomasining bekor qilinshini haqiqiy emas (null and void) deb topdi. U Falastin birdamligi ortidan dastlab vaqtincha jamoadan chetlatilgan. Nashg‘ulotlariga qaytarilganidan so‘ng ham bu solidarlik uchun afsuslanmasligini bildirgan. Natijada, uning mehnat shartnomasi bekor qilingan. So‘z erkinligi chegaralarining uni qaysi ijtimoiy sinf, etnik yoki irqiy guruh vakillari qo‘llashiga qarab o‘zgarib turishi bugungi kunda global o‘ta o‘ng avtoritar rejimlar sonining oshishi bilan belgilanadi. Hattoki, Yevropaning kun tartibi belgilaydigan Germaniya va Italiya parlamentida ana shunday kun tartibini ilgari suruvchi siyosiy partiyalarning katta mandatlarga ega. Fransiyada ham o‘tgan hafta o‘tkazilgan parlament saylovlarida bunday partiyalarning g‘olib chiqishiga bir bahiya qolganligi muammoning ildizini ko‘rsatib beradi. @CJandLP
إظهار الكل...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
1950-yillarda Chilining Katolika universitetidan Amerikaning Chikago universitetida o’qib nafaqat Chili, balki Lotin Amerikasining qolgan mamlakatlari hamda post-kommunistik Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida iz qoldirgan bir guruh yosh tadqiqotchi-olimlar Chikago yigitlari nomi bilan tilga olinadi. Chicago Boys o’ziga xos pejorativ, kamsituvchi umumiy nom bo’lib asosan ikki ma’noda qo’llanilgan. (i) Bu nom xorijda o’qib qaytgan amaliy iqtisodiyot haqida hech narsani bilmaydigan ‘yosh bolalar’ degan mazmun kasb etgan. (ii) ularni ‘yot ideologiya’ ta’siridagi guruh sifatida tavsiflagan. Katolikaning ana shu yangi avlodi mamlakatga qaytgach Iqtisodiyot bilan bog’liq universitet o’quv dasturlarini radikal o’zgartirgan. Substandard o’zlashtiruvga ega talabalarni kursdan kursga o’tishiga qarshilik qilgan va hattoki, o’zlari faoliyat yuritayotgan universitet boshqaruv vakillariga o’z e’tirozini ochiqchasiga bildirgan. @CJandLP
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘tgan asrning ko‘zga ko‘ringan intellektual qatlam vakillaridan biri sifatida e’tirof etiluvchi Hannah Arendt Berklidagi Kaliforniya universitetidagi Zamonaviy Muammolar nomli fani yakuniy imtixoni uchun talabalarga bir necha esse savollari taqdim etgan. Esse savollaridan birida u talaba(lardan) ‘Nima uchun totalitar ideologiya intellektual qatlamni o‘ziga qarata olish qobiliyatiga ega ekanligini tushuntirib berishni’ so‘ragan. @CJandLP
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kontenintal Yevropaning eng yirik davlatlaridan biri bo’lmish Fransiya Milliy Assambliyasi saylovlarining 2-bosiqichi birlamchi natijalariga ko’ra Yangi Xalq Fronti so’l kuchlar koalitsiyasi vakillari mamlakat parlamentida eng ko’p o’rinni egallashi kutilmoqda. @CJandLP
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
4-iyul nafaqat Atlantikaning nargi tarafida bayram, balki uning bu tarafida ham bayram sifatida qayd etiladigan kun. Dastlabki natijalarga ko‘ra, Leybor partiyasi o‘zining eng katta tarixiy natijasini qo‘lga kirtishi kutilmoqda. Ser Kyer Stramer — Birlashgan Qirollikning yangi Bosh vaziri. @CJandLP
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qo‘shma Shtatlarning aksariyat shtatlarida qamoqxona va tergov hibsxonalari oliy ta’lim muassasalari sonidan ko‘p. Ruth Gilmore kitobi sarlavhasida qo‘llanilgan Oltin Gulag va ayniqsa Nils Christie’ning qamoq industrial kompleksi konseptlari nega bu mamlakatda qamoq jazo formasi va qamoqxonalar prevalentligini ko‘rsatib beradi. @CJandLP
إظهار الكل...
1
‘Russia… where the serf mentality, with its blind, fatalistic respect for rulers and its automatic acceptance of all their claims, is still dominant and combined with a superpower patriotism which traditionally places the interests of empire higher than the interests of humanity’. Havel, V. (1985). The Power of the Powerless (Routledge Revivals): Citizens Against the State in Central-eastern Europe (1st ed.). Routledge. @CJandLP
إظهار الكل...
👍 1
Qo‘shma Shtatlarning Massachusetts shtati federal qamoq indeksida eng kam mahkum saqlab turuvchi shtat sifatida qayd etilgan. Garchi shunday bo‘lsada, eng quyi natija ko‘rsatib turgan mazkur shtat Saudiya Arabistonidan 20%, Xitoydan 50%, Fransiyadan 100% hamda Yaponiyadan 700% yuqori mahkum saqlaydi. Shtatlar qamoq indeksining global miqiyosda taqqoslanishi Prison Policy Initiative nodavlat, nopartizan tashkiloti tomonidan yuritiladi. @CJandLP
إظهار الكل...
States of Incarceration: The Global Context 2024

Criminal justice policy in every region of the United States is out of step with the rest of the world.

Photo unavailableShow in Telegram
Monday quote: @CJandLP
إظهار الكل...
😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kuni kecha Birlashgan Qirollikda Just Stop Oil yangi neft-gaz va kõmir loyihalarini tõxtatishni talab qiluvchi no-zõravonlik asosida harakat qiluvchi fuqarolik harakati vakillari mashhur Stonehenge monumenti ustiga bõyoq sepgani haqida xabarlar tarqaldi. Odatdagidek, bunday akt jamiyatda aralash reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Ayrim guruhlar bunday harakatlarni qoralab chiqadi. Boshqalar esa fuqarolik qarshiligi nyuanslariga tayangan holda bu harakat vakillarini qoralamaslik darkorlogiga urğu berishga harakat qiladi. Ana shunday qarashlar guruhiga kiruvchi nuqtai-nazarlardan birida bio-arxeolog Scott Haddow qadimiy monumentlar vaqt ta’sirida õzgarmay qoladigan, turğun obyekt sifatida kõrilishi emas, balki õtmish va bugun õrtasidagi doimiy davom etib turuvchi õzgaruvchan munosabatlarni ifodalovchi obyekt sifatida qaralishi darkor degan fikrni bildirgan. @CJandLP
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.